Abituriyentlar uchun
-6 -sinf botanika: “BERUNIY” ATM
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Botanika5-6
5-6
-sinf botanika: “BERUNIY” ATM D. Sultonov tayyorlov kursi 10
3. Ildizpoyasidan ko’payadigan o’simliklar qaysilar? A) ajriq, g’umay, na’matak; B) salomalaykum, bug’doyiq, g’umay; C) ajriq, gladiolus, qulupnay; D) shirinmiya, yantoq, ajriq.
4. Uchta bargchali murakkab barglarni ko’rsating. 1-beda, 2-g’o’za, 3-sebarga, 4-loviya, 5-yeryong’oq, 6-mosh, 7-qayrag’och, 8-zarang. A) 1,2,5,6 B) 1,3,4,6 C) 2,3,7,8 D) 1,4,6,8
5. Ildiz bachkisi yordamida ko’payadigan o’simliklar qaysilar? A) bug’doyiq, salomalaykum B) boychechak, qoraqat C) terak, olvoli D) na’matak, nargiz
6. Piyozboshi orqali ko’payadigan o’simliklar qaysilar? A) salomalaykum, g’umay B) olvoli, shirinmiya; C) boychechak, nargiz; D) yantoq, ajriq.
7. Qalamchasidan ko’payadigan o’simliklar qaysilar (I) va tok qalamchalari qachon tayyorlanadi (II)? A) I-anjir, anor; II-yoz B) I-qoraqat, malina; II-qish C) I-jiyda, atirgul; II-bahor D) I-qoraqat, atirgul; II-kuz
8. Tok qalamchalari uzunligi necha sm bo’lishi kerak (I), daraxtlarda shira harakati boshlanishidan oldin qaysi payvand amalga oshiriladi (II), iskana payvand qilishda payvandustda nechta kurtak qolishi kerak (III)? A) I-30-35; II- kurtak; III-2-4 ta B) I-45-50; II-iskana; III-2-3 ta C) I-35-50; II-naycha; III-1 ta D) I-40-45; II-naycha; III-4 ta
9. Oddiy (1), panjasimon (2), uch bargchali murakkab (3), o’yilgan (4) bargli o’simliklarni belgilang. a) terak; b) soxta kashtan; c) zarang, d) mosh, e) tok; f) qayrag’och; g) yeryong’oq; h) anjir; i) na’matak A) 1-b, 2-d, 3-i, 4-c B) 1-e, 2-g, 3-b, 4-h C) 1-f, 2-c, 3-d, 4-h D) 1-a, 2-c, 3-g, 4-e
10. Poyada barglari navbat bilan joylashgan o’simliklar qaysilar? A) oqquray, kiyiko’t, go’za B) pomidor, olma, ligustrum C) tok, oqquray, do’lana D) dalachoy, atirgul, gazanda
11. Poyada barglari qarama-qarshi joylashgan o’simliklar qaysilar? A) rayhon, chinnigul, gazanda B) qumrio’t, dalachoy, do’lana C) mavrak, yalpiz, qumrio’t D) oqquray, kampirchopon, kiyiko’t
12. Barglari poyada halqasimon joylashgan o’simliklar qaysilar? A) kiyiko’t, qumrio’t, kampirchopon B) sambitgul, qirqbo’g’im, qumrio’t C) do’lana, sambitgul, nastarin D) yalpiz, dalachoy, tut
13. Tokning tayyor qalamchalari bog’-bog’ qilib qayerda saqlanadi? A) nam chuqurga ko’mib qo’yiladi; B) suvga solib qo’yiladi; C) maxsus salqin joylarda; D) tuproqqa yarmigacha ko’mib qo’yiladi.
14. Payvandust uchun kesib olingan novdalar qayerda saqlanadi? A) suvga solib qo’yiladi; B) nam chuqurchaga ko’mib qo’yiladi; C) tuproqqa yarmigacha ko’mib qo’yiladi; D) maxsus salqin joylarda.
15. Kurtak payvand qilishda payvandlash uchun qanday novda kesib olinadi A) kurtaklari yirik, yetilgan, lekin tinim davrini o’tamagan novda; B) kurtaklari tinim davrida bo’lgan bir yillik, quyoshda toblangan novda; C) tinim davrini o’tmagan, quyoshda toblangan novda; D) kurtaklari tinim davrida bo’lgan bir yillik novda.
16. Kurtagidan payvandlash qaysi oyda o’tkaziladi? A) aprel; B) fevral; C) mart; D) avgust.
17. Suv va unda erigan mineral moddalar qanday omillar tufayli dastlab ildiz naychalariga o’tadi? 1-ildiz bosimi, 2-tuproq unumdorligi, 3-barg hujayralarining so’rishi, 4-o’tkazuvchi to’qimalar bosimi tufayli, 5-lub tolalari qalinligi tufayli. A) 1,4 B) 2,3 C) 1,3 D) 3,5
18. Qaysi o’simlikning poyasi sudralib o’sadi? A) malina, B) qoraqat, C) qulupnay, D) temirtikan
19. Anjir nimasi orqali ko’payadi? A) ildizpoyasi B) ildizbachkisi C) qalamchasi D) urug’idan.
20. Kurtagidan payvandlash qaysi oydan boshlanadi? A) avgust; B) mart; C) fevral; D) fevral-mart.
21. O’simlik nafas olganda organik moddalar … bo’ladi? A) hosil bo’ladi B) poyaga tarqaladi C) zaxira holda to’planadi D) parchalanadi.
22. Bargning qaysi qismida cho’ziq, bir-biri bilan zanjir shaklida ulangan hujayralar bor? A) barg eti B) barg tomirlari C) barg po’sti D) barg og’izchasi
23. Qulupnay asosan nimasidan ko’payadi (I), jingalagi qayerdan o‘sib chiqadi (II), kichik ildizli tupi qachon rivojlanadi (III)? A) I-ildizi va urug’idan; II-ildiz bo’g’zidan; III-bahorda B) I-bargidan; II-ildizdan; III-bahordan kuzgacha C) I-poyasidan; II-asosiy tupdan; III-yozda D) I-urug’idan; II-barg qo’ltig’idan; III-kuzda
24. Ildiz bachkisidan (a), qalamchasidan (b), parxish (c) yo’li bilan ko’paytiriladigan o’simliklarni belgilang. 1) tok; 2) atirgul; 3) qoraqat; 4) jiyda; 5) malina; 6) terak; 7) anor; 8) anjir; 9) na’matak; 10) olvoli; 11) shirinmiya; 12) yantoq; 13-tol A) a-3,6,9,10,11,12,13; b-7,8,1,3,2,4,5; c-1,2,3 B) a-3,6,8,10,11,12,13; b-7,9,1,3,2,4,10,5; c-1,2,5 C) a-6,9,10,11,12,13; b-7,8,1,3,2,4,5,13; c-1,2,3,9 D) a-3,6,9,11,12,13; b-7,9,8,1,3,2,4,5; c-1,2,3,5,9
25. To’g’ri fikr qaysi qatorda berilmagan? A) Suv bug’latish o’simlik organlarini qizib ketishdan saqlaydi B) O’simliklarning nafas olish jarayoni uning oziqlanishidan keskin farq qiladi C) G’o’za keng qatorlab ekiladi D) Naychalar, nay tolali boylamlar, tolalar birlashib elaksimon naylarni hosil qiladi
|
ma'muriyatiga murojaat qiling