Abdurauf fitratning hayoti oila asari haqida oila asaridan oila qurish tartibi


Download 1.02 Mb.
bet5/7
Sana08.05.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1441395
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdufattoyeva Mushtariy111

San’atshunoslikka oid xizmatlari. Fitrat 1921 yilda SHarq musiqa maktabini tashkil etib, uning birinchi direktori bo‘lgan. Maktabga mumtoz musiqa bilimdonlari (sozanda va xonandalar) bilan birga V. A. Uspenskiy singari musiqashunoslarni ham taklif etdi. U shu vaqtdan boshlab «SHashmaqom» kuylarini to‘plash va notaga yozib olish ishlariga rahbarlik qildi. Fitrat tashabbusi bilan Ota Jalol va ota G‘iyosdan Buxoro SHashmaqomi V. Uspenskiy tomonidan ilk bor notaga olinib nashr etildi [SHest muzыkalnыx poem (makom), Buxara M., 1924]. Fitrat «SHashmaqom», «O‘zbek musiqasi tug‘risida» maqolalari va «O‘zbek klassik musiqasi ham uning tarixi» (1927) risolasi bilan 20-asr o‘zbek musiqashunoslik fanini boshlab berdi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, 1991 yil 25 sentyabrda Fitratga (vafotidan keyin) Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti berildi. Buxoro shahrida Fitrat bog‘i va uy-muzeyi tashkil etildi. Buxoroda Fitrat haykali urnatilgan. Respublikadagi bir necha maktab, ko‘cha va xo‘jaliklar Fitrat nomi bilan ataldi.
Fitratning “Oila” asari tom ma’noda yosh avlod uchun hayotiy qo‘llanma bo‘luvchi tarbiyaviy asardir. Lekin unda pedagogik-didaktik uslub emas, jangovar chorlov uslubi ustun. Fitrat uchun yuksak axloqiylik erk va erksevarlik bilan mustahkam bog‘liq. Turkiston va turkistonlikni ozod ko‘rish, ya’ni milliy mustaqillik mafkurasi kitobning ruhiga singdirib yuborilgan. Uni o‘qigan kishi nafaqat axloqiy fazilatlar nimalardan iborat va ularga qanday erishish kerakligini, balki milliy ozodlik, shaxsiy erkinlik nima-yu, uni qanday qilib qo‘lga kiritish mumkinligini anglab oladi.

Fitrat O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi o‘zbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim. U madaniyatimiz tarixida shoir va nosir, dramaturg va publitsist, tilshunos va adabiyotshunos, tarixchi va faylasuf, san’atshunos va jamoat arbobi sifatida qolgan. 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra Navoiy mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi.


Abdurauf Abdurahmon o‘g‘li Fitrat 1886 yil Buxoroda ziyoli oilada tug‘ilgan. Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununlarida o‘qigan. Fitrat arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli SHarqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o‘zlashtirgan.
Adibning otasi savdo ishlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, 1918 yilgacha Qashqarda turib qolgan. U asosan, onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo‘lgan. Mustafo bibi SHarq adabiyotini yaxshi bilgani tufayli Bedil, Navoiy, Fuzuliy, Zebuniso, Uvaysiy kabi ulkan shoirlarning g‘azallaridan xabardor bo‘lgan. Fitrat 1909 yili Turkiyaga o‘qishga borib, 1913 yilgacha Istambul dorilfununida tahsil ko‘rgan.
Turkiyada tashkil topgan «Buxoro ta’limi maorifi» uyushmasida faollik ko‘rsatgan. Uning ilk she’riy to‘plami 1911 yilda «Sayha» («CHorlov») nomi bilan shu erda chop etilgan. «Sayyohi hindi», «Munozara» kabi asarlari ham shu yillarda Turkiyada bosilgan. 1909-1913 yillarda Turkiya dorilfununida o‘qiyotganida jadidchilik g‘oyalari bilan tanishib, shu g‘oyalar bilan sug‘orilgan qator asarlar yozgan. U Turkiyadagi tahsili davrida o‘ziga Fitrat (zukko, dono, bilimdon) deb taxallus olgan.
Fitrat ijodining boshlanishi Turkistonda inqilobiy harakatlar kuchaygan, SHarq uyg‘ongan davrlarga to‘g‘ri keladi. U 1913 yili fors-tojik tilida yaratgan «Munozara» asarida Buxoro amirligining diniy jaholat va xurofot orqasida boshqa mamlakatlardan orqada qolgani sabablarini ochib tashlaydi. Bu davrda Ovro‘po fani va madaniyatini targ‘ib qilish ham Fitrat ma’rifatparvarligining muhim yo‘nalishini tashkil etgan.
Fitrat 1917 yili Fevral inqilobidan keyin «Hurriyat» gazetasini tashkil etib, unda xalqni istiqlol uchun kurashga da’vat etuvchi she’r va maqolalarini e’lon qilgan. Uning «Hurriyat» gazetasida bosilgan «YUrt qayg‘usi» nomli she’r va sochmalarida Turkistonning hurligi uchun kurashga bel bog‘lagan lirik qahramonning «Men sen uchun tug‘ildim, sen uchun yasharman, sening uchun o‘larman, ey turkning muqaddas o‘chog‘i!» degan da’vati baralla eshitiladi.
Fitrat faqat etuk shoir, publitsist va hikoyanavisgina emas, balki etuk dramaturg sifatida ham adabiyotimiz va madaniyatimiz tarixidan mustahkam o‘rin egallaydi. Uning «Qon», «Begijon», «Temur sag‘anasi», «O‘g‘izxon», «Abo Muslim», «Hind ixtilochilari», «CHin sevish» kabi dramalarida milliy mustaqillik uchun kurash g‘oyasi yorqin ifodasini topgan.
1922 yili nashr etilgan «O‘zbek yosh shoirlari» to‘plamida CHo‘lpon, Elbek she’rlari bilan birga, Fitratning bir qator she’riy asarlari ham ilk bor o‘zbek o‘quvchisiga havola etilgan. U mazkur to‘plamga kirgan «Mirrix yulduziga», «Behbudiyning sag‘anasini izlab», «SHarq», «SHoir» kabi she’rlarida millatparvar va vatanparvarlik pozitsiyasida qat’iy turganini yana bir bor namoyish etib, Oktyabrdan keyingi voqealarning g‘ayriinsoniy mohiyatini fosh etadi. SHoir ijodi va dunyoqarashidagi ana shu hol keyin ham susaymay, «Abulfayzxon», «Arslon» va «Vose’ qo‘zg‘oloni», «SHaytonning tangriga isyoni» kabi dramalarida yanada chuqur o‘z ifodasini topdi. Uning «Qiyomat» kabi hikoyalarida diniy fanatizm ijtimoiy taraqqiyotga to‘siq bo‘lgan kuch sifatida fosh etiladi.
Fitrat yirik adabiyotshunos olim sifatida ham bir qancha asarlar yaratgan. Jumladan, «Adabiyot qoidalari», «Aruz haqida» kabi ilmiy risolalari «Eski o‘zbek adabiyoti namunalari» singari tazkiralari o‘zbek adabiyotshunosligi fanining shakllanishida muhim rol o‘ynadi. SHuningdek, uning Umar Xayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil haqidagi tadqiqotlari adabiyotimiz tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Fitrat Ahmad YAssaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy kabi o‘ndan ortiq mumtoz adabiyot vakillari haqida ham maqolalar yozgan. SHu tarzda ularning adabiyotimiz tarixida o‘rni va ahamiyatini belgilab ham bergan.
Fitrat, ayni paytda, davlat va jamoat arbobi sifatida ham faol xizmat qilgan. Jumladan, 1921-1923 yillarda Buxoro Xalq Jumhuriyatida maorif xalq noziri bo‘lib xizmat qilgan. 1923-1924 yillarda esa frunzechilar tomonidan quvg‘in qilingan shoir Moskvadagi SHarq tillari institutida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan, ma’ruzalar o‘qigan. Fitratning o‘zbek tili grammatikasiga oid darsliklari 1925-1930 yillarda besh marta chop etilgan. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari uchun Fitratga o‘zbek olimlari orasida birinchilardan bo‘lib professor unvoni berilgan.
Fitrat ham mustabid tuzum tazyiqi ostida 1937 yilda hibsga olinib, 1938 yil 4 oktyabrda Abdulla Qodiriy, CHo‘lpon singari yozuvchilar bilan birga otib tashlangan. Fitrat garchi 60-yillarda oqlangan bo‘lsa ham, faqat istiqlol davriga kelib ro‘shnolik yuzini ko‘rdi. Bu davrga kelib uning «CHin sevish» to‘plami nashr etildi. SHuningdek, so‘nggi yillarda uning ko‘p jildlik «Tanlangan asarlar»i chop etilmoqda. Eng muhimi, fitratshunoslik ilmi avj olib, o‘nlab dissertatsiyalar, yuzlab ilmiy maqola va risolalar yaratildi.
1991 yil 25 sentyabrda Fitratga vafotidan keyin o‘zbek adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi.
Fitrat nomida Toshkent va Buxoroda ko‘chalar, maktablar bor. Tug‘ilgan shahrida yodgorlik muzeyi ochilgan, xiyobon barpo etilgan, 1996 yili tavalludining 110 yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi. Fitrat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra Navoiy mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan takdirlandi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling