Abdusamadova Mushtariyning 2-amaliy topshirig‘i Test javoblari a a a 4
Download 27.02 Kb.
|
BHT-1 Abdusamadova Mushtariyning 2-topshirigi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy savollarga javoblar 1.
Abdusamadova Mushtariyning 2-amaliy topshirig‘i Test javoblari 1. a 2. a 3. a 4. a 5. a 6. g 7. g 8. a 9. v 10. v 11. b 12. v 13. a 14. z 15. v Nazariy savollarga javoblar 1. Boshqaruvning maqsadi – ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida erishilishi lozim bo‘lgan istalgan, ehtimoliy va zarur holati. Boshqaruv maqsadini belgilash – boshqaruv jarayonining boshlang‘ich bosqichidir. Boshqaruv maqsadi rahbar faoliyatini yo‘naltiruvchi omil bo‘ladi. Boshqaruv maqsadi talablar, konunlarga mos kelishi va tizim rivojlanishining haqiqiy imkoniyatlarini hisobga olish bilan belgilanishi kerak. Boshqaruv maqsadi istiqbolli va bevosita umumiy va xususiy, oraliq va yakuniy sifatida tavsiflanadi. U quyidagi talablarga javob berishi zarur: Maqsad bir ma'noli va aniq bo’lishi kerak. Maqsad real va bajarilishi mumkin bo’lishi kerak. Maqsad miqdoran o’lchovga ega bo’lishi kerak. Maqsad bo’limlar va ma'sullar bo’yicha detallashtirilgan bo’lishi kerak. Maqsad ko’p qirrali bo’lishi kerak 2. Yakka maqsadning songi natijasi va aniq muddati belgilangan bo’lishi kerak. Yakka maqsadlar aniq vaqti natijalari muddatlari belgilangan bolmasa amalga oshmaslikka ya’ni mavhumlikka olib borishi mumkin. 3. Boshqaruv funksiyasi bu u yoki bu obyektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui. Funksiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o’rganish boshqaruv jarayonini to’g’ri tashkil qilishning muhim shartidir. Boshqarishning umumiy funksiyalari quyidagilardan tashkil topgan: rejalashtirish; tashkil qilish; tartibga solish va muvofiqlashtirish; nazorat; rag’batlantirish (motivlashtirish). 4. Struktura - lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liq, ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi. Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi. 5. Boshqarish bo’g’ini - bu boshqarishning ayrim yoki qator funktsiyalarini bajaruvchi mustaqil strukturasi bo’limlaridir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar gorizontal harakterga ega: Vazirlik, birlashma, korxona, tsex, uchastka. Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo’g’inining ikkinchisiga, odatda, quyi bo’g’inning yuqori bo’g’inga izchillik bilan bo’ysinishini ko’rsatadi. Bu vertikal bo’yicha bo’linishdir. 6. Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalar: Chiziqli struktura; Chiziqli-shtabli struktura; Funktsional struktura; Chiziqli-funktsional struktura; Dasturli-maqsadli struktura; Divizional struktura , orqali amalga oshiriladi. Bu funksional strukturalar korxona faoliyati, yo’nalishi va maqsadlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 7. Chiziqli struktura iyerarxik shaklga ega bo’lgan tashkiliy tuzilma bo’lib, unda yuqoridan quyiga tomon bo’ysunish tamoyili joriy etiladi, ushbu tashkiliy tamoyilga asosan har bir bo’linmaga rahbarlikni amalda bir kishi bajaradi. O’z vakolatlari doirasida u hamma masalalarni hal etishga haqli. O’z navbatida, bu rahbar xodim lavozimi bo’yicha o’zidan yuqoriroqda turgan rahbarga bo’ysunadi; Chiziqli stukturaning ijobiy tomonlari: bunday struktura bir-biriga zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini kamaytiradi; yakkaboshchilikni va shaxsiy javobgarlikni mustahkamlaydi; bu struktura oddiy, puxta va tejamlidir; bosqichlar soni kam bo’lganda boshqariluvchi ob'ekt ishiga kam kishi aralashadi; vazifalar tezkor hal etiladi butun tizim samarali ishlaydi; xodimlar faqat o’z rahbariga hisobot beradilar, natijada ijrochilik va intizom darajasi ancha oshadi. Salbiy tomonlari esa bunday struktura oddiy, barqaror masalalarni echishga mo’ljallanganligi sababli uning doirasida kompleks masalalarni hal qilish ancha qiyin kechadi, bunday sharoitda rahbarlar ko’proq tezkor ishlar bilan band bo’lib, strategik kompleks muammolarni e'tibordan chetda qoldiradilar. bunday boshqarishda teng huquqli struktura birliklari negizida gorizontal bog’lanish bo’lmaydi, bunday boshqarish sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilikning paydo bo’lish xavfi kuchli chunki, strukturaning har bir bo’g’inida rahbar o’z lavozimi bo’yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga ega bo’ladi. 8. Chiziqli-shtabli tuzilm har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan xizmatlar, maslahatchilar kengashi, ya’ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. Shtablaming vazifasi har xil muammolarni o‘rganish orqali rahbarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo‘lishiga asosiy sabab — tashkilotlardagi funksiyalaming murakkablashuvidir. Bu yerda mehnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo‘lidagi birlamchi vazifalaming bajarilishiga javobgar bo’lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe bo’lgan ikkilamchi vazifalaming bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslahat berish funksiyasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlaming asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofiq aniqlash va uzil-kesil qabul qilishdan iborat. 9. Chiziqli-shtabli tuzilmadan farqli o’laroq boshqaruvning funksional tuzilmasi rahbarlar va tuzilma bo‘g‘inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir Bunda har bir boshqaruv bo'g’iniga muayyan funksiyalar biriktirib qo‘yiladi. Masalan, biri marketing, ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchinchisi esa, moliyani boshqarish bilan shug‘ullanadi. 10. Bularni mazmun va muddatlariga ko'ra kelishib olish, ishlab chiqarishning ko‘pgina unsurlarini tutashtirish ishlarini turli xizmatlar bajaradi. Goho funksional xizmatlar o‘rtasidagi bu gorizontal aloqalar cho‘zilib ketadi, bahs va nizolar bilan amalga oshiriladi. Chiziqli struktura rahbari esa ko‘p sonli bo’linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi. Bu muammolarni yangi tashkiliy boshqaruv tuzilmalarini tuzish yo‘li bilan, aniqrog‘i, chiziqli-funksional boshqaruv tuzilmalariga tuzatishlar kiritish yo‘li bilan hal etiladi. Bunday struktura quyidagi uch ko‘rinishda boladi: loyiha bo‘yicha boshqaruv; mahsulot bo‘yicha boshqaruv; matritsaviy struktura. 11. Menejmentning matritsaviy tuzilmasining mohiyati shundaki, unda har bir xodim, ayni bir vaqtning o‘zida, loyiha bo‘yicha boshqarishda, shuningdek, o‘zining funksional organida xizmatda bo’ladi hamda ikki yoqlama bo‘ysunadi. Matritsali strukturani qo’llashning asosiy sabablari: yangi mahsulot ishlab chiqarish va uning sifatiga bo’lgan yuqori talab; resurslami taqsimlash imkoni bo’lmaganda uni samarali qo’llash usullari. Matritsali struktura chiziqli-funksional struktura doirasida qo’llaniladi, bu vaqtinchalik tashkiliy shakl bo’lib, maqsadli muammolarni yechishga yo‘naltiriladi. Matritsali struktura mutaxassislarning ikkilanma bo‘ysunishida xarakterlanadi, ya’ni bevosita bo’lim boshlig’iga va loyiha boshlig’iga bo‘ysunadi. Matritsaviy struktura mahsuloti nisbatan qisqa «umr» ko‘radigan va tez-tez o‘zgarib turadigan korxonalar tomonidan qollaniladi. Bu tuzilma korxonada gorizontal aloqalarni yolga qo‘yishga va ularni murakkab buyurtmalarni bajaruvchi turli xil korxonalar faoliyati bilan komputerlar yordamida boglashga, texnika sohasida yuqori malakali xizmat ko‘rsatishga va ekspertizani ta’minlashga qaratilgan. Afzalliklari: boshqarish jarayonidagi gorizontal aloqalarning uzunligini keskin qisqartiradi va tartibga soladi; qarorlar qabul qilishni tezlashtiradi va ularning mazmuni hamda natijalari uchun mas’uliyatni oshiradi; korxonaning ichki va tashqi sharoitlariga ta’sir etuvchi omillarning o‘zgarishiga tezda ko‘nikma hosil qiladi va shunga muvofiq ravishda amal qiladi; chiziqli bo‘ysunish vositasida bo’lim ichida byurokratiyaga bolgan moyillikni bir qadar so‘ndiradi va hokazo. 12. Boshqaruv strukturasini takomillashtirish yo’llari: 1. Amaldagi strukturani soddalashtirish usuli Boshqaruv bo’g’inlari sonini qisqartirish va boshqaruvning quyi bo’g’iniga huquq va vakolatni ko’prok berish. Bunday usul inqilobiy usullar qatoriga kiradi. 2. Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturani ko’nikma hosil qilingan struktura bilan almashtirish. Mexanik tarzda tashkil etilgan struktura salbiy tomonlari: gorizontal tabaqalanishdagi keskinlik ierarxik aloqalardagi qat'iylik me'yorlashtirilgan mas'uliyat yuqori darajadagi rasmiyatchilik qarorlar qabul qilinishidagi o’ta markazlashuv va unda ko’pchilik boshqaruvchilarning qatnasha olmasligi. 3. Mexanik tarzda tashkil etilgan struktura ichida turli shakllardagi uzviy strukturani tashkil qilish. Bu esa korxonada, venchur va innovatsiya, ya'ni "biznesga tavakkalchilik "bo’limlari biznes-markazlar ekspert guruhlari ishchi, brigadalar guruhlarini tashkil qilishni bildiradi. Venchur va innovatsiya bo’limlaridagi tadbirkorlar yangi texnologiya uchun o’zlarining kapitalini yoki olgan qarz mablag’larini tavakkal qiladilar 4. Konglomerat, modulli va "atomistik" strukturani barpo etish. Bunday strukturani yirik korporatsiyalarda, ya'ni chiziqli, funktsional, dasturli maqsadli strukturalarning birgalikda amal qilishida ko’rishimiz mumkin. Axborot inqilobi byurokratiyaga bolta uruvchi modulli strukturaning, to’g’ridan-to’g’ri ma'muriy buysunuvchanlikka chek qo’yuvchi "atomistik" strukturalarning tashkil topishini taqozo etadi. Download 27.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling