Abralov, N. S. Dunyashin
Download 4.45 Mb. Pdf ko'rish
|
Абралов.Payvandlash itexnologiyasi va jihozlari
n moduli deb ataladi. Modul qancha yuqori bo‘Is a, suyuq shisha shuncha- lik yopishqoq bo'ladi Elektrod qoplamlarida moduli 2,2 dan 8 gacha bo'lgan suyuq shisha ishlatiladi. Yoy yanada barqaror yonishi uchun ba’zi bir qoplamlarga kaliyli suyuq shisha qo'shiladi. Barcha qoplamalar quyidagi talablarga javob berishi kerak: - yoyning turg‘un yonishini ta’minlash; -elektrod suyuqlanganida hosil bo‘ladigan shlaklaming fizikaviy xossalari chokning normal shakllanishiga va elektrod bilan qulay harakat qilishga to‘sqinlik qilmasligi kerak; -shlaklar, gazlar va metall orasida, payvand choklarida g'ovaklar hosil qiluvchi reaksiyalar bo'lmasligi kerak; - qoplama materiallari yaxshi maydalanuvchan bo‘lishi hamda suyuq shisha bilan o'zaro reaksiyalarga kirishmaydigan bo‘lishi kerak; - qoplamalaming tarkibi ulami tayyorlashda va ulaming yonish jarayonida zarur b o igan mehnat sharoiti sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi kerak. Hosil boiayotgan shlaklaming fizikaviy xossalari payvandlash jara- yoni va payvand chokining shakllanishiga katta ta ’sir ko‘rsatadi. Barcha elektrod qoplamalarida ulaming suyuqlanishi natijasida shlakning zichligi payvandlash vannasining metali zichligidan kam bo‘lishi kerak, bu shlakning payvandlash vannasidan qalqib chiqishini ta’minlaydi. Shlakning qotish harorat intervali payvandlash vannasi metalining kris- tallanish haroratidan past boMishi kerak, aks holda shlak qatlami pay vand vannasida ajralayotgan gazlami o‘tkazmay qo‘yadi. Shlak payvand chokini butun sirti bo‘ylab tekis qoplashi kerak. Elektrod qoplamalarining suyuqlanishida hosil bo'lgan shlaklar «uzun» va «qisqa» bo'ladi. Tarkibida ko‘p miqdorda qumtuproq bo‘lgan 24 shiaklar «uzun» shlak deb ataladi. Ulaming yopishqoqligi harorat pasayishi bilan sekin ortadi. Suyuqlanganda «uzun» shiaklar hosil qiladigan qoplamali elektrodlar bilan, vertikal holatida va shipdagi payvandlash ishlarini bajarib bo'lmaydi, chunki bunda payvandlash vannasi uzoq muddat suyuq holatda b oiadi. Fazoning barcha vaziyat- laridagi payvandlash ishlarini bajarish uchun qoplamalari suyuqlan- ganida «qisqa» shiaklar hosil qiluvchi elektrodlar ishlatiladi; suyuqlan gan shlakning yopishqoqligi harorat pasayishi bilan tez ortadi, shuning uchun kristallanib ulgurgan shlak hali suyuq holatda bo‘lgan chok metalining oqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. «Qisqa» shiaklar rutil va asos qoplamali elektrodlar ishlatilganda hosil bo‘ladi. Chiziqli kengayish koeffitsiyenti metalning chiziqli kengayish koef- fitsiyentidan farqli bo‘lgan shiaklar ishlatilganda shlak po‘stlog‘i metall sirtidan yaxshi ajraladi. Muhofazalovchi va legirlovchi qoplamlami ular tarkibida bo‘lgan hamda ulaming payvandlash vannasining metaliga ta’sirini belgilovchi asosiy moddalar turiga qarab klassifikatsiyalash tartibi qabul qilingan. Ana shu alomatlarga qarab barcha qoplamlar to‘rt guruhga bo‘linadi: kislotali, asosli, rutilli va sellyulozali. Download 4.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling