1-variant (Buxgalteriya hisobi (Noixtisoslik 2-kurs 2-semestr 1-oraliq nazorat)):
1. Quyidagi xo’jalik operatsiyalari natijasida buxgalteriya balansida qanday o’zgarish bo’lishini
tushuntiring. (Bunda masalan, buxgalteriya balansida aynan qaysi
aktivlar yoki passivlar
o’zgarishini yozing).
1.1. Asosiy ishlab chiqarish xodimlariga ish haqi hisoblandi
1.2. Bank hisobvarag'idan kassaga ish haqi tarqatish uchun naqd pul mablag'lari
olib kelindi
1.3. INPS hisoblandi
2. Quyidagi masalani yeching:
Aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi “Alfa” MCHJ korxonasida 5 kunlik ish haftaligi joriy qilingan.
Korxonada
2023-yilning fevral oyida 2 nafar xodimi direktor Abdullayev A. (lavozim maoshi 3 600 000 so’m)
va ishchi-aloqachi Botirov B. (lavozim maoshi 4 000 000 so’m) larga ish haqi hisoblanmoqda.
Fevral oyida Abdullayev A. 2 kun, Botirov B. esa 3 kun ish haqi to’lanmaydigan ta’tilda bo’lgan
(ishga kelmagan).
Topshiriqlar:
1.
Ushbu ikki xodimga ish haqi va ish haqidan soliqlar hisoblang (kalendardan
foydalaning).
2. Quyida berilgan jadvalga asosan buxgalteriya o’tkazmalarini yozing (buxgalteriya
o’tkazmalarini yozishda ularning
schot raqamini emas, nomlarini yozishingiz ham mumkin).
№ Xo’jalik operatsiyasi mazmuni
Summ
a
Debet
Kredit
1
Abdullayev A.ga ish
haqi hisoblandi
2
Abdullayev A.ga ish haqi daromad solig’i
hisoblanadi
3
Abdullayev A.ga ish
haqidan ijtimoiy soliq
hisoblandi
4
Abdullayev A.ga ish
haqidan INPS
hisoblanadi
5
Abdullayev A. ish haqi plastik kartasiga
to’lab
berildi
6
Botirov B.ga ish haqi hisoblandi
7
Botirov B.ga ish haqi daromad solig’i
hisoblanadi
8
Botirov B.ga ish haqidan ijtimoiy soliq
hisoblandi
9
Botirov B.ga ish haqidan INPS hisoblanadi
10 Botirov B. ish haqi kassadan to’landi
3. Quyidagi masalani yeching: Turistik xizmatlarni ko’rsatuvchi korxonada ma’muriy
maqsadlarda ishlatilgan boshlang'ich qiymati 120 000 000 so'm bo'lgan avtomobilga to'g'ri chiziqli
usulda eskirish hisoblaganda 1 oylik eskirish summasini aniqlang. (eskirish normasi yillik 20%).
Unga provodka yozing.