Abdurahimov yusufjon ekologiya fanidan mustaqil ishi


O‘zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish


Download 119.46 Kb.
bet3/3
Sana19.04.2023
Hajmi119.46 Kb.
#1361775
1   2   3
Bog'liq
Ekologiya

O‘zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish. O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi, konchilik, kimyo, metallurgiya va boshqa
sanoat tarmoqlarining so‘nggi 50–60 yil davomida tez sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida atrof-muhitda kuchli o‘zgarishlar ro‘y berdi, mintaqaviy
va mahalliy ekologik muammolar kelib chiqdi. Natijada atrof-muhit holatini
muntazam kuzatish, nazorat qilish va boshqarishning yagona davlat tizimini
ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati yuzaga keldi. Atrof-muhit monitoringi mamlakatimizdagi bir qancha muassasa va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Atmosfera havosi va suv havzalarining ifloslanishi O‘zbekiston Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi tomonidan, yerosti suvlarining ifloslanishi, noxush tabiiy
geografik jarayonlarning rivojlanishi O‘zbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga qarashli «O‘zbekgidrogeologiya» korxonasi tomonidan, tuproqlarning sho‘rlanishi va grunt suvlari me’yori,kollektor suvlari minerallashuv darajasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan, o‘rmonlar holati O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tomonidan, atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kuzatilib, nazorat qilib turiladi. Bu tashkilot va muassasalarning monitoring sohasidagi faoliyati
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan
boshqariladi. Bu qo‘mita atrof-muhit holati bo‘yicha turli axborot va
ma’lumotlarni yig‘ib, yuzaga kelgan ekologik vaziyatni baholaydi. Noxush ahvol vujudga kelgan bo‘lsa, tegishli tashkilotlarga xabar berish bilan birga uning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi. Yil davomida mamlakatimiz bo‘yicha olib borilgan kuzatish va nazorat
ma’lumotlari yig‘ilib, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichlar aniqlanadi.

Geografik-ekologik ekspertiza asoslari. XX asrning 60–70-yillaridan
e’tiboran yirik xo‘jalik korxonalarini qurish va boshqa tadbirlar loyihalari
mutaxassislarning har tomonlama ko‘rigidan o‘tib, ularning ruxsati bilangina amalga oshirila boshlandi. Bu jarayon umumiy ma’noda ekspertiza deb
ataladi.
Ekspertiza deb, yirik muhandislik inshootlarini qurish loyihalarining
mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilishiga aytiladi. «Ekspert» so‘zi lotin tilida «tajribali» degan ma’noni bildiradi. Ekspert – biror sohada ekspertiza
o‘tkazuvchi mutaxassis. Masalan, qurilish, geologiya, qishloq xo‘jaligi, suv
xo‘jaligi, atom energetikasi, mashinasozlik va h.k. sohalar bo‘yicha ekspertiza, asosan, loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhitga ta’sirini baholash yuzasidan o‘tkaziladi. Ekspertizalar geografik va ekologik ekspertizaga bo‘linadi.

Geografik ekspertiza deb, loyihalashtirilayotgan muhandislik inshootining atrof- muhit talablariga mos kelish-kelmasligini aniqlashga aytiladi.
Ekologik ekspertiza deb, inson faoliyatining atrof-muhit biologik (o‘simlik, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) qismiga ta’sirini baholashga
aytiladi.
Geografik va ekologik ekspertiza bir-biriga barcha jihatdan yaqin va
bir-birini taqozo qilishini e’tiborga olib, geograf k-ekologik ekspertiza deb
ataladi. Geografik-ekologik ekspertiza jarayonida muhandislik inshootining atrof-muhitga, aholi salomatligiga qanday ta’sir qilishi e’tiborga olinadi.
Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi. Davlat ekspertizasi, Vazirlik
ekspertizasi, Davlat fan va texnika qo‘mitasi ekpertizasi, ilmiy va jamoatchilik
ekspertizasi va boshqalar. Atrof-muhit bo‘yicha ekspertiza Ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Ushbu
tashkilotda ekologik-geografïk ekspertiza boshqarmasi mavjud.

O‘zbekistonda geografik-ekologik ekspertiza o‘tkazish. O‘zbekistonda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab yirik inshoot va obyektlarning loyihalari geograf k-ekologik ekspertizadan o‘tkazila boshlandi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalarini ekologik talablarga mos holda joylashtirish, mavjud korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, atrof-muhitga chiqarayotgan chiqindilar masalasi atrofl icha tahlil qilinib, texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, gaz va changni tutib qoluvchi, ularni tozalovchi zamonaviy moslamalarni o‘rnatishga katta ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizda qurilayotgan yirik va o‘rtacha korxonalar
ekologik tartib-qoida, belgilangan me’yorlar asosida qurilish bilan birga
ishlash jarayonida atrof-muhitga zararli chiqindilarni chiqarishi me’yorda
bo‘lishi kafolatlangan. Masalan, Asaka shahridagi yengil avtomobil zavodi, Qorovulbozordagi neftni qayta ishlash zavodi va boshqa korxonalar
ekologik ekspertizadan chuqur va har tomonlama o‘tkazilgan.
Ekologik ekspertiza boshqaruv tizimidagi maxsus tarmoq faoliyati bo‘lib, u tabiat va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish, ekologik-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, xalqning ekologik mafaatlarini amalga oshirish bo‘yicha ekologik ekspertiza usulini qo‘llash asosida tabiatdan foydalanishning ekologik talablarga muvofiq kelishini aniqlaydigan va ularni nazorat qiladigan maxsus davlat boshqaruv tizimidir.
Ekologik ekspertiza fan sifatida endilikda shakllana boshladi. Hozirgi kunda uning ilmiy asoslangan konsepsiyalari ishlab chiqilmagan. Lekin ekologik ekspertizaning fan sifatida shakllanishi uchun barcha sharoit mavjud. Shu munosabat bilan uning fan sifatida rivojlanishining quyidagi yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin: a) ekologik ekspertiza muammolari yo‘nalishini tadqiq etishga tarixiy yondashish; b) dastlab umumiy qoidalar va qonuniyatlarni, so‘ngra xususiy yo‘nalishlarni tadqiq etishga asoslangan mantiqiy yondashuvga amal qilish; v) tadqiq etilayotgan yo‘nalishlarning hamma tomonlarini va aloqalarini ekologik-iqtisodiy yondashuvga asoslanib tekshirish va o‘rganish.
Ekologik ekspertiza fanining ob’ekti g‘oyat xilma-xil bo‘lib, ular turli miqyos va darajadagi ekologik-iqtisodiy tizimlarni o‘z ichiga oladi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  • Davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soxa tarmoqlarini joylashtirish xamda rivojlantirish sxemalarining (tarixlari) loyixalari, qurilish uchun yer ajratish materiallari

  • Loyiha oldi va loyiha xujjatlari; normativ-texnik va yo‘riqnomauslubiy xujjatlarining loyixalari; texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir xujjatlar

  • Turli ishlab turgan korhonalar va boshqa ob’ektlar; aloxida muxofaza qilinadigan tabiiy xududlar, favqulotda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari materiallari; shaharsozlik xujjatlar; mahsus xuquqiy rejimli ob’ektlar





Download 119.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling