Abdusamadov Shahzod


Download 134 Kb.
bet1/6
Sana19.07.2023
Hajmi134 Kb.
#1661029
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdusamadov













Abdusamadov Shahzod
Moliya va moliyaviy texnologiya
S 122 guruh talabasi





Yurudik shaxslardan olinadigan yer solig’i

ANNOTATSIYA
Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar qatorida yer solig‘i mavjud bo‘lib, mahalliy byudjetlarning asosiy daromad manbai hisoblanadi. Bu o‘z navbatida yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlarning mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatining yuqoriligidan dalolat beradi. Ushbu maqolada Yagona yer solig‘ini hisoblash va byudjetga to‘lash tartibi va shuningdek uning mahalliy byudjetlar shakillanishidagi o’rni yoritib berildi.

KIRISH
Ma’lumki, soliqlar o‘ziga xos ravishdagi fiskal funksiyani bajaradi va davlat byudjeti daromadining asosiy manbai hisoblanadi. Soliq tizimidagi mavjud soliqlar va xususan, yuqori darajadagi fiskal ahamiyat kasb etuvchi soliqlar yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar hisoblanadi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy salmoqqa ega bo‘layotgan bilvosita soliqlar: qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz soliq va yuridik shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlari hisoblanadi. Bevosita soliqlarning tarkibidagi yuridik shaxslar foydasidan uniriladigan soliq ham jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq hisoblanadi. Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar qatorida yer solig‘i, mol-mulk solig‘i mavjud bo‘lib, ular mahalliy byudjetlarning asosiy daromad manbai hisoblanadi. Bu o‘z navbatida yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlarning mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatining yuqoriligidan dalolat beradi. Umuman, xulosa sifatida aytiladigan bo‘linsa, yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar soliq tizimida yetakchi mavqeyga ega bo‘lib, davlat byudjeti daromadlarini asosiy salmog‘ini tashkil qiladi.


Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling