Abdurahmonov turkiy xalqlar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og'zaki ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘n to‘rtinchi afsona
- TURKIYLAR OBRAZI QADIМGI GRUZIN, GERМAN, RUS VA SLAVYAN XALQLARI ADABIYOTLARIDA GRUZIN ADABIYOTI.
Oltinchi afsona: Afrosiyobning Romiton shahrini qurishi. Romtin (Romiton) bir ko‘handizga ega va mustahkam bir qishloq bo‘lib, Buxorodan qadimiyroqdir. Bu qishloqni Afrosiyob bino qilgan. Afrosiyob har vaqt bu viloyatga kelganida shu qishloqdan boshqa joyga turmagan. Forsiylarning kitobida aytilishicha, Afrosiyob ikki ming yil yashagan. U jodugar bo‘lib, Nuh podshohning bolalaridandir. U o‘zining Siyovush nomli kuyovini o‘ldirgan. Siyovushning Kayxisrav nomli o‘g‘li bo‘lib, u otasining qonini talab qilib, ko‘p lashkarlar bilan bu viloyatga kelganida Afrosiyob shu Romtin qishlog‘ini hisor qilib turgan. Kayxisrav o‘z lashkarlari bilan ikki yil shu hisor atrofini o‘rab turdi va uning ro‘baro‘siga bir qishloq bino qilib, bu qishloqni Romush deb atadi. Uni yaxshiligidan Romush deganlar. Bu qishloq hozirgacha obodondir. Kayxisrav Romush qishlog‘ida otashparastlar ibodatxonasini qurdi: otashparastlarning aytishlaricha, bu ibodatxona Buxorodagi otashparastlar ibodatxonalarining eng qadimiysidir. Kayxisrav ikki yildan keyin Afrosiyobni tutib o‘ldirdi. Afrosiyobning go‘ri Buxoroda Мa’bad darvozasida rahmatli Xo‘ja Imom Abu Hafs Kabir tepaligiga tutashgan katta tepalik ustidadir. Buxoro aholisi Siyovushning o‘ldirilishi to‘g‘risida ajoyib ashulalar to‘qigan: kuychilar bu qo‘shiqlarni «Kini Siyovush»- «Siyovush jangi» deb ataydilar. Мuhammad ibn Ja’far (an-Narshaxiy) o‘sha vaqtdan buyon uch ming yil o‘tgan deydi. (Narshaxiy. «Buxoro tarixi»). Yettinchi afsona: Afrosiyob tomonidan Siyovushning o‘ldirilishi. Buxoro arki Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi www.ziyouz.com kutubxonasi 217 217 hisorining bino etilishiga mana shu voqyea sabab bo‘lgan: Siyovush ibn Kaykovus o‘z otasidan qochib, Jayxun daryosidan o‘tib, Afrosiyobning oldiga keldi. Afrosiyob uni yaxshi qabul etdi va o‘z qizini unga xotinlikka berib, aytishlaricha, barcha mulkini ham unga topshirdi. Bu viloyat o‘ziga vaqtincha berib qo‘yilgan joy ekanligi tufayli, Siyovush bu yerda o‘zidan bir yodgorlik qoldirishni istadi. Shunday qilib, u Buxoro hisorini bino qildi va ko‘proq vaqt o‘sha joyda turar edi. (kimlardir) u bilan Afrosiyob o‘rtasida yomon gap yurgizgandi va (natijada) Afrosiyob uni o‘ldirdi hamda shu hisorda sharqiy darvozadan kiraverishdagi «Darvozai g‘uriyon» deb atalgan somonfurushlar darvozasining ichkarisiga dafn etdilar. Shu sababli Buxoro otashparastlari o‘sha joyni aziz tutadilar va unga atab har bir erkak kishi har yili Navro‘z kuni quyosh chiqishidan oldin o‘sha joyda bittadan xo‘roz so‘yadi. Buxoro aholisining Siyovushning o‘ldirilishiga bag‘ishlab aytgan marsiyalari bo‘lib, u barcha viloyatlarga mashhurdir. Kuychilar uni «otashparastlar yig‘isi» deydilar. Bu gaplar bo‘lganiga hozir uch ming yildan ortiqroq vaqt o‘tdi. Shunday qilib, mana shu rivoyatga ko‘ra bu hisorni Siyovush bino qilgan, ba’zilar esa Afrosiyob bino qilgan deganlar. So‘ng bu hisor buzilib ketib, ko‘p yillar vayronligicha qoldi (Narshaxiy. «Buxoro tarixi»). Sakkizinchi afsona: Afrosiyob - mehribon ota. Aytadilarki, Afrosiyobning bir qizi bo‘lib, uning doimo boshi og‘rir edi. Romtinga kelib turib qolganidan keyin bu yerning havosi muvofiq kelib, darddan xalos bo‘ldi va bu joyga «oromi tan»- «tan oromi» deb nom qo‘ydi. Oddiy xalq esa buni «Romitin» deydilar (Narshaxiy. Buxoro tarixi). To‘qqizinchi afsona: Afrosiyobning qatl etilishi. Kayquboddan so‘ng Kaykovus Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi www.ziyouz.com kutubxonasi 218 218 podshoh bo‘ldi. Kaykovusning bir farzandi bor edi. Uni tarbiyasi uchun Rustami shadid bin Zol bin Parishon bin Juzang bin Gershaspga topshirdi. Rustam Siiston va unga tobe viloyatlarga voliy erdi. Rustam bolaga juda yaxshi ta’lim va tarbiya berib, so‘ng otasi Kaykovus huzuriga yubordi. Afrosiyob juda mamnun bo‘ldi. U Afrosiyob qizi yoki Yaman viloyati podshohining qiziga uylangan edi. U Jamila bonu Siyovahshning husni jamoli va fazlu kamolini ko‘rib, unga giriftor bo‘lib, ani muddaosi husuli uchun o‘ziga targ‘ib va ko‘ngil xohishi bo‘lgan amrga taklif etdi. U xotin Siyvahsh bilan otasi Kaykovus o‘rtasiga sovuqlik tushirdi. Siyovahsh bundan xabar topgach, Rustami shadiddan iltimos qilib, otasidan unga Turkistonga, Afrosiyob bilan urushga ketishga ruxsat olib berishini so‘radi. Ruxsat bo‘lgach, Siyovush Turon bilan urushga ketdi. Qattiq urushlardan so‘ng Siyovahsh Afrosiyob bilan sulh tuzishga keldi. Otasi unga qarshilik qildi. Ammo shahzoda o‘z va’dasidan qaytmadi. U o‘zining Afrosiyob xizmatiga o‘tajagini bildirdi. So‘ng shuni qildi. Afrosiyob Safo Farid degan parichehra qizini Siyovahshga erga berdi. Siyovahsh bilan hamsuhbat bo‘lgan jamoaning unga moyil bo‘lib qolishidan, shahzodaning fazli kamolidan xavotir bo‘lgan Afrosiyob o‘z taxtiga voris chiqib qolishidan qo‘rqdi. Uning ikki o‘g‘li va birodari hasad yuzasidan bu tahlikani kuchaytirdilar, natijada, Afrosiyob Siyovahshni o‘ldirishga amr qildi va uni qatl ettirdi. Siyovahshning rafiqasi Kayxisravga homilador edi. Sipohlardan Qiyron bin Kas’on uni saqlab qoldi. Bola tug‘ildi. Uni Qiyron balog‘atga yetkazdi. Siyovahsh o‘limidan xabar topgach, Shodvas bir qora kiyim kiyib, motam tutdi. Afrosiyob Shodvasdan bu kiyimning odatga xilof ekanini aytsa, Shodvas bugun bizga zulmat va qorong‘ulik kunidir dedi. Мusibat hangomida qora libos kiyish shundan odat bo‘lgan. Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi www.ziyouz.com kutubxonasi 219 219 Kaykovus vafotidan so‘ng Eronda Kayxisrav taxtga o‘ltirdi. Uning onasi Afrosiyobning qizi Farid edi. Shu tufayli Kayxisrav Afrosiyob taxtiga voris edi. Kayxisrav to‘rt tomondan turk yeriga hujum boshladi. Urushda besh yuz oltmish ming odam o‘ldi, o‘ttiz ming asir qilindi. Fors lashkarboshisi Gudarz edi. Unga Isfahon va Jurjon hokimligini berdi. Afrosiyob Shaydo degan o‘g‘lini Kayxisrav jangiga yubordi. Ammo u yengilib qatl etildi. So‘ng Afrosiyob o‘zi askar yig‘ib bordi. Ammo yengilib, Ozarbayjonga ketdi. Kayxisrav uni ta’qib qilib borib tutdi va qatl etdi. So‘ngra Ozarbayjondan qaytib keldi. Afrosiyobning o‘rniga Kaybavosif degan kishini tayinladi. Kayxisrav otasi Siyovahsh o‘chini olgach, o‘rniga Luhraspni tayin etib, o‘zi zohidlik ixtiyor etdi va ahli a’yoni bilan g‘oyib bo‘ldi. Podsholik muddati oltmish yil bo‘ldi. (Ibn al-Asir. «Tarixi komil»). O‘ninchi afsona: Siyovushning tuhmatga uchrashi va Afrosiyob tomonidan o‘ldirilishi. Siyovushni Kaykovus askarlari Turon chegarasidagi o‘rmonlardan topib olgan go‘zal bir qizdan tug‘ilgan (aftidan, bu qiz qadimgi yunon afsonalaridagi o‘rmon ma’budasining dastlabki obrazi bo‘lsa kerak). Siyovush dunyoga kelishi bilanoq (onasi uni tug‘ishi paytida o‘ladi) hammani o‘zining beqiyos go‘zalligi bilan maftun etadi. O‘gay onasining shahvoniy hirsini rad etgani uchun nohaq ayblangan Siyovush o‘t sinovidan o‘tishi, ya’ni oltin dubulg‘a kiyib, qora otda katta alanga ustidan sakrab o‘tishi kerak edi. U o‘tni yengib, o‘z nomusini qaytadan tiklab oladi hamda Turonga yurish qiladi. Urush tamom bo‘lgandan keyin Siyovush Turon podshosi Afrosiyob huzuriga boradi hamda uning qiziga uylanadi. Qaynotasidan sovg‘a sifatida Turon yerlarining bir qismini olib, bu joyda Kangdiz yoki Kangi Siyovahsh nomli hashamatli qasr shahar quradi. Lekin yana tuhmatga uchrab, Afrosiyob yuborgan qotillar Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi www.ziyouz.com kutubxonasi 220 220 tomonidan o‘ldiriladi. Uning o‘g‘li («Avesto» bo‘yicha nabirasi - qizining Afrosiyobning ukasi Agreratdan bo‘lgan o‘g‘li; aftidan bu variant ancha eski, matriarxat bosqichiga oid bo‘lsa kerak) Kayxisrav xiyonatchi bobosini tor-mor keltirib, ariylarning yerlarini birlashtiradi va Xorazm rivoyatlariga ko‘ra, birinchi Xorazm sulolasiga asos solgan (S.Tolstov. «Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab»). O‘n birinchi afsona: Afrosiyob qo‘rg‘oni ustida bayram. Turon shohi Afrosiyob Rustam va Kayxisravning hujumidan qochib, o‘zini saqlash uchun juda katta qo‘rg‘on qurdiradi. Qo‘rg‘on qorong‘u, unga nur tushmas edi. Kayxisrav Gershaspning qabridan yondirib olgan olov bilan qo‘rg‘onni vayron qiladi. Afrosiyob yana qochadi. So‘ngra qo‘rg‘on o‘rnida katta gulxan yoqiladi. Odamlar to‘planishib, Kayxisravni madh etuvchi qo‘shiqlar aytishadi. Ushbu qo‘shiqlardan birining 10 misralik parchasi yetib kelgan. Furuxt bodo ro‘sh, Xunida Gershasp hush, Hame pur ast az no‘sh, No‘sh kun, may no‘sh. Do‘st, bidor go‘sh, B-ofarin nihoda go‘sh! Hamesha neki qo‘sh, De guzashtu do‘sh! Shoho xudoygono, B-ofarin shoh-o! («Tarixi Siiston»). Tarjimasi: Nurafshon kun boshlandi, Gershasp ruhi shodlandi, Qalblar to‘la hayajon, Sharob ko‘tar, jo‘rajon. Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi www.ziyouz.com kutubxonasi 221 221 Quloq solgin birodar, Ta’zim et yerga qadar. O‘tgan kuning misli tush, Hayot keldi yaxshi, xush. Ey,jahongir, shahonshoh, Senga sharaf, senga shon! O‘n ikkinchi afsona: Afrosiyob qal’asi va o‘lim ma’budi. Afrosiyob o‘lim ma’budi Estuxxatdan qochib, katta qal’a qurdiradi. Qal’aga kiradigan birorta yo‘l yo‘q edi. Ustalar jon saqlaydigan bu qo‘rg‘onni ertaklardagiday qurishgan edi. U «Afrosiyob qal’asi» deb ataldi. qal’a devorlarining balandligi 1000 futga (bir fut 30,479 sm ga teng - A.A.) edi. Lekin qo‘rg‘on ichkarisi mutloq qorong‘u bo‘lgan. Afrosiyob qal’aning devorlariga billur, tilla, kumush va marvaridlardan sun’iy quyosh, oy va yulduzlar o‘rnatib chiqishni buyurgan. Natijada, qal’a juda yorug‘ bo‘lgan. Go‘zallik va kuch - qudrat ma’budasi Ardvisurnaxid Afrosiyobning bu xizmatini ko‘rib, unga boqiy umr berishi mumkin edi. Afrosiyob ma’buda sharafiga eng yaxshi otlardan 100 ta, boqilgan buqalardan 1000 ta, semiz qo‘ylardan 10.000 ta so‘yishni buyurdi. Afrosiyob o‘zining ko‘ngliga taskin topdi, o‘lim ma’budasi endi kelolmasligiga ishondi. Yillar o‘tdi. Afrosiyob o‘zining sun’iy bog‘ida aylanib yurgan edi. Daraxtlar orqasida odam sharpasini ko‘rdi, u juda oriq va qahrli edi. Afrosiyob darrov payqadi, u o‘lim ma’budasi edi. Unga qarshi bormoqchi ham bo‘ldi, lekin behuda ekanligini angladi. Afrosiyob jonsiz yiqildi (Professor X.Ko‘r-o‘g‘li tiklagan). O‘n uchinchi afsona: Afrosiyob shohlikdan voz kechadi. Eron shohlaridan Kaykovus yoki Jom (Som) Sharqdagi uzoq dengiz ortida Qang‘diz degan shahar qurdirgan. Shahar keyinchalik Turon shohi Afrosiyob qo‘liga o‘tgan. Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi www.ziyouz.com kutubxonasi 222 222 Afrosiyob podsholikdan voz kechib, tarkidunyo qilib, Kangdiz shahar-qo‘rg‘onini o‘ziga qarorgoh qilib oladi. Kayxisrav Afrosiyobni qo‘lga tushirish uchun uning izidan borar ekan, Qang‘diz shahriga qo‘shin tortadi. Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» kitobida bu afsonani quyidagicha bayon etadi: «Hind astranomlari obod joylar geografik uzunligini Lanka vositasida belgilaydilar. Bu joy Yer ekvatorida o‘rtalikda bo‘lib, Sharqida Jamakuti, G‘arbida Rumaka bor. Ammo Jamakuti esa Yaqubning va al-Fozoriyning aytishicha, dengiz ichidagi mavzudadir. Unda Tora shahri bor. Hindlarning kitoblari ichida bunday nomni sira topa olmadim. Kote esa bir qal’a nomi, Joma - ajal farishtasi (demak)dir; undan Kangdiz hidlari tarqalib turadi. Forslarning yozishlariga ko‘ra, Kayxisrav turk Afrosiyob izidan borishda bu dengizni kezgan. U mavzuga borganda zohidlar yo‘liga o‘tib, u mulkdan chiqib ketishlikni qaror qilgan». Diz forschada - qal’a demakdir (Beruniy. «Hindiston»). O‘n to‘rtinchi afsona: Eroniy xalqlar bayramlarining Afrosiyob shaxsiyati bilan bog‘lanishi. Abu Rayhon Beruniy «Qonuni Мas’udiy» kitobining ikkinchi maqolasi «Eroniylarning majusiylik-dagi bayram kunlari»da eronliklarning uchta bayramini Afrosiyob shaxsiyati bilan bog‘laydi. Hurdod. Hurdod mohning oltinchi kuni - ikki ism (oy va kun ismi) bir-biriga muvofiq kelgani uchun bayram bo‘lgan. Tir mohning o‘n uchinchi kuni ham shunday. Orishning Мanuchehr bilan Afrosiyob orasida sulh qilish uchun o‘q otishi ham shu kunga to‘g‘ri kelgan. Bu sulhga ko‘ra o‘q borib yetgan joy Мanuchehrniki bo‘lar emish. Aytishlaricha, u Ro‘yo tog‘idan otgan, uzoqdan otilgan shu o‘q Farg‘ona va Tabariston orasiga tushgan. Eronliklar, undan keyingi kunda ham o‘qning borib yetgan xabari shu kuni eshitilgan, deb bayram qiladilar. Tirgon. «Ular (eroniylar-A.A.) Tirgon kuni cho‘miladilar, Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi www.ziyouz.com kutubxonasi 223 223 oshxonalar va o‘choqlarni supuradilar. Ammo o‘choqlarni buzishlariga sabab shuki, odamlar shu kuni Afrosiyob qamalidan xalos bo‘lib, har kishi o‘z ishiga ketgan. Shuningdek, avvalgilar yo‘lidan yurib (yetilmagan) bug‘doyni yetilmagan mevalar bilan qo‘shib qaynatadilar, chunki ularning bug‘doy yanchishga qudratlari yetmagan edi. Cho‘milish marosimining sababiga kelganda, Kayxisrav Afrosiyob jangidan qaytishida lashkarlardan tashqari yolg‘iz o‘zi bir buloq tepasiga tushgan. Shunda u charchaganligi sababli o‘zidan ketgan, Gudarz o‘g‘li Vayjon yetib kelib, unga suv sepgan va u o‘ziga kelgan. O‘sha vaqtdan beri cho‘milish tabarruk rasm bo‘lib keladi». Obogon. «Obogonda Zav ibn Tahmosp Afrosiyob bekitib tashlagandan keyin qazilgan anhorlarga suv qo‘ygan hamda shu kuni kishvarlarga, bular iqlimlar kabi, Bevorasp davlatining zavol topgan xabari kabi tarqalgan, shundan keyin har bir kishi o‘z uyi va oilasigi ega bo‘lgan. Bundan oldin esa, ustlariga kelgan sarkashlarning zo‘ravonligi sababli u narsalarga ega bo‘la olmaganlar» (Beruniy. «Qonuni Мas’udiy»). Yuqorida matni keltirilgan afsonalarning syujet o‘zagi bitta:Turon shohi Afrosiyob Eron mamlakati bilan bo‘lgan jangda g‘olib kelishi, Eron xalqiga zulm o‘tkazishi, eroniylardan bo‘lgan kuyovi Siyovushni ig‘vogarlarning so‘ziga kirib o‘ldirishi, natijada Eron shohi va pahlavonlari Siyovush xunini undan talab qilish voqyealari asosida qurilgan. Lekin afsonalarning hammasida ham Afrosiyob yovuz, mehr va insoniylikdan begona shoh sifatida ko‘rinmaydi. Afrosiyob tarixdagi juda ko‘plab, aytish mumkinki, hamma shohlarga xos xususiyatni o‘zida mujassamlashtirgan. Jahon tarixiga nazar tashlanadigan bo‘lsa, har bir shoh ma’lum bir mamlakat bilan urishganda g‘alabani qo‘lga kiritish uchun shafqatsiz bo‘lgan. Zotan, Kayxisravning o‘zi ham tarixiy va afsonaviy shaxs sifatida Afrosiyobga nisbatan shafqatsiz edi. Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi www.ziyouz.com kutubxonasi 224 224 Afsonalarda Afrosiyob obrazi qanday xususiyatlar bilan tasvirlanganligini nazardan o‘tkazaylik: Afrosiyob pahlavon, ayni paytda o‘z raqibi bilan sulh tuzib, tinchlikni istovchi shoh (I afsona), ollohdan o‘z maqsadiga erishish uchun najot so‘rovchi, lekin omadi chopmagan jabrdiyda (II); O‘z maqsadi yo‘lida qarshilik qilgan, raqibiga yon bosganlarni shafqatsiz jazolovchi (III, IX); urushda tinchlik istovchi, pahlavonlarni qadrlovchi, lekin o‘z taxti o‘zgalar qo‘liga o‘tib ketishidan qo‘rquvchi va o‘z saltanatini mustahkamlash uchun qotillikdan ham qaytmaydigan shoh (V); shaharlar qurishga e’tibor bergan, odamlarning ig‘vosiga ishonuvchi(VI, VII); mehribon ota (VIII); o‘z raqibi ekanligini bilsa-da, pahlavonligini qadrlovchi, hatto qizini ham berishga tayyor mehribon qaynota, lekin o‘z taxtini sevuvchi shoh (IX, X); dushmandan o‘z jonini ehtiyot qilish chorasini izlovchi, shahar va qo‘rg‘onlar qurgan, lekin dunyoga ustun bo‘lolmasligini, inson umri abadiy emasligini tushungan, har qanday shoh ham o‘lim oldida ojizligini bilgan shoh (XI, XII); shohlik azobidan zohidlikni afzal bilgan tarkidunyo egasi (XIII) sifatidagi o‘z qiyofasiga ega. TURKIYLAR OBRAZI QADIМGI GRUZIN, GERМAN, RUS VA SLAVYAN XALQLARI ADABIYOTLARIDA GRUZIN ADABIYOTI. Ossuriya tarixiy hujjatlarida Urartu (hozirgi Armaniston va Turkiyaning bir necha sharqiy viloyatlari o‘rniga to‘g‘ri keladi) va Gamirra mamlakatlari o‘rtasida miloddan oldingi VIII asrlarda Guriani (hozirgi Gurjiston) mamlakati joylashganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Gamirra – go‘mirlar, ya’ni kimmerlar davlatidir. Gurjiston, Armaniston, Abxaziyadagi qadimgi shaharlar o‘rnida arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan ashyolar Qofqaz va Qofqaz orti mamlakatlarida skif-kimmerlar ham yashaganligidan guvohlik beradi. Gruzin olimi G.A. Мelikishvilining ta’kidlashicha, kimmerlar janubiy Gruziya va uning tog‘larini Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi www.ziyouz.com kutubxonasi 225 225 o‘zlarining trer urug‘lari nomi bilan Trialet (qadimgi arman manbalarida trel) deb ataganlar. Sharqiy Gruziyada Kvemo-Kartli shahrini Gugark («Injil»dagi skiflar ajdodi «Gog» va «Мagog» nomi bilan) atashgan. Strabonning ma’lumotiga ko‘ra, Shimoliy Armanistonda skiflarning sak urug‘lari yashaydigan Sakashen shahri bo‘lgan. Qofqaz respublikalaridagi ko‘pchilik xalqlar o‘zlarining tarixini skiflar bilan bog‘laydilar. Dog‘istonning Arqaz (Erqaz) qishlog‘idan topilgan arxeologik yodgorliklar skif-hayvonot uslubida ekanligi e’tirof etilgan. Akademik N.Ya.Мarr skif va sak tilini Shimoliy Qofqaz va Abxaziya tillari bilan juda yaqin deb hisoblaydi. Demak, gruzin xalq og‘zaki va qadimgi yozma adabiyotida skif-kimmerlar badiiy ijodining yodgorliklari saqlanib qolishining tarixiy asoslari mavjud. «Amiran» qahramonlik eposi svan, megrel, abxaz, arman, osetin, cherkas, lak va kabardin tillarida ommalashgan. Lekin markazlashgan o‘rni gruzinlardadir. Xususan, «Amiran» mesxetilar o‘rtasida ommaviy tarzda tarqalgan va ashuglar (baxshilar) uni kuyga solib aytishgan. Мesxetilar skif-kimmerlarning miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda rivojlangan qabilalaridan biridir. Ular osmon jismlariga, xususan Oyga sig‘inishgan. Turkiy xalqlarning nodir yodgorligi «Qo‘rqut ota kitobi»da Amiran turkiy xalqlarning bahodir yigitlaridan biri sifatida ulug‘lanadi. Bu obraz gurjilar va o‘g‘uzlar o‘rtasidagi janglar tasviriga bag‘ishlangan «Bagilning o‘g‘li Amiran haqida qo‘shiq» faslida yaratilgan Amiran g‘ayri dinlar – gurjilar boshlig‘i Takuraga qarshi jangga tushib, uni yengadi. Shu sababli Qofqaz tog‘laridagi ko‘plab yerlar unga in’om etiladi, bahodir Aruz (Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam» kitobida yozishicha, Alburz (Elbrus) tog‘i uning nomiga qo‘yilgan) yonidan joy ko‘rsatiladi. Gruzin xalq og‘zaki ijodi Sharq xalqlari adabiyotining kuchli ta’siri ostida rivojlangan. Gruzin folklorshunos-ligi «Amiraniani», «Tarieliani», «Rostommiani» doston-larini qahramonlik eposlarining eng yaxshi namunalaridan deb hisoblaydi. Bu eposlarning Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi www.ziyouz.com kutubxonasi 226 226 qahramonlari Amiran, Tariel, Rustamdir. Tariel skif-kimmerlarning tarixiy yoki afsonaviy qahramonidir. Shu sababli ham janubiy Gruziya va uning tog‘lari ushbu nom bilan atalgan. «Amiran»ning 150 dan ortiq variantlari yozib olingan. Uning bir variantida Rustam Amiranning otasi deb ko‘rsatilgan. «Tarieliani» dostonida esa Tariel va Rustam Amiranning ukasidir. Fors-tojik va turkiy og‘zaki adabiyotdagi Bejan va Мanija (Afrosiyobning qizi) haqidagi doston syujetlari ham gruzin xalqlari o‘rtasida keng tarqalgan, uning bir necha variantlari yozib olingan. G.N.Potanin Sharq adabiyotining Yevropa eposlariga ta’siriga bag‘ishlangan asarida Shimoliy Kavkaz xalqlari o‘rtasida Amiran haqida saqlangan syujetlarning bir necha versiyalarini keltiradi. V.F.Мillerning ham «Osetin etyudlari» tadqiqotida Amiran haqidagi og‘zaki hikoyalar tahlil etilgan. Gruzin adabiyotida ushbu qahramon haqida roman ham yaratilgan. G.N.Potanin bu roman hozirgacha (1899) nashr etilmagan deb ta’kidlaydi. Amiran haqidagi afsonalarda tasvirlangan voqyealar o‘zining qadimiy qatlamlariga ega. AМIRANNING TUG‘ILISHI. Ishav versiyasiga ko‘ra, Amiran Sulkaymaxa va uning xotini Darijonning kenja o‘g‘lidir. Uning Badra va Usip ismli ikki akasi bo‘lgan. Kartamin versiyasiga ko‘ra, Amiran Usip yoki Usupning o‘g‘lidir. Uch aka-uka Sulkalmax, Badri va Usip yashadilar. Ularni Darijanashvili deyishar edi. Usup ovga chiqib, cho‘qqidagi qal’ada o‘tirar ekan, go‘zal, quyosh nuridan ham ustun bir qizni uchratdi. U o‘sha go‘zal bilan uch kun bo‘ldi va unga qimmatbaho tosh olmosni qoldirar ekan, shart qo‘ydi: «Agar qiz tug‘sang, unga shu olmosni berasan, agar o‘g‘il tug‘sang, u o‘zi uchun o‘zi kurashsin». Usup vafot etdi. Go‘zal ayol o‘g‘il tug‘di. Unga xudoning nazari tushdi va Amiran ismini berdi. Svan versiyasida otasining ismi ko‘rsatilmaydi. U oddiy ovchi. U bir cho‘qqining yonidan o‘tayotganida ayol kishining ovozini eshitadi. Ovchi cho‘qqidan qaytib tushar ekan, o‘sha ayolni topadi va u bilan uch kun birga bo‘ladi. Ovchi ayolning qistovi bilan uning qornini Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi www.ziyouz.com kutubxonasi 227 227 yoradi va o‘g‘il bolani olib, uni buloqqa tashlaydi. Pari kelib, chaqaloqni poklaydi va uni Amiran deb ataydi. Svanlarning boshqa versiyasiga ko‘ra, cho‘qqida kuchli tovush eshitiladi. U yerdan to‘lg‘oq tutayotgan ayol kishining ingragan nidosi kelardi. Odamlar dastlab qo‘rqishadi, so‘ngra xursand bo‘lishadi. Temirchi Darjexan (Darijan) doyalik qilish uchun uning huzuriga boradi. Ayolning qornini yorishga to‘g‘ri keladi. Ayol o‘limi oldidan o‘tinib so‘raydi: «Agar qiz tug‘sam, suvga tashlanglar, agar o‘g‘il tug‘sam, uch tomonga ketuvchi yo‘l boshiga qo‘yinglar». Bola o‘g‘il tug‘ildi. Yo‘lga tashlangan chaqaloqni ma’budlar oldilar, pokladilar va yana o‘z joyiga qo‘ydilar. Uni bir ovchi topib oldi va xotiniga keltirib berdi. Ayolning Visibir va Badr ismli ikki o‘g‘li ham bor edi. Osetin versiyasiga ko‘ra, Amiran Rustamning o‘g‘lidir. Rustam cho‘qqida ov qilib yurgan edi, qoziq tishli bir ayol unga o‘z muhabbatini izhor etdi. Rustam uning taklifini qabul qildi va shu yerda jon berdi. U o‘limi oldidan tug‘iladigan farzand o‘g‘il bo‘lsa, unga Amiran ismini qo‘yishni vasiyat qildi. Amiran haqidagi syujet asosida gruzin yozuvchisi Мose Xoneli (XII) qissa yozgan. Ba’zi gruzin adabiyotshunoslari «Amiran»ning og‘zaki ijodda saqlanib qolgan variantini juda qadimga olib borib taqaydilar. Мasalan, gruzin olimi Sh.Nupubidze «Amiran»ni jahon eposi taraqqiyotiga hissa qo‘shgan «Bilgamish»dan so‘ngi asar deb hisoblaydi. Amiran Elburs tog‘ida zanjirband qilinganligi to‘g‘risida ham rivoyatlar bor. Shu sababli ham uni Prometeyning muqobili deb atashgan. Gurji xalq og‘zaki ijodida Alp Er To‘nga va Kayxisrav munosabatlari bilan bog‘langan rivoyatlar ham mavjud. Biroq bu nomlar gruzin xalqi hayoti bilan bog‘lab ko‘rsatiladi. Gruzin shohi Erekle Aragvi hukmdori Kayxusru (Kayxisrav)ni tatar xoniga qarshi urushga chaqiradi. Erekli – Alp Erning qahramonligi timsolidir. «Tarielliani» dostoni Мesxetida yozib olingan. Tariel – Shota Rustavelining «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» dostonining Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi www.ziyouz.com kutubxonasi 228 228 ham yetakchi qahramoni hisoblanadi. Doston XII asrda yaratilgan bo‘lib, gruzin malikasi Tamara va uning eri Davidga bag‘ishlangan. Asardagi voqyea qadimgi sharq ertaklari syujeti asosida qurilgan. Doston qahramoni Tariel – pahlavon, bellashishda arslonni yiqitadigan bahodir yigit. Bu dostonda Tariel hindistonlik oshiq tarzida ko‘rsatilgan. Hind shohi o‘z qizi Neston Darijonni Xorazm shohining o‘g‘liga uzatishi voqyeasi orqali Tarielning ishqiy sarguzashtlari rivojlanadi, arab pahlavoni Avtandil, turk shohi Faridunlar bilan uchrashadi. Tariel Nestonning visoliga yetishishida Faridin unga yordam beradi. Shota – mesxeti urug‘idan. Kitobni malika Tamaraga sovg‘a etish uchun yaratgan. Shota Sharq turmush tarzi va adabiyotini yaxshi bilgan. Shu sababli ham N.Ya.Мarr Rustavelini musulmon shoiri deb atagan. Turkiy xalqlar o‘rtasida Alp Er To‘nga – yo‘lbarsdan ham kuchli bahodir xoqon to‘g‘risida rivoyat hamda afsonalar saqlangan. Tariel – shunday xususiyatli pahlavondir. Dostonda yo‘lbars terisiga majoziy ma’no berilgan. Tarielningg yo‘lbars terisini yopinishi undagi yo‘lbarsga xos dovyuraklik, bahodirlik, jasurlikni bo‘rttirib ko‘rsatadi. Shota dostonida uch asosiy qahramon – Tariel, Avtandil, Faridunni arslondek kuchli sifatlar bilan ulug‘laydi. Lekin Tarielning o‘ziga xosligi shundaki, uning egnida yo‘lbars terisidan libosi, po‘stini bor. Tarielning yo‘lbars terisini yopinib yurishi timsolida turkiy xoqonlarni ko‘rish uchun asoslar bor. Firdavsiy «Shohnoma» dostonida shunday yozadi: Kayumarsga jahon shohlik buyurdi, Ilk bora manzilni tog‘ ichra qurdi. Taxtu baxtni topib tog‘dan farovon, Yo‘lbars terisidan qilardi chopon. Alisher Navoiy «Tarixi muluku Ajam» kitobida Afrosiyob haqida shunday ta’rif keltiradi: «Afrosiyob. Ani debturlarkim, Pushang binni Tur binni Faridin o‘g‘lidur. Va ba’zi aning nisbatin Kayumarsga yetkurubdurlar». Afrosiyob – Alp Er To‘ngani Kayumarsga nisbatan Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi www.ziyouz.com kutubxonasi 229 229 berish uning yo‘lbars terisini yopinib yurishiga ishoradir. Мirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» asarida chorva va vahshiy hayvonlar terisidan liboslar kiyish Tung ibn Turk ibn Yofas davridan boshlangan deb hisoblaniladi. «Tarixi muluku Ajam»da Faridun Afrosiyobning otasidir. «Yo‘lbars terisini yopgan pahlavon» dostonida Faridun Tarielga otaliq yordamini ko‘rsatgan turkiy mamlakatning hukmdori hisoblanadi. «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» asarining asosiy voqyealari Xorazm va uning yaqinidagi dengiz qirg‘oqlarida bo‘lib o‘tadi. Мa’lumki, asar yaratilgan davrda Xorazm davlatining chegarasi Eron ko‘rfazidan tortib, Volga daryosigacha yetgan edi. Xorazm davlatini xuddi shu davrlarda turkiylar sulolasidan bo‘lgan qoraxoniylar idora etardilar. Shota dostonida qora ot ustida tasvirlangan va shu qora otni Tarielga in’om etgan odil shoh Faridun obrazida turk xoqonlarining siymosi umumlashadi. Umuman, «Amiran» va «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» dostonlarini qadimgi turkiy qahramonlik eposlari bilan qiyosiy o‘rganish adabiy aloqalar tarixida yangi sahifalar ochadi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling