Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI
Uzumning botanik ta’rifi va biologik xususiyatlari
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI(1)
2.2 Uzumning botanik ta’rifi va biologik xususiyatlari
Sh.Temurovning [16] yozishicha, tok Vitaceae Juss oilasining Vitis turkumiga mansub qadimiy gulli yoki yopiqurug’li o’simlik. Dunyoning mo’tadil, subtropik hamda tropik mintaqalarida uchraydi. Tokdoshlar oilasining nomi aseaye suffiksining vitis turkumi nomi asosiga qo’shilishidan hosil bo’lgan. Tokdoshlar oilasi 14 turkum, 1000 ga yaqin turlarni o’z ichiga oladi. Ular o’zlarining morfologik belgilari, biologik xususyatlari va ishlatilishiga qarab bir-biridan farq qiladi. Tokning yovvoyi turlari, asosan Afrika va Osiyoda, 6/1 qismi Amerikaning tropik va subtropik mintaqalarida joylashgan [15, 16]. Uzumchilik amaliyotida eng ahamiyatli hisoblangan Vitis vinifera (V.vinifera L.) o’z navbatida 2 turcha: silvestris (ssp. Silvestris Gmel) yoki yovvoyi tok hamda sativa (ssp. Sativa DC) yoki madaniy tokni o’z ichiga oladi. Tok biologik xususiyatlariga ko’ra issiqsevar, chirmashib o’suvchi ko’p yillik gulli o’simlik. Yuqorida aytilganidek, tokdoshlar oilasi - Vitaceae Juss ning hozirgi zamon vakillari ming yillarni o’z ichiga olgan murakkab evolyusion davrni (irsiy o’zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tanlash, tashqi muhitning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashish va h.k.) o’tagan. Tokdoshlar avlodining dastlabki vakillari tik o’suvchi buta shaklida bo’lib, ular monopodial (oddiy) tipda o’sib jingalaklari bo’lmagan. Ochiq joylarda o’sganligi tufayli ularning yorug’likka bo’lgan talabi ham orta borgan. Keyinchalik qalin tropik o’rmonlar paydo bo’la boshlashi sababli tokdoshlarning avlodlari butunlay yo’qolib ketish xavfi ostida, yoki bo’lmasa ular o’sayotgan joylarning tashqi muhit sharoitlariga moslashishiga majbur holatda bo’lgan. Natijada ularning tuzilishi, o’sishi, rivojlanishida o’zgarishlar sodir bo’lib, tokning hozirgi mavjud hayotiy shakllari shakllangan. Tok suyanchiqsiz tik holatda o’sa olmasligi tufayli ularga o’rmon daraxtlari suyanchiq vazifasini o’tagan. Tokning xarakterli xususiyatlaridan biri, uning yorug’likka intilib jingalaklari yordamida biron bir suyanchiqqa tirmashib tepa tomon o’sishidir. O’sish kuchining yuqoriligi sababli (novdalari bir sutkada 10 sm.gacha o’sishi mumkin) tokning poyasi, katta barg sathi daraxt tepasida joylashgan. Tokning yana bir biologik xususiyati, undagi qutblikdir. Bo’ylama (tik), enlama (yassi) yoki dorzivental qutbliklar bo’ladi [15, 16].
Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling