Abdurashidov xumoyun abdusami o‘G‘li toshkent 2021 mundarija
Grafik dasturlarni o’qitish jarayonlari
Download 187.7 Kb.
|
.docxABDURASHIDOV XUMOYUN ABDUSAMI O‘G‘LI
1.2. Grafik dasturlarni o’qitish jarayonlari.
Bugungi kunda kasb-hunar kollejlarida o’quv jarayonlari turli xildagi yo’nalishlar uchun turli sohalardagi dars jarayonlari bilan boyitilgan hisoblanadi. Biz 4-kursdagi o’quv jarayonimizda 2 oylik pedagogik o’quv amaliyotini o’tadik. Aynan shu 2 oy biz uchun kollejdagi bilim berish jarayonlari bolalarning qiziqishlari haqida tassavur uyg’otgan davr sifatida yodimizda qoldi. Aynan ushbu pedagogik o’quv amaliyoti bizga o’qituvchi sifatidagi bilimlarimizni malaka va ko’nikmalarni shakllantirib olishimizga juda ham kata yordam berdi. Biz ushbu amaliyotni “Toshkent radiotexnika va avtomatika” kasb-hunar kollejida o’tadik. Aynan shu kollej misolida gapiradigan bolsam,o’quvchilarni dars jarayonlariga qiziqishi juda baland pedagogdan esa faqatgina o’zi ta’lim berayotgan mavzusini chuqur bilish va turli xil metodlar yordamida o’quvchilarda qiziqishni shakllantirishdan iboratligiga amin bo’ldik. Ushbu kollejdagi o’z sohamizga yaqin bo’lgan fanlarga kuzatuvchi sifatida kirdik va shunga amin bo’ldikki, aynan grafika bo’yicha o’quvchilarda qiziqish juda ham yuqori darajada. Kollejda “Grafik tasvir nazariyasi”, “Grafik dasturlar”, va yana ko’plab informatika va shu orqali bevosita grafika bilan bog’liq bo’lgan ko’plab fanlarda kuzatuvchi sifatida qatnashdim. O’quvchilar darsni qay tariqa va qanday metodlarni qo’llagan holda o’tishayotganliklarini sinchikovlik bilan kuzatdim.Bu orqali turli hildagi metodlarni o’zimiz uchun bilib oldik. Shu bilan bir qatorda kasb-hunar kollejlarida kompyuter honalariga alohida e’tibor berish bu dars samaradorligiga xizmat qiluvchi omil ekanini tushunib yetdik. Bugungi kunda raspublikamizda ko’plab kasb-hunar kollejlari faoliyat olib bormoqda. Ularda yaratib berilgan sharoitlar ham juda ham a’lo darajada desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Tabiiyki kompyuter grafikasi hamda boshqa informatikaga oid fanlar bevosita kompyuterlar bilan jihozlangan honalarda o’tkaziladi. Aynan kompyuter grafikasini o’qitish jarayoni samarali o’tishi uchun esa kompyuter texnikalari ham to’liq bo’lishi uni xarakteristikasi ya’ni imkoniyatlari yuqori bo’lishi ham talab etiladi. Bilamizki, ushbu soha hozirda butun dunyoda qiziqish bilan o’rganib kelinmoqda. Yurtimizda 1411 ta kasb-hunar kollejlari mavjud bo’lib, ushbu kasb-hunar kollejlari o’z navbatida ma’lum sohalar uchun ixtisoslashtirilgan va ixtisoslashtirilmagan kollejlarga ajraladi. Yurtimizda faoliyat olib borayotgan kollejlar orasida informatika sohasiga hususan kompyuter grafikasiga ixtisoslashgan kollejlar ham mavjud. Deyarli yurtimizni har bir viloyatida axborot texnologiyalariga, informatikaga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari mavjud bo’lib, ularning ishchi o’quv rejasida kompyuter grafikaga ham ma’lum soat ajratilgan bo’ladi. Buni ma’lum dars soatlari ajratgan holda dars jarayonlarini samarali tashkil etishni ko’zda tutgan holda dars ishlanmalari ishlab chiqish va ularni texnologik kartasini ishlab chiqish muhim omil hisoblanadi. Bugungi kun texnika asri jadal rivojlanib borayotgan va deyarli har kuni o’ziga xos ixtirolar yaratilayotgan zamonda kab hunar kollejlaridagi dars jarayonlariga ham yangi innovatsion texnikalarni va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash zarur va bu zamon talabi deya qaralishi lozim. Shuning uchun ta’lim tizimidagi o’qitishni rivojlantirish va kuchaytirish maqsadida yangi zamonaviy pedogogik va axborot texnologiyalardan foydalanish yo’lga qo’yildi. Rossiyalik olimlaridan biri - V.M. Monaxov “Pedagogik texnologiya- avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo’lgan tartibli amallar tizimidir”,-degan qisqacha ta`rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e`tiborni qaratadi. “Pedagogik texnologiya-o’quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg’unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining sub`ektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi”, -deydi u. Pedagogik texnologiya (PT) -shunday bilimlar soxasiki, ular yordamida XXI asrda davlatimizda ta’lim soxasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchi-yoshlarda xurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muxabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllanadi. Texnologik jarayon xar doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan xolda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon bu mexnat qurollari bilan mexnat ob’ektlariga bosqichma bosqich ta’sir etish natijasida maxsulot yaratish borasidagi ishchining faoliyatidir. Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish sohalaridagi turli texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material o`quvchi (ta'lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo`lib, ularga o`qituvchi, tarbiyachi tamonidan ma'lum maqsadlarga erishish yo`lida har turli ta'sirlar o`tkaziladi. Tabiiyki o’quv jarayonlarini to’g’ri va samarali tashkil etishda ta’lim vositalarinig ham o’rni beqiyosdir. Ta’lim jarayonini maqsadlarini quyidagi klasterda keltirib o’tamiz. Download 187.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling