Abralov, N. S. Dunyashin


Rutil qoplam ali elektrodlar


Download 4.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/74
Sana28.10.2023
Hajmi4.45 Mb.
#1730828
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Bog'liq
Абралов.Payvandlash itexnologiyasi va jihozlari

Rutil qoplam ali elektrodlar (AHO-3, AHO-4, MP-3, ОЗС-4). Rutil 
qoplama tarkibiga tabiiy mineral rutil konsentrati, qumtuproq, kalsiy, 
magniy karbonatlari va ferromarganes kiradi. Rutil konsentrati asosan 
titan (Il)-oksididan iborat. Qumtuproq qoplama tarkibiga granit, dala 
shpati va slyuda tarzida kiritiladi. Chok metali tarkibidagi vodorod 
miqdori qoplamada organik moddalaming bo‘lishiga bog'liq. Chok 
metalining kristallanish yoriqlari hosil boiishiga qarshi chidamliligi 
xuddi kislota qoplamlamiki singari. Bu guruh elektrodlar yoy uzunligi 
o‘zgarganida yoki oksidlangan sirtlar bo'ylab, shuningdek dastlab
26


barqarorlovchi qoplamalar bilan eritib quyilgan metall bo‘ylab g ‘ovaklar 
hosil qilmaydi. Payvandlash jarayonidarutil qoplamalar yoyning turg‘un 
yonishini ta’minlaydi, chokka yaxshi shakl beradi, metalining uchqun 
bo'lib sochilishi minimal bo'lishiga sharoit yaratadi. Payvandlash 
vaqtida zararli gazlar kam ajraladi.
Rutil qoplamali elektrodlar bilan buyumlami fazontng barcha 
vaziyatlarida o'zgaruvchan tok bilan ham, o‘zgarmas tok bilan ham 
payvandlash mumkin. Rutil qoplamali elektrodlar bilan eritib qoplangan 
metalda 0,12% C; 0,4-0,7% Mn; 0,1-0,3% Si; S va P ning har biridan
0,04% dan bo ‘ladi.
Selluloza qoplam ali elektrodlar (BCC-1, BCC-2, OMA-2). 
Selluloza qoplamalar asosan yonuvchi organik materiallar (selluloza, 
kraxmal) dan iborat bo‘lib, yoyda ular parchalanish jarayonida erigan 
metalning gaz himoyasini ta’minlaydi. Ularda shlak hosil qiluvchilar 
rutil, titan konsentrat, marganes rudasi va silikatlar, oksidsizlantiruvchi 
esa ferromarganes hisoblanadi. Bu elektrodlarda ishlaganda metalning 
uchqunlanib sachrashi va shlak hosil boMishi kam bo‘ladi. Ular fazoning 
barcha vaziyatlarida o‘zgaruvchan tok bilan ham, o'zgarmas tok bilan 
ham ishlash uchun yaroqlidir.

Download 4.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling