Abdurauf Fitrat 1917-yilda "Tarix millatlarning o'tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini o'rganaturg'on ilmdir"
Download 27.38 Kb.
|
10 SINF QO\'LLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdurauf Fitrat
- 1917-yil 27-fevralda
- Nikolay II
- Toshkent Soveti
- Toshkent
- Ubaydullaxoja Asadullaxojayev (Ubaydulla Xojayev ) rais
- Mustafo Choqay unga rais , Munavvarqori Abdurashidxonov va Ahmad Zaki Validiy kotibla
- Toshkent shubasi
- "Ittifoqi muslimin
- Eserlar
S HOXRUHBEK ABDULLAYEV +998 94 100 49 94 10-sinf O’ZBEKISTON TARIXI kitobidan majburiy tarix o’qiyotganlar uchun maxsus QO’LLANMA 10-o’zbek 1-mavzu majburiylarga **** Abdurauf Fitrat 1917-yilda "Tarix millatlarning o'tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini o'rganaturg'on ilmdir" deb yozgan edi. **** Abdurauf Fitrat "Rusiyada bosh kо'targan yangi bir balo - bolshevik balosi" degan edi **** Mahmudxo'ja Behbudiy "Haq olinur, berilmas!" shiorini ilgari surgan ****1917-yil 27-fevralda (yangi hisob bilan 12-martda) Rossiyada Fevral inqilobi sodir bo’ldi **** RSFSR (Rossiya) Xalq Komissarlari Soveti raisining 1918-yil 26-yanvardagi maxsus dekreti bilan Rossiya hududida grigorian kalendari joriy qilindi. Avvalgi kalendar bilan amalda mavjud bo'lgan 13 kunlik farq tuzatildi. Xullas, 1918-yil 31-yanvardan keyin 1-fevralga emas, balki 14-fevralga o'tildi. **** Rossiya imperatori Nikolay II o'z ixtiyori bilan 2-mart kuni taxtdan voz kechdi. **** Petrogradda Davlat dumasining Muvaqqat komiteti tuzildi **** Muvaqqat hukumatga Georgiy Lvov (1917-yil mart - iyul) va Aleksandr Kerenskiy (1917-yil iyul - oktyabr) boshchilik qilishdi. **** Toshkentda 1917-yil 2-mart kuni ishchi deputatlari Soveti (Toshkent Soveti) tuzilgan edi. **** Turkiston o'lkasi general-gubernatori va Turkiston harbiy okrugi qo'mondoni general A.N.Kuropatkin va uning yordamchilari lavozimlaridan chetlashtirilib, 31-martda uy qamog'iga tashlangan edi. **** Muvaqqat hukumat tomonidan 1917-yil 7-aprelda Turkiston o'lkasini boshqarish uchun 9 kishidan iborat Turkiston komiteti tuzildi va Toshkentda faoliyat ko'rsatdi. **** Turkiston komitetiga kadetlar partiyasi vakili Nikolay Shchepkin va eserlar partiyasidan Vladimir Nakivkin raislik qilishdi. ****1917-yil 14-martda Toshkent shahrida "Sho'roi Islomiya" ("Islom kengashi") tuzildi. **** "Sho'roi Islomiya"ga Abdulvohidqori Abduraufqori o'g'li, keyinchalik Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev (Ubaydulla Xo'jayev) rais qilib saylangan. ****1917-yil 16 - 23-aprelda Toshkent shahrida Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi bo'lib o'tdi va qurultoyda Turkiston musulmonlarining Milliy Markazi - Turkiston o'lka musulmonlar kengashi (Kraymussovet) tashkil qilindi. ****Kraymussovetga Mustafo Cho'qay unga rais, Munavvarqori Abdurashidxonov va Ahmad Zaki Validiy kotiblar bo'lishdi. **** Toshkentda "Sho'roi islom" nomli gazeta ham chiqarilgan. ****1917-yil iyunda tashkilotdan bir guruh ulamolar ajralib chiqib, Qo'qon va Toshkentda yangi jamiyat - "Sho'roi Ulamo"ga asos solishdi. ****Ulamochilarning Toshkent shu'basi(bo’lim)ga Sherali Lapin rahbarlik qilgan. Jamiyatning eng yirik Qo'qon shu'basiga Mulla Muhiddinxon, Mulla Ulug'xon To'rayev rais bo'lishgan ****"Sho'roi Ulamo" tomonidan 1917-yil sentyabrda Toshkentda Turkiston va Qozog'iston musulmonlari qurultoyi o'tkazilgan. Unda ulamochilar va sho'roi islomchilar o'zaro birlashib, "Ittifoqi muslimin" siyosiy partiyasini tuzdilar dan "al-Izoh" va "al-Isloh" jurnallari nashr qilingan. **** Kadetlar - "konstitutsion dcmokratlar" birikmasining bosh harflaridan olingan. Rossiyada 1905-yilda tashkil topgan, konstitutsion-demokratik partiya deb ataluvchi partiyaning a'zolari. **** Eserlar - S (es) - sotsial, R (er) - revolyutsion (inqilobiy), ya'ni. sotsial revolyutsionerlar nomidan olingan bo'lib, ular sovetlar ichida dehqonlar manfaatini hamoya qiluvchi guruh bo'lgan. **** Bolshevik - (nischa bolshoy, bolshe - katta; ko'p) Rossiya sotsial- demokratik ishchi partiyasining 1903-yil II syezdida partiya a'zolarining ko'pchiligi asosida tashkil topgan guruhi bolsheviklar, kamchiligi esa mensheviklarga ajraldi. Download 27.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling