Abituriyent kutubxonasi 6-sinf adabiyoti savol-javob dunyo bir kundir, u ham bugundir!!! Hayotni natija qiziqtiradi !!!


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana22.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1715079
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
6-adab savol javob

ROMAN HAQIDA TUSHUNCHA 
1. Inson hayotini jamiyat bilan bog‘lab, keng 
ko’lamda tasvirlovchi yirik epik janr nomi? J: 
Roman 
2. Tarixiy romanlar qaysilar? 
J: «0‘tkan kunlar», «Yulduzli tunlar» 
3. Harbiy romanni toping 
J: Oybek «Quyosh qoraymas» 
4. Zamonaviy romanlarni sanang. 
J: P.Qodirov «Olmos kamar», S.Ahmad 
«Jimjitlik» 
5. Roman janrining dastlabki namunalari 
Yevropa dav latlarida qachondan yaratila 
boshladi? 
J: Uyg‘onish davri oxirlarida (XVI XVII 
asrlarda) 
6. Hamzaning romanlarini toping. 
J: «Yangi saodat», «Uchrashuv» 
7. Sadriddin Ayniy romanlari qaysilar? 
J: «Doxunda», «Qullar» 
TOG‘AY MUROD (1948 2003) 
1. Tog‘ay Murod qayerda tug‘ildi? 
J: Surxondaryoning Denov tumaniga qarashli 
Xo‘jasoat qishlog‘ida 
2. Tog‘ay Murod qaysi o‘quv yurtlarida tahsil 
olgan? 
J: 1966 1972yillarda ToshDUning jurnalistika 
fakultetida, 1985 1987yillarda Moskvadagi 
Jahon adabiyoti institutida 
3. Qaysi shoir o‘z tarjimayi holida shunday 
yozadi: «Men o‘rta maktabni bitirib, shunday 
niyat 
qildim: 
30 
35 
yoshlargacha 
uylanmayman, oila qurmayman, biror idorada 
faqat tirikchilik uchun ishlayman. Men faqat 
bir maqsadni ko‘zladim: 30 35 yoshimgacha 
jahon adabi yotini o‘qish. Faqat o‘qish, o‘qish, 
o’qish, qo‘l qotib qol masin uchun 
maydamayda hikoyalar mashq etib turish. Men 
shu niyatyoTida imorat solmadim, mashina 
olmadim, mansab egallamadim, shonshuhrat 
izlamadim. Men dun yo talashmadim! Faqat 
izlandim, faqat o‘qidim». 
J: Tog‘ay Murod 
4. Qaysi shoir o‘z tarjimayi holida shunday 
yozadi: «G‘animlar meni ishdan haydadilar. 
Kurashda bir qonun bor: polvon davrada 
mag‘lub bo‘lsa, taqdirga tan berib ket maydi. 
Yo’q, polvon o‘zini boqadi. Polvon o‘zini 
parvarish laydi. Polvon tinimsiz mashq oladi. 
Raqibidan mag‘lubiyat alamini olish uchun 
ishlaydi. Raqibidan alamini olmas danda 
qo’ymaydi. Men davralarda olishib katta 
bo’ldim. Polvonlik ajdodimda bor, polvonlik 
qonimda bor. Menda ana shu polvonlik qoni 
qo’zg‘adi». J: Tog‘ay Murod 
5. Dastlabki yirik asari qaysi va u qachon 
yaratilgan? 
J: 1976yilda yaratilgan «Yulduzlar mangu 
yonadi» 
qissasi 
6. Qaysi asarida yozuvchining qonqoniga 
singib ket gan, ming yillar mobaynida 
unutilmay, elda ardoqlanib kelayotgan tarixiy 
qadriyat kurash, kurashchi polvonlar, ular 
orasidagi muomalamunosabatlar, ziddiyatli 
hayotiy muammolar qalamga olinadi? 
J: «Yulduzlar mangu yonadi» 
7. Qaysi 
qissasi 
1979yilda 
«Yoshlik» 
jurnalida chop qilindi? J: «Ot kishnagan 
oqshom» qissasi 
8. Qaysi asarida o‘sha davr adabiyotida 
kamdankam tilga olinadigan ijtimoiyiqtisodiy 
muammolar, butun dun yoga ibrat qilib 
ko’rsatilgan «sovet kishisi» tabiatiga xos 
bo‘lgan turli illatlar badiiy jihatdan ta’sirchan 
va ishonarli ochib berilgan? J: «Ot kishnagan 
oqshom» qissasi 
9. Qaysi asardagi qishloq mehnatkashlarining 
og‘ir mehnati, kattakichik rahbarlarning ularga 
bepisand muno sabati, odamlardagi pokiza 
histuyg‘ularning 
toptalishi, 
kuppakunduz 
bo‘layotgan adolatsizliklar tasvir va talqini 
o’quvchilarning tahsiniga sazovor bo’ldi? 
J: «Ot kishnagan oqshom» qissasi 
10. Qaysi asar qahramoni umrbod ixlos qo’yib 
yur gani odam bolalaridan cheksiz adolatsizlik, 
nomardlik, vahshiylik ko’rgan Ziyodulla 
chavandoz o‘zining sevimli, vafodor, sadoqatli 
otidan panoh so‘raydi? 
J: «Ot kishnagan oqshom» qissasi 
11. Tog‘ay Murod qaysi qissaning yaratilishi 
haqida shunday deydi: «Sattor chavandoz 
degan bilan til topish
dim. U menga bir ot topib berdi. Men 
otlandim! 
Sattor 
chavandoz 
bilan 
qishloqmaqishloq, 
to‘ymato‘y, 
ko‘pkari 
mako‘pkari yurdim. Uzun qish ko’pkarixona
ish joyim bo’ldi, chavandozlar hamxonam 
bo‘ldi, otlar birodarim bo‘ldi. Nihoyat, 
ko‘klamda ... nomli ikkinchi qissamni ko’ta rib 
keldim»'? J: «0t kishnagan oqshom» 
12. Tog‘ay 
Murodning 
qaysi 
qissasi 
qahramonlari 
Qoplonbek 
va 
Oymomo 
atrofidagilarga faqat yaxshilikni sog‘inadigan, 
umrini ezgulikka baxshida etgan olijanob 
odamlar? 
J: «Oydinda yurgan odamlar» qissasi 
13. Qaysi qissada buyuk muhabbat rishtasi 
bilan birbi riga mangu boglangan go‘zal 
insonlarning hayot yo‘li oy dinda aytilgan 
qo’shiqday tarannum etiladi? 
J: «Oydinda yurgan odamlar» qissasi 
14. Qaysi qissada befarzandlikda g‘am chekkan 
eru xotin taqdiri qalamga olinadi? 
J: «Oydinda yurgan odamlar» qissasida 
15. Qaysi qissa qahramoni yoshi o‘tib keksayib 
qolgan Oymomo farzand sog‘inchi shu qadar 
kuchliligidan qo’shni kelinning beshikdagi 
bolasini ovutib o‘tirganda qupquruq ko‘ksiga 
birdan sut keladi. U so’nggi nafasidagina 
onalik baxtidan bir lahza totinadiyu, dunyodan 
ko‘z yumadi? 
J: «Oydinda yurgan odamlar» qissasi 
16. Tog‘ay Murod qaysi qissaning yaratilishini 
shunday izohlaydi: «Yurtimizda tog‘ etagida 
So‘fi Olloyor qabri bor. Shu qabr qabatida 
tog‘chorbog‘ bor. Men bu qishni shu 
chorbog‘da o‘tkazdim.... nomli qissa bitib 
keldim»? 
J: «Oydinda yurgan odamlar» qissasi 
17. Qaysi qissasi muxlislar orasida «Muhabbat 
qo‘shig‘i» deb atalib, u 1980yilda yaratilgan? 
J: «Oydinda yurgan odan\lar» qissasi 
18. Qaysi qissasi unchalik shuhrat qozonmadi? 
J: 1985yilda yaratilgan «Qo‘shiq» qissasi 
19. «Otamdan qolgan dalalar» romani qachon 
yaratil . di? J: 1993yilda 
20. Tog‘ay Murodning qaysi asariga Alisher 
Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berilgan? 
J: «Otamdan qolgan dalalar» romaniga 
21. Qaysi asari e’lon qilingach, yozuvchiga 
0‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berildi? 
J: «Otamdan qolgan dalalar» romani 
22. Tog‘ay Murodning qaysi asari asosida 
kinorejissor Shuhrat Abbosov 2 qismli badiiy 
film ishlagan? 
J: «Otamdan qolgan dalalar» romani asosida 
23. Tog‘ay Murod qaysi asarning yaratilishi 
haqida shunday yozadi: «Ana shu vaqt 
qatag‘on avj oldi. Ishdan haydahayda avj oldi. 
Firqadan o‘chiro‘chir avj oldi. Sursur avj oldi. 
Nihoyat... qamaqama avj oldi. So‘roq 
Moskvada bo‘ldi. Sud Moskvada bo’ldi. Hukm 
Moskvada o‘qildi. Ana shunda polvonlik 
qonim qaynadi! Endi qoni muz g‘animla rim 
uchun qaynamadi. Endi qonim... olamjahon 
g‘animla rim uchun qaynadi. Endi qonim 
qudratli g‘animlarim uchun qaynadi. Men 
o‘zbek xalqiga haykal qo‘yaman!». 
J: «Otamdan qolgan dalalar» romani haqida 
24. Qaysi roman o’zbek xalqining chor 
Rossiyasi va sho’ro bosqini ostida o‘tgan 
hayotini 100 yildan ortiqroq tarixni o‘zida 
mujassam etgan? 
J: «Otamdan qotgan dalalar» romani 
25. Oqposhshoning asl niyatini anglamay, 
bosqinchi ning uyatli qiliqlaridan orlanib, 
tug‘ilib o‘sgan yurtini tashlab ketgan 
Jamoliddin ketmon qaysi asar qahramoni? 
J: «Otamdan qolgan dalalar» romani 
26. Nima qilib bo‘lsa ham yurt tuprog‘ini 
bosqinchilar dan tozalash niyatida qo‘liga 
qilich tutgan Aqrab (Chayon) qaysi asar 
qahramoni? 
J: «Otamdan qolgan dalalar» romani 
27. Qaysi asar qahramonlari XIX asr oxiri XX 
asr boshlaridagi xalq vakili, XX asrning 
20yillarida milliy istiqlol yo‘lida shahid 
bo’lgan bobolarimiz timsoli, sho‘ro hukumati 
Moskvaning «paxta mustaqilligini ta’minlash» 
siyosati qur bonlari? J: «Otamdan qolgan 
dalalar» romani 
28. Sho‘ro hukumati Moskvaning «paxta 
mustaqilligini ta’minlash» siyosati qurboni 
bo‘lgan Dehqonqul qaysi asar qahramoni? J: 
«Otamdan qolgan dalalar» romani 
29. Tog‘ay Murod kimning qaysi asarini 
o‘zbek tiliga tarjima qilgan? 
J: E.SetonTompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» 
asarini 
30. Tog‘ay Murod «Yulduzlar mangu yonadi» 
qissasida kimning timsoli orqali unutilayotgan 
an’analarimiz haqida fikr yuritadi? J: Bo‘ri 
polvonning 


31. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida qaysi 
qah ramon shunday o’ylaydi: «Xa!q nimasi 
bilan xalq? o’zi ning urfodatlari bilan xalq! 
Ko‘p urfodatlarimizni birovlar... birovlar 
o’ziniki qilib oldi. Biz qolimizni burnimizga 
tiqib qoldik. Shunday keta bersak, hademay... 
o‘zimiznida boy berib qo’yamiz! Bu yog‘i 
kamday, nene nimalarimizni eski lik sarqiti deb 
o’yladik. Xiyol bolmasa, xalqimiz o‘zinida... 
eskilik sarqitiga chiqarib yuborayin dedik! 
Bugun buni yo‘qota bersak, ertaga uni yo‘qota 
bersak... podadan nima farqimiz qoladi.?» J: 
Bo‘ri polvon 
32. Bo‘ri 
polvon sevgilisining ismi? J: 
Momoqiz 
33. Bo‘ri polvonning do‘sti bo‘lsada, uning 
suygan qi zini ilib ketgan qahramon kim? J: 
Nasim polvon 
34. Bo’ri polvon hammadan zo‘ri o’zimman, 
deb o‘ylab, o’zidan ancha yosh bo‘lgan qaysi 
polvondan yengilib qola di? J: Ismoil 
polvondan 
35. Bo’ri polvon o’g‘lining ismi? J: Tiloverdi 
36. Nasim polvon o’glining ismi? J: Abray 
polvon 
37. Azaliy raqiblar Bo‘ri polvonning o’g‘li 
Tiloverdi hamda Nasim polvonning o’g‘li 
Abray polvonlar olishuvida kim g alaba 
qozonadi? J: Kurashning boshida Tiloverdi, 
keyin esa Abray polvon 
38. Tog‘ay Murodning qaysi asari sho’ro davri 
ada biyotidagi ko‘plab boshqa asarlardan oxiri 
«umidbaxsh 
sadolar 
bilan» 
tugamasligi 
jihatidan ajralib turadi? 
J: «Ot kishnagan oqshom» qissasi 
39. Xo’jasoatlik polvonning ismi? J: Sadir 
polvon 
40. Sho‘rchilik polvon kim? J: Ro‘zi polvon 
41. Qaysi polvon o‘z qishlog‘idan davraga 
boshqa polvon chiqmaganligi uchun oppoq 
soqoli bilan sport mas teri Maksim polvonga 
qarshi davraga chiqadi? 
J: Normurod polvon 
42. Ushbu fikrlar muallifini toping: «Avlodlar 
almashgan sayin yurak yo’qolib boryapti. Jasad 
bor! Aql bor! Yurak yo‘q! To‘rt mucha bor! 
Kuchquvvat bor! Yurak yo‘q!» 
J: «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida Bo‘ri 
polvon 
'43. Ismoil polvon Bo‘ri polvonni yenggandan 
so‘ng, u bilan qayta kurashga tushmaslik uchun 
o’zini doim chet ga olib yuradi. Bo’ri polvon 
ayyorlik bilan unga bir to’yga kechikib borib 
davrada ro’para keladi. Bu to‘y qayerda 
bo’lgan edi? J: Termizda 
44. Qaysi polvonlar o’rtasidagi kurashda tajriba 
yosh lik ustidan g‘alaba qozonadi? J: Bo‘ri 
polvon va Ismoil polvon o‘rtasidagi kurashda 
45. «Laylakning 
yurishini qilaman deb, 
chumchuqning puti yirtilgan ekan» maqoli 
qaysi asarda keltirilgan? 
J: «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida 
46. Tiloverdi Bo’ri polvonning nechanchi 
farzandi edi? J: 5farzandi 
47. Bo’ri polvonnfng nechta farzandi bor edi? 
J: 5 ta: 4 tasi qiz, 1 tasi o‘g‘il 
48. Bo‘ri polvon kimga uylanadi? 
J: Brigadasidagi Suluv ismli qizga 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling