Abdunazarova munira
Download 1.3 Mb.
|
1-sinf Tutuq belgisi
Yangi mavzuning bayoni
“Harf kassasi” sidagi harflarning hammasi tovush ifodalaydi. Biroq, biz o’rgangan tutuq belgisi tovush ifodalamaydi. Uning vazifasi shundaki, ’ belgisi o’zidan oldingi unlining cho’ziq aytilishini bildiradi. Agar tutuq belgi yoziladigan o’rinlarda tushib qolsa, so’zning ma’nosi o’zgaradi. Masalan: Sa’va- qush Sava- xipchin bilan savash Quvnoq daqiqada “G’ozlar o’yini” oynatiladi. Kulrang g’ozlar uchdilar, Maydonchaga qo’ndilar. U yon , bu yon qarashib, Yana uchib ketdilar. Guruh a’zolari darsligimizdagi tutuq belgili so’zlarni o’qiydilar. So’ngra multimediya darsligidan komyuter orqali berilgan o’yin o’ynaladi “Dono qiz” she’rini datslab o’zim ifodali qilib o’qib beraman. So’ng guruh a’zolari ifodali o’qiydilar. Ularga “Rag’bat” berib boraman. She’rdagi tutuq belgili so’zlarni aniqlaydilar. Darsda o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash uchun “darvoza” o’yini o’tkaziladi. O’quvchilar tutuq belgili so’zlar topib, darvozadan o’tishlari kerak. Agar to’g’ri so’z topsalar, darvozadan o’tadilar. 2 o’quvchi qo’llarini ko’tarib, darvoza turadilar. Yangi darsni mustahkamlash uchun test savollari tarqatiladi. 1. Tutuq belgili so’z qatorini toping. A) sher, sava B) she’r, sa’va D) maktab , bino 2. Qaysi so’zda F harfi tushib qolgan? A) …artuk B) …axta D) tur… 3. Unli tovushlar nechta? A) 10 B) 29 D) 6 4. Farida so’zida nechta bo’g’in bor? A) 2 B) 3 D) 4 5. Bir bo’g’inli so’zni toping. A) tut B) san’at D) a’lochi O’quvchilar daftarlarini o’rtoqlari bilan almashtiradilar. Men tog’ri javob kalitini ko’rsataman.
Guruh sardorlari o’z guruhlari to’plagan ballarni jamlab oladilar. Shunday qilib, darsni mustahkamlagach, guruh sardorlari guruhlari to’plagan jami ballarni hisoblab chiqadilar va e’lon qildilar. Shunga ko’ra, bugungi darsimizdagi g’olib guruh va eng g’olib o’quvchi aniqlanadi, ular rag’batlantiriladi, dars yakunlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. 1- sinf Alifbe darsligi. 2. ,,Boshlangich ta’lim’’ jurnali 3. 1-sinf “Savod o’rgatish” multemediali diski 4. DTS talablari. 5.,, O’qituvchi kitobi’’ 6. ,,Dars muqaddas’’ tavsiyasi 7. Kitob.uz 8. Ziyouz.com saytlari Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling