Abdurahmon sa’diy
Download 62 Kb.
|
ABDURAHMON SA\'DIY
ABDURAHMON SA’DIY (1889-1956) O'zbek, tatar ma’naviy-madaniy aloqalari hamda adabiy hamkorligi tarixida alohida o‘rin tutuvchi adabiyotshunosdir. U 1889-yil 14-aprelda Ufa yaqinida mulla-mudarris oilasida tug‘ildi. Boshlang‘ich ta’limni otasining maktabida oldi. 1902-1905-yillarda Orengburgdagi Muhammadiya madrasasida o'qidi. 1921 yildan Toshkentga keladi va umrining oxirigacha Toshkent, Samarqand, Buxoro oliy o‘quv yurtlarida dars berdi, o ‘zbek adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Samarali ilmiy va pedagogic faoliyati uchun unga 30-yillar so‘nggida dissertatsiya yoqlamay, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi va professorlik unvoni berilgan. Abdurahmon Sa’diy, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini o‘rganishda alohida g‘ayrat ko‘rsatdi. 1949-yilda Ye.Bertels rahbarligida «Alisher Navoiy ijodi — o‘zbek klassik adabiyotining oliy bosqichi» mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Olimning ilmiy qiziqishlari doirasi g‘oyat kengdir. U tatar va o‘zbek adabiyotlari, pedagogika, tilshunoslik, adabiyot o‘qitish metodikasi, tasawuf, adabiy aloqalar va boshqa muammolarga oid 130 ga yaqin asar yozdi. A.Sa’diy 20-yillar adabiy jarayonida faol qatnashgan munaqqidlardan biridir. U adabiy tanqid mohiyati xususida jiddiy izlanishlar olib bordi. «Tanqid, — deb yozgandi u o‘sha yillarda, — agar bir fikr ikkinchi bir fikr ishchanligining yetishgan va yetishmagan yoqlarini ochmoq ham ajratmoq, bularga bir qiymat qo‘ymoq tomoniga jo ‘natilsa, bu vaqtda tanqid deb atalgan bir fikriy ishchanlik tug‘ilgan bo’ladi. Tanqid fikr ishchanligining qiyin bo'lg‘onlaridan biridir» 1. A.Sa’diy falsafiy, ilmiy, ijtimoiy qarashlarni ifodalovchi har qanday fan va unga oid asarlar bo‘lishidan qat’i nazar, ulami chin ma’noda tanqid qilish uchun maxsus tanqidchilik iste’dodi kerakligini ta’kidlaydi: »San’atkorona va she’riy bir asarning tanqidi uchun, ayniqsa, O‘zbek sovet adabiy tanqidi tarixi. san’at va adabiyot tarixidan ...yaxshi xabarlangan bo‘lmog‘i kerak . A.Sa’diy tanqid va uning jamiyatdagi burchi haqida to‘xtalarkan, fikr ifodasining bir qadar notekisligidan qat’i nazar, muhim ilmiy mulohazalarni o‘rtaga tashlaydi. Muallif tanqid oson hunar emasligini ta'kidlarkan, tanqidchi zimmasida turgan mas'uliyatni alohida ko’rsatadi. Tanqidchi nozik adabiy did va tuyg‘u egasi bo ‘lishidan tashqari adabiyot tarixini, nazariyasini, tadqiqot usulini bilishi darkor. Uning bu fikrlarida V.Belinskiy ta ’siri sezilib turadi.Adabiyotning to'ntarishdan so‘ng bosib o'tgan dastlabki yillar yo‘lini ko'zdan kechirgan A.Sa’diy Hamza va A.Qodiriylar haqida to‘g‘ri fikr-mulohazalar bildirdi. To’g‘ri, u davr kishisi sifatida Hamzaning inqilobiy, sinfiy ruhdagi faoliyatiga urg‘u berdi. Lekin Hamza haqidagi ayrim fikrlari hamon eskirmagani bilan e’tiborni tortadi: » O‘zida yurak shoiri bo‘Iish, muzikachilik va turli kuyLar ixtiro etish, dramaturglik ham artistlik yig‘ilgan bir shaxsni ham biz hali yolg‘iz Hakimzoda o ‘rtoqda ko‘ramiz*. A.Sa’diyning A.Qodiriy haqidagi mulohazalari ham e ’tiborga loyiq. U Abdulla Qodiriyni hikoyalar, ayniqsa, hajviy hikoyalar ustasi bo‘lgan yosh va kuchli adib sifatida xarakterlaydi. O‘zbek adabiyotining yuksalishida katta xizmat qilgan, bu «talant «Inqilob» jurnalida bosilgan “O‘tkan kunlar” romani bilan o ‘zbek adabiyotida» roman janriga asos soldi, - deb yozdi. Shu maqolada - Botu «She’riy adabiyotda hamon ochilib, gullab turgan, o'ziga ko‘p umid bog’latgan kuchli talant*, - deb ta’riflasa, Elbek ishchi-dehqon turmushidan, qishloq bolalari hayotidan yozadigan sermahsul shoir ekani aytiladi. 20-yillar tanqidchiligida jiddiy munozara uyg‘otgan muammolardan biri futurizm edi. U haqdagi dastlabki mulohazalar A.Sa’diy tomonidan aytildi. U hozirgi o ‘zbek adabiyotida futurizm oqim sifatida yo‘q degan fikmi o‘rtaga tashlaydi. O‘zini tanqid qiluvchilarga qarshi «Yuzim ochiq, niqoblantirmangiz» nomli e ’tiroz maqolasida futurizm uchun muayyan iqtisodiy-texnikaviy sharoitlar talab qilinajagi, uning o‘ziga xos tili, uslubi bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan tanqidchi badiiy adabiyotning shakliy o‘zgarishlari asosida ham ijtimoiy iqtisodiy asoslar yotadi deb tushunganini ko'rsatadi. San’at va adabiyotning jamiyat hayotida tutgan o‘rni masalalariga deyarli har bir maqolasida alohida o‘rin ajratgan A.Sa’diy «Go‘zal san’at dunyosida» nomli maqolasida yozadi: «...Go'zallik haqidagi ong va tasawurlar zamonlar o‘tishi balan turli o‘zgarishIarga qarab o‘zgaradurg‘on bir narsadir. Go‘zalIik o‘z -o‘zicha bir ravishda borliqqa molik o‘lg‘on tamom mustaqil bir narsa emas, balki bizning shuurimizning va yoki... tushuncha va hukmlarimizning natijasidan iboratdir» 1.San’at asarda, uning fikricha, «zamonning, muhitning, muhitdagi urf va odatning, fikr va tuyg‘ularning... ruhiy va ijtimoiy hollaming ravishiga muvofiq» tarzda zuhur etadi va rivojlanadi. Davrning iqtisodiy va ijtimoiy asoslari «o'zgarishi bilan go‘zal san’at asardan ham o‘zgaradir». Yangi tug‘ilgan san’at asarlari yangi davr ruhini, yangi fikrlarni ifodalaydi. «Go‘zal san’at dunyosida* maqolasining e’tiborga loyiq jihati shundaki, muallif unda go'zallik haqidagi tasawur qotib qolgan narsa emasligini, san’at kishilikning tarixiy taraqqiyot jarayonini aks ettirajagini to‘g‘ri tushunadi va tushuntiradi. San’at ijtimoiy iqtisodiy hayotdan sirtda, mustaqil yashamaydi, uning tarixiy taraqqiyoti tashqi o'zgarishlar bilan bog‘liq; jamiyatning iqtisodiy tizimidagi evolutsiyadan tortib uning moddiy ishlab chiqarishi va ijtimoiy ongda ro‘y beradigan evolutsiyagacha - barchasi san’atda o`z aksini topadi. U san’atning aniq tarixiy davr bilan bog‘liqligini aytish bilan birga uning estetik-ruhiy mohiyatini ham unutmaydi. Lekin mafkura m asa lasin i ulug‘lash b ilan biryoqlamalik va cheklanishga yo’l qo‘yadi. A.Sa’diy badiiy adabiyot va san’atning ijtimoiy mohiyatini haddan ziyod ulug‘lagan holda, ulaming ichki qonuniyatlariga, bu qonuniyatlar ichida san’atkor shaxsining alohida roliga yetarlicha e’tibor bermagani, bu vaqtda uning marksistik ijtimoiyot va sotsiologik tadqiq metodi asosida ish tutganini ko‘rsatadi. Adabiyot ilmi 20-yillardayoq janrlar masalasiga e ’tibor bera boshladi. Abdurauf Fitrat, Zarif Bashir, Olim Sharafiddinov, Sotti Husayn kabi olimlar bilan bir qatorda Abdurahmon Sa’diy ham janrlar xususida qator qarashlarni ilgari surdi. «Amaliy ham nazariy adabiyot darslari» (o‘rta maktablar uchun darslik, 1924.) kitobida ilk bor bu masalaning amaliy va nazariy jihatlarini yoritdi.Oybek shu vaqtda yozgan taqrizlaridan birida A.Sa’diyning bu darsligiga munosabat bildirib, Fitratning «Adabiyot qoidalari» asarini jiddiy tanqid qildi, lekin ayni vaqtda «hozirgi sust davrda» ularni voqeaga boy yangiliklar sifatida e’tirof etdi. Chindan ham shu darslik tufayli A.Sa’diy davr o’zbek adabiyoti nazariyotchilarining eng peshqadam vakillaridan biri sifatida ko‘rsatdi. Sa’diy yuqoridagi asarida tur va Janrlarni bevosita adabiy jarayon bilan bog’ab, talqin etishga umuman, uning masalaga mustaqil yondashuvga harakat qilgani va muammolarni erkin yechuvga intilganini ko‘rsatadi. Masalan, hikoya janriga tavsif bergach, o‘z fikrlarini uning namunalari orqali dalillashga unnadi. A. Qodiriyning «Uloqda», «Otam va bolshevik», Cho‘lponning «Oydin kechalarda», «Yo‘l esdaligi* va nihoyat, Fitratning «Qiyomat”ini tahlilga tortadi. A.Sa’diy fikricha, bu hikoyalar janrning yetakchi xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi. A. Sa’diy tushunchasida, «povest roman darajasida kattalik ololmagan uzun hikoya»dir. U Elbekning «Qo‘shchi Turg‘un» asarini shu janrga kiritadi. Fitrat ham uni «uzun hikoya» deb atagan edi. Biroq «uzun hikoya* ta’biri janr talabini aniq ifodalay olmagani bois muomalada mustahkam saqlanib qola bilmadi. Keyinroq «Roman nima.», u qanday bo'lishi kerak, degan masala atrofida matbuotda fikr qo’zg’alganda A.Sa’diy bu janr xususiyatlarini o‘z davriga nisbatan anchagina aniq va to ‘g‘ri ko‘rsatadi. U, avvalo, roman hajmiga e’tibor berdi. Uni uzoq va davomli hikoya qilishga mo’jallangan, ko’lami keng voqealar tizimi tasviri ko‘p planlilik asosiga qurilgan katta epik asar,’ deb baholadi. Unda, ayniqsa, «chin turmush» - realistik hayot bo‘Iishi lozimligiga urg‘u berdi. A Sa’diy romanlami mavzu-mundarijasiga ko'ra: re alistik, fantastic psixologik, tarixiy tiplarga bo‘Iadi. Bu tasnif Sa’diydan so‘ng o‘zbck tanqidchiligida yanada boyitildi va rivojlantirildi. A.Sa’diy o‘zbek tanqidchiligini janrlar jihatidan boyitishga kata hissa qo’shgan munaqqid. U o‘zbek tanqidchiligida, xususan, obzor maqola asoschilaridan biridir. «O‘zbek yosh shoirlari», «Olti yil ichida o zbek she’riy adabiyoti» kabi maqolalari ana shu yo‘nalishdagi tanqid janrining dastlabki namunalari sanaladi.Uning «Oktabr o'zgarishi va o'zbek adabiyoti» maqolasi tanqidning hayotga va adabiyotga yuz o‘girganini ko‘rsatadi. «O‘zbek yosh shoirlari», « O‘zbek adabiy ijodi maydonida harakat» nomli maqolalari davr adabiy jarayoniga ta’sir ko‘rsatdi. To‘g‘ri, ularda adabiyot ravnaqmi ijtimoiy iqtisodiy hayot bilan bog‘lash, dunyoqarash va g‘oya kulti, mafkurabozlik kabi qator kamchiliklar, qo'mondonbozlik kabi illatlar ko‘zga tashlansa-da, bu masalalar o‘z davri uchun dabiy jarayonni, undagi yetakchi tamoyillarni, faol ijod etayotgan shoir va yozuvchi asarlarini atroflicha tahlil etish, yutuq, kamchlikarini ko‘rsatish, yangiliklarni aniqlash va ommalashtirish jihatidan qimmatli edi. A.Sa’diy turk va o ‘zbek adabiyoti orasidagi aloqadorlikni Cho’pon she’rlari misolida ko‘rsatgan holda: «Garchi ruh va ohang e ’tibori bilan usmonlilar ta ’siri ostida bo‘lsa ham, uning (ya’ni Cho’lponning)o'ziga xos maxsus til-uslubi bor*>, — deb to‘g‘ri izohlagan edi. U Vadud Mahmudning «Turkiston» gazetasidagi tanqidiy maqolalariga munosabat bildirarkan: «O‘zbek yoshlari o'rtasidan adabiy tanqid qalamlari chiqa boshlag‘onini» ko'rsatadi. Bu ham adabiyot yilning ijobiy hollari tomoniga yozila oladir», degan fikmi ayladi. Uningcha, adabiy tanqid faqat kundalik adabiy jarayon bilan chegaralanmay, adabiyotning muhim nazariy masalalarini ham o rtaga qo‘yib, ulami yechishga harakat qilmog‘i lozim. «Tanqid xususida, umuman adabiyot nazariyasi haqida so‘z borganda, birinchi navbatda, bizning ko‘z oldimizga A.Sa’diy keladi»', - deb yozadi urushgacha bo‘lgan davr haqida R.Majidiy. U «Olti yillik o'zbek adabiyotiga bir nazar* obzor maqolasida to ‘ntarishdan keyingi adabiyotning olti yillik yo‘li mobaynidagi yetakchi tamoyillarini diqqat bilan ko‘zdan kechiradi. Hamza, A.Qodiriy, Cho‘lpon, Botu, Elbek ijodining yutuq va kamchiliklari haqida fikr yuritadi. Elbek haqida fikr yurita turib, u qishloq bolalari hayotidan yozadigan sermahsul shoir deb ataydi. Adabiyot maydonidagi yagona masalchi ham hozircha faqat u, lekin «lirik she’rlar yozishdagi kuchi hali uncha yuqorilab keta olmagani»deb ta’kidlaydi. Munaqqid « O‘zbekiston yosh shoirlari» maqolasida millatparvar yozuvchi va shoirlar ijodiga keng o’rin beradi: «Behbudiy o'zbek adabiyotining otasi, birinchi muharriri, Fitrat yosh o'zbek adabiyotining bosh olimi... Fitratning yosh o’zbek adabiyotining bosh olimi bo’lib sanalaturgani uning tili va uslubida ko‘rinadi. Uning yosh o‘zbek adabiyotining tug‘ilishi yo‘lida eng katta xizmati til va uslubda, chig‘atoy adabiyoti ta’siriga qattiq sad chekmaganligi», deb hisoblaydi. Ko‘rinadiki,A.Sa’diy obzor maqolaning davr uchun qator yetakchi janriy xususiyatlarini to’g‘ri belgilashga intiladi. Mumtoz o‘zbek adabiyoti namunalarini e'lon qilish, ayrim yozuvchilar ijodining yangi qirralarini yoritish yoki adabiyotning ayrim janrlari taraqqiyotidagi o‘ziga xosliklarga baho berish borasida Abdurauf Fitrat, Vadud Mahmud, Otajon Hoshim, Sotti Husayn, Olim Sharafiddinovlar qatorida Abdurahmon Sa’diy ham samarali ishlarni amalga oshirdi. Lekin hozirgi milliy istiqlol mafkurasi nuqtayi nazaridan qaralsa, A.Sa’diy ayrim ishlarida qator xato va kamchiliklarga ham yo’l qo‘yganini ta’kidlash lozim. Chunonchi, «Adabiyot masalalari va ulug‘ oktabrdan keyingi o‘zbek adabiyoti» kitobi va boshqa qator maqolalarida proletariat adabiyoti va uning metodiga oid masalalarni tushunishda vulgar sotsiologlar izidan bordi, partiyaviy prinsipni bosh mezon deb tushundi. Sotsializm ideyalarini tashuvchi adabiyot («proletar adabiyoti») proletariat diktaturasi samarasidir degan fikrlami olg‘a suradiki, bunday qarashlar davr sinovlariga dosh bera olmadi, tarixning muayyan bosqichidagi xato izlanishlar sifatida qolib ketdi. A.Sa’diyning H.Olimjon ijodiga munosabatida, ayniqsa, vulgar sotsiologizm kasaliga mubtalo bo’lgani ko‘zga yaqqol tashlanadi. Uning bu fikrlariga Oybek o‘sha vaqtdayoq jiddiy e ’tiroz bildirgan edi. H.Olimjonning to‘rt to‘plamini tahlil qilgan A.Sa’diy shoir dunyoqarashini, badiiyatidagi ayrim nuqtalarni tanqid qila turib, umuman, uning ijodi, asarlari haqida yanglish, biryoqlama xulosa chiqargan edi. Bu qarashlarga munosabat bildirgan Oybek yozadi: «Tanqidchi o‘z maqolasida H.Olimjon she’rlarida umuman burjuaziya romantizmi va ideauzmi ta’siri»ni ko‘radi. Haqiqatan «Ko'klam» va «Olov sochlar»da romantik, simvolik notalar yo‘q emas. Masala, mana shu ta’sirni konkret ko'rsatish, shoir ijodiga kirgan ideologik ta’sirlarni ochib berishdadir. Tanqidchi asarlami konkret analiz qilish natijasida o‘z hukmlarini chiqarishi kerak. Sa’diyning hukmlari, asarlarining analizidan kelib chiqmaydi. Ko'pincha faktlar, shoiming qarashlari, fikrlari «qiyshiq oyna» orqali ko‘rsatiladi. She’rlarga tanqidchi o ‘z kayfiyatiga yarasha, o‘zi istagancha ma’nolar taqishga kirishadiki, bu bilan tanqid obyektiv ahamiyatdan mahrum etiladi» A.Sa’diy H.Olimjon she’rlarini tahlil qilishda Oybek aytganidek, «qismni ko‘rib kulini unutgan», ammo Oybek maqolasini o'qib chiqqandan so‘ng, istiqlol mafkurasi nuqtayi nazaridan qaralsa, Oybekning o‘zi ham ayrim xatolarga yo‘l qo'ygani seziladi: Oybek H.Olimjon o‘sha asarda ijodini har xil xurujlardan himoya qilishda haq bolsa-da, ko‘proq uning sinfiylik, partiyaviylik ruhi ufurib turgan she’rlariga urg‘u beradi. Oybek bir o‘rinda A.Sa’diyni «voronskiy»chilikda ayblaydi. Voronskiy va A.Sa’diy fikrida yaqinlik ko‘radi: «Voronskiycha badiiy to‘g‘rilik, samimiylik va katta san’at asari yaratish sinfiy kurash, siyosat kundalik masalalar bilan birlasha olmaydi. Voronskiy nazariyasicha, «haqiqiy san’at g‘ayri sinfiy mohiyatdadir, o‘z-o‘ziga go‘zal dunyoni ochishdadir” 30-yillarda bu nuqtayi nazar qattiq qoralangan edi. Taraqqiyotimizning hozirgi bosqichiga kelib, ma’lum bo‘ladiki, bu nuqtayi nazar noto‘g‘ri emas ekan. A.Sa’diy H.Olimjonning «Ko‘klam» va «Olov sochlar» to‘plamidagi she’rlari obrazga boy, san’atda yuqori deb hisoblaydi, biroq «O‘lim yovga», «Poyga» to'plamlaridagi she’rlar «oratorlik»dan iborat deb hisoblaganini Oybek tanqid qiladi. Nazarimizcha, A.Sa’diy mulohazalarida haqiqat yo‘q emasdi. Yuqoridagi har ikkala she’rda badiiylikdan ko‘ra oratorlik, poetik xolislikdan ko‘ra mafkura kuchliroq bo‘lgani bugun, shoir ijodini kamsitmagan holda, ro‘yi rost aytish imkoniga egamiz. Taniqli tanqidchi va adabiyotshunos A.Sa’diy asarlariga xolis baho berish, uning ilmiy-tarixiy qimmatga ega merosini munosib o‘rganib, tadqiq etib, yangi avlodlarga yetkazish bizning burchimizdir. Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling