Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey bizning parvardigorimiz, «Parvardigoringizga iymon keltiringizlar!» deb nido qiluvchining nidosini eshitdik»
- «AN-NISO» SURASI 1-bob. («An-Niso» surasida uchraydigan ayrim so‘zlar tafsiri)
- 2-bob. Olloh, taoloning qavli: «Agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘ymoqdan qo‘rqsangizlar...»
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «... qaysiki odam (valiy) faqir bo‘lsa, (etim qizning molidan) insofu adolat birlan yesin, bas qachon ularga mollarin
- 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar meros taqsimida qarindoshlar, yetim va miskinlar hozir bo‘lsalar, ularga ham merosdan nasiba beringizlar!»
- 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh sizlarga bola-chaqalaringiz (merosi) haqida hukm qilurki...»
- 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Xotinlaringiz qoldirgan merosning yarmi sizlarga tegadi...»
- 7-bob. Olloh taoloning qavli: «... xotinlarni zo‘rlik ila meros qilib olmoqlaringiz sizlarga halol ermas va bergan narsalaringizdan ba’zisini olmoq uchun ularni
- 9-bob Olloh taoloning qavli: «Albatta, Olloh zarracha ham zulm qilmaydi»
- 11-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar kasal bo‘lsangiz yo safarda bo‘lsangiz yoki hojatdan qaytgandan yohud ayol birlan yaqinlik qilgandan so‘ng, suv
- 12-bob. Olloh taoloning qavli: «Ollohga itoat qilingizlar va uning rasuliga itoat qilingizlar hamda o‘zlaringizdan (musulmonlardan) bo‘lgan hokimga itoat qilingizlar!»
- 13-bob. Olloh taoloning qavli: «Bas, parvardigoringiz nomiga qasamki, ular o‘z oralarida chiqqan janjalga sizni hokim qilmagunlariga qadar mo‘min bo‘lmaydilar...»
- 14-bob Olloh taoloning qavli: «Bas, ular Olloh taolo in’omiga sazovor bo‘lgan payg‘ambarlar... birlan birga bo‘lurlar»
- 15-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, Olloh yo‘lida va ul nochor, mazlum erlar va xotinlar... uchun jang qilyapsizlar...»
- 16-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, nega sizlar munofiqlar xususida ikki guruhga bo‘linib oldingizlar Axir, Olloh ularni qilmishiga yarasha ortlariga
- 18-bob. Olloh taoloning qavli: «Kimki qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdur!»
- 19-bob. Olloh taoloning qavli: «Sizlarga salom bergan odamga: «Sen mo‘min emassan» — demangizlar»
- 20-bob. Olloh taoloning qavli: «Uz uylarida o‘ltir-guvchi mo‘minlar ila Olloh, taolo yo‘lida jihod qilguvchilar teng emaslar»
www.ziyouz.com kutubxonasi 129 yana ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin yana ikki rak’at namoz uqidilar, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar, sung bir rak’at o‘qidilar» 20-bob Olloh taoloning qavli: «Parvardigor, sen kimni do‘zaxga kiriqang, albatta uni sharmandai sharmisor qilasan va bunday zolimlarga hech qanday madad berguvchi yo‘q». Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu bir kuni payg’ambarimizning xotinlari Maymuna onamizning uylarida tunab qolibdilar. U kishi o‘sha kuni bo‘lgai voqeani bunday deb rivoyat qiladilar: «Men yostiqning yon tomoniga bosh qo‘yib yotdim, Rasululloh birlan xotinlari bo‘lmish xolam Maymuna uzunasiga bosh qo‘yib yotdilar. Rasululloh kechaning yarmigacha uxladilar, ehtimol bundan avvalroqdur, ehtimol keyinroqdur, keyin uyg‘ondilar, yuzlarini qo‘llari birlan ishqab uyqularini qochirdilar, keyin «Oli Imron» surasining oxirgi o‘n oyatini o‘qidilar So‘ng, turib osig‘liq meshni oldilar-da, yaxshilab tahorat qildilar, keyin namoz o‘qimoqqa tutindilar. Men ham turib, ul zot nima qilgan bo‘lsalar, shunday qildim-da, yonlariga borib turdim. Janob Rasululloh o‘ng qo‘llarini boshimga qo‘yib, o‘ng qulog‘imni burab qo‘ydilar Keyin, ul zot ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, keyin bir rak’at namoz o‘qidilar. Keyin, muazzin kelguncha yonboshladilar, so‘ng turib ikki rak’at yengilgina namoz o‘qidilar, keyin masjidga chiqib, bomdod o‘qidilar». 21-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey bizning parvardigorimiz, «Parvardigoringizga iymon keltiringizlar!» deb nido qiluvchining nidosini eshitdik» Ibn Abbos raziyallohu anhu o‘z mavlolari Kuraybga bir kuni payg’ambarimiziing xotinlari bo‘lmish xolalari Maymunaning uylariga borib yotib qolganlari bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Men o‘shal kecha yostiqning ko‘ndalang tomoniga bosh qo‘yib yotdim, Janob Rasululloh birlan xotinlari ersa uning uzun tomoniga bosh ko‘yib yotishdi. Janob Rasululloh TUN yarim bo‘lguncha yotib uxladilar, balkim bundan barvaktroq, balkim kechroqdur, uyg‘ondilar-da, qo‘llari birlan yuzlarini ishqab uyqularini qochirdilar, keyin «Oli Imron» surasining oxirgi o‘n oyatini tilovat qildilar, keyin turib osig‘liq meshni oldichar-da, yaxshilab tahorat qildilar, so‘ng turib namoz o‘qimoqqa tutindilar. Men ham turib, ul zot nimaiki qilgan bo‘lsalar, shunday qildim, keyin yonlariga borib turdim. Janob Rasululloh o‘ng qo‘llarini boshimga qo‘yib, o‘ng qulogimni burab qo‘ydilar So‘ng, ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, keyin bir rak’at namoz o‘qidilar. Keyii, yonboshladilar, muazzin kelgach, ikki rak’at yengilgina namoz o‘qidilar, so‘ng masjidga chiqib bomdod o‘qidilar». «AN-NISO» SURASI 1-bob. («An-Niso» surasida uchraydigan ayrim so‘zlar tafsiri) Ibn Abbos: «(Lan) yastankifa» degani «Sira or (kattalik) qilmas» ma’nosida, «qiyoman» («qivoman», «qivomakum») so‘zi «Sizlarning ma’iyshatlaringizga sabab, vosita» deganidur «Lahunna sabiylan» — «Ularni (ayollarni) yo‘lga solish vositasi» degani bo‘lib, bu vosita fahsh yo‘lga kirgan juvonlarni toshbo‘ron qilmoq va bokiralarga darra Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 130 urmoqdur»,— deydilar. Yana boshqa birov (ya’ni, Abu Ubayd): «Masno va sulosa va rubo’a» ning ma’nosi «ikkita, uchta va to‘rtta» degani, arablar ersa (xotinni) to‘rttadan oshirmaydilar»,— deydilar. 2-bob. Olloh, taoloning qavli: «Agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘ymoqdan qo‘rqsangizlar...» Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Bir odamning qo‘l ostida bir yetimcha kiz bo‘lar erdi, u o‘sha qizni o‘ziga nikohlab oldi. Yetimcha qizga qarashli bir xurmozorning qo‘ldan ketmasligi uchungina u shunday qildi, ammo u qizga yaqinlik qilmas erdi. Olloh taoloning «Agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘ymoqdan qo‘rqsangizlar...» degan oyati ana shu kishi xususida nozil bo‘lgan erdi. «Menimcha, o‘shal qiz xurmozorga ham, uning moliga ham sherik bo‘lsa, kerak»,— deydilar. Hishom ibn Urvaning otalari». Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Urva ibn Zubayr Oisha onamizdan Olloh taoloning «Agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘ymoqdan qo‘rqsangizlar...» degan oyati karimasi haqida so‘radi. Oisha onamiz: «Ey jiyanim, bu oyat bir yetim qiz xususida nozil bo‘lgan, u o‘z valiysi (cho‘rilikdan ozod qilib, o‘z qaramog‘ida olib qolgan kishi) ning uyida turar erdi. Valiyning mol-mulki birlan qizga tegishli xurmozor o‘rtada bo‘lib, ikkalasi bir-birining moliga sherikchilik qilishar erdi. Valiy qizning xurmozori birlan jamolini yoqtirib qoldi va unga qonuniy mahrni bermasdan uylanmoqchi bo‘ldi. Shunda, Olloh taolo o‘z oyati orqali valiylar o‘z qaramog‘laridagi yetimcha qizlarga shar’iy mahr bermasdan uylanmasinlar, ularning tengdoshlariga qancha mahr berilishi lozim bo‘lsa, shuncha mahr bersinlar, yetimcha qizlarga noinsoflik qilgandan ko‘ra, yaxshisi o‘zlari xohlagan boshqa ayollarga uylansinlar, deb amr qildi. Shundan so‘ng, odamlar Janob Rasulullohdan ayollar xususida tez-tez fatvo so‘raydirgan bo‘lishdi. Shu boisdan Olloh taolo: «Sizdan ayollar xususida fatvo so‘raydilar...» degan oyati karimasini nozil qildi. Olloh taoloning «Ularga uylanishga rag‘bat qilasizlar» degan qavlidan murod shuki, Olloh taolo yetim qizlarga ularning moli va jamoli uchun uylanishni man’ qiladi, ya’ni yetim qizlar agar go‘zal bo‘lsalar, ularga shar’iy mahr bermasdan uylanishdan, agar xunuk bo‘lsalar, ularning moli qo‘ldan ketmasin, deb o‘zlari ham uylanmay, birovga ham erga bermay zulm qilishdan qaytaradi». 3-bob. Olloh taoloning qavli: «... qaysiki odam (valiy) faqir bo‘lsa, (etim qizning molidan) insofu adolat birlan yesin, bas qachon ularga mollarin bermoqchi bo‘lsangizlar, guvoh keltiringizlar, hisob uchun ersa xudo kifoya qilur» «Bidoran» — «shoshilib», «a’tadno» — «tayyorlab qo‘y-dik» degan ma’nodadur. Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Ollohning! «Qaysiki odam (valiy) boy bo‘lsa, (adolaqizlikdan) parhez qilsin, bordi-yu kambag‘al bo‘lsa, insofu adolat birlan yesin» degan oyati yetimlarning moli haqida tushgan bo‘lib, agar valiy faqir bo‘lsa, uning molidan mehnatiga yarasha insofu adolat birlan yeyishi mumkin, deganidur». 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar meros taqsimida qarindoshlar, yetim va miskinlar hozir bo‘lsalar, ularga ham merosdan nasiba beringizlar!» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 131 Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Agar meros taqsimida qarindoshlar, yetim va miskinlar...» degan oyat hukm oyatlaridan bo‘lib, mansux (bekor qilingan) ermasdur». 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh sizlarga bola-chaqalaringiz (merosi) haqida hukm qilurki...» Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Men Banu Salama qabilasi manzilida betob yotganimda Janob Rasululloh Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu birlan birga piyoda meni ko‘rgani keldilar. Ul zot kelganlarida men behush erdim. Bir idishda suv so‘rab, tahorat qildilar, keyin menga sepdilar. Men o‘zimga keldim-da, Janob Rasulullohdan: «Molimni ne qilmog‘imni buyurasiz?» — deb so‘radim. Shunda Olloh taoloning «Olloh sizlarga bola-chaqalaringiz (merosi) haqida hukm qilurki...» degan oyati nozil bo‘ldi». 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Xotinlaringiz qoldirgan merosning yarmi sizlarga tegadi...» Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning payg‘ambar bo‘lmoqlaridan muqaddam qiz bolalarga, xoh ular katta bo‘lsinlar va xoh norasida bo‘lsinlar, meros berilmas erdi. Ug‘il bolalarga ham, agar ular balog‘atga yetgan bo‘lsalar, meros taqsim qilinmas erdi. Olloh taolo bu qoidani bekor qilib, o‘zi xohlagancha miqdorda meros farz qildi: o‘g‘il bolaning xissasi ikki qizning hissasiga teng. Ota-onaning har biriga oltidan bir hissa, agar farzandlari bo‘lmasa, uchdan bir hissa. Marhumning xotiniga sakkizdan bir hissa, agar o‘rtada farzand bo‘lmasa, to‘rtdan bir hissa. Marhumaning eriga, agar farzand bo‘lmasa, merosning yarmi, agar farzand bo‘lsa, to‘rtdan bir hissa (tegadi)». 7-bob. Olloh taoloning qavli: «... xotinlarni zo‘rlik ila meros qilib olmoqlaringiz sizlarga halol ermas va bergan narsalaringizdan ba’zisini olmoq uchun ularni majburan olib qolmangizlar!» (Islomdan avvalgi davrda vafot qilgan kishining ayolini erining qarindoshlari majburan o‘zlariga xotin qilib olar erdilar. Islom kelgandan so‘ng ayollarga zulm bo‘lgan bu odat man’ etildi) Ibn Abbos rivoyat qiladilir: «Oyatdagi «Lo ga’zuluhun-na» iborasi «Ularni majburan olib qolmangizlar» deganidir «Huuban» so‘zi ersa «gunoh» demakdur «Ta’uuluu» so‘zi «xohlaysizlar» ma’nosida, «nahlatun» so‘zi— «mahr» dur». Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Ollohning «Ey mo‘minlar, xotinlarni zo‘rlik ila meros qilib olmoqlaringiz sizlarga halol ermas va bergan narsalaringizdan ba’zisini olmoq uchun ularni majburan olib qolmangizlar!» degan oyati karimasi shul haqda nozil bo‘lganki, islomdan ilgari oilada erkak kiti o‘lsa, uning qarindoshlari undan qolgan meros qatorida xotiniga ham zgalik qilishar erdi. Xohlashsa, uni o‘zlaridan biriga nikohlab qo‘yishar, xoxlashsa, birovga erga berib yuborishar yoki erga bermay olib qolishar erdi. Erning qarindoshlari marhumning xotiniga uning ota-onasadan ham ko‘proq haqli erdilar. Olloh taolo mazkur oyatni nozil qilib, ayollarni zulmdan xalos etdi» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 132 8-bob. Olloh taoloning qavli: «Har bir inson uchun ota-ona va qarindoshlar qoldirib ketgan merosga merosxo‘rlar ta’yin qilib qo‘ydik Oyatdagi «mavoliy» so‘zi «merosxo‘rlar» ma’nosida, «Sizlar ahdu paymon qilgan kishilar» deyishdan murod, «qasam ichib do‘st bo‘lganlar»dur Amakivachcha, ozod qilingan qul, ozod qiluvchi quldor, podsho, shari’at o‘rgaguvchi ustoz ham «mavlo» deyiladi. Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Ollohning «Har bir inson uchun mavoliy ta’yin qilib qo‘ydik» degan qavlidagi «mavoliy» so‘zi merosxurlardir «bizlar ahdu paymon qilgan kishilar» degan qavli ersa muhojirlarni anglatadi. Muhojirlar Madinaga kelganda Rasulul-loh ularni ansorlar birlan ahdu paymonli birodar qilib qo‘ygan erdilar. Mana shu ahdga binoan, muhojir marhum ansor birodariga merosxo‘r bo‘lar erdi. Mazkur oyat nozil bo‘lgach, muhojirlar birlan ansorlarning o‘zaro merosxo‘rligi bekor qilindi, endi ular vasiyatga binoan o‘z nasibalarini oladirgan bo‘ldilar». Mazkur hadisni Abu Usoma Idrisdan, Idris ersa Talhadan eshitgan erkanlar 9-bob Olloh taoloning qavli: «Albatta, Olloh zarracha ham zulm qilmaydi» Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalomning zamonlarida sahobalar «Ey Ollohning rasuli, qiyomat kuni Ollohni ko‘ramizmi?» — deb so‘rashdi. Payg‘ambar alayhissalom «Ha albatta ko‘rasizlar. Aytinglarchi, kunduzi buluqiz osmondagi quyoshga qarab zarar ko‘rurmisizlar?»— dedilar. Sahobalar «Yo‘q»,— deyishdi. Rasululloh «Buluqiz osmondagi o‘n to‘rt kunlik oyga boqib zarar ko‘rurmisizlar?»—dedilar. Sahobalar «Yo‘q»—deb javob berishdi. Payg‘ambar alayhissalom bunday deb aytdilar: «Xuddi shunday qiyomat kuni ham sizlar quyosh va oyga boqib zarar ko‘rmaganingizdek, Ollohning jamolini ko‘rib zarar ko‘rmaysizlar. Qiyomat kuni bo‘lganda muazzin azon aytadi. Har bir ummat o‘zi ibodat qilgan narsaga ergashadi. Ollohga ibodat qilmay, sanam va butlarga sig‘inganlarning barchasi do‘zaxga tashla-nadilar, mahsharda faqat Olloh taoloning o‘zigagina ibodat qilib, amali solihlar qilgan va qilolmagan kishilar birlan ahli kitoblargina qoladilar. Yahudiylar chaqirilib ulardan «Kimga ibodat qilardingizlar?»—deb so‘raladi. Ular: «Biz Ollohning o‘g‘li Uzayrga ibodat qilar erdik» — deb javob beradilar. Ularga: «Yo5:46 lg‘on aytyapsizlar, Ollohning xotini ham, o‘g‘li ham bo‘lmagan»,— deyiladi. Keyin «Nimani xohlaysizlar?»—deb so‘raladi. Ular «Ey rabbimiz, biz tashnamiz, bizga, suv bergin!»—deyishadi. Ularga: «Tilagingiz bajariladi»,— deyilgay. So‘ng, ular do‘zax oldida jamlanadi. Undagi olov harorati bamisoli sarobdek Yahudiylar bir-birlarini itarib, surishib do‘zaxga qulaydilar. Keyin, nasarolar chaqiriladi. Ulardan «Nimaga ibodat qilardingiz?» — deb so‘raladi Ular: «Ollohning o‘g‘li Masihga ibodat qilardik»,— deydilar. Ularga «Yolg‘on aytyapsizlar, Ollohning xotini va bolasi bo‘lgan ermas»— deb javob beriladi Keyin «Nima xohlaysizlar?» — deb so‘raladi Ular suv so‘raydilar, suv ichishgach, do‘zaxga qulaydilar. So‘ng, Olloh taolo mahsharda tanho qolgan solih va gunohkor musulmon bandalarining qoshiga tanib olarli qiyofada kelib «Hamma ummat o‘zi sig‘ingan narsasiga ergashib ketdi, sizlar nimani kutib turibsizlar?»— deydi. Musulmonlar «Bizlar, dushmanla-ring bo‘lmish axli kitoblardan seni deb yuz o‘girgan erdik, endi nechun ularga ergashaylik? Biz o‘zimiz ibodat qilgan rabbimizni kutyagshiz»,— deydilar. Olloh taolo «Men rabbingizman!» —deydi. Musulmonlar: «Biz Ollohga hech kimni sherik qilmaymiz!» — deb ikki yoki uch bor aytadilar» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 133 10-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, biz har bir ummatdan guvoh chaqirgan paytimizda va sizni ularga guvoh qilganimizda (u ummatlarning) holi ne kechgay?!» Al-Muxtol» va «al-xitol» bir ma’noda bo‘lib, «takabbur va maqtanchoq» deganidur. «Natmisu vujuhan» — «Bir qancha yuzni teskari qilib qo‘ygaymiz» degan ma’noda sa’iyr» ersa, «o‘t otash» deganidur. Amr ibn Murra bunday deydilar: «Menga Janob Rasululloh «Qiroat qil!» deb buyurdilar. Men «Yo Rasulalloh, Qur’on sizga nozil bo‘lgan-ku men sizga qiroat qilib ; berayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh «Uni o‘zimdan boshqa odamdan eshitishni yaxshi ko‘raman!» — dedilar. Men «Niso» surasini o‘qiy boshladim va uning «Ey Muhammad, biz har bir ummatdan guvoh chaqirgan paytimizda va sizni ularga guvox, qilganimizda (u ummatlarning) holi ne kechadi degan joyiga kelganimda, Janob Rasululloh «To‘xta!» deb buyurdilar. Men to‘xtab qarasam, ul zotning ikki ko‘zlaridan yosh quyilayotir». 11-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar kasal bo‘lsangiz yo safarda bo‘lsangiz yoki hojatdan qaytgandan yohud ayol birlan yaqinlik qilgandan so‘ng, suv topolmasangiz, toza tuproqqa tayammum qilingiz!» Jobir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Kofirlarning xukm surab murojaag qiladirgan shaytonlaridan biri Juhaynada va yana biri Aslamda erdi hamda har bir mahallada bittadan folbin bo‘lib, ularga shayton kelib xabar yetkazib turar erdi». Umar raziyallohu anhu «Al-Jibt» — «sehr» va «at-tog‘ut» — «shayton»,— deydilar. Ikrima «Al-Jibt» habash tilida «shayton» va «tog‘ut» — «folbin»,— deydilar. Oisha raziyallohu anho «Asmoning marjoni yo‘qoldi Payg‘ambar alayhissalom uni topib kelish uchun bir necha kishini yubordilar. Ular yo‘ldaligida namoz vaqti bo‘lib qoldi, tahorat olay, desalar, suv yo‘q erdi, tahoraqiz namoz o‘qiyverdilar. Shunda, Olloh taolo «Tayammum» oyatini nozil qildi»,— deydilar 12-bob. Olloh taoloning qavli: «Ollohga itoat qilingizlar va uning rasuliga itoat qilingizlar hamda o‘zlaringizdan (musulmonlardan) bo‘lgan hokimga itoat qilingizlar!» Ibn Abbos raziyallohu aphu: «Ollohga itoat qilingizlar va uning rasuliga itoat qilishizlar hamda o‘zlaringizdan bo‘lgan hokimga itoat qilingizlar!» degan oyat Abdulloh ibn Huzofa haqida nozil bo‘lgan, chunki Rasululloh u kishini bir guruhga bosh qilib jihodga yuborgan erdilar»,— deydilar. 13-bob. Olloh taoloning qavli: «Bas, parvardigoringiz nomiga qasamki, ular o‘z oralarida chiqqan janjalga sizni hokim qilmagunlariga qadar mo‘min bo‘lmaydilar...» Urva ibn Zubayr bunday deydilar: «Zubayr ekin sug‘orayotib ansorlardan bir kishi birlan suv talashib janjallashib qoldilar. Payg‘ambar alayhissalom «Ey Zubayr, yeringni sug‘orib Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 134 bo‘lgach, suvni qo‘shningning yeriga ochib yubor!» —dedilar. Ansoriy norozi bo‘lib «Yo Rasulalloh, ammavachchangizning foydasiga hal qildingiz!» —dedi. Shunda, Janob Rasulullohning yuzlari jahldan qizarib ketdi va «Ey Zubayr, yeringni sug‘orib bo‘lgin-da, suvni bog‘la, so‘ng suv qo‘rg‘on devoriga yetgandagina qo‘shningning yeriga ochib yubor!» — dedilar. Janob Rasululloh, ansoriy g‘azablarini keltirganda, Zubayrning huquqini unitmagan holda ikkalalariga ham maqbul bo‘ladirgan aniq hukm chiqardilar «Bas, parvardigoringiz nomiga qasamki, ular o‘z oralarida chiqqan janjalga sizni hokim qilmagunlariga qadar mo‘min bo‘lmaydilar» degan oyat ana shul voqea xususida nozil bo‘lgan, deb o‘ylayman»,— deydilar Zubayr». 14-bob Olloh taoloning qavli: «Bas, ular Olloh taolo in’omiga sazovor bo‘lgan payg‘ambarlar... birlan birga bo‘lurlar» Oisha raziyallohu anho bunday deydilar «Men Rasulullohning «Har bir payg‘ambarga kasallik vaqtida dunyo birlan oxiratdan birini tanlash ixtiyori beriladi» deganlarini eshitgan erdim. Ul zotni olib ketgan kasallik paytlarida qattiq xirillash paydo bo‘ldi. Shunda, men Janob Rasulullohning «... ular Olloh taolo in’omiga sazovor bo‘lgan payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar birlan birga bo‘lurlar» deb tilovat qilganlarini eshitdim va bundan oxiratni ixtiyor qilganlarini bildim». 15-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, Olloh yo‘lida va ul nochor, mazlum erlar va xotinlar... uchun jang qilyapsizlar...» Ubaydulloh ibn Abu Yazid: «Ibn Abbosdan eshitgandim, u «Men va onam bechoralardan erdik» deb aytar erdi»,—deydilar. Ibn Abu Mulayka aytadilar: «Ibn Abbos «... magar ul erlar va xotinlar va bolalarki, haqiqatda nochordurlar...» degan oyatni tilovat qilgach: «Men va onam Olloh uzrli sanagan kishilardan erdik»,— dedilar». Ibp Abbos: «Hasirat» so‘zi «tor bo‘ldi» ma’nosida, «talvu» so‘zi «Tillaringiz shahodat kalimasini ayqa» degani»,— deydilar. Boshqa bir mufassir: «Al-Murogim» so‘zi «muhojir» ma’nosida, «rog‘amat» degani «hojarat», ya’ni «hijrat qildm» ma’nosida, «mavqutan» so‘zi ersa «vaqti mu’ayyan» ma’nosidadur»,— deydilar. 16-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, nega sizlar munofiqlar xususida ikki guruhga bo‘linib oldingizlar? Axir, Olloh ularni qilmishiga yarasha ortlariga qaytardi-ku!» Zayd ibi Sobit mazkur oyat hakida rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalomning ashoblaridan ko‘pchilik kishilar Uhud janggiga bormay, yo‘ldan qaytdilar. Uhud janggidan keyin, musulmonlar ikkiga bo‘linib, ulardan bir guruhi jangdan qochgan munofiqlarni o‘ldirishni, ikkinchi guruhi ersa, o‘ldirmaslikni talab qildilar. Olloh taolo shu boisdan «Ey mo‘minlar, nega sizlar munofiqlar xususida ikki guruhga bo‘linib oldingizlar?...» degan oyatni nozil qildi. Janob Rasululloh: «Darhaqiqat, Madina pokiza shahardur, u olov kumush tarkibidagi begona iflos moddalarni eritib chiqarib yuborgani yanglig‘, o‘zidan iflos (munofiqlarni) chiqarib tashlagay»,— dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 135 17-bob. Olloh taoloning qavli: «Qachon ularga tinchlik yoki xavf-xatar xabari kelsa, uni atrofga tarqatadilar...» Oyatdagi «yastanbitunahu» so‘zi «uni tashqariga chiqaradilar» ma’nosida, «hasiyban» so‘zi «qudrati yetarli» ma’nosida, «illo inoso» lafzidan murod, tosh, tuproq kabi jonsiz narsalardur. «Marid» so‘zi «itoaqiz» ma’nosida, «falayu-battikunna» so‘zi «kesadilar» ma’nosida, «qiylan» va «qavlan» so‘zlarining ma’nosi bir bo‘lib, «muhrli, rost so‘z» dur. 18-bob. Olloh taoloning qavli: «Kimki qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdur!» Sa’id ibn Jubayr bunday deydilar: «Yuqoridagi oyat haqida Kufa ulamolari tortishib qolishib, Ibn Abbosning huzurlariga borishdi. Ibn Abbos raziyallohu anhu «Ushbu «Kimki qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdur!» degan oyati karima shu haqda nozil bo‘lgan eng oxirgi oyatdur. Bu oyatni boshqa bir oyat bekor qilgan ermas» deb javob berdilar». 19-bob. Olloh taoloning qavli: «Sizlarga salom bergan odamga: «Sen mo‘min emassan» — demangizlar» «As-Silm» va «as-salm» hamda «as-salom» so‘zlarining ma’nosi birdur. Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Bir odamning qo‘lida o‘lja bor erdi. Unga musulmonlar duch kelib qolishdi. Shunda, u ularga salom berdi. Ular uning salomiga e’tibor bermay, uni o‘ldirib, o‘ljasini tortib olishdi. Shunda Olloh taolo «Bu dunyo o‘ljasini istab, sizlarga salom bergan odamga: «Sen mo‘min emassan» — demangizlar» degan oyatni nozil qildi». 20-bob. Olloh taoloning qavli: «Uz uylarida o‘ltir-guvchi mo‘minlar ila Olloh, taolo yo‘lida jihod qilguvchilar teng emaslar» Saul ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Men Marvon ibn Hakamni masjidda ko‘rib, yonlariga borib o‘ltirdim. U kishi bizga Zayd ibn Sobitning quyidagi gaplarini aytib berdilar: «Janob Rasululloh menga «Uz uylarida o‘ltirguvchi mo‘minlar ila Olloh taolo yo‘lida jihod qilguvchilar teng emaslar» deb yozdirdilar. Shu payt, Abdulloh ibn Ummu Maktum kelib qolib: «Yo Rasulalloh, xudo haqi, agar jihod qilmoqqa yaraganimda, jihod qilgan bo‘lur erdim!» — dedilar, chunki u kishi ko‘r erdilar. Darhol, Olloh taolo o‘z rasuli sallallohu alayhi va sallamga «... illaqiz bo‘lgan holda (o‘z uylarida o‘ltirguvchilar)...» degan qavlini nozil qildi. Shunda ul zotning tizzalari mening tizzam ustida erdi, men shunday yuk sezdimki, hatto tizzam ezilib ketmasaydi, deb qo‘rqdim». Barro ibn Ozib raziyallohu anhu bunday deydilar: «Uz uylarida o‘ltirguvchi mo‘minlar ila Olloh taolo yo‘lida jihod qilguvchilar teng emaslar» degan oyat nozil bo‘lganda, Janob Rasululloh Zaydni chaqirib uni yozdirdilar. Shu payt Abdulloh ibn Ummu Maktum kelib, o‘zining illatli (ko‘r) erkanligini aytib, shikoyat qildi. Shunda, Olloh taolo «... illaqiz bo‘lgan holda (o‘z uylarida o‘ltirguvchilar)...» degan qavlini nozil qildi». Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Uz uylarida o‘ltirguvchi mo‘minlar ila Olloh |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling