Aboratoriya ishi-2 Mavzu: Formada boshqaruv elementlari Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
Download 249.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya ishi-2 Mavzu: Formada boshqaruv elementlari Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 1.
20 dan 100 gacha sonlar ichidan 3 ga qoldiqsiz bo‘linadigan va oxirgi raqami 2, 4 yoki 8 raqami bilan tugaydigan sonlar chop etilsin. 2. Raqamlar yig‘indisi 7 ga teng bo‘lgan va 7 ga qoldiqsiz bo‘linadigan barcha uch xonali sonlarni chop eting. 3.
To‘rt xonali sonlar ichidan barcha raqamlari har xil bo‘lgan sonlarni chop eting. 4.
To‘rt xonali n soni berilgan. Bu sonning tarkibidan 0 va 5 raqamini tushirib chop etuvchi dastur tuzing. (Masalan, 1509 – 19) 5. Berilgan n to‘rt xonali sonining birinchi va oxirgi raqamlari joyi o‘zgartirilsin. (Masalan, 7923 – 3927) 6.
n sonining (to‘rt xonali) raqamlari 5 dan kattalarini chop etuvchi dastur tuzing. 7.
Armstrong sonlarini chop etuvchi dastur tuzing. (153=1 3 +3 3 +5 3 ) 8.
a sonidan b sonigacha bo‘lgan sonlar ichidan 4 ga qoldiqsiz bo‘linadiganlarini topuvchi dastur tuzing. 9. 4 xonali palindrom sonlarni chop etuvchi dastur tuzing (1111, 7007, 3553). 10. 4 xonali sonning 2 ga qoldiqsiz bo‘linadigan raqamlarini chop eting. 11. n sonigacha k raqami necha marta uchrashini aniqlovchi dastur tuzing. 12. 1 dan n gacha tub sonlarni chop etuvchi dastur tuzing. 13. Kiritilgan soni teskarilovchi dastur tuzing(54321=12345). 14. 4 xonali sonning birinchi va ikkinchi raqamlari yig‘indisi uchinchi va to‘rtinchi raqamlari yig‘indisiga teng bo‘lgan sonlarni chop eting. 15.
4 xonali sonning birinchi va uchinchi raqamlari yig‘indisi juft yoki toqligini tekshiruvchi dastur tuzing.
16.
Formaga to‘rtta button tugmasi joylashtiring. Har bir tugma yozuvlarini “Ko‘k”, “qizil”, “sariq” va “yashil” deb nomlang. Har bir tugma bosilganda nomiga mos ravishda forma rangi o‘zgarsin.
17. Formaga ikkita button va bitta label komponentasi joylashtiring. Har bir tugma yozuvlarini “Salom” va “Hayr, ko‘rishguncha” deb nomlang. Har bir tugma bosilganda nomiga mos ravishda Label komponentasida aks etilsin. Boshlang‘ich oynada label komponentasi “Dastur ishga tayyor” qiymatini qabul qilsin.
18. Formaga uchta button va bitta textBox komponentasi joylashtiring. Har bir tugma yozuvlarini “Ko‘rsatish”, “Berkitish” va “Tozalash” deb nomlang. Har bir tugma bosilganda nomiga mos ravishda textBox komponentasida hodisalar aks etilsin.
19.
Formaga “Berkinmachoq” o‘yini degan sarlavha qo‘ying. Formaga beshta button komponentasi o‘rnating. Ayrim tugmalar bosilganda bir qancha tugmalar aks etsin ayrimlari esa berkitilsin. Maqsad – barcha tugmalarni berkitish.
20. Formaga “Berkinmachoq2” o‘yini degan sarlavha qo‘ying. Formaga beshta button va beshta label komponentasi o‘rnating. Ayrim tugmalar bosilganda bir qancha yozuvlar aks etsin ayrimlari esa berkitilsin. Maqsad – barcha yozuvlarni berkitish.
21. Formaga ikkita button va bitta textBox komponentasi joylashtiring. Har bir tugma yozuvlarini “On” va “Off” deb nomlang. Har bir tugma bosilganda nomiga mos ravishda textBox komponentasi ma‘lumot kiritish maydonida on/off hodisalar aks etilsin.
22. Formaga “Bomba” sarlavhasini qo‘ying. Formaga 3x3 ko‘rinishida button joylaytiring. Dastur ishga tushganda tugmalar hech qanday yozuv olmasin. Tugmalar bosilganda bir qanchasiga “Bomba” yozuvi chiqsin va forma rangi qizil bo‘lsin.
23. Formaga to‘rtta button tugmasi joylashtiring. Har bir tugma yozuvlarini “O‘ng”, “chap”, “tepa” va “past” deb nomlang. Har bir tugma bosilganda nomiga mos ravishda forma oyna hajmi o‘zgarib namoyish joyi o‘zgarsin.
24.
Formaga label, button va MaskedBox komponentasi joylashtiring. Ma’lumot maydoniga faqat +00(000) 000-00-00 qiymat qabul qilsin. Button tugmasi bosilganda Forma sarlavhasi kiritilgan qiymatni o‘zlashtirsin. Download 249.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling