Abduvohid Xudoyberdiev Badea Muhitdinova


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana23.10.2020
Hajmi0.85 Mb.
#135980
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
adabiyot oqitish metodikasi


 



O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi 



Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti 

 

 

Abduvohid Xudoyberdiev  

Badea Muhitdinova 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI 

FANIDAN MUSTAQIL ISH 

TOPSHIRIQLARI 

 

(Mustaqil ish turlari, testlar, yakuniy nazorat bo‘yicha toifali savollar,  

yozma ish variantlari)  

 

 

Uslubiy qo‘llanma 

 

(5220100-Filologiya (o‘zbek filologiyasi) 

yo‘nalishi uchun) 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Samarqand – 2014 



 



УДК: 371. 3 : 8 



 

ББК 74. 261. 8 

 

Х-87 

 

A.Xudoyberdiev, B.Muhitdinova. 

Adabiyot o‘qitish metodikasi fanidan mustaqil ish topshiriqlari.

 

(Mustaqil ish turlari, testlar, yakuniy nazorat bo‘yicha toifali savollar, 



yozma  ish  variantlari).

 

Uslubiy  qo‘llanma.  (5220100-Filologiya 



(o‘zbek  filologiyasi)

 

yo‘nalishi  uchun).  Samarqand.  SamDU 



nashriYoti, 2014 yil 48 bet.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Adabiyot  o‘qitish  metodikasi  fanidan  mustaqil  ishlar  uslubiy  qo‘llanmasi 

5220100-Filologiya  (o‘zbek  filologiyasi)  ta`lim  yo‘nalishi  uchun  mo‘ljallangan  bo‘lib, 

III  bosqich  o‘zbek  filologiyasi  bakalavr  talabalarining  shu  fanni  mustaqil 

o‘zlashtirishlariga yo‘llanma vazifasini o‘taydi.  

 

Mazkur  qo‘llanma  bakalavrlar,  magistrlar,  ona  tili  va  adabiyot  o‘qituvchilari 

uchun mo‘ljallangan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Masul muharrir:   

dots. Mardonqul Boltaуev. 

 

 

 



 

 

 



 

Taqrizchilar: 

 

prof. Ibodulla Mirzaev, 



 

 

 



 

 

 



 

Dots. Faxriddin Shodiev. 

 

Universitet o‘quv-uslubiy kengashining  2013 yil 20 dekabrgi 4-raqamli  



bayonnomasi qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. 

 

 



 

 

 



 

 

©Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti. SamDU - 2014 



 



KIRISH 

 

“Adabiyot  o‘qitish  metodikasi  fanidan  mustaqil  ish  topshiriqlari”  uslubiy 



qo‘llanmasida  shu  fan  o‘quv  dasturiga  kiritilgan  bakalavrlarga  mo‘ljallangan 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim vazirligining 2008 va 2011 yillardagi namunaviy 

o‘quv  dasturlari  asosida  60  soatlik  (ma`ruza,  amaliy  mashg‘ulot  va  seminarlar) 

mashg‘ulotlari  davomida  olingan  bilimlarni  tadrijiy  ravishda  o‘zlashtirilishiga  yordam 

beradi. Uslubiy qo‘llanmada namunaviy o‘quv dastur asosida mavzular ketma-ketligiga 

rioya  qilingan.  Unda  15  ta  mavzularning  har  biri  bo‘yicha  test  topshiriqlari  tuzilgan, 

yakuniy  nazoratlarning  oddiy,  o‘rtacha,  murakkab  variantlari  ishlab  chiqilgan.  U  bilan 

birgalikda ishda adabiyot o‘qitish metodikasi fanining fan sifattida, boshqa fanlar bilan 

aloqasi,  metodika  fani  tarixi,  adabiyot  o‘qitishda  yangi  tamoyillar,  umumta`lim, 

akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  adabiyot  o‘qitish  bosqichlari,  adabiyotdan 

kirish  mashg‘ulotlari, ko‘rsatmali  vositalardan foydalanish va uning turlari, badiiy asar 

tahlili,  ta`limda  an`anaviy  va  noan`anaviy  darslar,  zamonaviy  pedagogik  innovatsion 

texnologiyalardan  foydalanish,  o‘quvchi  va  talabalarning  yozma  nutqi,    muammoli 

o‘qitish,  nazm  darslari,  adabiyot  o‘qituvchisining  qirralari,  dars  metodlari  va  usullari, 

yakunlovchi  mashg‘ulotlar,  takrorlash  darslari  va  uni  tashkil  etish  kabi  masalalar 

mazmun mohiyati bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



Talabalar mustaqil ishlarining turlari, shakllari va 



uni baholash mezonlari.

 

 

 

Ma`lumki,  axborot  va  bilimlar  doirasi  tez  sur`atlar  bilan  kengayib  borayotgan 

hozirgi  sharoitda  barcha  ma`lumotlarni  faqat  dars  mashg‘ulotlari  paytida  talabalarga 

etkazish juda murakkab. 

 

Shu nuqtai nazardan maktab, kollej, litseylarga nisbatan oliy ta`limda talabalarni 



ko‘proq mustaqil o‘qishiga, bilim olishiga alohida e`tibor berilyapti. SHu o‘rinda talaba 

mustaqil  ishi  nima?,  uni  baholash  mezonlari  qanday?  degan  savol  tug‘iladi.  Talaba 

mustaqil  ishi  muayyan  fandan  o‘quv  dasturida  belgilangan  bilim,  ko‘nikma  va 

malakaning  ma`lum  bir  qismini  talaba  tomonidan  fan  o‘qituvchisi  tavsiyasiga  asosan 

auditoriyadan tashqari o‘zlashtirilishiga  yo‘naltirilgan faoliyatdir. 

 

Mustaqil  ishni  baholash  mezonlari  quyidagicha.  Samarqand  davlat  universiteti 



o‘quv-metodik kengashining 2009 yil 22 avgustdagi  va universitet ilmiy kengashining 

2009  yil  29  avgustdagi  majlisida  tasdiqlangan  «Yo‘riqoma»  ning  14  bandida 

talabalarning  o‘quv  fani  bo‘yicha  mustaqil  ishiga  umumiy  yuz  ballning  20  balini 

ajratish mumkinligi ko‘rsatilgan. 

 

Bu  20  ball:  JN  uchun  7  ball,  ON  uchun  7  ball,  YaN  uchun  6  ball  miqdorida 



taqsimlanishi  tavsiya  qilingan.  Masalan,  JN  ning  (7  ball  hisobidan)  auditoriyadagi 

mutaqil ishiga 3 ball, auditoriyadan tashqari bajariladigan mustaqil ishiga 4 ball ajratish 

mumkin.  ON  (7  ball  hisobidan)  bitta  bo‘lsa  7  ball,  2  ta  ON  bo‘lsa  7  balldan  14  ball 

berish mumkin, YaN ning savollaridan bittasiga 6 ball berish mumkin. 

                Talaba mustaqil ishining shakllariga qaysilar kiradi?                                       

 

Talabalar mustaqil ishining shakllarini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin. 



 

Birinchi turi auditoriyada, joriy, oraliq nazoratlarda amalga oshiriladi; 

-  amaliyot, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorlanib kelish; 

-  savol-javob, suhbat, munozaralarda ishtirok etish; 

-  nazorat ishlarini olish (test, Yozma ish v.h.); 

-  amaliy topshiriqlarni, uy vazifalarni bajarish; 

-  test, munozarali savollar tayyorlab kelish, maket, model va  

badiiy asarlar ustida ishlash, hisob-kitob, grafik ishlarini bajarish.  

Ikkinchi  turiga  ishchi  o‘quv  dasturida  auditoriyadan  tashqarida  mustaqil 

o‘zlashtiriladigan mavzular kiradi: 

-  ma`lumotlarni izlab topish; 

-  ma`lumot va axborotlarni tahlil qilish; 

-  ma`lumot va axborotlarni konspeklashtirish; 

-  kurs ishlarini bajarish; 

-  bitiruv-malakaviy ishiga material to‘plash; 

-  ilmiy maqola, tezislar, ma`ruzalar tayYorlash; 

-  referat tayyorlash: 

Mustaqil ta`limning ikkinchi turida himoyalar darsdan tashqari paytlarda, maxsus 

belgilangan konsul’tatsiya soatlarida amalga oshiriladi. 


 

(Bu  bo‘yicha  vazirlikning  2009  yil  14  avgustdagi  286-sonli  buyrug‘ining  1-



ilovasida  «Talabalar  mustaqil  ishini  tashkil  etish  va  nazorat  qilish  haqidagi» 

yo‘riqnomada aniq ma`lumot berilgan). 

Endi  ushbu  mavzularning  ayrimlariga  qisqacha  izoh  bersak.  Ishchi  o‘quv 

dasturiga mustaqil ishlar bo‘yicha alohida mavzular kiritilishi kerak. 



Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish: Berilagn mavzular bo‘yicha o‘quv adabiyotlari 

konspektlashtiriladi.  Tayanch  iboralarning  mohiyatiga  taalluqli  savollarga  javob 

tayYorlanadi. 

Referat  tayyorlash:  Asosiy  adabiyotlardan  tashqari  –  monografiyalar,  ilmiy, 

uslubiy  maqolalar,  internetdan  olingan  ma`lumotlar,  elektron  kutubxona  materillaridan 

foydalaniladi. 

Ko‘rgazmali  vositalar  tayyorlash:  Muayyan  mavzuni  yaxshi  o‘zlashtirish 

uchun – jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, musiqiy asar, kichik 

badiiy asar. Bir mavzuni bir necha talabaga topshirish mumkin. 

 

Mavzu  bo‘yicha  testlar,  munozarali  savollar  va  topshiriqlar  tayyorlash: 

Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo‘lgan masalalar 

va  topshiriqlar,  munozaraga  asos  bo‘ladigansavollar  tuzish  topshiriladi.  Bu  bo‘yicha 

o‘qituvchi tomonidan yo‘l-yo‘riq beriladi. 

Masalan  test  topshiriqlarining  8  ta  turi  bor:  bir  tanlovli  test,  tanlovli  test, 

to‘ldiruvchi test, muqobil javobli test, muvofiqlashtiruvchi test, ketma-ketlikni aniqlash 

testi, qisqa javobli test, erkin javobli test. 

 

Ilmiy maqola, tezislar va ma`ruzalar tayyorlash: 

-  talabaga biron-bir mavzu bo‘yicha ilmiy xarakterda maqola,  

tezis  yoki  ma`ruza  tayYorlash  topshiriladi.  Bunda  talaba  o‘quv  adabiyotlari,  ilmiy 

tadqiqot  ishlari  dissertatsiyalar,  maqola  va  monografiyalardan  mavzuga  tegishli 

materiallar to‘playdi, zarurlarini ajratib oladi, tartibga soladi, o‘z fikrini bildiradi. 

 

 



Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash: 

 

Bir  mavzu  yoki  bir  bo‘lim  bo‘yicha  nazariy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  amaliy 

topshiriqlar,  ijodiy  yondashish  talab  qilinadigan  ilmiy-ijodiy  vazifalar,  modellar, 

maketlar  namunalar  yaratish  vazifasi  topshiriladi.  Bu  esa  talabani  ilmiy  izlanishga, 

o‘qituvchi  bilan  hamkorlikda  ilmiy  maqolalar  tayyorlashga  yo‘naltiradi.  Yuqoridagi 

mustaqil ta`lim shakllarini bajarish tartibi bo‘yicha o‘qituvchilar uslubiy ko‘rsatmalarni 

o‘quv yilning boshida tayyorlab qo‘yishlari shart. 

 

Kafedralada  har  bir  fan  bo‘yicha  mustaqil  ish  jadvali  tuziladi.  Mustaqil  ish 



bo‘yicha  konsul’tatsiyalarni  qayd  qilish  jurnali  yuritiladi.  Mustaqil  ishlarga  taqriz 

yoziladi  hamda  baholanadi  va  uning  bajarlishi  haqida  kafedra  yig‘ilishlarida  hisobot 

beriladi. Mustaqil ishlar kafedrada 2 yil saqlanadi. 

 

 



 

 

 

 

 

 



Samarqand davlat universiteti amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish 



metodikasi kafedrasi 

 

“Adabiyot o‘qitish metodikasi” fanidan test topshiriqlari  

 

 

           1. Adabiyot o‘qitish metodikasi qaysi fanlar bilan chambarchas bog‘liq? 

 

A). Tarix, psixologiya, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, pedagogika. 

 

V). Falsafa, pedagogika. 



 

S). Psixologiya, adabiyotshunoslik, tilshunoslik. 

 

D). Tarix iqtisod. 



 

2. Metodika fani oldidagi muhim vazifalarga nimalar kiradi? 

 

A).  V, D javoblari 



 

V).  O‘quvchilarning  ijodiy  imkoniyatlarini  yuzaga  chiqarishning  samarali 

usullarini kashf etish. 

 

S). O‘quvchilarni testga tayyorlash. 



 

D). O‘quvchilarni ta`lim jarayoniga faol jalb etish. 

 

3. An`anaviy maktablar qaysi sinflarni o‘z ichiga olar edi? 

 

A).  V,S,D 



 

V). I – III 

 

S). IV – III 



 

D). X – XI 

 

4.  Ta`lim  to‘g‘risidagi  Qonun  O‘zbekiston  Oliy  Majlisining  nechanchi 

yildagi, qaysi sessiyasida qabul qilingan? 

 

A). 1997 yil 29 avgust, IX sessiyada. 



 

V). 1997 yil 10 avgust, XIII sessiyada. 

 

S). 1996 yil 25 avgust, III sessiyada. 



 

D). 1995 yil 15 avgust, VII sessiyada. 

 

5. “Ta`lim haqida”gi qonun nimani belgilab berdi? 

 

A). Ta`lim tizimi va turlarini. 

 

V). Ta`lim turlarini. 



 

S). Maktabgacha ta`limni. 

 

D). Ta`lim tizimini. 



 

6. “Ta`lim haqida”gi qonunning 10-moddasi nima haqida? 

 

A). Ta`lim turlari. 



 

V). Oliy ta`lim 

 

S). O‘rta ta`lim 



 

D). Ta`lim tizimi 

 

7. Ta`lim turlariga nimalar kiradi? 

 

A). V, S, D 



 

V). Oliy ta`lim, oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta`lim 

 

S).  Kadrlar  malkasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  maktabdan  tashqari 



ta`lim. 

 

D). Maktabgacha ta`lim, umumiy o‘rta ta`lim. 



 

8. Adabiyotshunoslik qanday fan? 

 

A). Badiiy adabiyot va uning jamiyat hayotidagi o‘rni haqidagi fandir. 



 

 



V). Adabiyot o‘qitish metodikasini o‘rganadigan 

 

S). Insonning jamiyat hayotidagi o‘rnini o‘rgatadi. 



 

D). Badiiy adabiyotni o‘rganadigan. 

 

9. Adabiyotshunoslikning ob`ekti nima? 

 

A).  Tarixiy  sharoit  bilan  aloqda  olingan  adabiy  mahsulot  va  uni  yaratish 

jarayonidir. 

 

V). Pedagogika 



 

S). Tarixiy sharoit 

 

D). Tilshunoslik. 



 

10. Adabiyot o‘qitish metodikasi nimani o‘rganadi? 

 

A). Badiiy adabiyotni tadqiq etadi, adabiyot o‘qitish shartlarini va usullarni ilmiy 

asosda ishlab chiqadi va tadbiq etadi. 

 

V). Sinfda va uyda o‘qishni tashkil etadi. 



 

S).  Sinf  va  maktabdan  tashqari  mashg‘ulotlarning  shakli,  usullarini  ishlab 

chiqadi. 

 

D). V, S, D. 



 

11. Prinsip nima. 

 

A). U yoki bu fan amal qiladigan tamoyillar, mezonlar jamini anglatadi. 



 

V). O‘qitish jarayoni  

 

S). Iqtidor  



 

D). Tamoyil 

 

12. Ta`lim jarayoniga nimalar kiradi? 

 

A). O‘qitish jarayoni 

 

V). Qonun 



 

S). Tamoyil 

 

D). V,S. 



 

13. Ko‘nikma va malaka nima? 

 

A).  Talabalar  egallashi  lozim  bo‘lgan  bilimlarni  o‘zlashtirishga  oid  qobiliyat  va 

iqtidor. 

 

V). Fanlarni egallashi. 



 

S). Bilim  

 

D). V javobi. 



 

14. “Ta`lim to‘g‘risida”gi qonun necha qismdan iborat? 

 

A). IV qismdan 34 moddadan. 

 

V). V qismdan 29 moddadan. 



 

S). IV qismdan, 34 moddadan. 

 

D). III qismdan, 32 moddadan. 



 

15. I qismning nomlanishi va nechta moddadan iborat? 

 

A). Umumiy qoidalar1-8 moddalar. 

 

V). Ta`lim jarayoni 20-24 moddalar. 



 

S). Ta`lim tizimi va turlari, 9-19 moddalar. 

 

D). Ta`lim tizimini boshqarish 25-29 moddalar. 



 

16. II qismning nomlanishi va nechta moddadan iborat? 

 

A). Ta`lim tizimi va turlari, 9-19 moddalar. 

 

V). Umumiy qoidalar, 1-8 moddalar. 



 

 



S). Ta`lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish, 20-24 moddlar. 

 

D). YAkuniy qoidalar, 30-34 moddalar. 



 

17. “Ta`lim to‘g‘risida”gi qonunning III qismi qanday nomlanadi va necha 

moddadani iborat? 

 

A). Ta`lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish, 20-24 moddalar. 

 

V). Ta`lim tizimi va turlari, 9-19 moddalar. 



 

S). Ta`lim tizimini boshqarish, 25-29 moddalar. 

 

D). Umumiy qoidalar, 25-29 moddalar. 



 

18. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” necha bosqichni o‘z ichiga oladi? 

 

A). Uch bosqich, 1997-2001, 2001-2005, 2005 dan keyin. 

 

V). Ikkinchi bosqich, 1997-2001, 2001-2005. 



 

S). To‘rt bosqich, 1997-2001, 2001-2005, 2003-2005, 2005 va keyin. 

 

D). Besh bosqich, 1997, 2001, 2005, 2007, 2010. 



 

19. “Milliy dasturida”gi uch bosqichning nomlanishi? 

 

A). V,S, D  javoblar. 

 

V). Milliy dasturni keng miqYosda to‘liq amalga oshirishga erishish. 



 

S). Kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. 

 

D). Huquqiy-me`yoriy, ilmiy metodika, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar. 



 

20. “Milliy dastur” necha bo‘limdan iborat? 

 

A). Umumiy qoida, 5 bo‘limdan. 

 

V). Umumiy qoida, 4 bo‘limdan. 



 

S). Umumiy qoida, 3 bo‘limdan. 

 

D). Umumiy qoida,  bo‘limdan. 



 

21.  Muammolar  va  kadrlar  tayyorlash  tizimini  tubdan  isloh  qilish  omillari 

nechanchi bo‘lim? 

 

A). Birinchi bo‘lim 

 

V). Uchinchi bo‘lim 



 

S). Ikkinchi bo‘lim 

 

D). To‘rtinchi bo‘lim 



  

22. “Kadrlar tayyorlash milliy modeli” nechanchi bo‘lim? 

 

A). 3 


 

V). 1 


 

S). 2 


 

D). 5 


 

23.  Milliy  dasturning  maqsad  va  vazifalari  va  uni  ruyobga  chiqarish 

bosqichlari nechanchi bo‘lim? 

 

A). II 


 

V). III 


 

S). I 


 

D). IV 



 

24.  Kadrlar  tayyorlash  tizimini  rivojlantirishning  asosiy  yo‘nalishlari 

nechanchi bo‘lim? 

 

A). I 


 

V). III 


 

S). IV 


 

 



D). VI 

 

25. Adabiyot o‘qitishning metodologik asoslari nima? 



 

A). Fanning taraqqiyotini ta`minlashga xizmat qiladigan tushuncha  

 

V). Bilim 



 

S). O‘z ustida ishlash 

 

D). Mustaqil ta`lim 



 

26. Ta`lim tizimiga nimalar kiradi? 

 

A). Uzluksizlik, ilmiylik va amaliylik. 

 

V). Ta`lim jarayonidagi uzluksizlik. 



 

S). Uzluksizlik va amaliylik. 

 

D). Ilmiylik va amaliylik. 



 

27. Ma`naviyat-axloqiy tarbiya nima? 

 

A). Tarbiyaning shaxs hissiyotiga, ruhiy dunyosini ta`minlashga qaratiladi. 

 

V). Tarbiyaning shaxs hissiyotiga ta`siri. 



 

S). Jamoa tarbiyasiga qaratiladi. 

 

D). Hamkorlik tarbiyasi. 



 

28. So‘ngi adabiyot dasturi qachon tasdiqlandi? 

 

A). 2006 yil 

 

V). 2005 yil 



 

S). 2007 yil 

 

D). 2004 yil 



 

29. Adabiyot dasturi qanday hujjat, uni bajarish majburiymi? 

 

A). eng muhim davlat hujjati, majburiy. 

 

V). Me`yoriy hujjat, rioya qilish kerak. 



 

S). Davlat hujjati, majburiy emas. 

 

D). Sinf hujjati, majburiy emas. 



 

30. Davlat ta`lim standarti nima? 

 

A). Davlat tomomhnidan ta`lim oldiga qo‘yiladigan talablar majmui. 

 

V). Qonun to‘plami. 



 

S). Huquqiy hujjat 

 

D). Maktab hujjati 



 

31. Adabiyot kursi nima? 

 

A). Fanning mazmuni va tarkibiy qismlarini umumlashtirishga oid tushuncha  



 

V). Fanning mazmunini o‘rganish 

 

S). Fanning tarkibiy qismlarini o‘rgatadi. 



 

D). Yangi pedagogik texnologiyani o‘rgatadi. 

 

32. Yangi pedagogik texnologiya nima? 

 

A). O‘qitishning yangi usullari 

 

V). O‘qitishning an`anaviy usullari 



 

S). O‘qitishning mazmuni 

 

D). Davlat ta`lim standarti. 



 

33. Ta`lim mazmunini belgilovchi hujjatlar? 

 

A). O‘quv rejalari, dasturlar, darslik va qo‘llanmalari. 

 

V). Darslik va qo‘llanmalar, dastur. 



 

S). Dastur, o‘quv rejalar. 



 

10 


 

D). Qo‘llanma, dasturlar darslik. 

 

34.  Turkistonda  adabiyot  o‘qitish  metodikasining  tarixi  qachondan 

boshlangan? 

 

A). X-XI asrdan 

 

V). XI asrdan 



 

S). VIII-IX asrdan 

 

D). XII-XIII asrdan 



 

35. Adabiyot tarixini din tarixi bilan bog‘lab o‘rganish kerakmi? 

 

A). Adabiyot tarixini din tarixi bilan o‘rganish kerak. 

 

V). SHart emas. 



 

S). Adabiyotning o‘zini o‘rganish kerak. 

 

D). Faqat din tarixini o‘rganish kerak. 



 

36. Tasavvuf nima, uni maktabda o‘rganish shartmi? 

 

A). Tasavvuf diniy-falsafiy g‘oyalar majmuasi, uni maktabga olib kirish kerak. 

 

V). Diniy me`yoriy hujjat, matkabga kerak emas. 



 

S). Tasavvuf faqat islom dinini targ‘ib etadi. 

 

D). Tasavvufda faqat nasihat qilinadi. 



 


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling