Abdurauf Fitratning “Oila” asarida oila qurish tartibi va,,Rahbari najot’’ risolasiga oid qarashlar
Download 34.32 Kb.
|
Abdurauf Fitratning “Oila” asarida oila qurish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdurauf Fitratning hayoti
Abdurauf Fitratning “Oila” asarida oila qurish tartibi va ,,Rahbari najot’’ risolasiga oid qarashlar Reja: Abdurauf Fitratning hayoti Oila asari haqida Oila asaridan oila qurish tartibi ,,Rahbari najot’’ risolasiga oid qarashlar Abdurauf Fitratning hayoti Fitrat O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi o‘zbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim. U madaniyatimiz tarixida shoir va nosir, dramaturg va publisist, tilshunos va adabiyotshunos, tarixchi va faylasuf, san'atshunos va jamoat arbobi sifatida qolgan. 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra Navoiy mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi. Abdurauf Abdurahmon o‘g‘li Fitrat 1886 yil Buxoroda ziyoli oilada tug‘ilgan. Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununlarida o‘qigan. Fitrat arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o‘zlashtirgan. Adibning otasi savdo ishlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, 1918 yilgacha Qashqarda turib qolgan. U asosan, onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo‘lgan. Mustafo bibi Sharq adabiyotini yaxshi bilgani tufayli Bedil, Navoiy, Fuzuliy, Zebuniso, Uvaysiy kabi ulkan shoirlarning g‘azallaridan xabardor bo‘lgan. Fitrat 1909 yili Turkiyaga o‘qishga borib, 1913 yilgacha Istambul dorilfununida tahsil ko‘rgan. Turkiyada tashkil topgan «Buxoro ta'limi maorifi» uyushmasida faollik ko‘rsatgan. Uning ilk she'riy to‘plami 1911 yilda «Sayha» («Chorlov») nomi bilan shu yerda chop etilgan. «Sayyohi hindi», «Munozara» kabi asarlari ham shu yillarda Turkiyada bosilgan. 1909-1913 yillarda Turkiya dorilfununida o‘qiyotganida jadidchilik g‘oyalari bilan tanishib, shu g‘oyalar bilan sug‘orilgan qator asarlar yozgan. U Turkiyadagi tahsili davrida o‘ziga Fitrat (zukko, dono, bilimdon) deb taxallus olgan. Fitrat ijodining boshlanishi Turkistonda inqilobiy harakatlar kuchaygan, Sharq uyg‘ongan davrlarga to‘g‘ri keladi. U 1913 yili fors-tojik tilida yaratgan «Munozara» asarida Buxoro amirligining diniy jaholat va xurofot orqasida boshqa mamlakatlardan orqada qolgani sabablarini ochib tashlaydi. Bu davrda Ovro‘po fani va madaniyatini targ‘ib qilish ham Fitrat ma'rifatparvarligining muhim yo‘nalishini tashkil etgan. Fitrat 1917 yili Fevral' inqilobidan keyin «Hurriyat» gazetasini tashkil etib, unda xalqni istiqlol uchun kurashga da'vat etuvchi she'r va maqolalarini e'lon qilgan. Uning «Hurriyat» gazetasida bosilgan «Yurt qayg‘usi» nomli she'r va sochmalarida Turkistonning hurligi uchun kurashga bel bog‘lagan lirik qahramonning «Men sen uchun tug‘ildim, sen uchun yasharman, sening uchun o‘larman, ey turkning muqaddas o‘chog‘i!» degan da'vati baralla eshitiladi. Fitrat faqat yetuk shoir, publisist va hikoyanavisgina emas, balki yetuk dramaturg sifatida ham adabiyotimiz va madaniyatimiz tarixidan mustahkam o‘rin egallaydi. Uning «Qon», «Begijon», «Temur sag‘anasi», «O‘g‘izxon», «Abo Muslim», «Hind ixtilochilari», «Chin sevish» kabi dramalarida milliy mustaqillik uchun kurash g‘oyasi yorqin ifodasini topgan. 1922 yili nashr etilgan «O‘zbek yosh shoirlari» to‘plamida Cho‘lpon, Elbek she'rlari bilan birga, Fitratning bir qator she'riy asarlari ham ilk bor o‘zbek o‘quvchisiga havola etilgan. U mazkur to‘plamga kirgan «Mirrix yulduziga», «Behbudiyning sag‘anasini izlab», «Sharq», «Shoir» kabi she'rlarida millatparvar va vatanparvarlik pozisiyasida qat'iy turganini yana bir bor namoyish etib, Oktyabrdan keyingi voqealarning g‘ayriinsoniy mohiyatini fosh etadi. Shoir ijodi va dunyoqarashidagi ana shu hol keyin ham susaymay, «Abulfayzxon», «Arslon» va «Vose' qo‘zg‘oloni», «Shaytonning tangriga isyoni» kabi dramalarida yanada chuqur o‘z ifodasini topdi. Uning «Qiyomat» kabi hikoyalarida diniy fanatizm ijtimoiy taraqqiyotga to‘siq bo‘lgan kuch sifatida fosh etiladi. Fitrat yirik adabiyotshunos olim sifatida ham bir qancha asarlar yaratgan. Jumladan, «Adabiyot qoidalari», «Aruz haqida» kabi ilmiy risolalari «Eski o‘zbek adabiyoti namunalari» singari tazkiralari o‘zbek adabiyotshunosligi fanining shakllanishida muhim rol' o‘ynadi. Shuningdek, uning Umar Xayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil haqidagi tadqiqotlari adabiyotimiz tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Fitrat Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy kabi o‘ndan ortiq mumtoz adabiyot vakillari haqida ham maqolalar yozgan. Shu tarzda ularning adabiyotimiz tarixida o‘rni va ahamiyatini belgilab ham bergan. Fitrat, ayni paytda, davlat va jamoat arbobi sifatida ham faol xizmat qilgan. Jumladan, 1921-1923 yillarda Buxoro Xalq Jumhuriyatida maorif xalq noziri bo‘lib xizmat qilgan. 1923-1924 yillarda esa frunzechilar tomonidan quvg‘in qilingan shoir Moskvadagi Sharq tillari institutida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan, ma'ruzalar o‘qigan. Fitratning o‘zbek tili grammatikasiga oid darsliklari 1925-1930 yillarda besh marta chop etilgan. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari uchun Fitratga o‘zbek olimlari orasida birinchilardan bo‘lib professor unvoni berilgan. Fitrat ham mustabid tuzum tazyiqi ostida 1937 yilda hibsga olinib, 1938 yil 4 oktyabrda Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon singari yozuvchilar bilan birga otib tashlangan. Fitrat garchi 60-yillarda oqlangan bo‘lsa ham, faqat istiqlol davriga kelib ro‘shnolik yuzini ko‘rdi. Bu davrga kelib uning «Chin sevish» to‘plami nashr etildi. Shuningdek, so‘nggi yillarda uning ko‘p jildlik «Tanlangan asarlar»i chop etilmoqda. Eng muhimi, fitratshunoslik ilmi avj olib, o‘nlab dissertasiyalar, yuzlab ilmiy maqola va risolalar yaratildi. 1991 yil 25 sentyabrda Fitratga vafotidan keyin o‘zbek adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi. Fitrat nomida Toshkent va Buxoroda ko‘chalar, maktablar bor. Tug‘ilgan shahrida yodgorlik muzeyi ochilgan, xiyobon barpo etilgan, 1996 yili tavalludining 110 yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi. Fitrat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra Navoiy mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan takdirlandi. Asarlari: «Sayxa» («Faryod» 1912, ilk she'riy to‘plami), «Uchqun», «She'rlar, Doston», «Mening tunim», «Sharq», «Yigit», «Bir oz kul», «Mirrix yulduziga» (1922, «Go‘zal yulduz, yerimizning eng kadrli tuvg‘oni» misrasi bilan boshlanadi. Bu she'r istiqlol ruxi bilan sug‘orilgan, salkam 70 yil davomida millatchilik ruhidagi asar sifatida baxolangan bo‘lib, unda sotqin, ikkiyuzlamachi, zolim odamlar qoralangan), «Munozara» (S. Ayniy «bu asar davr taraqqiyotiga g‘oyat kuchli va samarali ta'sir ko‘rsatdi», deb baholagan asar), «Yurt kayg‘usi», «Qiyomat» (Xikoya qaxramoni Pochamir «Nima qilgan bo‘lsam yaratganning irodasi bilan qilganman. Yaratgan mening barcha qilmishlarimdan voqif-ku, bu yerda hisob-kitob kilib o‘tirishning nima keragi bor» — degan), «Begijon» (1916), «Abo Muslim» (1916) «Temur sag‘anasi» (1918), «O‘g‘uzxon» (1919), «Chin sevish», «Arslon» (1925), «Abulfayzxon», «Hind ixtilolchilari» (1923, Berlin, Rusiya istibdodiga qarshi kurashga chorlovchi asar) kabi dramatik asarlari, «Adabiyot qoidalari» (1926, Adabiyot muallimlari va adabiyot havaslilari uchun ko‘llanma), «XVI asrdan so‘nggi o‘zbek adabiyotiga bir qarash», «Firdavsiy zamoni va muxiti», «Ahmad Yassaviy», «Navoiyning forsiy shoirligi va uning forsiy devoni to‘g‘risida», «Bedil» (ilk tadqiqot), «Mashrab», «Fors shoiri Umar Xayyom», «O‘zbek shoiri Turdi», «Hibatul xaqoyik» kabi tadqiqot va maqolalari, «O‘zbek adabiyoti namunalari» (1928), «Aruz xaqida» (1935), «Hind sayohi qissasi» (1912), «Tilimiz» (1919) kabi asarlari, «Yopishmagan gajaklar» (1929, «Boybo‘latovga ochiq xat». Unda Fitrat Boybo‘latovga qarata «Azizim, O‘rta Osiyoning olamga ma'lum bir madaniyati bo‘lg‘on, bu madaniyatning turkiy asarlari qolgan. Bu asarlarning hammasiga birdan «axlat» lar deyish sizning muhokamangizning kirligidan chiqqan yangi bir istilox bo‘lsa kerak» degan fikrlarni bayon etgan. U Fitratning o‘ziga nisbatan panislomist, panturkist, o‘tmishni qo‘msovchi va uning merosini targ‘ib qiluvchi komfirka va sosializmning dushmani, millatchi degan tuhmatni yopishtiruvchilarga qarshi raddiya, ochiq xat sifatida e'lon kilingan maqolasidir), «Ittifok etaylik» (1917, unda Fitrat «…Qo‘lni — qo‘lga beraylik, haq yo‘linda, din yo‘linda, millat yo‘linda jadidimiz, qadimimiz, mullamiz, boyimiz va avomimiz bir yerga to‘planaylik, bir-birimizga ko‘makchi va madadkor bo‘laylik» degan edi), «Siyosiy hollar», «Muxtoriyat», «Turkistonda ruslar», «Angliz va Turkiston», «Shark siyosati» kabi publisistik makolalari, «Me'roj» (xikoya), «Oq mozor», «Qiyshiq eshon», «Hind sayyohi bayonoti» (fors-tojikcha, 1912), «Rahbari najot» (1915), «Oila» (1916), «Vayron bo‘lgan qabrlar», «Amir Olimxon» risolasi. Download 34.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling