Abduraxmonova mehrinisoning umumiy parazitologiya mustaqil ishi
Download 201.35 Kb.
|
1 2
GAMAZ KANALAR (GAMASOIDEA) katta oilasi vakillari iksod va argaz kanalaridan farq qilib, juda mayda bo‘ladi. Tanasi 0,2-2,5 mm kattalikda. Gamaz kanalar katta oilasiga 20 dan ortiq oilalar kiradi. Bu kanalar ichida erkin yashaydiganlari vaparazitlari bor. Ulaming teri qoplami kuchsiz xitinlashgan, rangi sarg‘ish va bir oz qo‘ng‘ir. Tanasi gnatosoma va idiosomalardan iborat. Unda sezgi organi vazifasini bajaruvchi har xil shakldagi tukchalar joylashgan. Xartumi va oyoqlari uzun. Xelitserasi ingichka, uzun ignaga o‘xshash, terini teshib qon so‘rishga moslashgan. Haqiqiy tanasi oval shaklda, ba’zan uzunchoq. Jinsiy dimorfizm yaxshi seziladi. Erkaklari urg‘ochilariga nisbatan ancha kichkina.
Gamaz kanalar tuxum qo‘yib ko‘payadi, ammo tirik tug‘adiganlari ham bor. Tuxumdan chiqqan 6 oyoqli lichinka tullab, birinchi va ikkinchi nimfaga va undan keyin imagoga aylanadi. Gamaz kanalar tuproqda, o‘rmon, yaylov, hayvon uyalari va molxonalarda yashaydi. Ulaming xo‘jayinlari xilma-xil hayvonlar: kemiruvchilar, hasharotxo‘rlar, mayda yirtqichlar, parrandalar va sudralib yuruvchilar hisoblanadi. Gamaz kanalaridan tovuq gamaz kanasi (Dermanyssus gallinae) tovuq va boshqa uy parrandalari hamda yovvoyi qushlarda parazitlik qiladi. Tovuqlar bu kanalardan katta zarar ko‘radi, oriqlab ketadi, kam tuxum qo‘yadi, ayrim vaqtlarda halok bo‘ladi. Har xil kasalliklami qo‘zg‘atuvchi viruslar, bakteriyalar, spiroxetalar, parazit bir hujayrali hayvonlar, kanalar yoki hasharotlar orqali yiiqadigan kasalliklar transmissiv kasalliklar deyiladi. Tabiatda transmissiv kasalliklamingtabiiy manbai mavjud. Lekin yovvoyi hayvonlar organizmida,'odatda, shunday kasalliklarga qarshi immunitet paydo bo‘lishi tufayli ularga kasallik katta ziyon yetkazmaydi. Tabiiy manbaga tushib qolgan odam yoki uy hayvonlari bu kasalliklami kanalar yoki hasharotlar orqali o‘zlariga yuqtirishi mumkin. Transmissiv kasalliklaming oldini olish uchun kanalar va hasharotlardan saqlanish choralariga rioya qilish lozim. Kanalarga qarshi kurash murakkab kompleks tadbirlardan iborat bo‘lib, buning uchun, birinchi navbatda, kanalar butunlay rivojlanish davrida mexanik usulda qirib tashlanadi. Mol terisiga yopishib turgan kanalar terib olinib, kuydirib yuboriladi. Yopishib yotgan kanalami terib olishdan oldin tanaga benzin, kerosin yoki boshqa yog‘lar surtiladi. Ma’lumki, kanalar mol boqiladigan binolarda, shuningdek, yaylovlarda yashab ko‘payadi. Kanalarga qarshi kurash uchun qo‘riq yerlami o‘zlashtirish, yaylov va eski qo‘tonlar (molxonalar) o‘miga har xil ekinlar ekish, begona o‘tlami yo‘q qilish va boshqa agrotexnik hamda meliorativ tadbirlami amalaga oshirish lozim. Shunday qilinganda, kanalaming rivojlanishi uchun zamr bo‘lgan bioekologik sharoit tubdan o‘zgaradi. Kanalarga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar - akaritsidlar deyiladi. Akaritsidlardan ikki yo‘nalishda foydalaniladi. Birinchidan, mollaming tanasidagi kanalami yo‘qotish uchun akaritsid preparati mol badaniga purkaladi yoki surtiladi. Ikkinchidan esa, akaritsidlar molxonalar, qo‘tonlar va yaylovlarda uchraydigan kanalami yo‘qotishda ishlatiladi. Kanalarga qarshi kurashda mollami beton yoki temir-betonli maxsus vannalarda cho‘miltirish samarali natija beradi. Bunda xlorofos, geksaxloranning kreolinli emulsiyasi va polixlopinen eritmalari ishlatiladi. Mol boqiladigan binolarga kanalarga qarshi dori sepib turiladi. Devorlardagi tirqish va yoriqlarga ko‘proq dori sepiladi, chunki bunday joylarda kanalar tez urchib ko‘payadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Абуладзе К.И., Демидов H.B., Непоклонов А.А., Никольский C.H., Павлова H.B., Степанов А.В. “Паразитология и инвазионные болезни сельскохозяйственных животных”. Учебник для студентов ВУЗов по специальности “Ветеринария”. М., 1990. 2. Акбаев М.Ш. и др. “Паразитология и инвазионные болезни животных”. М. КОЛОС, 2000. 3. Биология. Большой энциклопедический словарь. Научное издательство “Большая Российская энциклопедия”. М., 1998. 4. Генис Д.Е. Медицинская паразитология. М., “Медицина”, 1991. 5. Гинецинская Т.А., Добровольский А.А. Частная паразитология. Паразитические простейшие и плоские черви. Учебное пособие для студентов биолог, спец. ВУЗов, т. 1. М., 1978. 6. Гинецинская Т.А., Добровольский А.А. Частная паразитология. Круглые черви, моллюски и членистоногие. Учебное пособие для студентов биолог, спец. ВУЗов, т.2. М., 1978. 7. Dadayev S.D., Parazitologiya. Oliy o‘quv yurtlari biologiya ixtisosligi talabalari uchun ma’ruzalar matni. Т., 2002. 8. Dadayev S.D. Kanalar va ularga qarshi kurash choralari. 0 ‘quv metodik qoilanma. Т., 2004. 9. Dubovskiy G.K., Ummatov A.Sh. Zoologiyadan o‘quv qoMlanma, 2-qism. Umurtqasiz hayvonlar (hasharotlar). Т., 1996. 10. Кеннеди K.P. Экологическая паразитология, перевод с англ. М., 1978. 11. Крашкевич К.В., Тарасов В.В. Медицинская паразитология. М., 1969. 12. Мавлянов О.М. Клещи и насекомые - паразиты и переносчики возбудителей заболеваний. Учебное пособие для студентов биологического факультета университетов. Т., 1990. 13. Mavlonov О., Xurramov Sh., Norboyev Z. Umurtqasizlar zoologiyasi. Oliy o‘quv yurtlari biologiya mutaxassisligi talabalari uchun darslik. Т., 2002. 14. Мустафин А.Г. и другие. Биология. М., “Высшая школа”, 2001. 15. Озерецковская Н.Н., Зальнова Н.С., Тумольская Н.И. Клиника и лечение гельминтозов. Л., 1985. 16. Поляков В.А., Узаков У.Я., Веселкин Г.А. Ветеринарная энтомология и арахнология. М., 1990. 17. Holiqov Р.Х., Sharofiddinxo‘jayev N.Sh., Olimxo'jayeva P.R., Rahimov J.R., Toshxo'jayev P.I. Biologiya. Tibbiyot institutlari talabalari uchun darslik. Т., 1996. 18. Шарова И.Х. “Зоология беспозвоночных”. Учебник для студентов высш.учеб. заведений. М. ВЛАДОС, 2002. 19. Шевцов А.А., Смирнов В.И., Павлова Н.В. Паразитология. М., 1985.. 20. Ergashev Е.Н., Shopo‘latov J.Sh. Parazitologiya. Qishloq xo'jalik texnikumlari uchun darslik. T„ 1981. Download 201.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling