Abdurauf Fitratning “Oila” asarida oila qurish tartibi va,,Rahbari najot’’ risolasiga oid qarashlar


Download 34.32 Kb.
bet3/3
Sana05.05.2023
Hajmi34.32 Kb.
#1427147
1   2   3
Bog'liq
Abdurauf Fitratning “Oila” asarida oila qurish tartibi

“Rahbari najot” yoki “Najot yo`li”bu xalqning, millatning najot yo`li. Illatlardan, ilmsizliklardan, bid’atlardan tozalanish, poklanish yo`lidir. O`zbek xalqining najotkori Fitrat bu asarda siyosiy-ijtimoiy, diniy-ma’rifiy masalalarni yoritadi. Har bir inson bilishi kerak bo`lgan tushunchalarni izohlaydi, misollar orqali dalillaydi. Fitrat har bir so`zi, jumlasi orqali xalqni jaholatga qarshi kurashga chaqiradi, ma’rifatga, ezgulikka undaydi. U o`zi yashab turgan davrda tushkunlik va parinshonlik mavjudligini, buning sababi esa ilmsizlik va harakatsizlikda ekanini ta’kidlaydi. Masalan, “bizning e’tiborsiz va xor-u zor ekanligimizning haqiqiy sababi o`zimizning nosoz a’molimizdandir. O`zimizni musulmon deb bilamiz-u, lekin muhim islom ahkomlarini tamoman tark qilganmiz. Agar ilohiy dargohga ruju qo`yib, ahvolimizni isloh qilib, Qur’oni karim ahkomlarini o`zimizga yagona rahbar deb bilsak, taraqqiyotga umidvor bo`lish mumkin.”1
Asarda Turkistonning achinarli ahvoli, taraqqiyotdan orqada qolganligi bayon qilingan bo`lib, unda keltiriladigan har bir mavzu, har bir izoh din bilan chambarchaslikda bog`lab yoritilgan. « Rahbari najot » asari inson timsolida tasvirlansa, uni mukammal inson sifatida ko`rish mumkin. Ya’niki, insonga avvalo hayot beriladi, so`ngra aql. U o`z aql-idroki orqali turli ilmlarni egallashi yoinki ularni behuda sarflashi mumkin. Inson aql-idroki tufayli yaxshi-yomon holatlarni bilib, o`zi uchun keraklisini xulosa qiladi. Asarda ham xuddi shu tartibda mavzular zanjir sifatida bayon qilingan. Avvalo, muqaddima bo`lib, unda hayot va hayot g`oyasi haqida so`z yuritiladi: “Koinotning hayotdan iboratligiga hech shubha yo`qdir. Hayot bo`lmasa boshqa biror narsa ham bo`lmaydi. O`zi koinotning asl binosi ham hayotdir”. Fitrat har bir jumlani, hikoyatni Qur’oni karim oyatlari, hadislar bilan to`ldirib, inson har bir qadamini to`gri yo`ldan bosishi kerakligni aks holda jaholat botqog`iga botishini dadillaydi. So`ngra aql haqida bahs yuritilib, uni “hayot maydoning yagona quroli” deya ta’riflaydi. Inson shuuri vositasida vujudga keladigan turli ilmlar va ularning bugungi kundagi taraqqiyoti va zarurati xususida alohida to`xtalinadi. Masalan, tafsir ilmi, hadis ilmi, fiqh ilmi, kalom ilmi, tarix ilmi, jug`rofiya, tabobat ilmi, kimyo ilmi, tabiat ilmi, ilmi nabotot, maxluqot ilmi, ma’danlar ilmi, riyoziy ilmlar hamda falsafiy ilmlar.
Yuqoridagi misollardan ko`rinadiki, ushbu asar ma’lum bir soha vakillari yoki ma’lum bir toifa uchun mo`ljallanmagan. Aksincha, asarda barcha soha, barcha insoniy holatlar, tuyg`ular jamlangan holda izohlangan. Misol uchun, Fitrat tabobat ilmi haqida so`z yuritar ekan, uni quyidagicha ta’riflaydi: “Bu ilmlar majmuasi inson a’zolarining kasalliklari va ularning davolanishi yo`llarini bizga tushuntiradi va bir necha qismga bo`linadi. Kasalliklar haqidagi ilm (ilmul-amroz), dorilar haqidagi ilm (ilmi mufradoti adviya), anatomiya (imli tashrih), jismoniy tarbiya ilmi (ilmi ansoj), inson a’zolarining manfaatlari (ilmi manofe’lun- a’zo).”
Fitrat tabobat haqida to`xtalar ekan, uning asoschilari va sardorlari sifatida Abu Bakr Roziy, Abulhasan Ali ibn Rizvon Misriy, Ibn Sino, Muslimni keltiradi. Hattoki tibbiyotdagi duch kelinayotgan muammolarning kelib chiqish sabablari, turli xil kasalliklarning ko`payib borayotgani sababi sifatida, Turkistonda tabobatning rivojlanmaganligini aytib o`tadi. U sotsiologiya va statistika fanlarini bugungi kun nuqtai nazaridan qaragan holatda o`sha davr Buxoro uchun kerakli ekanini bayon etadi: “har yili tabobatning yo`qligidan o`lib ketayotganlarning adadini bizga ma’lum qilmaydilar. Ammo taraqqiy etgan mamlakatlarda odat bunday emas, ularning hukumati maxsus daftarlarda raiyatning sonini hisoblab, tavallud topgan va vafot etganlarini qayd qilib turadilar”. Fitrat kelajakni oldindan ko`ra olgan shaxs. Zero, bugungi kunda prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ushbu ishlar amalga oshirilmoqda. Xulosa qilib aytganda, har bir yangilik bu unutilgan eskilikdir.


1 Fitrat. Najot yo`li. –T.: Sharq, 2002.

Download 34.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling