Abduxamidjon Baxromov Mavzu: Magnitoeletrik tizim asboblari


Download 1.07 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1527149
Bog'liq
Abduxamidjon Baxromov

Abduxamidjon Baxromov

Mavzu: Magnitoeletrik tizim asboblari

Magnitoelektrik tizim asboblar bevosita faqat o‘zgarmas tokni o‘lchaydi. Sababi bu asbob o‘zgaruvchan tok zanjiriga ulanganda, aylantiruvchi moment-mayl tokning oniy qiymatiga proporsional ravishda o‘zgaradi. Lekin inersiya tufayli xarakatchan qismi moment ketidan o‘zgarib ulgurmaydi. Sinusoidal tok uchun tokning, demak, momentning ham o‘rtacha qiymati nolga teng va harakatchan qismi og‘maydi.

Magnitoelektrik tizim asboblari doimiy tok, kuchlanish va qarshiliklarni o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Ular yuqori aniqlikka va sezuvchanlikka ega, elektr energiyani juda kam iste’mol qiladi. Harakatchan qismning burilish burchagi tokka to‘g‘ri proporsional bo‘lgani uchun shkalasi bir tekis bo‘ladi. Doimiy magnit bo‘lgani uchun bu asbobning ko‘rsatishi deyarli tashqi magnit maydonga bog‘liq emas.

O‘zgaruvchan tok zanjirida kattaliklarni o‘lchash uchun magnitoelektrik asboblar to‘g‘rilagich orqali ulanadi. To‘g‘rilagich sxema bilan ulangan yuqori sezuvchan magnitoelektrik asbobni to‘g‘rilagich tizim asbobi deyiladi. To‘g‘rilagich asbob ichiga o‘rnatiladi. Odatda to‘g‘rilagich tizim asboblari o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok zanjirlarida tok, kuchlanish, qarshilik va sig‘imlarni turli o‘lchov chegaralari bilan o‘lchaydi.

O‘lchanayotgan tok qo‘zg‘almas g‘altakka beriladi. /altakda paydo bo‘lgan magnit maydon o‘zakni g‘altak ichiga tortadi. Natijada o‘zak strelka bilan birga buriladi va shkala orqali o‘lchanayotgan tokning qiymatini ko‘rsatadi. /altakning magnit maydoni g‘altakni va o‘zakni kesib o‘tgani uchun asbobning aylantiruvchi momenti tokning kvadratiga proporsional bo‘ladi: MayF=K1I2 Aks ta’sir ko‘rsatuvchi momentni spiralsimon prujina xosil qiladi: Maks=K2d Aks ta’sir ko‘rsatuvchi moment aylantiruvchi moentni muvozanatlashtirgan paytida asbobning xarakatchan qismi to‘xtaydi.

Tok kuchi va kuchlanishni o‘lchash O‘zgarmas tok zanjirlarida tok kuchi va kuchlanishlarni o‘lchash ko‘pincha magnitoelektrik tizimdagi ampermetr va voltmetrlar qo‘llaniladi. Ularning o‘lchash mexanizmlari bir-biridan prinsipial farq qilmaydi, faqat ulanish sxemasi o‘zgaradi xolos. Ampermetrlarda o‘lchash mexanizmi zanjirga shunt orqali ulanadi, voltmetrlarda esa o‘lchash mexanizmi bevosita unga ketma-ket qilib ulangan qo‘shimcha qarshiliklar yordamida zanjirga ulanadi. SHuntlar o‘lchash mexanizmlarining o‘lchash chegaralarini kengaytirish uchun ishlatiladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling