Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, o‘z jonlariga zulm qilganlarning jonlarini maloikalar olayotgan paytda: «Qay ahvolda erdingizlar»— deb
- 22-bob. Olloh taoloning qavli: «Hijrat qilmoqqa biror chora topishga qodir bo‘lmay, chorasiz qolgan erkak, ayol va bolalargina...»
- 23-bob. Olloh taoloning qavli: «Bundaylarni Olloh shoyad afv qilsa, chunki Olloh afv qiluvchi va gunohlarni kechiruvchidir!»
- 24-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar yog‘indan aziyat cheksangizlar yoki bemor bo‘lsangizlar, qurollaringizni qo‘yib qo‘ysangizlar, gunoh emasdur»
- 25-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, sizdan ayollar haqida fatvo so‘raydilar. Ular to‘g‘risida sizlarga Olloh hamda Qur’onda tilovat qilinadirgan
- 26-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar biror ayol eri tomonidan ko‘ngilsizlik yoki yuz o‘girish sodir bo‘lishidan qo‘rqsa...»
- 27-bob Olloh taoloning qavli: «Munofiqlar albatta do‘zaxning eng chuqur joyida bo‘lurlar...»
- 28-bob Olloh taoloning qavli: «Biz Nuh va undan keyingi payg‘ambarlarga vahiy yuborganimiz kabi sizga ham vahiy yubordik va biz Ibrohim, Ismoil
- 29-bob. Olloh taoloning qavli: «Odamlar sizdan fatvo so‘rarlar, siz aytingki, Olloh taolo sizlarga merosxo‘ri bo‘lmaganlar haqida quyidagi o‘z hukmini bayon
- «AL-MOIDA» SURASINING TAFSIRI 1-bob («Al-Moida» surasida uchraydigan ayrim so‘zlar tafsiri)
- 2-bob Olloh taoloning qavli: «Bugun men sizlarga diyningizni mukammal qilib berdim»
- 3-bob Olloh taoloning qavli: «Agar suv topolmasangizlar, ul holda pok tuproqqa tayammum qilingizlar...»
- 4-bob. Olloh taoloning qavli: «O’zingiz rabbingiz birlan birga borib jang qilib kelaveringiz, biz ersak shu yerda o‘ltirib turamiz»
- 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Yetkazilgan jarohatlar uchun qasos olinadi»
- 7-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey rasul, rabbingizdan o‘zingizga nozil qilingan narsalarni (ummatingizga) yetkazingiz!»
- 8-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh sizlarni bil-may og‘zingizdan chiqib ketgan qasamlaringiz uchun gunohkor qilmaydi»
- 9-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, Olloh sizlarga halol qilib qo‘ygan pokiza narsalarni harom qilmangizlar!»
- 10-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, sharob, qimor, but va fol o‘qlari nopok bo‘lib, barchasi shayton amalidan bo‘lgan harom ishlardur!»
- 11-bob. Olloh taoloning qavli: «Iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan bandalar, agar taqvo qilib, iymon va yaxshi amallarida sobit qolsalar, iste’mol qilgan
- 12-bob Olloh taoloning qavli: «... o‘zingizni ranjitib qo‘ymog‘i ma’lum qilingan narsalar xususida so‘ramangizlar...»
www.ziyouz.com kutubxonasi 136 taolo yo‘lida jihod qilguvchilar teng emaslar» degan oyat nozil bo‘lganda, Janob Rasululloh: «Falonchini chaqiringizlar!»—dedilar. Chaqirilgan kishi siyoh, lavh yoki hayvon kuragi olib keldi. Ul zot unga: «Uz uylarida o‘ltirguvchi mo‘minlar ila Olloh taolo yo‘lida jihod qilguvchilar teng emaslar» deb yozgil!» — dedilar. Shunda, Janob Rasulullohning ortlarida Ibn Ummu Maktum turgan erdi, u: «Yo Rasulalloh, men illatli (ko‘r) odamman!» — dedi. Olloh taolo shu ondayoq avvalgi qavli o‘rniga «Illaqiz bo‘lgan holda o‘z uylarida o‘ltirguvchilar ila Olloh taolo yo‘lida jihod qilguvchilar teng emaslar» degan qavlini nozil qildi». Ibn Abbos: «Mazkur oyat Badr janggiga borgan va bormagan kishilar haqida nozil bo‘lgan erdi»,— deydilar. 21-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, o‘z jonlariga zulm qilganlarning jonlarini maloikalar olayotgan paytda: «Qay ahvolda erdingizlar?»— deb so‘rasalar, ular: «Bizlar bu mulkda bechoralar erdik»,— dedilar. Maloikalar ularga: «Agar hijrat qilaman desangizlar, Ollohning yeri keng erdi-ku!» — deb aytdilar» Muhammad ibn Abdurrahmon bunday deydilar: «Madina ahlidan askar to‘plab Shom ahliga qarshi urushga yuborishga qaror qilindi (Bu voqea Makkada Abdulloh ibn Zubayr xalifa bo‘lib turgan vaqtda sodir bo‘lgan). Men Ibn Abbosning xizmatkori Ikrimaga uchrab, unga mazkur qarorni aytdim. Ikrima meni bu jangda qatnashishdan qaytarib, bunday dedi: «Menga Ibn Abbos xabar berdilarki, musulmonlarning ba’zilari payg‘ambarimizning dushmanlari bo‘lmish kofirlar birlan birga bo‘lib, ularning sonini ko‘paytirishda yordam berganlar. Jangda ularga noma’lum yeqqan o‘q kelib tegib (yoki qilich tegib) halok bo‘lganlarida, Olloh taolo ushbu «Darhaqiqat, o‘z jonlariga zulm qilganlarning jonlarini maloikalar olayotgan paytda...» degan oyatni nozil qildi». 22-bob. Olloh taoloning qavli: «Hijrat qilmoqqa biror chora topishga qodir bo‘lmay, chorasiz qolgan erkak, ayol va bolalargina...» Ibn Abbos raziyallohu anhu lazkur oyatni o‘qib: «Mening onam uzrini Olloh qabul qilganlar jumlasidan erdi»,— dedilar. 23-bob. Olloh taoloning qavli: «Bundaylarni Olloh shoyad afv qilsa, chunki Olloh afv qiluvchi va gunohlarni kechiruvchidir!» Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom bir kuni xufton namozini o‘qiyotgan erdilar, Sami’allohu liman hamidah» deb tik turganlaridan so‘ng, sajdaga bormasdan: «Yo Olloh, Iyosh ibn Abu Rafi’aga najot bergin, yo Olloh, Salama ibn Hishomga najot bergin, yo Olloh, Valid ibn Validga najot bergin, yo Olloh, mo‘minlarning benajotlariga najot bergin, yo Olloh, Muzar avlodi boshiga qahatchilik solgin, ularga Yusuf alayhissalom davrlaridagidek qahatchilik yuborgin!»—deb iltijo qildilar». 24-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar yog‘indan aziyat cheksangizlar yoki bemor bo‘lsangizlar, qurollaringizni qo‘yib qo‘ysangizlar, gunoh emasdur» Ibn Abbos rivoyat kiladilar: «Ollohning «Agar yogindan aziyat cheksangizlar yoki kasal Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 137 bo‘lsangizlar...». degan oyati Abdurrahmon ibn Avf haqida nozil bo‘lgan, chunki u kishi yarador erdilar». 25-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, sizdan ayollar haqida fatvo so‘raydilar. Ular to‘g‘risida sizlarga Olloh hamda Qur’onda tilovat qilinadirgan etim qizlar haqidagi oyatlar fatvo beradi, deb ayting!» Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Ey Muhammad sizdan ayollar haqida fatvo so‘raydilar. Ular to‘grisida sizlarga Olloh («ularga uylanmoqchi bo‘lasizlar» degan qavligacha)» degan oyat qaramogida bir yetim qiz bor kishi haqida nozil bo‘lgan erdi. Usha kishi qizga valiylik (homiylik) qilar, hatto unga tegishli xurmozor ham uning qo‘lida erdi, shuning uchun u arzongarov qizni o‘z nikohiga olmoqchi bo‘ldi. Qiz o‘zi yoqtirgan va moliga ega bo‘lishiga ham rozi bo‘lgan boshqa kishiga turmushga chiqay desa, qizganib rozi bo‘lmadi va qizga zulm qilib, uni erga bermay ushlab turdi. Mazkur oyat shu haqda nozil bo‘lgan». 26-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar biror ayol eri tomonidan ko‘ngilsizlik yoki yuz o‘girish sodir bo‘lishidan qo‘rqsa...» Ibn Abbos «Shiqoq» — «buzilish», «va uhzirat il-anfus-ush-shuhha» — «va dillarda mol hirsi mavjud-dur», «ka-l-mu’allaqati» — «na erli va na tul xotin kabi», «nushuzan» — «ko‘ngilsizlik» demakdur»,— deydilar. Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Agar biror ayol eri tomonidan ko‘ngilsizlik yoki yuz o‘girish sodir bo‘lishidan qo‘rqsa» degan oyati karima shunday kishi haqidaki, u xotinidan ko‘ngilsiz bo‘lib, ajralmoqni istaydi, shunda xotin xushyorlik qilib: «Men sizni o‘zim xususimda ozod qilaman»,— deydi (ya’ni, erini o‘ziga moyil qilmoq uchun mahrini biroz kamaytirilishiga yoki kundoshlariga nisbatan kamroq yeb, kamroq kiymoqlikka rozilik bildiradi va bu birlan ikki o‘rtada kelishuv yuz beradi, chunki Olloh taolo «va dillarda mol hirsi mavjuddur»,— degandur) Mazkur oyat shu haqda nozil bo‘lgan». 27-bob Olloh taoloning qavli: «Munofiqlar albatta do‘zaxning eng chuqur joyida bo‘lurlar...» Ibn Abbos «Ad-Dark ul-asfalu» do‘zaxning eng tagidur»,— deydilar. Ibrohim Asvad ibn Yaziddan naql qiladilar: «Biz Abdulloh ibn Mas’udning davralarida (suhbatlarida) erdik, Huzayfa kelib bizga salom berdilar-da «Sizlardan ko‘ra yaxshiroq qavmga (ya’ni, sahobalarga) nifoq tushirilgan erdi»,— dedilar. Asvad «Subhonalloh, Olloh taolo «Munofiqlar albatta do‘zaxning eng chukur joyida bo‘ladilar»—deydi-ku!»— dedilar. Buni eshitib, Abdulloh kulib quydilar. So‘ng, Huzayfa masjidning bir chetiga borib o‘ltirdilar Abdulloh ersa, o‘rinlaridan turib ketdilar, ashoblari ham tarqalishdi. Hamma ketgandan keyin, Huzayfa menga bir kichik tosh otib chaqirdilar, men yonlariga bordim Huzayfa menga: «Men Abdullohning gapiga tushungan bo‘lsam ham, kulganidan ajablandim. Sizlardan yaxshiroq qavmga nifoq tushirilgani rost. Keyin, ular tavba qilishdi, tavbalarini Olloh taolo qabul qildi»,— dedilar». 28-bob Olloh taoloning qavli: «Biz Nuh va undan keyingi payg‘ambarlarga vahiy yuborganimiz kabi sizga ham vahiy yubordik va biz Ibrohim, Ismoil, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 138 Ishoq, Ya’qub, Ya’qubning avlodi, Iso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonga vahiy yubordik...» Abdulloh raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Biror kishi «Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman» deb aytmasligi lozim!» — dedilar. Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimki «Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman» desa, yolgon gapirgan bo‘ladi»,— dedilar». 29-bob. Olloh taoloning qavli: «Odamlar sizdan fatvo so‘rarlar, siz aytingki, Olloh taolo sizlarga merosxo‘ri bo‘lmaganlar haqida quyidagi o‘z hukmini bayon qilur: agar bir kishi o‘lsa-yu, uning farzandlari bo‘lmay, faqat bir singlisi qolgan ersa, unga barcha merosning yarmisi berilur. Farzandi bo‘lmagan singilga ersa, uning birodari vorislik qilur..-» «Kalola» merosxo‘ri bo‘lmagan ota yoki o‘gildur. Barro raziyallohu anhu «Eng oxiri nozil bo‘lgan sura «Baroat» surasidur va eng oxiri nozil bo‘lgan oyat «Sizdan fatvo so‘rarlar» degan oyatdur»,— deydilar. «AL-MOIDA» SURASINING TAFSIRI 1-bob («Al-Moida» surasida uchraydigan ayrim so‘zlar tafsiri) «Hurumun» ko‘plik bo‘lib, birligi «haromun», ya’ni «ehrom kiygan, ehrom boglagan holat» «Fa-bi-mo naqzihim miysoqahum»—«Ahdlarini buzganlari sababli», «alla-ti kataballohu»—«Olloh taqdir qilgan», «tabua» — «o‘z ustingga olmogingni», «doiratun» — «yomon hodisa, kulfat» demakdur. «Al-Igro» — «undash», «ujuruhunna» — «mahr- larini», «al-muhaymin» — «Qur’onga hamda undan burungi barcha kitoblarga iymon keltirgan shaxs» degan ma’noda-dur»,— deydi bir mufassir. Sufyon «Mening uchun Qur’onda «lastun alo shay’in hatto tuqiymuu-t-tavrota val-injiyla va mo unzila ilaykum min rabbikum» — «toki Tavrot va Injilga hamda parvardigoringizdan o‘zlaringiz-ga nozil qilingan barcha narsalarga amal qilmas erkansizlar, (to‘g‘ri) yulda bo‘lolmaysizlar» degan oyatdan ko‘ra kuchliroq oyat io‘q «Maxmasa» — «ochlik», «man ahioho», ya’ni «kimki bir kishini nohaq o‘ldirilmog‘idan saqlab qolsa, (go‘yo barcha odamlarni nohaq o‘ldirilmog‘idan asrab qolgandek bo‘ladi)», «shir’atan va minhojan» — «shari’at va sunnat (bergandur)», «Fa-in usira» — «Agar xabar topilsa agar ma’lum bo‘lib qolsa», «al-avlayoni» — «ikkisi hammadan yaqinroq» demakdur»,— deydilar. 2-bob Olloh taoloning qavli: «Bugun men sizlarga diyningizni mukammal qilib berdim» Ibn Abbos: «Maxmasa—ochlik» degani deydilar. Toriq ibn Shihobrivoyat qiladilar «Yahudiylar Hazrat Umarga «Sizlar bir oyatni qiroat qilursizlar, agar o‘shal oyat bizga nozil bo‘lganida erdi, biz o‘shal kunni bayram qilib olur erdik!»—deyishdi. Hazrat Umar: «Men bu oyatning qachon va qaerda nozil bo‘lganidan bexabarman»,— dedilar. Yahudiylardan biri: «Xudo haqi, men arafa kuni bu oyat nozil Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 139 bo‘lganida Janob Rasulullohning qaerda turganlarini bilaman!» — dedi. Sufyon: «Ushal kun jum’amidi, yo‘qmidi, aniq bilmayman»,— deydilar». 3-bob Olloh taoloning qavli: «Agar suv topolmasangizlar, ul holda pok tuproqqa tayammum qilingizlar...» «Tayammamuu» — «(astoydil) niyat qilingizlar» «Ommiyna» — «kelib tururlar» deganidur «Amamtu» va «tayammamtu» bir ma’noda Ibn Abbos «Lomastum», «tamassuuhunna», «vallotiy daxaltum bihinna» va «al-ifzo» so‘zlarining barchasi ayolga yaqinlik qilishni anglatadi»,— deydilar. Payg’ambarimizning xotinlari Oisha raziyallohu anho bunday deydilar «Rasulullohning safarlaridan birida u kishiga hamroh bo‘ldik. Baydo’ nomli joyga yetganimizda mening marjonim uzilib, tushib qoldi. Rasululloh uni qidirish uchun to‘xtadilar. Odamlar ham to‘xtashdi. Qaqragan cho‘l bo‘lib, odamlarda ham suv yo‘q erdi. Ko‘pchilik Abu Bakr Siddiqning oldilariga borib «Ko‘rmaysizmi qizingiz Oishaning qilgan ishini, Rasulullohni va odamlarni to‘xtatib, yo‘ldan qoldirdi?»—deb shikoyat qilishdi. Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu tepamga kelganlarida Rasululloh boshlarini tizzamga qo‘yib uxlab yotar erdilar. Abu Bakr «Sen Rasulullohni ham, boshqalarni ham suvsiz cho‘lda yo‘ldan qoldirding, odamlarning o‘zlarida ham suv yo‘q» — deb menga dashnom berib, ko‘ksimga turta boshladilar. Rasululloh tizzamda uxlab yotganlari uchungina meni yiqitib yubormadilar. Tong otganda Rasululloh uyg‘ondilar, ammo suv yo‘q erdi. Shunda Olloh taolo «Tayammum» oyatini nozil qildi. Usayd ibn Hazir menga: «Ey Abu Bakr zurriyoti, bu muruvvat sizning sharofatingiz birlan bo‘ldi!» — deb xursandchilik izhor etdi. Keyin o‘zi mingan tuyani joyidan qo‘zgatgan erdik, marjonim uning tagidan chiqdi». Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Baydo’da mening marjonim uzilib, tushib qoldi. Madinaga yetay deb qolgan erdik. Payg‘ambar alayhissalom tuyani cho‘ktirdilar. Tuyadan tushib, mening quchog‘imda uxlab qoldilar. Abu Bakr kelib mening ko‘kragimga qattiq turtdilar-da «Marjoningni deb odamlarni yo‘ldan qoldirding!»—dedilar. Jonim qattiq og‘ridi, lekin Rasulullohning uyg‘onib qolishlaridan xavotir olib, qimirlamadim. Nihoyat, Rasululloh uyg‘ondilar subh namozi yaqinlashgan erdi, suv topolmadilar. Shu payt «Ey mo‘minlar, namoz o‘qimoqchi bo‘lsalaringiz» degan oyat nozil bo‘ldi Shunda Usayd ibn Hazir menga «Olloh taolo siz tufayli odamlarga muruvvat qildi, ey Abu Bakr zurriyoti! Sizlar Olloh taolo odamlarga ato etgan bir marhamatdursizlam!» — dedi» 4-bob. Olloh taoloning qavli: «O’zingiz rabbingiz birlan birga borib jang qilib kelaveringiz, biz ersak shu yerda o‘ltirib turamiz» Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu bunday deydilar: «Badr kuni Miqdod: «Ey Ollohning rasuli, Banu Isroilning Muso alayhissalomga «Uzingiz rabbingiz birlan birga borib jang qilib kelaveringiz, biz ersak shu yerda o‘ltirib turamiz» degan gapini biz sizga aytmaymiz, aksincha bizni yetaklangiz, biz siz birlan birgamiz!» — dedi. Bu gap Janob Rasulullohni mamnun qildi. Miqdodning Janob Rasulullohga shunday deganini Toriq ham rivoyat qilib tasdiqlaydilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 140 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh va uning rasuliga qarshi urush olib boruvchi va mamlakatda buzg‘unchilik qiluvchi odamlarning jazosi shuldurkim, ular qatl qilinsinlar yokim dorga osilsinlar yohud qo‘lu oyoqlari qarama-qarshi tarafidan kesilsin yo ular mamlakatdan badarga qilinsinlar» «Al-Muhoraba lillohi» — «Ollohga ishonmaslik»dur. Salmon Abu Rajo rivoyat qiladilar: «Abu Qiloba bir kuni xalifa Umar ibn Abdulazizning taxtlari orqasida o‘ltirgan erdilar. Saroy a’yonlari turli narsalar haqida so‘zlashishdi. So‘ng, qasam haqida gap ketdi, shunda barcha xalifalar ham qasamga binoan qasos olmoqni amr qilganlar, deb aytishdi. Xalifa o‘z orqalarida o‘ltirgan Abu Qilobaga qarab: «Ey Abdulloh ibn Zayd, bu masalada sizning fikringiz qanday?» — deb so‘radilar. «Shunda men,— deydilar Abu Qiloba,— uylangandan keyin zino qilgan kishi, birovni nohaq o‘ldirgan kishi va Olloh birlan uning rasuliga qarshi urush qilgan kishigina o‘ldirilishi kerak, deb bilurman»,— dedim. Anbasa o‘rnidan turib: «Anas bu haqda bizga unday va bunday deb rivoyat qilib bergan erdilar»,— dedi. Men (ya’ni, Abu Qiloba): «Anas ibn Molik menga ham shul haqda bunday deb rivoyat qilgan erdilar, ya’ni: «Bir qavm Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, islomni qabul qildi. So‘ng, ular: «Bu yerning havosi bizni ilgadi»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Cho‘lda bizning tuyalarimiz bor, u yerga borib, tuya suti va siydigidan ichib davolaningizlar!»—dedilar. Ular cho‘lga borib, tuya suti va siydigidan ichib shifo topishdi. Keyin, islomni qabul qilib ichgan qasamlarini buzishib, tuyabonni o‘ldirishdi-da, tuyalarni haydab ketishdi. Aytingizlarchi, ularning islomdan qaytib, odam o‘ldirib, o‘grilik qilganlaridan ham ogirroq gunoh bormi?!»—dedim. Anbasa: «Subhonalloh!»—dedi. «Meni yolgonchi, deb o‘ylayapsanmi? Anas xuddi shunday rivoyat qilib berganlar»,— dedim men. Anbasa o‘ltirganlarga: «Ey Shom ahli, modomiki mana shu odam (Abu Qiloba) oralaringizda bor erkanlar, xayriyatga erishaverasizlar!» — dedi». 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Yetkazilgan jarohatlar uchun qasos olinadi» Humayd raziyallohu anhu Anas ibn Molikdan nakl qiladilar: «Anas ibn Molikning ammalari Rabi’ bir ansoriya qizning tishini sindirib qo‘ydi. Qiz tomondagilar qasos olmoqni talab qilib Rasulullohning huzurlariga kelishgan erdi, ul zot qasos olmoqni buyurdilar. Anas ibn Molikning amakilari Anas ibn an-Nazr: «Yo Rasulalloh, xudo haqi, singlimning tishini sindirmangiz!» — dedi. Rasululloh: «Ey Anas, Ollohning buyurgani qasosdur!» — dedilar. Keyin, qizning qarindoshlari o‘zaro maslahatlashib, singan tish evaziga tovon olishga rozi bo‘lishdi. Rasululloh: «Ollohning shunday bandalari borki, qasam ichsalar, unga vafo qiladilar!»—dedilar». 7-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey rasul, rabbingizdan o‘zingizga nozil qilingan narsalarni (ummatingizga) yetkazingiz!» Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Kimki sizga: «Muhammad Olloh nozil qilgan narsalardan birortasini yashirdi»,— desa, shubhasiz, u yolgon gapiribdi, chunki Olloh: «Ey rasul, rabbingizdan o‘zingizga nozil qilingan narsalarni yetkazingiz!» — degandur». 8-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh sizlarni bil-may og‘zingizdan chiqib ketgan qasamlaringiz uchun gunohkor qilmaydi» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 141 Oisha raziyallouu anho bunday deydilar: «Mana bu «Olloh sizlarni bilmay ogzingizdan chikib ketgan qasamlaringiz uchun gunohkor qilmaydi» degan oyat kishining «Yo‘q, xudo haqi!», «Ha, shunday, xudo haqi!» deb qasam ichishi haqida nozil qilingandur». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Otam Abu Bakr Siddiq, Olloh taolo qasam kafforati haqidagi oyatini nozil qilguncha, bir marta xam qasamlarini buzmagan erdilar. Oyat nozil bo‘lgach: «Men bo‘lar bo‘lmasga qasam ustiga qasam ichmagayman, agar ilgari ichgan qasamim ustiga qasam ichmogim zarur bo‘lsa, Olloh taoloning ruxsatini qabul qilgayman-da, so‘ng boshqa qasam ichgayman»,— der erdilar». 9-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, Olloh sizlarga halol qilib qo‘ygan pokiza narsalarni harom qilmangizlar!» Abdullohu ibn Mas’ud raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Rasululloh birlan birga gazotga chiqur erdik. Xotinlarimiz uyda qolur erdi. Shunda biz: «Uzimizni bichib qo‘ymaymizmi?»—deb o‘zaro so‘zlashdik. Janob Rasululloh bizni bundan qaytardilar. Shundan keyin, (begona) ayollarga (ular rozi bo‘ladirgan) mablag evaziga (vaqtinchalik) uylanishga ijozat berdilar. Keyin, ushbu «Ey mo‘minlar, Olloh sizlarga halol qilib qo‘ygan pokiza narsalarni harom qilmangizlar!» degan oyatni qiroat qildilar». (Bu hadisda rivoyat qilingan voqea islomning boshida bo‘lgan bo‘lib, ayollarga muvaqqat uylanishga ruxsat jihodda yurgan musulmonlar uchun yengillik tariqasida berilgan erdi. Bunday vaqtinchalik nikohni Rasululloh keyinroq harom, deb man’ etganlar. Hozirda ham bunday nikoh mavjud bo‘lib, u «siyga!» nikoh. deb ataladi, unga faqat shiy’a mazhabidagilar amal qiladilar). 10-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, sharob, qimor, but va fol o‘qlari nopok bo‘lib, barchasi shayton amalidan bo‘lgan harom ishlardur!» Ibn Abbos: «Al-Azlom» fol ochishda qo‘llaniladigan o‘qlardur. «An-Nusub» ersa «butlar» bo‘lib, butparastlar ularga qurbonlik qiladilar. Ba’zilchr: «Zalam» «azlom»ning birligi bo‘lib, pat (par)siz kamon o‘qidur «Istiqsom» paqiz kamon o‘qlari birlan fol ochishdur»,— deyishadi»,— deydilar. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Sharobning haromligi to‘g‘risida oyat nozil bo‘lgan paytda Madinada uzumdan tayyorlanadirgan sharobdan tashqari yana besh xil ichimlik mavjud erdi»,— deydilar. Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Bizda sizlar «Faziyx» deb aytaydirgan ichimlikdan boshqasi yo‘q erdi. Men tik turib Abu Talhaga va falonchi birlan pistonchiga shu ichimlikdan quyib berayotgan erdim. Shu payt, bir kishi kirib keldi-da: «Sizlarga ham xabar yetdimi?» — deb so‘radi Ultirganlar: «Nima bo‘ldi?» — deb savolga savol birlan javob qaytarishdi. Kelgan odam: «Aroq harom qilindi»,— deyishi birlanoq hammalari: «Ey Anas, manavi xumni agdarib tashla!» — deb buyurishdi. Ular boyagi odamning xabaridan keyin, «Nima uchun?» deb so‘rashmadi ham, qayta sharobni ogizlariga olishmadi ham». Jobir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Musulmonlardan bir nechasi Uxud gazoti tongida sharob iste’mol qilishgan erdi. Keyin, barchalari gazotda shahid bo‘lishdi. Bu vaqtda hali sharob harom qilinmagan erdi». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 142 Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Umar raziyallohu anhuning Payg’ambar alayhissalomning minbarlariga chiqib: «Ammo ba’d. Ey odamlar, sharobning haromligi to‘grisida oyat nozil bo‘lgan. U besh narsadan: uzumdan, xurmodan, asaldan. bugdoydan va arpadan tayyorlanadi. Aqlni ketkazadirgan ichimlik «sharob» deb aytiladi»,— deganlarini eshitganman». 11-bob. Olloh taoloning qavli: «Iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan bandalar, agar taqvo qilib, iymon va yaxshi amallarida sobit qolsalar, iste’mol qilgan narsalari uchun gunohkor bo‘lmagaylar, Olloh amali solih qiluvchilarni sevadi» Anas raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Abu Talhaning uyida odamlarga sharob quyib berayotgan erdim. Sharobning haromligi haqida oyat nozil bo‘lib, bir jarchi shul to‘g‘rida e’lon qildi. Abu Talha menga: «Bor, nima gap erkanligini bilib kel!»— dedilar. Men chiqib qarasam, jarchi: «Ogoh bo‘lingizlar, sharob harom qilindi!» — deb baqirardi. Keyin, Abu Talha: «Bor, sharobni ko‘chaga to‘kib kel!» — deb buyurdilar. Men sharobni Madina ko‘chalaridan biriga olib chiqib to‘kdim. Madinaliklarning asosiy sharobi fazix erdi. Ba’zilar: «Sharob ichib jangda halok bo‘lganlarning holi nima kecharkin?» —deb aytishdi. Shun-da, Olloh taolo «Iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan bandalar, agar taqvo qilib, iymon va yaxshi amallarida sobit qolsalar, iste’mol qilgan narsalari uchun gunohkor bo‘lmagaylar...» degan mazmundagi oyatni nozil qildi» 12-bob Olloh taoloning qavli: «... o‘zingizni ranjitib qo‘ymog‘i ma’lum qilingan narsalar xususida so‘ramangizlar...» Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Bir kuni Rasululloh xutba o‘qidilar, unday xutbani ilgari eshitmagan erdim. Ul zot «Agar men biladirgan narsani sizlar ham bilganlaringizda erdi, ozroq kulib, ko‘proq yiglardingizlar!» — dedilar. Shunda barcha sahobalar yuzlarini berkitishib, piqillab yiglay boshlashdi. Shu payt o‘ltirganlardan biri «Mening otam kim?» — deb so‘rab qoldi. Janob Rasululloh «Otang falonchi»—deb javob berdilar. Shunda Olloh taoloning «o‘zingizni ranjitib qo‘ymogi ma’lum qilingan narsalar xususida so‘ramangizlar» degan oyati nozil bo‘ldi» Bu hadisni Nazr va Ruh ibn Uboda ham Shu’badan naql qilib rivoyat qilganlar Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar «Qavm Janob Rasulullohni mazax qilib, bo‘lar-bo‘lmas savollar bera boshladi. Bir kishi «Mening otam kim?» — desa, ikkinchisi yo‘qolgan tuyasini so‘rab «Mening tuyam qaerda?» — deb savol berar erdi. Shunda Olloh taolo «Ey mo‘minlar, o‘zingizni ranjitib qo‘ymogi ma’lum qilingan narsalar xususida so‘ramangizlar va agar Qur’on nozil bo‘layotgan paytda shunday savollar bergan bo‘lsangizlar, ma’lumingiz bo‘lsinkim, Olloh buning uchun sizlarni afv etdi, Olloh mag‘rifatli rahimdil zotdur!» degan oyatni nozil qildi» Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling