Absorbsiya deb nomlanadi. Yutilayotgan gaz yoki bug` absorbtiv, yutuvchi suyuqlik esa – absorbent
Download 1.65 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.13. Absorberlarni hisoblash
Purkovchi absorberlar. Bu turdagi qurilmalar suyuq fazani – gaz oqimiga purkab berish usuli yordamida amalga oshiriladi. Purkovchi absorberlarga misol bo’la oladigan eng sodda konstrukstiyasi 5.28-rasm keltirilgan.
Bu absorber ichi bo’sh qobiq va suyuqlikni purkovchi mexanik forsunkadan tarkib topgan bo’ladi. Suyuqlikni purkash paytida massa o’tkazish koeffistienti eng katta miqdorga ega. Vaqt o’tishi va fazalar o’zaro ta’sir yuzasi kamayganligi sababli jarayon samaradorligi pasayadi. Shuning uchun ham, ko’pincha forsunkalar qurilmaning butun balandligi bo’yicha o’rnatiladi. O datda, purkovchi absorberlar yaxshi eriydigan gazlarni absorbsiya qilish uchun ishlatiladi. Purkovchi absorberlar qatoriga mexanik absorberlarni ham kiritish mumkin. Bunday qurilmalarda suyuqlik aylanma mexanizm yordamida sochib beriladi. Suyuqlikdagi teshikli disklar qo’zg`almas stilindrik qobiq ichida aylanadi. Natijada, disk yordamida suyuqlik mayda tomchilar shaklida atrofga sochiladi. Mexanik absorberlar ixcham va yuqori samarali. 5.13. Absorberlarni hisoblash Absorberlarni hisoblashda quyidagi parametrlar aniqlanadi: absorbent sarfi, qurilmaning diametri, balandligi va gidravlik qarshiligi. Buning uchun esa quyidagi parametrlar ma’lum yoki berilgan bo’lishi kerak: gaz sarfi, gaz aralashmaning tarkibi, boshlang`ich va oxirgi konstentrastiyalari, absorbentdagi gazning boshlang`ich konstentrastiyasi. Absorbentning sarfi moddiy balans tenglamasi (5.7) dan topiladi. Absorberning gidravlik qarshiligi qurilmaning konstrukstiyasi va uning gidrodinamik rejimiga bog`liq. Odatda gidravlik qarshilik gazning optimal tezligi bo’yicha hisoblanadi, u esa o’z navbatida texnik–iqtisodiy hisoblashlar asosida aniqlanadi. Absorber diametri gazning chiziqli tezligiga binoan (5.2) tenglamadan hisoblanadi. Absorber balandligi esa, massa o’tkazishning modifikastiyalashgan tenglamasi (5.65) dan topish mumkin. Yupqa qatlamli va nasadkali absorberlarni hisoblash sxemalari bir xildir. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling