Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich
Inson taraqqiyoti indеksi va uni hisoblash mеtodikasi
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutilayotgan hayot davomiyligi indeksi
- Turmush darajasi indeksi
8.4. Inson taraqqiyoti indеksi va uni hisoblash mеtodikasi Insonning taraqqiyoti indeksi – inson rivojlanishi sohasidagi uch asosiy yo’nalish – salomatlik va uzoq umr, bilim va yetarli turmush darajasi bo’yicha o’rtacha yutuqlar darajasini belgilovchi qo’shma (integral) indeksdir. Insonning taraqqiyoti indeksining tarkibiy elementlari quyidagi subindekslar hisoblanadi: 168 1. Kutilayotgan hayot davomiyligi indeksi – u ma’lum darajada mamlakat ijtimoiy ta’minoti va sog’liqni saqlash tizimining holatini aks ettiradi. 2. Ta’lim darajasi indeksi (ta’limdan foydalanish) – u mamlakat ta’lim tizimi holatining aksi sifatida ta’lim olish imkoniyatini ifodalaydi. 3. Turmush darajasi indeksi yoki aholi jon boshiga (milliy valyutalarning xarid qilish qobiliyati pariteti bo’yicha AQSH dollarida) – yalpi milliy daromad asosida mamlakat aholisi daromadlarini aks ettiruvchi daromad indeksi. 1990-2009 yillarda inson taraqqiyoti indeksi quyidagi subindekslarni hisoblash asosida o’lchangan: 1) tug’ilishda umrning kutilayotgan davomiyligi; 2) katta yoshdagi aholining savodxonlik va maktab ta’limini qamrab olish darajasi (boshlang’ich maktabdan oliy o’quv yurtlariga qadar); 3) AQSH dollaridagi xarid qilish qobiliyati pariteti bo’yicha aholi jon boshiga yalpi milliy daromad. 2010 yildan boshlab inson taraqqiyoti indeksini hisoblash metodikasi o’zgardi. Ya’ni 2010 yilda Inson taraqqiyoti to’g’risidagi ma’ruzaga ko’ra, ta’lim (ta’limdan foydalanish) darajasi indeksi yoki aholi jon boshiga yalpi milliy mahsulot asosida daromad indeksi va hayot darajasi indeksini o’lchash uchun yangi ko’rsatkichlar kiritilgan. Ta’lim darajasi indeksi quyidagi ikki ko’rsatkich bo’yicha o’lchanadi: 1) O’rtacha ta’lim davomiyligi, u hayot davomida 25 va undan katta yoshdagi shaxslar olgan o’rtacha ta’lim yillari bilan o’lchanadi; 2) Kutilayotgan ta’lim davomiyligi, uni kutilayotgandek, rasmiy belgilangan maktabga borish yoshiga yetgan bola, agar uning hayoti davomida aholini ta’lim bilan qamrash ko’rsatkichlari sohasida ustuvor yo’nalish saqlanib qolgan bo’lsa, olishi mumkin. Bu yangi indikatorlardan foydalanish zarurati shu bilan bog’liqki, ko’pgina, ayniqsa inson taraqqiyoti indeksi reytingining yuqori qatorlaridagi mamlakatlarda katta yoshli aholi savodxonligi va ta’lim bilan qamrash darajasining yuqori 169 ko’rsatkichlariga erishildi. Nima uchun mazkur ko’rsatkichlarning farqlash qimmati zaiflashdi? Ta’limning kutilayotgan davomiyligi hamda 25 va undan katta yoshdagi shaxslar uchun o’rtacha ta’lim olish yillari miqdorini boshqa avval foydalaniluvchi va barcha mamlakatlar bo’yicha yanada ifodalangan tabaqalash qimmatiga ega ko’rsatkichlarga nisbatan ta’lim konsepsiyasini to’g’riroq aks ettiradi, chunki ular ta’lim va ta’lim bilan qamrashdagi so’nggi o’zgarishlarni yaxshi aks ettiradi. Biroq ular oldingi indikatorlar singari ta’lim sifatini baholamaydi. Hozirda daromad darajasi AQSH dollaridagi xarid qilish qobiliyati pariteti bo’yicha aholi jon boshiga yalpi milliy daromad yordamida baholanadi. 1990 yilda qabul qilingan inson taraqqiyoti indeksini hisoblash metodikasi bo’yicha indeksni hisoblash o’rtacha arifmetik o’lchamlar indekslarini aniqlashga asoslangan. Mazkur agregatlash usulining asosiy kamchiligi shundaki, u inson taraqqiyoti o’lchovchilari o’rtasidagi o’zaro to’liq almashuvni ko’zda tutgan. Zero, subindekslardan biri bo’yicha yutuqlarning quyi ko’rsatkichlari boshqa ikki subindeksning yanada yuqori ko’rsatkichlari orqali bir tekisda ta’minlanadi. 2010 yilda qo’llangan multiplikativ agregatlash usuli o’rtacha geometrik usuldan foydalangan holda o’lchovlar bo’yicha erishilgan yutuqlardagi farqlarni e’tiborga olish imkonini beradi. Masalan, tug’ilishda kutilayotgan umr davomiyligidagi 1 foiz pasayish ta’lim va daromadlar sohasida 1 foizli pasayish singari inson taraqqiyoti indeksiga ta’sir etadi. Shunday qilib, mazkur usul chiziqli agregatlash formulasiga nisbatan jiddiy e’tirozlardan birini hisobga olib, u o’lchamlarning o’zaro to’liq almashuvini amalga oshiradi va komponentlardan biri bo’yicha yanada yuqori belgi integral inson taraqqiyoti indeksining yuqoriroq ko’rsatkichiga ta’sir etishi mumkinligini ko’zda tutadi. Inson taraqqiyoti indeksi miqdori mamlakatlarni turli inson rivojlanishi darajalariga ega guruhlarga taqsimlash mezoni bo’lib xizmat qiladi. Indeks 0 dan 1 gacha bo’lgan belgilarni qabul qilishi mumkin, bunda indeks miqdori 1 ga qancha yaqin bo’lsa, inson taraqqiyoti shuncha yuqori hamda mazkur mamlakatdagi 170 turmush sharoiti alohida kishi va millatning umumqabul qilingan farovonlik mezonlariga yaqinlashadi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling