Abduxalilova shoxistaning sotsiologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 0.49 Mb.
|
Abduxalilova shoxistaning sotsiologiya fanidan tayyorlagan musta
1.So‘rov metodi.
Ushbu metodni ishlab chiqish XVIII asrdan boshlanib ketgan edi. hozirgi vaqtda bu metod keng tarqalgan va ko‘p qo‘llaniladigan metod hisoblanadi. So‘rov metodining quyidagi turlarini ko‘rsatishimiz mumkin: 1. Anketalashtirish yozma shakldagi so‘rov bo‘lib, texnikasiga ko‘ra, tarqatiladigan (anketa tadqiqotchi tomonidan tarqatiladi va yg‘ib olinadi) matbuot orqali (anketani gazeta va jurnallarda chop ettirish), telefon yoki telesko’p orqali, ya'ni texnik vositalari bilan (televizor yoki telefonga oid qo‘shimcha sifatida) amalga oshiriladigan so‘rov turidir. 2. Suhbatlashish (Intervyu) — suhbat o‘tkazuvchilarni (intervyuer) bir qanchasini talab qiluvchi, og’zaki Sarovturidir. Bu So‘rov klinik (respondentning sub'ektiv dunyosini samimiyligi) bir nuqtaga qaratilgan (o‘rganish uchun bir asosiy savolni ajratib olish) So‘rovlarga bo‘linadi. 3. Sotsiometrik so‘rov—guruhdagi shaxslararo munosabatlarning yaxshi ko‘rish, yoqtirmaslik, do‘stlik, adovat, qismat va boshqa jihatlarini o‘rganishga qaratilgan. Amerikalik sotsial psixolog J.Moreno tomonidan ushbu So‘rov metodi ishlab chiqilgan. Bu metod guruh, to‘planishiga zarurat tug‘ilganda, liderni aniqlashda, kollektivda psixologik klimatni aniqlashda va boshqa yo‘llarda qo‘llaniladi. 4. Test o‘tkazish so‘rov — maxsus qayta ishlangan vositalar sxema, rasmlar, takliflar, savollar yordamida shaxsiy sifat va qobiliyatlarni namoyon bo‘lishini aniqlaydi. Testlar tematik, birikmalari (assotsiativ) intellektual qobiliyatlarni aniqlaydigan, takliflarni yakunlaydigan turlarga bo‘linadi. 5. Ekspert so‘rov — Bu metod ekspertlarga, ya'ni mutaxassislarga yon beradi. Bular, asosan muammo bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar yoki javobgar shaxslardir. Bunda so‘ralayotganlarning qiziqishlari e'tiborga olinishi kerak. 6. Panel so‘rovlar — kishilarning doimiy doirasiga mo‘ljallangan so‘rov bo‘lib, tashkilotlardagi boshqarish uslubidagi ma'lum o‘zgarishlarga ulargacha va ulardan keyin kiritiladigan so‘rov turidir. Bu metod guruhlarning faqat bir belgisiga ko‘ra bir-birini taqqoslash va farqlash, ya'ni protsessning sabab va oqibat analizlarini o‘rganish maqsadida qo‘llaniladi. Ko‘pincha so‘rovning bu turi eksperimental tadqiqotlarga qo‘shimcha ravishda kiritiladi. 7. Yaxlit so‘rovlar — demografik protsesslarni, jamoatchilik fikrini, aholini ro‘yxatga olishni o‘rganishda qo‘llaniladi. Yaxlit so‘rovlar barcha aholini yoki muammo bilan bog‘liq bo‘lgan bosh majmualarning so‘rovini o‘zida aks ettiradi. Ushbu so‘rovlarning har biri maxsus xususiyatlarga ega bo‘lib, o‘tkaziladigan tadqiqot texnik muammosini, informatsiyaning aniqligini o‘z-o‘zicha hal qiladi. Ularni o‘zaro birlashtiradigan vosita bu — anketa so‘rovning barcha turlari asosida anketa yoki savol varaqasi yotadi. Anketa — empirik ma'lum o’t olish uchun tadqiqotning umumiy konsepsiyasi va yo‘nalishi bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan, kiritilgan gipotezani tekshirishga layoqatli bo‘lgan savollar sistemasining ifodalanishidir. Anketa tashkil topishining va savollar tuzilishining bosh mezoni bu — tushunmoqlikdir, ya'ni savollarni alohida izohlamoqda intilishdir. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling