Absorbsiya qurilmalari to’g’risida adabiyotlar sharhi
Absorbsiya qurilmalari to’g’risida adabiyotlar sharhi
Download 0.86 Mb.
|
НАСАДКАЛИ Абсорберни хисоблаш 2000 Мейлиев
1. Absorbsiya qurilmalari to’g’risida adabiyotlar sharhi
Absorbsiya qurilmalari ishlash rejimiga ko`ra davriy va uzluksiz bo`ladi. Kichik hajmli ishlab chiqarishlarda faqat davriy ishlaydigan absorbtsiya qurilmalaridan foydalaniladi. Zamonaviy sanoat korxonalarida ko`pincha uzluksiz ishlaydigan qurilmalar ishlatiladi. Gaz va suyuq fazalarning yo`nalishiga ko`ra, qarama-qarshi va parallel yo`nalishli absorbtsiya qurilmalari mavjud. Absorbtsiya qurilmalari ish printsipiga asosan bir va ko`p pog’onali, retsirkulyatsiyali va regeneratsiyali bo`ladi. (1- rasm). Bunday qurilma gaz yo`nalishi bo`yicha ketma-ket joylashgan ikkita absorber 1, eritmalar uchun yig’gichlar 2, nasoslar 3, sovitgichlar 4, issiqlik almashgich 5 va desorbtsiya kolonnasi 6 dan tashkil topgan. Ifloslangan gaz gazning yo`nalishi bo`yicha birinchi kolonnaga beriladi, suyuqlik absorberning tepa qismidan beriladi, bu yerda gaz bilan suyuqlik uzluksiz kontaktga uchraydi. Ushbu qurilmada suyuqlik chegaralangan tsikl bo`yicha harakat qiladi. Birinchi kolonnada qisman tozalangan gaz ikkinchi kolonnaga yӯnaltiriladi. Ikkinchi kolonna ham suyuqlik bilan chegaralangan tsikl bo`yicha ta`minlab turiladi. Ikkinchi kolonnaga berilayotgan eritmaning kontsentratsiyasi ma`lum qiymatga etganda birinchi kolonnaning tsikliga yuboriladi. SHunday qilib, eritmaning kontsentratsiyasi birinchi kolonnadan ikkinchi kolonnaga o`tganda ko`payadi va birinchi kolonnaning tsiklida kontsentratsiyasi ancha yuqori bo`lgan eritma hosil bo`ladi. Ushbu eritma issiqlik almashgich 5 da isitilib desorbtsiya kolonnasi 6 ga yuboriladi. Desorbyerda suyuqlikda yutilgan komponent issiqlik ta`sirida bug’latiladi. Toza issiq erituvchi yig’gich 2 ga tushadi. Nasos 3 yordamida issiqlik almashgich 5 va sovitgich 4 orqali ikkinchi kolonnaning tsikliga qaytariladi. Desorbtsiya qilingan gaz esa qurilmaning yuqori qismidan uzatiladi. Ushbu qurilmada suyuqlik retsirkulyatsiya qilinadi va faqat ayrim yo`qotishlarni qoplash uchun kam miqdordagi toza erituvchi qo`shib turiladi, erigan komponent esa toza holda hosil bo`ladi. Absorbtsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada ro`y beradi. SHu sababdan absorberlarda iloji boricha gaz va suyuqlik o`rtasidagi uchrashuv yuzasini ko`paytirish zarur. Ushbu to`qnashuv yuzasini hosil qilish usuliga ko`ra absorberlar shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo`linadi: 1) yuzali va yupqa qatlamli (jumladan nasadkali); 2) barbotajli (tarelkali); 3) suyuqlik sochib beruvchi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling