Abdurahimov yusufjon ekologiya fanidan mustaqil ishi
Download 119.46 Kb.
|
Ekologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi: S. Atamirzayeva ____ Namangan Ekologik nazorat, ekologik monitoring va ekologik ekspertiza
- Monitoring
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI SANOATNI AXBOROTLASHTIRISH FAKULTETI “AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI” YO’NALISHI 3-KURS 26-ATT-20 GURUH TALABASI ABDURAHIMOV YUSUFJON EKOLOGIYA FANIDAN MUSTAQIL ISHI Topshirdi: Y. Abdurahimov ____ Qabul qildi: S. Atamirzayeva ____ Namangan Ekologik nazorat, ekologik monitoring va ekologik ekspertiza Reja: Monitoring tushunchasining mohiyati va asosiy maqsadi O‘zbekistonda monitoringni amalga oshirish Geografik va ekologik ekspertizalarning o‘zaro farqi va o‘xshashligi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi natijasida jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib borayotganligini e’tiborga olib, maxsus kuzatish tizimini tashkil qilish zarurati paydo bo‘ldi. Mazkur kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlarni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuning uchun ham monitoring tizimini tashkil qilish bo‘yicha takliflar o‘rtaga qo‘yildi. Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1972-yilda Stokgolmda bo‘lib o‘tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag‘ishlangan konferensiyasi arafasida vujudga keldi. Shu munosabat bilan fanda yangi monitoring (lotincha «monitor» – esga soladigan, ogohlantiradigan) tushunchasi paydo bo‘ldi. Monitoring – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir. Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson faoliyati ta’sirida o‘zgarishini kuzatish, olingan ma’lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv tadbirlarini qo‘llashdir. Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifl oslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari insonning ma’lum ekologik sharoitda yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhitning o‘zgarish darajasi hali ifl oslanmagan tabiiy sharoit holatiga nisbatan olinadi. Akademik I. P. Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan. Download 119.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling