Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daromadda jamg’arish bilan iste’mol ulushi teskari nisbatda bo’lib, birining ortishi ikkinchisining kamayishiga olib keladi. Agarda daromadning hammasi iste’mol qilinsa
Iste’mol tarkibi – bu xarajat elementlari yoki natural iste’mol turlari,
bevosita berilgan mahsulot turi uchun xarakterli bo’lgan birlikda yoki qiymat ko’rinishidagi o’zaro munosabatidan iborat. Kishilar o’z daromadlarini, birinchi navbatda, eng zarur hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatadilar, ya’ni iste’molga sarflaydilar. Iste’moldan ortgan qismini esa turli maqsadlar uchun jamg’aradilar. Daromadda jamg’arish bilan iste’mol ulushi teskari nisbatda bo’lib, birining ortishi ikkinchisining kamayishiga olib keladi. Agarda daromadning hammasi iste’mol qilinsa, 179 jamg’arish nolga teng bo’ladi. Olingan daromadning qanchasini jamg’arish yoki iste’mol qilishi, eng avvalo, har bir oila daromadi miqdoriga o’z oldiga qo’ygan maqsadiga bog’liq. Masalan, milliy urf-odatimiz, an’anamizga ko’ra, daromadi ko’p bo’lmagan hollarda ham aholi pul daromadining bir qismini jamg’aradi. Ushbu jamg’arishning maqsadi to’y qilish, imorat qurish, o’limlik uchun pul yig’ish va boshqa omillarga bog’liq. Aholi xarajatlari dastlab oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, transport va boshqalarga sarflanadi. Iste’molning umumiy hajmida uzoq muddatga foydalanish uchun mo’ljallangan tovarlar ulushining yuqoriligi aholining turmush darajasi va mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti darajasining yuqoriligidan dalolat beradi. Aholining pul daromadlaridagi iste’mol xarajatlarining pasayishi ijobiy holatdir. Agar aholining iste’mol xarajatlari oshib borsa, bu mamlakatda aholining turmush darajasi pasayayotganligidan, aholi daromadlarining aksariyat qismi eng zarur kundalik ehtiyoj mahsulotlarini sotib olishga sarflanayotganligini bildiradi. - aholining iste’mol darajasiga va tarkibiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: - aholi daromadlari darajasi; - iqtisodiy rivojlanish darajasi; - mamlakat milliy boyligi darajasi; - YaIMdagi aholining pirovard iste’moli ulushi; - aholining demografik tarkibi; - tabiiy-iqlim sharoitlari; - ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanish darajasi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti uchun milliy daromadda iste’mol hissasining o’sib borishi xos, ya’ni milliy daromadning tobora ko’proq qismi aholi turmush darajasini, farovonlikni oshirishga qaratiladi. Bunga sabab: 1. Milliy daromadning kamroq (10-15%) qismini jamg’argan holda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash mumkin. Umuman investistiyalar yangi texnika va yuqori texnologiya uchun sarflanib, pirovard natijada iste’molni tkengaytirishga xizmat qiladi. 180 2. Iqtisodiy o’sishda inson omilining ahamiyati beqiyos o’sib, ushbu holat iste’molni ortishi orqali namoyon bo’ladi. Ilg’or yangi texnika, yuqori texnologiyani qo’llash malakali ishchi kuchini talab qiladi. Ishchi kuchi malakasini to’xtovsiz oshirish kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash uchun iste’molni uzluksiz o’stirish zarur. 3. Iqtisodiyot rivojlangan sari aholining o’sish sur’atlari susayib, iste’molchilar sonining ortishi sustlashadi. 4. Bozor iqtisodiyoti rivojlanib, ijtimoiy maqsadga yo’naltirilgan sari aholining ehtiyojlari to’laroq qondirilib, uning farovonligini oshirish kabi insonparvarlik tamoyili kuchayib boradi. Oilaning yalpi daromadlari oshib borishi bilan bir vaqtda yurtimizda iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va aholiga ko’rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish hisobidan ushbu daromadlardan samarali foydalanish uchun sharoit yaratildi. Agar 1991 yilda aholi daromadlarining bor-yo’g’i 46-48 foizi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovar resurslari bilan ta’minlangan bo’lsa, 2011 yilda bu ko’rsatkich 75 foizdan oshdi. Shu bilan birga, 2011 yilda iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1991 yilga nisbatan 6,7 barobar, aholiga pullik xizmat ko’rsatish hajmi esa 1,4 barobar o’sdi (9.1-jadval). Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling