Abjag‘i chiqdi qattiq jarohatiandi, ishdan chiqdi
Download 106.69 Kb.
|
IBORALAR RO\'YXATI
Y
Yakson qildi - butunlay yemirildi, yo‘q bo’ldi Yaqin oldi - 1) qadrdon qilib ko‘rsatdi; 2) qadrdon deb bildi Yaxshi ko‘rdi - 1) sevdi, oshiq bo’ldi; sevdi, izzat-hurmat qildi 3)yoqtirdi Yelkasiga oldi - e’tirof qildi, biror ho- latga rozi bo’ldi Yelkasining chuquri ko‘rsin - yana qaytadan hech qachon ko’rmasin Yeng ichida - ko‘pchilikka oshkor qil- may, zimdan Yeng shimardi - biror yumushni ba- jarishga taxt bo’ldi, biror ishni qilishga otlandi Yeng shimarib - astoyidil, jiddiy rav- ishda Yengil tabiat - yengiltak, suyuq Yengil tortdi - ruhiy azoblanishi tarqadi Yer tishlatdi - o’ldirdi Yer bilan bitta boldi - sochilib ketdi, betartib holda sochilib yotdi Yer bilan osmoncha - juda katta, be- qiyos Yer bilan yakson boldi - butunlay yemirildi, yo‘q bo’ldi Yer ostidan - yashirincha, sezdirmay Yer tagida ilon qimirlasa biladi - ni- hoyatda ziyrak, sezgir Yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketma- di - nomus qilganidan o‘zini qayoqqa olib qochishni bilmadi Yerda qoldi - e’tiborsiz qoldi Yerga kirib ketdi - qattiq izza bo’ldi, o‘sal bo’ldi Yerga kirsa, qulog‘idan tortib chiqa- radi, osmonga chiqsa, oyog‘idan tortib tushiradi - qutulib ketishiga qo‘ymaydi Yerga qaradi - uyat-nomusdan bosh ko’tarolmaydigan holatga tushdi Yerga urdi - ortiq darajada kamsitdi Yerga ursa, ko‘kka sapchiydi - o‘taketgan sho‘x, o‘taketgan betinim Yeru ko‘kka ishonmaydi - o‘ta dara- jada ardoqlaydi, parvona bo’ladi Yetti bukilib - ortiq darajada egilib Yetti nomusini yerga bukdi - shar- manda qildi Yetti uxlab, tushiga kirmaydi - mut- laqo o’ylamaydi, kutmaydi Yetti yashardan yetmish yashar- gacha - katta-kichik, hamma Yetti olchab, bir kesadi - nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish qiladi Yil-o‘n ikki oy - butun yil davomida, yozin-qishin Download 106.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling