Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar sizlarga dunyo va oxiratda Ollohning fazlu marhamati bulmaganda, albatta sizlarni tinmay so‘zlagan gaplaringiz
- 8-bob. Olloh taoloning qavli: «Sizlar uni tillaringiz ila naql qilib, og‘izlaringiz ila aniq bilmagan narsa xususida so‘ylaganingizda, buni bir arzimas ish, deb
- 10-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar mo‘min bo‘lsangizlar, shunga o‘xshash narsalarni hargiz qaytarmasliklaringizni Olloh sizlarga pand-nasihat qilur!»
- 11-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh sizlarga o‘z oyatlarini bayon qilur, Olloh ilm va hikmat sohibidur!»
- 13-bob Olloh taoloning qavli: «Ko‘kraklarini yoping‘ichlari birlan to‘ssinlar!»
- «AL-FURQON» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Yuzlari birlan yurib borib jahannamda
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «... va Ollohga shirk keltirmaydirganlar, Olloh o‘ldirmoqni ta’qiq qilgan biror jonni nohaq o‘ldirmaydirganlar va zino
www.ziyouz.com kutubxonasi 190 deb so‘radilar. Bariyra «Ey Ollohning rasuli! Sizni haq din birlan yuborgan zotga qasamyod qilurmanki, sodir bo‘lgan ermas! Uning bor-yo‘g‘ aybi, u ham bo‘lsa, uning yosh qizchaligidur, agar unga xamirni ishonib topshirsangiz, uxlab qolib qo‘zichoq kelib xamirni yeb ketadi»;—dedi. Shundan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Ubay ibn Saluldan qilgan bo‘htoni uchun uzr so‘rashni talab qildilar. Ul zot minbarda turib bunday dedilar: «Ey musulmonlar jamoasi, mening oilamga bo‘hton qilib, menga ozor yetkazgan kishini kim menga uzr ayttira olur' Olloh taologa qasamyod qilurmanki, men oilamni faqat yaxshi, deb bilurman! Bo‘hton qilinayotgan erkak haqida ham men faqat yaxshi fikrdaman. U qachon mening oilam oldiga kirsa, faqat men birlan birga kirur erdi!» ' Shunda Sa’d ibn Maoz raziyallohu anhu o‘rinlaridan turib «Ey Ollohning rasuli, u odamni sizga men uzr attirurman, agar u Avs qabilasidan bo‘lsa, bo‘ynini uzurman, mobodo Xazraj qabilasidan bo‘lsa, ul holda siz nima buyursangiz, shuni qilurmiz'»— dedilar. Buni eshitib Sa’d ibn Uboda dik etib o‘rnidan turdi, u Xazraj qabilasining boshlig‘i bo‘lib, ilgari solih kishi bo‘lgan erdi, hozir ersa hamiyati qo‘zg‘olib Sa’d ibn Maozga «Ollohga qasamyod qilurmanki, uni o‘ldirolmagaysan, o‘ldirish qo‘lingdan kelmagay » — dedi. Shunda Usayd ibn Hazir (Sa’d ibn Maozning amakivachchalari) Sa’d ibn Ubodaga «Bekor aytibsan, Ollohga qasamed qilurmanki, albatta uni o‘ldirgaymiz, ammo sen ersang munofiqsan, chunki munofiqlarning yonini olursan'» — deb baqirdilar. Shu tariqa Avs birlan Xazraj janjallashib, hatto bir-birlarini o‘ldirishga qasd qilib qolishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarda turib ularni jahldan tushirishga ko‘p urindilar. Nihoyat barcha jim bo‘ldi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham sukut qildilar. Men ota-onamning uyida shu kuni ham qoldim, ko‘z yoshim sira to‘xtamadi, ko‘zimga uyqu ilinmadi, ota-onam bu kecha ham yonimda tong ottirishdi, ikki kecha va bir kunduz tinmay yig‘ladim. Ota-onam ersalar, yig‘layverganidan jigari ezilib ketdi, deb dilpora erdilar. Shu asnoda bir ansoriya ayol ichkariga kirishga ruxsat so‘rab qoldi. Ijozat berga- nimdan keyin, kirib o‘ltirdi-da, u ham men birlan birga yig‘lashga tushdi. Biz shu holda o‘ltirgan erdik, Janob Rasululloh kirib yonimga o‘ltirdilar, vaholanki ul zot bo‘hton gaplardan keyin yonimga o‘ltirmay qo‘ygan erdilar. Mening haqimda ersa, mana bir oy bo‘libdiki, hanuz vahiy kelmas erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yonimga o‘ltirayotib Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar, so‘ng «Ey (Oisha, sening haqingda menga turli gaplarni aytishdi. Agar pok bo‘lsang, Olloh taoloning o‘zi seni tezda oqlaydi, basharti sendan gunoh sodir bo‘lgan bo‘lsa, ul holda Ollohga istig‘for aytgin unga tavba qilgin Chunki, banda O’z gunohini e’tirof qilib Ollohga tavba qilsa, Olloh UNING tavbasini qabul qilgay»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam gaplarini tugatganlaridan keyin, ko‘z yeshim tindi, hatto bir qatra ham chiqmadi. Men otamga «Rasulullohning gaplariga javob beringiz'» — dedim. Otam «Ollohga qasamyod qilurmanki, bul zotga ne demog‘imni bilmasman!»—dedilar. So‘ng, onamga ham «Rasulullohning gaplariga javob beringiz »—dedim. Onam ham «Ollohga qasamyod qilurmanki, bul zotga ne demog‘imni bilmasman'»— dedilar. Shundan so‘ng, men bunday dedim: «Men Qur’ondan ko‘p narsalarni o‘qiy olmaydirgan bir norasida qizaloqmen, siz kattalar ersangizlar, mening xususimdagi bo‘htonni eshitiboq, o‘ylab-netib o‘ltirmay, unga ishondingizlar, uni dillaringizga jo ham qildingizlar Shuning uchun ham men «pokman» deganim birlan sizlar menga ishonmaysizlar, vaholanki Olloh taolo mening pokligimni bilib turibdir. Basharti, men biror gunohni e’tirof qilsam, sizlar darhol bunga ishongaysizlar, vaholanki Olloh taolo mening pokligimga o‘zi guvohdir, Olloh taologa qasamyod qilurmanki, sizlarga Yusufning otasi aytgan gapdan bo‘lak aytadirgan gapim yo‘q! Ul kishi «Endi, sabr qilmog‘im yaxshidur, sizlarning bu gaplaringizdan xalos bo‘lmog‘im uchun Olloh Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 191 taolodangina madad tilarman'»— degan erdilar» Men shunday dedim-da, teskari qarab to‘shagimga yotib oldim. Men o‘zimning pokligimni yaxshi bilur va «Olloh taolo albatta meni oqlagay!» — deb ishonur erdim. Ammo, men «Olloh taolo mening haqimda tilovat qilinadirgan vahiy nozil qilgay» — deb sira ham o‘ylamagan erdim, Olloh taoloning mening xususimda tilovat qilinadirgan oyatlar orqali so‘zlamog‘idan orlanur erdim. Men faqat «Janob Rasululloh tush ko‘rsalar-u, tushlarida ul zotga mening pokligim ayon qilinsa'»— deb umid qilur erdim, xolos Olloh taologa qasamlar ichurmenki, na Janob Rasululloh va na uydagilarning birortasi tashqariga chiqmoqqa xezlanib ulgurmadi, to‘satdan ul zotga vahiy nozil bo‘lib qoldi. Janob Rasulullohni qattiq isitmadan keyin bo‘ladirgan bezgakdek qaltiroq bosdi, badanlaridan marjondek ter quyildi. Birozdan so‘ng, Janob Rasululloh tabassum qilgan holda o‘zlariga keldilar. Ul zotning dastlab aytgan gaplari—«Ey Oisha, seni Olloh taolo oqladi!» degan jumla bo‘ldi. Shunda onam menga «Tur, Rasulullohga qulluq qil!» — dedilar. Men «Ollohga qasamyod qilurmanki, Rasulullohga ta’zim qilmagayman, tashakkur ham aytmagayman, men faqat Ollohga qulluq qilgayman va Ollohga hamd aytgayman'» — dedim. O’shanda Olloh taolo «Albatta, bo‘hton to‘qiganlar o‘zlaringizdan bo‘lgan bir to‘dadur» deb boshlanadirgan o‘nta oyat nozil qilgan erdi. Olloh taolo mening pokligim to‘g‘risidagi mazkur oyatlarni nozil qilgandan so‘ng, otam Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu kambag‘alligi va qarindoshligi sababli o‘zlari yordam qilib turgan Mistah ibn Usosa haqida «Ollohga qasamyod qilurmanki, Oisha haqida bo‘hton qilgani uchun Mistahga hech qachoi hech narsa bermagayman »—deb ont ichdilar. Shunda Olloh taolo: «Sizlardan fazlu davlat egalari bo‘lmish kishilar qarindoshlari, miskinlar va muhojirlarga Olloh yulida ehson qilmaslikka qasam ichmasinlar, aksincha ularni kechirsinlar. Ollohning sizlarni mag‘firat qilmog‘ini istamaysizlarmi? Olloh mag‘firatli mehribondur!» — degan oyatni nozil qildi. Shundan so‘ng, otam Abu Bakr Siddiq: «Ha, yo Olloh, albatta mag‘firatingni istarman »—dedilar-da, ilgarigidek Mistahga nafaqa bera boshladilar. «Ollohxa qasamyod qilurmanki Mistahning nafaqasini zarracha ham kamaytirmagayman!»—deb erdilar o‘shanda otam. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam men haqimda Zaynab binti Jahshdan ham so‘ragan erdilar. U «Ey Ollohning rasuli, men qulog‘im birlan ko‘zimni (qabohatdan) ehtiyot qilurman, men Oisha haqida faqat xayriyatni bilurman! — degan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari ichida mana shu Zaynabgina meni himoya qilgan erdi, Olloh taolo uni hamisha taqvoda saqladi. U birlan janjallashgan singlisi Hanna ersa halok bo‘lgan buhtonchilar qatorida halok bo‘ldi» 7-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar sizlarga dunyo va oxiratda Ollohning fazlu marhamati bulmaganda, albatta sizlarni tinmay so‘zlagan gaplaringiz (bo‘htonlaringiz) sababli buyuk azob ushlagan bo‘lur erdi!» Oisha raziyallohu anhoning onalari Ummu Rumon «Oishaga bo‘hton qilinganda, u hushdan ketib yiqildi»,— deydilar 8-bob. Olloh taoloning qavli: «Sizlar uni tillaringiz ila naql qilib, og‘izlaringiz ila aniq bilmagan narsa xususida so‘ylaganingizda, buni bir arzimas ish, deb hisobladingizlar. Holbuki, Olloh nazdida bu ulug‘ gunoxdir!» Ibn Abu Mulayka: «Men Oishaning mazkur oyatni o‘qiyotganlarini eshitganman»,— deydilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 192 9-bob. Olloh taoloning kavli: «Uni (bo‘htonni) eshitgan paytingizda, «Bu buhtonni so‘zlash bizlar uchun joiz ermas, ey parvardigor, bu ochiqdan-ochiq bo‘hton-ku!» deb ayqangizlar bo‘lmasmidi?!» Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Ibn Abbos raziyallohu anhu nihoyatda toliqqan, o‘lim to‘shagida yotgan Oisha onamizning vafotlari arafasida ul muhtaramani ko‘rish uchun ijozat so‘radilar. Shunda Oisha onamiz «Qo‘rqamanki, u meni maqtab qo‘ygay», —dedilar. Uydagilar «Ibn Abbos Janob Rasulullohning amakivachchalari, buning ustiga ul kishi ko‘plab musulmonlar nomidan kelganlar — deyishdi. «Mayli u kishiga ijozat beringizlar!»—dedilar. Oisha onamiz Ibn Abbos (kirib) «O’zingizni qanday sezayotirsiz?»—deb so‘radilar. Oisha raziyallohu anho «Olloh taoloning dargohiga komil iymon birlan borolsam, yaxshi bo‘lur erdi!» —dedilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu «Xudo xohlasa oxiratingiz baxayr bulgay, chunkn siz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jufti halollarisiz, ul zot sizdan boshqa birorta bokira qiz olmaganlar. Olloh taolo sizning pokligingiz haqida osmondan oyat nozil qilgan!» — dedilar. Ibn Abbosdan keyin Ibn Zubayr kirdilar. Oisha raziyallohu anho ul kishiga «Ibn Abbos kirib, meni maqtadi Men ersam, umuman unutilib ketmogimni istar erdim!» — dedilar» Qosim, ya’ni Muhammad ibn Abu Bakr «Ibn Abbos raziyallohu anhu Oishaning ziyoratlariga kirish uchun izn so‘radilar» degan hadisni rivoyat qiladilar, ammo uning oxirida «Umuman unutilib keqam erdi!» degan jumla yo‘q» 10-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar mo‘min bo‘lsangizlar, shunga o‘xshash narsalarni hargiz qaytarmasliklaringizni Olloh sizlarga pand-nasihat qilur!» Masruq rivoyat qiladilar: «(Oisha raziyallohu anho «Hasson ibn Sobit mening ziyoratimga kelib, kirishga izn so‘radi»,— dedilar. Shunda men «Bunday odamlarning kirishiga ham izn beraverasizmi'» —dedim. Oisha onamiz «Axir, u Olloh taolo va’da qilgan buyuk azobni tortayotirku!» — dedilar». Sufyonning aytiitaricha, Oisha onamiz aytgan azob Hassonning ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolganligidir. Ushanda Xasson Oisha onamizniig huzurlariga kirganda «Pok va aqli yetuk kishilar bo‘hton qilmaydilar va pokdomonlar go‘shtini yeyishga mushtoq bo‘lmaydilar» degan mazmunda g‘azal o‘qibdi. Oisha onamiz unga: «Lekin, sen o‘zing undaylardan emassan!» —debdilar». 11-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh sizlarga o‘z oyatlarini bayon qilur, Olloh ilm va hikmat sohibidur!» Masruq rivoyat qiladilar: «Hasson ibn Sobit Oisha onamizning huzurlariga kirdi va bunday deb g‘azal o‘qidi « Pok va aqli yetuk kishilar buhton qilmaydilar va pok-domonlar go‘shtini yeyishga mushtoq bulmaydilar» Oisha onamiz unga javoban: «Lekin, sen o‘zing undaylardan emassan!» — dedilar. Men Oisha onamizga « Bunday kishilarning huzu- ringizga kirishga nechun ruxsat berasiz? Axir Olloh taolo ular haqida «Ammo, gunohning eng katta xissasini ko‘targanlar uchun ulug‘ azob bordur!» deb oyat yuborgan-ku'» — dedim. Oisha raziyallohu anho: Ko‘zi ko‘r bo‘lib qolishdan ham qattiqroq dunyoda azob bormi» — dedilar, keyin yana «Ilgari u Janob Rasulullohni dushmanlar hajvidan saqlab turardi»—deb qo‘shib quydilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 193 12-bob. Olloh taoloning qavli: «Albatta, iymoi keltirgan kishilar o‘rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydirgan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordur. Olloh bilur, ammo sizlar bilmassiz! Agar sizlarga dunyo va oxiratda Ollohning fazlu marhamati bo‘lmaganda (azobni o‘sha zahoti yuborgan bo‘lur erdi). Orangizdagi fazl va katta boylik egasi bo‘lgan kishilar qarindoshlariga, miskinlarga va muhojirlarga Olloh yo‘lida ehson qilmaslikka qasam ichmasinlar, balki ularni kechirsinlar. Olloh sizlarni mag‘firat qilmogini istamaysizlarmi? Olloh mag‘firatli, mehribondur!» Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Mening haqimda bo‘hton tarqatilib, bundan men ham xabardor bo‘lganimdan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening haqimda xutba o‘qishga turdilar. Avval kalima keltirib Ollohga munosib hamdu sanolar aytganlaridan so‘ng «Ey mo‘minlar, mening oilam haqida bo‘hton qilgan kishilar xususida menga maslahat beringizlar. Olloh taologa qasamyod qilurmanki, men oilam haqida ham, u birlan birga tuhmat qilinayotgan kishi haqida ham biror yomonlikni bilmasman. Usha odam men borligimdagina uyimga kirur erdi. Men qachon safarda bo‘lsam, u ham men birlan safarda bulur erdi»,— dedilar. Shunda Sa’d ibn Maoz raziyallohu anhu o‘rinlaridan turib: «Ey Ollohning rasuli, menga izn beringiz, bu bo‘htonchilarning bo‘ynini uzib tashlay!»—dedilar. Buni eshitib, Xazraj qabilasidan bir kishi o‘rnidan turdi-da, dag‘daga birlan «Bekor aytibsan, Ollohga qasamki, agar bo‘htonchilar Avs qabilasidan bo‘lsa ham, ularning bo‘yniga sening qilich urmog‘ingga yul quymagaiman!»—dedi. Shul tariqa masjidda Xazraj birlan Avs kishilari o‘rtasida jang bo‘lishiga oz qoldi. Ammo, men buning sababidan bexabar erdim. Keyin, o‘shal kuni kechqurun uydan hojat uchun chiqdim. Men birlan Ummu Mistah ham birga erdi. Oyog‘i toyilib ketib, «Noumid bo‘lgur, Mistah!» deb qarg‘andi. Men unga «Ey ona, o‘z o‘g‘lingizni qarg‘aysizmi?»—dedim. U indamadi. So‘ng, yana toyilib ketib, yana «Noumid bo‘lgur Mistah» deb qarg‘andi, uchinchi bor toyilib ketganda ham shu gapni akrorladi. Men unga nafrat birlan qarab erdim, u «Ollohga qasamki, seni deb uni qarg‘ayotirman!»—dedi. Men «Nechun meni deb uni qarg‘ayotirsiz?» —dedim. Shunda u menga bor gapni so‘zlab berdi. Men «Ie, hali shunday gaplar bo‘ldimi?»—dedim. U «Ha» — deb javob berdi. Hushim og‘ib, tashqariga nima uchun chiqqanim yodimda yo‘q, uyga qaytib kirdim, meni qattiq isitma oldi. Men Janob Rasulullohdan otamning uylariga yuborishlarini so‘radim ul zot menga bir xizmatkor bolani qo‘shib yubordilar. Men uyga kirib kelganimda, otam Abu Bakr tomda Qur’on tilovat qilar, onam Ummu Rumon ersalar, pastda turgan erdilar. Onam menga: «Nechun kelding, qizim?» — dedilar. Men onamga bo‘lgan voqeani aytdim. Ammo, bundan onamning yuzlarida o‘zgarish sezilmadi. Onam menga «Ey qizim, sekinroq gapirgil, nomusingni saqlagil, chunkim ko‘pincha er biror chiroyli xotinini yaxshi ko‘rsa, uning kundoshlari hasad qilib, bo‘hton tarqataverishadi»,— dedilar. Men: «Bu haqda otam ham biladilarmi?»—deb so‘radim. Onam «Ha»,— dedilar. Men «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham biladilarmi?»—dedim. Onam «Ha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham biladilar»,— dedilar. Buni eshitib, ko‘zimdan tirqirab yosh quyildi, «dod» deb yig‘la-dim. Otam Abu Bakr raziyallohu anhu ovozimni eshitib tepadan, Qur’on o‘qiyotgan yerlaridan tushdilar. So‘ng, onamdan «Unga ne bo‘libdi?» — deb so‘radilar Onam «Uzi haqidagi bo‘htonni eshitib qolibdi»,— dedilar. Otam menga «Ey qizalog‘im, uyingga qaytishingni maslahat bergayman'» — dedilar. Men uyga qaytdim. Shu asnoda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyga kirib, xodimamdan men haqimda so‘rayotgan erkanlar. Xodima «Ollohga qasamki, uning biror aybi borligini bilmasman! Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 194 Uning bor-yo‘g‘ aybi, u ham bo‘lsa, uning norasida qizchaligidur, agar unga bir xamirni ishonib topshirsangiz, bolalik qilib uxlab qolgay-da, xamirni qo‘zichoq yeb ketgay»,— dedi. Shunda sahobalardan biri uning gapini bo‘lib, so‘ralgan maqsadni tushuntirdilar-da «Janob Rasulullohga haqiqatni aytasanmi, yo‘qmi'»—deb dag‘dag‘a qildilar. Xodima «Subhonalloh, zargar sof oltinni qanday ajrata olsa, men ham Oishaning pokligini shunday yaxshi bilurman!» — dedi. (Bu bo‘hton haqidagi xabar Oisha birlan birga qoralanayotgan kishining ham qulog‘iga yetganda, u «Subhonalloh, men umrimda biror ayolning ko‘kragini ham ochib ko‘rmaganman!» — dedi. Keyinchalik, o‘sha kishi Olloh taolo yo‘lida jihod qilib, shahid bo‘ldi) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asrni o‘qib bo‘lganlaridan keyin, huzurimga kirib keldilar. Shunda ota-onam yonimda o‘ltirishgan erdi. Ulardan birlari o‘ng va birlari chap yonimda erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamdu sano aytgach «Ey Oisha, agar yomonlik (yoki o‘zingga zulm) qilgan ersang, Olloh taologa tavba qilgil, chunki Olloh taolo bandalardan tavba qabul qilguvchidur|» —dedilar. Uyda ansoriya bir ayol ham bo‘lib, u eshik yonida o‘ltirar erdi, men ul zotga «Menga ayb qo‘ygani mana bu ayoldan uyalmaysizmi?»—dedim. Lekin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga pand-nasihat qilmoqda davom etaverdilar. Men otamga qarab: «Rasulullohning gaplariga javob beringiz!» — dedim. Otam «Men nima ham derdim»,— dedilar. Shunda onamga qarab «Bo‘lmasa, siz javob beringiz!»—dedim. Onam ham «Men nima ham derdim»,— dedilar. Ikkovlari javob bermagach, men kalimai shahodat birla Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytdim-da, so‘ng «Olloh taologa qasam ichurmanki, hatto «Men pokman» deb aytganim birlan sizlar ishonmagaysizlar, chunki bo‘htonni dillaringizga jo qilib olgansizlar. Agar men «Xa, gunoh qildim»,— desam, vaholanki qilmaganimni Olloh taolo bilur, sizlar «Ana endi rostini aytding»,— deysizlar. Shu boisdan ham Ya’qub alayhissalomning «Endi sabr qilmog‘im yaxshidur, sizlar aytayotgan bo‘htondan xalos bo‘lmog‘imda menga Olloh taoloning o‘zigina madadkordur!» degan gaplarini aytishdan bo‘lak ilojim yo‘q!» — dedim. Shu asnoda Janob Rasulullohga vahiy nozil bo‘lib qolib, oraga jimlik cho‘kdi. Vahiy nozil bo‘lgach, men ul zotning yuzlaridan xursandlik alomatini payqab oldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshonalarini arta turib «Ey Oisha, xursand bo‘lgil, Olloh taolo sening pokliging haqida xabar nozil qildi'»— dedilar. Bu kun ersa, mening uchun umrimda eng qattiq g‘azablangan kun bo‘ldi. Ota-onam «Turgil, Janob Rasulullohga qulluq qilgil!»— deyishdi. Men «Ollohga qasamki, Rasulullohdan minnatdor bo‘lib o‘rnimdan turmagayman ham, rahmat aytmagayman ham, shuningdek sizlarga ham rahmat aytmasman, lekin mening pokligim haqida xabar yuborgan Olloh taologagina hamd aytgumdur. Sizlar ersangizlar, bo‘htonga quloq solib, uni inkor qilmadingizlar ham, kuyunmadingizlar ham'»—dedim. Ushanda Zaynab binti Jahsh mening haqimda nuqul yaxshi gaplar aytgan erdi, Olloh taolo uni diyonatli qildi, uning singlisi Hamna ersa, bo‘htonchilar tarafini olib, o‘shalar birlan birga halok bo‘ldi. Bo‘htonchilar — Mistah, Hasson va munofiq Abdulloh ibn Ubay erdi. Abdulloh ibn Ubay yangidan yangi ig‘volar tarqatar erdi. «Gunohning eng katta xissasini ko‘targan» kishilar mana shu Abdulloh ibn Ubay birlan Hamna erdi. Otam Abu Bakr ilgarilari Mistahga yordam qilib turur erdilar, ul menga bo‘hton qilgach «Men endi sira ham Mistahga ehson qilmayman»—deb ont ichdilar. Shunda Olloh taolo «Oralaringizdagi fazl va boylik sohibi bo‘lganlar qarindoshlari, miskinlar va muhojirlarga Olloh yo‘lida ehson qilmaslikka qasam ichmasinlar, balki ularni afv qilsinlar, Olloh sizlarni Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 195 mag‘firat qilishini istamaysizlarmi? Olloh mehribon va mag‘firatlidur!» degan oyat nozil kildi. Otam Abu Bakr Siddiq darhol»Ha, ey parvardigorim, biz mag‘firat istarmiz!» — deb ilgarigidek Mistahga ehson qila boshladilar» 13-bob Olloh taoloning qavli: «Ko‘kraklarini yoping‘ichlari birlan to‘ssinlar!» Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Avvalgi muxojirlarning xotinlarini Olloh taolo rahmat qilsin! Olloh taolo «Ko‘kraklarini yoping‘ichlari birlan to‘ssinlar!» degan oyatni nozil qilganda ular choyshab-laridan yirtib olib, ko‘kraklarini yopib yurgan erdilar» «AL-FURQON» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Yuzlari birlan yurib borib jahannamda to‘planuvchilar — ana o‘shalardur (oxiratda) eng joyi yomon va butunlay yo‘ldan ozganlar!» Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Bir kishi Janob Rasulullohdan «Ey Ollohning payg‘ambari, qiyomat kuni kofirlar qanday qilib yuzlari birlan yuradirgan qilib tiriltiriladi?»—deb so‘radi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu dunyoda ikki oyoq birlan yuradirgan qilib qo‘ygan zot qiyomatda yuzi birlan yuradirgan qilib qo‘ymoqqa qodir ermasmi'»—dedilar. Shunda Qatoda raziyallohu anhu: «Ha, rabbimizning ulug‘ligi haqi, albatta qodirdur! — dedilar». 2-bob. Olloh taoloning qavli: «... va Ollohga shirk keltirmaydirganlar, Olloh o‘ldirmoqni ta’qiq qilgan biror jonni nohaq o‘ldirmaydirganlar va zino qilmaydirganlar va kimki buni qilsa (ya’ni, Ollohga shirk keltirsa, nohaq o‘ldirsa va zino qilsa), uqubatga mubtalo bo‘lur» Abdulloh ibn Mas’ud va Vosil ibn Xabbon raziyallohu anhumo rivoyat qilishadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan «Ollohning nazdida eng katta gunoh qaydur?»—deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayxi va sallam «Olloh seni yaratgan bo‘la turib, unga biror narsa sherik qilmoqligingdur»,— dedilar. «Keyin, qaysi?» — deb so‘rashdi. Rasululloh sallalohu alayhi va sallam «Taomingga sherik bo‘lishidan qo‘rqib, o‘z bolangni o‘ldirmoqligingdur»,— dedilar. «Undan keyinchi? — deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Qo‘shningning jufti haloli birlan zino qilmoqligingdur»,— dedilar. Shunda Janob Rasulullohning gaplarining tasdiqi uchun «va Ollohga shirk keltirmaydirganlar, Olloh o‘ldirmoqni ta’qiq qilgan biror jonni nohaq o‘ldirmaydirganlar va zino qilmaydirganlar» degan oyat nozil bo‘ldi». Qosim ibn Abu Buzza rivoyat qiladilar: «Men Sa’id ibn Jubayrdan «Mo‘min kishini qasddan o‘ldirgan qotil uchun tavbaga imkon bormi?» — deb so‘radim-da, «Olloh o‘ldirmoqni ta’qiq qilgan biror jonni nohaq o‘ldirmaydirganlar» degan oyatni tilovat qildim. Shunda Sa’id bunday deb javob qildilar: «Men ham bu oyatni xuddi siz menga o‘qib berganingizdek Ibn Abbosga o‘qib bergan erdim. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Bu oyat Makkada nozil bo‘lgan bo‘lib, uni Madinada nozil bo‘lgan «An-Niso» surasidagi oyat bekor qilgan»,— deb erdilar». Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Kufa ahli mo‘min kishini qasddan o‘ldirgan qotilga beriladirgan jazo haqida ixtilof qilishdi. Shunda men bu masala haqida so‘ragani Ibn Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 196 Abbosning huzurlariga bordim. U kishi «Mazkur oyat eng keyin nozil bo‘lgan oyatlardan hisoblanur, uni boshqa bir oyat bekor qilgan ermas»,— dedilar» Sa’id ibn Jubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Abbosdan «Qotilning jazosi jahannamdur» degan oyatning mazmunini so‘radim. Ul kishi «Qotilning tavbasi qabul qilinmaydi»,— dedilar. Keyin, «Ollohga shirk keltirmaydirganlar» degan oyat xususida so‘rab erdim, ul kishi «Bu oyat johiliyat davri (kishilari) xususida erdi»,— dedilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling