Valyuta birjasi - milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ulaming er¬kin oldi-sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.
Valyuta kursi - bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan narxi.
Vaqtbay ish haqi - ishchining ishlagan vaqti (kun, hafla, oy) hi- sobga olinib to‘lanadigan ish haqi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya - jahon mamlakatlari o'zaro iqti¬sodiy aloqalarini chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishi hamda mil¬liy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik alo-qalarining birlashish jarayoni.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - jahonning turli mamlakatlari o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalari majmui.
Xalqaro kredit - ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabat- lar sohasidagi harakati.
Xalqaro mehnat taqsimoti - alohida olingan mamlakatlaming tovar va xizmatlaming ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.
Xalqaro valyuta tizimi - xalqaro valyuta munosabatlarining dav- latlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Xo‘jaliklararo kredit - bir korxona (muassasa) tomonidan ikkin- chisiga berilib, ulaming kapital qurilish, qishloq xo‘jalik sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xo‘jalik hisobi bo‘g‘inlari bilan munosabatlariga xizmat qiluvchi qarz mablag‘lari.
Xrapovik samarasi - yalpi talab oshganda narxning o‘rtacha da¬rajasi ko‘tarilishi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narx pa- sayish tamoyiliga ega bo‘lmasligini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Xufyona iqtisodiyot - YalMni ishlab chiqarish, taqsimlash va un- dan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.
Xususiy muvozanat - bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki iqtisodiyot bo‘laklarining miqdoran teng kelishi.
Xususiylashtirish - mulkka egalik qilish huquqining davlatdan xususiy va boshqa shaxslarga o‘tishi.
Yalpi (umumiy) naflilik - so‘nggi qo’shilgan naflilik ko’rsatkichlarining yig’indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |