Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI


Enlama  (yassi)  qutblik  yoki  dorziventallik


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/62
Sana11.11.2021
Hajmi1.21 Mb.
#173448
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62
Bog'liq
Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI(1)

Enlama  (yassi)  qutblik  yoki  dorziventallik  tokning  barcha  organlariga 

taalluqli  bo’lib,  u  organlarning  assimetrik,  tuxumsimon  -  dumaloq  shaklda 

tuzilishiga,  novdalarning  o’sishi  jarayonida  yassi  va  novsimon  tomonlari  o’zaro 

ta’sirining  o’zgarib  turishiga  sabab  b¢lishi  mumkin.  Bu  esa  ¢simlikning 

yorug’likdan  ko’proq  foydalanishiga  imkon  tug’diradi.  Enlama  (ko’ndalang) 

qutblik  ta’sirida novdaning  orqa tomoni tezroq o’sib uchki  yashil  novda  bukilgan 

shaklga  kiradi.  Bu  esa  o’suvchi  uchki  nozik  novdani  zararlanishdan  saqlaydi. 

Novda qancha-lik jadal o’ssa, uning uchi shuncha bukilgan bo’ladi [15, 16]. 

Uzum  tomonidan  suv  va  mineral  moddalarning  yaxshi  o’zlashtirilishi 

o’simlikdagi, ayniqsa, ildiz so’rish kuchining yuqoriligi, shuningdek, transpirasiya 

va  bosim  tufayli  sodir  bo’ladi.  O’simlikning  suv  va  oziq  moddalar  bilan  ta’min-



lanishida,  assimilisiya  mahsulotlarining  harakat  tezligini  oshirishda  o’tkazuvchi 

to’qimalar muhim ahamiyatga ega. Ular tufayligina tokning barcha qismlari jadal 

o’sib  rivojlanadi,  hosil  paydo  bo’lish  imkoniyati  tug’iladi.  O’simlik  yashil 

qismlarida  fiziologik  jarayonlar,  ayniqsa  fotosintezning  jadal  kechishi  organik 

moddalar,  xususan  mevada  qand  moddasining  ko’proq  to’planishida  muhim  rol 

o’ynaydi. 

Tokning  poya  qismidagi  mexanik  to’qimalar  sust  rivojlanganligi  sababli 

jingalaklari  yordamida  suyanchiqda  ¢sgan  tok  poyasining  og’irlik  kuchi  katta 

bo’lmaydi.  Shuningdek,  poya  og’irligining  kamayishiga  o’zak  to’qimalarining 

po’kaklani-shi,  ustki  po’stloq  qismining  vaqt-vaqti  bilan  qurib  qovjirashi,  poya 

to’qimalarining g’ovakligi ham ta’sir k¢rsatadi. 

Uzum  ildizi  baquvvat  bo’lib,  u  o’zida  ko’p  miqdorda  oziq  moddalarni 

to’plash xususiyatiga  ega.  Bu  esa, o’z  navbatida  tok  yer  ustki  qismini  zarur  oziq 

moddalar  bilan  ta’minlab,  ayniqsa,  o’sish  davri  boshlarida  vegetativ  organlarning 

jadal  o’sib  rivojlanishi,  shikastlangan  poya  qismining  tezroq  tiklanishiga  imkon 

beradi.  Tokda  boshqa  mevali  o’simliklar  kabi  hosil  beruvchi  maxsus  shoxchalar 

bo’lmay,  o’sish  hamda  hosil  berish  jarayonlari  faqat  bitta  organ  -  hosil  beruvchi 

novda tomonidan sodir bo’ladi [14]. 

Sh.Temurovning  fikricha  [16],  tok  yuqori  darajada  kallyus  va  ildiz  hosil 

qilish  xususiyatiga  ega.  Shuning  uchun  uni  vegetativ  usulda  ko’paytirish  qulay. 

Tokning ayrim qismlari va ularda kechadigan jarayonlar o’rtasida o’zaro bog’liqlik 

mavjud.  Masalan,  ildiz  tizimi  bilan  yer  ustki  qismi,  o’sish  va  hosil  berish 

o’rtasidagi  o’zaro  bog’liqlik.  Shuning  uchun  agrotexnika  usullari  (tokzor  qator 

oralarini haydash, tuproqqa ishlov berish, xomtok, tok kesish va h.k.)ni o’tkazishda 

buni  e’tiborga  olish  zarur.  Tokning  yuqorida  qayd  qilingan  va  boshqa  bir  qator 

biologik  xususiyatlarini  bilish,  uning  o’sishi,  rivojlanishi  va  hosil  berish 

jarayonlarini boshqarish uchun imkon tug’diradi. Bu kelajakda mo’l va sifatli hosil 

yetishtirishning asosiy  omillaridan  hisoblanadi.  Tok  o’stirish  tizimida  tokka shakl 

berish,  uni  kesish,  xomtok,  chekanka  qilish,  oziqlantirish,  sug’orish  kabi 




agrotexnika  tadbirlarini  o’z  vaqtida  sifatli  o’tkazishni  tartibga  solishda  katta 

yordam beradi. 




Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling