Abilov dilshodbek eshpulatovich


Download 60 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi60 Kb.
#1220036
Bog'liq
HISOBOT Abilov Dilshodbek 1 kurs 1- va 2-semestr


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 5A120302 -TARIX (YO‘NALISHLAR VA FAOLIYAT TURI BO‘YICHA) 1 – KURS MAGISTRANTI ABILOV DILSHODBEK ESHPULATOVICHNING «KALENDAR ISH REJASI»NI 2021-2022-O'QUV YILINING

  1. va 2-SEMESTRIDA BAJARILIShI BO'YIChA

H I S O B O T I


I. MAGISTRANTNING O'QUV-METODIK, ILMIY- TADQIQOT, PEDAGOGIK AMALIYOTI FAOLIYATI BO'YICHA:


I.1.O'quv va o‘quv uslubiy ishlar bo'yicha:

2021-2022 – o'quv yili davomida, noyabr oyidan (qo‘shimcha kontrakt asosida qabul qilinganman) buyon belgilangan jadval bo'yicha kafedraga hisobot berib bormoqdaman. O'quv davri mobaynida “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” (60 soat), “Tarixiy rekonstruktsiya masalalari” (150 soat), “Paleekologiya va tsivilizatsiya dinamikasi” (60 soat), “O`zbekistonda yer suv munosabatlari (qadimgi davrdan hozirgi kungacha)” (150 soat), “O`rta asrlar Yevropasi manbashunosligi va tarixshunosligi” (150 soat), “Globallashuv sharoitida O`zbekiston va Jahon mamlakatlari hamkorligida” (150 soat), “O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik” (150) fanlari yuzasidan har bir fanning o'quv rejasiga muvofiq maʼruza va amaliy mashg'ulotlarini o'tdik. Mazkur fanlar bo'yicha o'quv topshiriqlar to'plami va mustaqil ishlar to'plamlarini aniq bir o'quv fani bo'yicha topshirdim. Kalendar ish rejasi asosida o'quv va o'quv-uslubiy ishlar bo'yicha rejalashtirilgan tadbirlarning ijrosi yuzasidan ilmiy rahbar bilan kengashgan holda yozma hisobotlar tayyorlab bordim.


O‘quv jarayonini tashkil qilishga bog‘liq meyoriy hujjatlar: DTS o‘quv jarayoni turlari, o‘quv rejalari bilan tanishib, meʼyoriy hujjatlarning zarur qismlarini qisqacha konspekt qildim.
O'tilgan 1- va 2- semestrlarda 4 nafar yetakchi professor-o'qituvchilar maʼruzalari, seminarlari va amaliy mashg'ulotlarida qatnashib va tahliliy maʼlumotlar shakllantirib, ilmiy rahbar nazoratidan o'tkazdim.
I.2.Ilmiy-tadqiqot ishlar bo'yicha:

“Mustaqillik yillarida O’zbekiston shaharlaridagi tarixiy demografik jarayonlar” mavzusini ilmiy rahbar bilan birgalikda muhokama qilib, mavzu bo‘yicha dissertasiya kalendar rejasini shakllantirdim.


Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti o‘qituvchisi ilmiy rahbarim katta o’qituvchi U.Mirzaliyev ishtirokida mashg'ulotlar o'tkazdim. Mashg'ulotlarda ishtirok etgan professor-o'qituvchilar maslahati va ko'rsatmalarini oldim hamda o'rgandim. O'quv mashg'ulotlari bakalavriat bosqichida ilmiy rahbar maslahati va kafedraning qarori bo'yicha o'tkazildi.
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti o‘qituvchisi ilmiy rahbarim katta o’qituvchi U.Mirzaliyev bilan ilmiy ishim bo'yicha istiqbolli rejalarimni muhokama qildim. Fakultet dekanati rahbarligi asosida magistratura talabalari bilan o'quv maslahat va tarbiyaviy ishlarni o'tkazdik «Mustaqillik yillarida O’zbekiston shaharlaridagi tarixiy demografik jarayonlar» mavzusining dolzarbligini belgilaydigan maʼyoriy xujjatlar va adabiyotlar bilan tanishdim.
«Mustaqillik yillarida O’zbekiston shaharlaridagi tarixiy demografik jarayonlar» mavzusi bo‘yicha aniqlangan muammolarni yechish bo‘yicha maqsad va vazifalarni aniqlashtirdim.
“Tarix” kafedrasining ilmiy va innovatsion tadqiqotlari va xo‘jalik shartnoma ishlarida ishtirok etdim.
Har oyda belgilangan jadval bo'yicha kafedraga hisobot berib bordim, har semestr yakuni bo'yicha fakultet kengashiga va Magistratura bo'limiga yozma hisobot taqdim etmoqdaman.


I.3. Ilmiy- pedagogik ishlar bo'yicha:

O‘quv jarayonini tashkil qilishga bog‘liq meʼyoriy hujjatlar: Davlat taʼlim standartlari, o‘quv rejalari, ishchi o‘quv rejalari bilan tanishish.


Har semestrda kamida 2 nafar kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilarining maʼruzalari, seminar va amaliy mashg'ulotlarida qatnashdim va ularning mashg'ulotlari bo‘yicha taxliliy maʼlumotlar shakllantirib ilmiy rahbar nazoratidan o‘tkazdim.
Bakalavriat talabalari bilan maʼnaviy tarbiyaviy ishlarni o‘tkazdim.
Ilmiy-pedagogik ishlar bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlarning ijrosi yuzasidan ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda yozma hisobotlar tayyorlab bordik.


I.4. Malakaviy amaliyot bo'yicha:

Ilmiy-tadqiqot va malakaviy amaliyot faoliyati o'tkaziladigan ta’lim dargohlarida ilmiy tajriba o'tkazish rejasini belgiladik.


Ilmiy-tadqiqot va malakaviy amaliyot o'tkazish uchun tashkilot bilan shartnoma tuzdik.
Ilmiy-tadqiqot va malakaviy amaliyot faoliyati tashkil qilindi.


II. MAGISTRLIK DISSERTASIYASINI BAJARILISHINING KALENDAR REJASI BO'YICHA:


II.1 Tadqiqot o'tkazishga tayyorgarlik

Dissertasiya mavzuim «Mustaqillik yillarida O’zbekiston shaharlaridagi tarixiy demografik jarayonlar». Ushbu mavzu bo'yicha men bakalavriat bosqichida ko'plab adabiyotlar va Internet maʼlumotlarini o'zlashtirganman. Mening tadqiqot mavzuim xozirgi davr uchun ham o'ta dolzarb hisoblanadi. Shu bois, uni ilmiy rahbarim katta o’qituvchi U.Mirzaliyev bilan o'zaro maslahatlashib, uning tavsiyasi bo'yicha tanladik. Magistraturaning birinchi yilida tadqiqot obʼekti mazmunini anglab olish maqsadida tanlangan mavzu bo'yicha bibliografiya va axborot resurslari, universitet ARMidagi soxa bo'yicha adabiyotlar va elektron resurslar bilan tanishdim. Ilmiy rahbarim katta o’qituvchi U.Mirzaliyev maslahati asosida dissertasiya mavzusi mazmunini aks ettiruvchi kalendar ish reja tayyorladik. Bibliografik ro'yxat tuzdim. Axborot manbalari va hujjatlarni (adabiyot va elektron resurslar) chuqur o'rgandim va o'rganmoqdaman. Biblografik ro'yxatga qo'shimcha adabiyotlarni kiritdim. Bibliografik tahlilni tuzdim. Tadqiqot uchun muhim bo'lgan usul va yo'nalishlar ro'yxatini tuzish uchun maʼlumotlar to'pladim. Keltirilgan usul va yo'nalishlarni o'rganib chiqib, ulardan asosiy va yordamchilarini tadqiqot o'tkazish uchun tanladim. Ilmiy-tadqiqot muammosini shakllantirdim va tavsifladim. Tadqiqot jarayonida javoblar olinadigan savollarni tuzdim. Tadqiqot dolzarbligi, yangiligi va amaliy ahamiyatga egaligini asosladim. Tadqiqot mavzusi bo'yicha mavjud vaziyatlar tasnifi va nuqtayi nazarlar qiyosiy tahlilini amalga oshirdim.


Kirish qismida muammoning o'rganilganlik darajasi, ilmiy (nazariy) jihatdan yangilik alomatlari, tadqiqot mavzusini dolzarbligini aks ettirdim. Xulosalarda tadqiqot natijalarining yangiligini aks ettirdim. Tadqiqot obektini farqlovchi xususiyatlarni aniqladim va shakllantirdim. Ishchi gipotezani shakllantirdim. Dissertasiya yuzasidan topshiriqlarini shakllantirdim va tadqiqot savollarini aniqladim. Tadqiqotning taxminiy hajmi nazariy materiallarni tanladim, tamoyil (prinsipini) aniqladim. Qo'llaniladigan terminlar (atamalar) kartotekasini ochdim va kartochkalarga ularning mazmunini kiritib bordim. O'zimning ism familiyam, otamning ismi, dissertasiya mavzuim, ilmiy rahbarim, dissertasiyaning qisqacha maqsad va vazifalari ko'rsatilgan annotasiyani ilmiy rahbar bilan birga tayyorlab universitet rasmiy saytida eʼlon qildik. Tadqiqot kalendar (dastur) rejasini tuzdim. Tadqiqot bosqichlarini ketma-ketligini va bajarish muddatini hamda uning ayrim bosqichlari va masalalarini aniqladim. Tushuntirish xatini tayyorladim.
II.2 Ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish:

“O‘zbekistonda e`tiqod erkinligi (mustaqillik yillari misolida)” mavzusidagi dissertasiya mundarijasini shakllantirdim. Dissertasiya mavzusi buyicha obʼekt qilib, Sirdaryo viloyati Davlat statistika qo’mitasida tanlab olindim. Hozirgi vaqtda ushbu tadqiqot obʼekti bo‘yicha materiallar, statistik ko'rsatkichlar va uning xisobotlari o'rganilmoqda.


Magistrlik dissertasiyasining struktura-mantiqiy sxemasini tuzdim. Maqsad, masalalar va gipotezaga muvofiq tadqiqot usulini tanladik va asosladik. Tadqiqot terminalogiyasini aniqladik: asosiy tushunchalarni tahlil etib solishtirdik, tasnifladik, umumlashtirish orqali terminalogiyaga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritdik.


II.3 Tadqiqotni amalga oshirish: materiallar yig'ish:

Natijalarni qayd qildim va rasmiylashtirdim. Tanlangan ilmiy uslub (Binom fantaziya usuli va Morfologik tahlil, aqliy hujum, Analoglar mashqi shakllar fantaziyasi mashqi)larni qo'llab, olg'a surilayotgan gipotezani isbotlaydigan, yangi ilmiy axborotni tadqiqot o'tkazish asosida oldim. Tajriba sinovlarini o'tkazdik, olingan maʼumotlarni dastlabki tizimlashtirishni o'tkazdik, tajriba sinov materiallarini yig'ib, maʼlumotlarni umumlashtirib, mavjud maʼlumotlar bilan solishtirib, tahlil qildik va interpertasiya o'tkazdik, ular qanday maʼno berishini aniqladik.


Maqsad, vazifalar va dalillarga muvofiq tadqiqot usulini tanladik va asosladik. Tadqiqot mavzuim buyicha asosiy tushunchalarning aniqlanishini taxlil etish, solishtirish, klassifikasiyalash, umulashtirish orqali ilmiy tushunchalarga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritdik. Natijalar qayd qilindi va rasmiylashtirildi.
Tanlangan ilmiy uslublarni qo‘llab, taklif etilayotgan, olg'a surilayotgan statistika ko‘rsatkichlarni isbotlaydigan, yangi ilmiy axborotni tadqiqot o‘tkazish asosida oldik. Prognoz sinovlarini o‘tkazdik va olingan maʼlumotlarni dastlabki tizimlashtirishini o‘tkazdik.
Arxeologik maʼlumotlarni va statistik maʼlumotlarni umulashtirdik. Mavjud maʼlumotlar bilan solishtirdik, taxlil qildik va baholashni o‘tkazdik, ular qanday maʼno berishini aniqladik.
Olingan maʼlumot natijalarini yangilik, obʼektivlik va mantiqiylik, ishonchlilik va butunlik (to‘liqlik) talablariga javob berishni statistika usullari qo‘llagan xolda tekshirdik.
Haftada ikki kun ilmiy rahbarim bilan dissertasiya mavzusi yuzasidan maslahatlar olyapman. Shu bilan birga xorij olimlari tomonidan mazkur mavzu yuzasidan bajarilgan ilmiy ishlar bo'yicha adabiyotlar to'pladim.
Kalendar ish rejasi asosida belgilangan jadval bo'yicha kafedraga hisobot berib, ushbu semestr yakuni bo'yicha fakultet kengashiga va Magistratura bo'limiga yozma hisobot taqdim etyapman. Ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha rejalashtirilgan tadbirlarning ijrosi yuzasidan ilmiy rahbar bilan kelishgan holda yozma hisobotlar tayyorlab boryapman.
Magistrant: D.Abilov


Ilmiy rahbar: U.Mirzaaliyev


Kafedra mudiri: B.To‘ychiboyev
Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling