Absorbsiya
Absorbsiya qurilmalarining sxemalari
Download 0.7 Mb.
|
ABSORBSIYA
Absorbsiya qurilmalarining sxemalariAbsorbsiya qurilmalari ishlash rejimiga ko’ra davriy va uzluksiz bo’ladi. Kichik hajmli ishlab chiqarishlarda faqat davriy ishlaydigan absorbsiya qurilmalariishlatiladi.Zamonaviy sanoat korxonalarida ko’pincha uzluksiz ishlaydigan qurilmalardan foydalaniladi. Gaz va suyuq fazalarning yo’nalishiga ko’ra, qarama-qarshi va to’g`ri yo’nalishli absorbsion qurilmalar mavjud. Absorbsiya qurilmalariish prinsipiga asosan bir va ko’p pog`onali, resirkulyatsiyali va regenerasiyali bo’ladi.9-rasmda uchta absorber ketma-ket ulangan qarama-qarshi yo’nalishli qurilmaning sxemasi ko’rsatilgan. Qurilma tarkibiga absorberlar 2 dan tashqari eritma yig`gichlar 1, eritmani haydash uchun markazdan qochma nasoslar 4 va eritmani sovitish uchun issiqlik almashgichlar 3 kiradi. Yutuvchi suyuqlik gazningyo’nalishi bo’yicha oxirgi absorberga beriladi, yuqoridan pastga oqib, qabul qiluvchi yig`gichga tushadi va nasos yordamida sovitgich orqali oldingi absorbergayuboriladi. Shunday qilib, qarama-qarshi yo’nalishdagi gaz va suyuqlikning o’zarota’siri yuz beradi.Suyuqlikning to’la darajadagi to’yinishini amalga oshirish uchun hamda eritmadan yutilgan komponentni toza holda ajratib olish maqsadida, resirkulyatsiyali absorbsiya-desorbsiya qurilmasi ishlatiladi (9-rasm).Bunday qurilma gaz yo’nalishi bo’yicha ketma-ket joylashgan ikkita absorber eritmalar uchun yig`gichlar 2, nasoslar 3, sovitgichlar 4, issiqlik almashgich 5 va desorbsiya kolonnasi 6 dan tashkil topgan.Ifloslangan gaz birinchi kolonnaga beriladi, suyuqlik esa absorbentning tepa qismidan yuboriladi, bu erda, gaz bilan suyuqlik uzluksiz kontaktga uchraydi.Ushbu qurilmada suyuqlik chegaralangan sikl bo’yicha harakat qiladi. Birinchi kolonnada qisman tozalangan gaz ikkinchi kolonnaga yo’naltiriladi.Ikkinchi kolonna ham suyuqlik bilan chegaralangan sikl bo’yicha ta’minlanib turiladi.Ikkinchi kolonnaga berilayotgan eritmaning konsentratsiyasi ma’lum qiymatga etganda birinchi kolonnaning sikliga yuboriladi.Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling