Abu abdulloh
-bob. Olloh taoloning qavli: «Uning Arshi suv ustida erdi» (7- oyat)
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va guvohlar: «Mana shulardurlar parvardigorlari xususida yolg‘on so‘zlaganlar»,— deb ayturlar, eshitingizlar, Olloh taoloning
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Parvardigoringizning jazosi mana shundaydur, agar u zolimlik qilgan mamlakatni jazolasa, jazosi nihoyatda dardlidur» (102- oyat)
- 4-bob Olloh taoloning qavli: «Va (ey habib), ado qilingiz namozni kunduzning har ikki tarafida (ya’ni, erta-yu kech namozi bomdod, peshin va asrni) va
- YUSUF ALAYHIS-SALOT VAS-SALOM SURASI
- 1-bob Olloh taoloning qavli: «... va butun qilur o‘z in’omini sanga va Ya’qub avlodiga qam chunoniki butun qilib erdi uni ikki bobong bo‘lmish Ibrohim va Ishoqga» (6- oyat)
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, Yusuf va uning birodarlari qissalarida savol qilguvchilar uchun ishora (alomat)lar bordur» (7- oyat)
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «(Ya’qub) dedi: «Io‘q, balki bu dillaringizning sizlar uchun ziynatlab bergan bir tadbiridur, endi sabr (qilmog‘im) yaxshiroqdur» (18- oyat)
- 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Va o‘ziga moyil qilmoqchi bo‘ldi uni o‘zidan behud qilib ul xotin, vaqtiki ul uning uyida erdi va yopdi eshiklarni va dedi
- 5-bob. Olloh taoloning qavli: «(Yusufning) qoshiga elchi kelganda, (Yusuf) unga: «Xojangning huzuriga qayt, undan so‘ragilki, qo‘llarin kesgan
- 6-bob Olloh taoloning qavli: «Shunga qadarki, noumid bo‘ldilar payg‘ambarlar (110- oyat)
- 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo har bir xotin ko‘tarib yurgan va bachadonlar o‘z ichiga yashirgan narsani yaxshi bilur» (8- oyat)
- IBROHIM ALAYHIS-SALOT VAS-SALOM SURASI
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ildizi sobit va shoxi osmonda bo‘lgan bir yaxshi daraxtga o‘xsharki, ul har vaqt meva berib turur»
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo mustahkam so‘z (kalimai tavhid) barakotidan mo‘minlarni (bu dunyoda ham, oxiratda ham) barqaror saqlar
- 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh taoloning ne’matini kufrga almashtirganlarni ko‘rmadingizmi» (28-oyat)
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Uning Arshi suv ustida erdi» (7- oyat) Abu Hurayra razilllohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Olloh azza va jalla: «Nafaqa qil (ehson qil), men ham senga nafaqa qilgayman!»—deydi. Olloh taoloning qo‘li ne’matlarga to‘la bo‘lib, kecha-kunduz uni bandalariga in’om qilgani birlan sira kamaymagay. Ko‘rdingizmi, Olloh taolo osmon(lar) birlan yerni yaratgandan buyon qo‘lidagi ne’matlaridan qancha in’om qilmasin, zarracha kamaygani yo‘q! Uning Arshi suv ustida erdi va qo‘lida tarozu bo‘lib, uni dam tushirib, dam ko‘tarib turadi». «I’taroka» (53-oyat)—«senga ziyon-zahmat yetkazibdi», «Oxizun bino siyatiho» (56- oyat)—«Biz uning mulki bo‘lib, tamoman uning hukmi ostidamiz», «aniydun» (59- oyat) — «jabr-zulm qilguvchi, sarkash», «ista’marakum» (61-oyat)— «sizlarni joylashtirdi», «nakirahum» (69- oyat) — «ulardan yoqiradi, ularni tan olmadi», «hamiy-dun majiydun» (73- oyat) — «ta’rif etilgan ulug‘ zotdur», «sijjiyl» (82-oyat)—«sopoltoshlar» degan ma’nodadur. Tamim ibn Muqbil bunday degan" «Hamak yorganlari yanglig‘ tuxumlarni uvol aylab, Ururlar qancha bo‘lsa, tandagi bor kuchlarin to‘plab, Bu qadar kuch birla hech kim otolmaydi sopoltoshni, Pahlavonlar uchun bu bir muammoli erur matlab». «Va ila Madyana axohum Shu’ayban» (84- oyat) — «Va biz birodarlari Shu’aybni Madyan ahliga yubordik», «varoakum zihriyyan» (92- oyat)—«unga e’tibor bermadingizlar», «aroziluno» (27- oyat) — «tubanlarimiz, pastlarimiz», «ijromiy» (35-oyat)—«gunohlarim», «al-fulk» (37-oyat) — «kema», «majroho» (41- oyat) — «yurishi, suzishi», «mursoho» (41- oyat) — «to‘xtashi» degan ma’nodadur 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va guvohlar: «Mana shulardurlar parvardigorlari xususida yolg‘on so‘zlaganlar»,— deb ayturlar, eshitingizlar, Olloh taoloning la’nati zolimlarga bo‘lsin...» (18- oyat) «Al-Ashhodu» (18- oyat) — «guvohlar», birligi — «shohid». Safvon ibn Muhriz bunday deydilar: «Ibn Umar tavof qilib turganlarida bir kishi kelib: «Ey Abu Abdurrahmon (balkim, «Ey Ibn Umar» deb aytgandur), Janob Rasulullohning Olloh taolo birlan banda o‘rtasida bo‘ladirgan o‘zaro (yuzma-yuz) suhbat haqida ne deganlarini eshitganmisiz?» — deb so‘radi. Ibn Umar: «Men Janob Rasulullohning bunday deganlarini eshitganman»,— dedilar: «Mo‘‘min banda o‘z rabbiga shul qadar yaqin borgaydurkim, hatto ul oraga pardasini tashlab olgay-da, «Bunday va bunday gunoh ishlaringni e’tirof qilasanmi?»—deb bandasini o‘z aybiga iqror qildirgay. Banda: Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 164 «Yo rabbim, ha, men e’tirof qilurman!» — deb ikki bor aytgay Olloh taolo. «Men sening o‘shal gunoh ishingni ul dunyoda yashirgan erdim, endi bugun uni mag‘firat qildim!»— degay. So‘ng, o‘shal bandaning amali solihlari sahifasi varaqlab chiqiladi. Ammo, qolganlar (yoki kofirlar) guvohlar tomonidan «Mana shulardurlar parvardigorlari xususida yolg‘on so‘zlaganlar» deb ovoza qilinadi». 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Parvardigoringizning jazosi mana shundaydur, agar u zolimlik qilgan mamlakatni jazolasa, jazosi nihoyatda dardlidur» (102- oyat) «Ar-Rifdul-marfuudu» (99-oyat)—«qilingan yordam», «tarkanuu» (113-oyat)—«moyil bo‘ldilar», «fa-lav-lo-kona» (116-oyat)—«bas, nimauchun bo‘lmadi?», «utrifuu» (116- oyat) — «aysh-ishratga berildilar" degan ma’nodadur. Ibn Abbos: «Zafiyrun va shahiyqun» (106-oyat) — «qattiq va past ovoz»,— deydilar. Abu Muso raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo agar zolimga jazo bersa, uning osongina qutilib ketishiga yo‘l qo‘ymay, albatta umrini uzaytiradi»,— dedilar, so‘ng «Parvardigoringizning jazosi mana shundaydur, agar u zolimlik qilgan mamlakatni jazolasa, jazosi nihoyatda dardlidur» degan oyati karimani qiroat qildilar». 4-bob Olloh taoloning qavli: «Va (ey habib), ado qilingiz namozni kunduzning har ikki tarafida (ya’ni, erta-yu kech namozi bomdod, peshin va asrni) va tunning ba’zi hissalarida (ya’ni, tunning dastlabki soatlarida shom va xuftonni), albatta yaxshiliklar ketkizur yomonliklarni, bu so‘z nasihatdur nasihat qabul qilguvchilar uchun» (114- oyat) «Va zulafan» (114-oyat)— «(tunning boshlang‘ich) soatlarida» degan ma’noda bo‘lib, hojilar to‘qqizinchidan o‘ninchiga o‘tar kechasi tunaydirgan «Muzdalifa» degan joy nomi shundan olingandur. Ibn Mas’ud raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi bir xotindan qiblaning qaysi tomonda erkanligini so‘rayotgan erdi, shu payt Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib qoldilar-da, unga qiblani ko‘rsatib qo‘ydilar Shunda ul zotga «Va (ey habib), ado qilingiz namozni kunduzning har ikki tarafida va tunning ba’zi hissalarida, albatta yaxshiliklar ketkizur yomonliklarni, bu so‘z nasihatdur nasihat qabul qiluvchilar uchun» degan oyati karima nozil bo‘ldi. Boyagi kishi: «Bu oyat mening xususimdami?» — dedi. Janob Rasululloh: «Shu oyatga amal qilgan ummatim uchun»,— dedilar» YUSUF ALAYHIS-SALOT VAS-SALOM SURASI Mujohid: «Muttakaan» (31- oyat) — «Al-Utrujju», ya’ni «limon» degani»,— deydilar. Fuzayl: «Al-Utrujju» habash tilida «limon» demakdur» — deydilar. Ibn Uyayna: «Al- Muttakaan — pichoq birlan kesilgan har qanday narsadir»,— deydilar. Ibn Abbos: «Tufanniduuni» (94-oyat) — «Meni johil deb bilasizlar, meni nodon deb bilasizlar» degan ma’nodadur»,— deydilar. Boshqa bir mufassir bunday deydilar: «G’ayoba» (15- oyat) — «qa’r», «Al-Jubb» (15- oyat) — «quduq», «bi-mu’minin lano» (17-oyat) — «bizga ishonmaysiz», «ashadduhu» (22-oyat)— «kamoliga (etganda)», «asbu» (33-oyat) — Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 165 «moyil bo‘lurman», «azg‘osu ahlomin» (44- oyat) — «ta’birsiz, ta’biri noma’lum tushlar», «namiy-ru» (65-oyat)—«g‘alla, ozuqa keltiraylik», «va nazdodu kayla ba’iyrin» (65-oyat) — «yana bir tuya g‘alla keltirurmiz», «ovo ilayhi» (69- oyat) — «o‘z yoniga oldi, o‘z yonidan joy berdi» «as-siqoya» (70- oyat) — «suvidish», «istay’asuu» (80- oyat) — «noumid bo‘ldilar», «va lo tay’asuu min ruhil-lohi» (87-oyat)—«va noumid bo‘lmangizlar Olloh taoloning rahmatidan», «xalasuu najiyyan» (80-oyat)— «alohida bir yerga borishib maslahatlashib o‘ltirishdi», «tafta’u» (85- oyat) — «hamisha (istaysan)» degan ma’nodadur». Qatoda: «La-zu ilmin» (68-oyat) — «Ilmiga amal qilguvchi» deganidur»,— deydilar. Ibn Jubayr: «Suvo’» (72-oyat)— «forslarda qo‘llanilgan o‘lchov idishi bo‘lib, undan (suv yoki boshqa biror ichimlik) ichishgan», deydilar. 1-bob Olloh taoloning qavli: «... va butun qilur o‘z in’omini sanga va Ya’qub avlodiga qam chunoniki butun qilib erdi uni ikki bobong bo‘lmish Ibrohim va Ishoqga» (6- oyat) Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Saxovatli saxovatlining o‘g‘li, saxovatlining o‘g‘li saxovatlining o‘g‘li, Yusufdur Ya’qubning o‘g‘li, u ersa Ishoqning o‘g‘li, u ersa Ibrohimning o‘g‘li». 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, Yusuf va uning birodarlari qissalarida savol qilguvchilar uchun ishora (alomat)lar bordur» (7- oyat) Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Qanday odam qadrliroq?»—deb so‘rashdi. Ul zot: «Odamlarning Olloh taoloning dargohidagi eng qadrlisi — eng taqvodoridur»,— dedilar. Ular: «Sizdan bu haqda so‘rayotganimiz yo‘q»,— deyishdi. Ul zot: «Odamlarning eng saxovatlisi (eng olijanobi) — (Ibrohim) xalilulloh o‘g‘li (Ishoq) nabiyyullohning farzandi bo‘lmish (Ya’qub) nabiyyullohning o‘g‘li Yusuf nabiyyullohdur»,— dedilar. Ular yana: «Sizdan bu haqda ham so‘rayotganimiz yo‘q»,— deyishdi. Ul zot: «Mendan eng olijanob xulqli arablar xususida so‘rayotirsizlarmi?»—dedilar. Ular: «Ha»,— deyishdi. Ul zot: «Agar bilsangizlar, johiliyat davridagi eng yaxshiigiz — islomdagi eng yaxshingizdur»,— dedilar». 3-bob. Olloh taoloning qavli: «(Ya’qub) dedi: «Io‘q, balki bu dillaringizning sizlar uchun ziynatlab bergan bir tadbiridur, endi sabr (qilmog‘im) yaxshiroqdur» (18- oyat) «Savvalat» (18- oyat) — «ziynatlab» demakdur. Ubaydulloh ibn Abdulloh; Janob Rasulullohning zavjalari Oisha onamizdan naql qiladilar: «Tuhmatchilar Oisha onamiz xususlarida ogizlariga kelgan gaplarni aytib, igvo qilganlarida ul muhtarama onamizni Olloh taoloning o‘zi (oyat nozil qilib) oqladi. «Ushanda,— deydilar Oisha onamiz,— mening haqimda har kim turli gaplarni aytdi. Janob Rasululloh: «Agar pokdomon bo‘lsang, seni Olloh taoloning o‘zi oqlaydi, basharti gunoh qilgan bo‘lsang, Olloh taologa istigfor aytgil, unga tavba qilgil!» — dedilar. Men: «Xudo haqi, Abu Yusuf qissasidagi «Endi sabr (qilmog‘im) yaxshiroqdur, sizlarning bu tuhmatlaringizdan xalos bo‘lmog‘im uchun Olloh taolodangina madad tilarman» degan gapdan bo‘lak o‘zimga biror taskin topolmayman»,— dedim. Keyin, Olloh taolo Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 166 «Sizlardan bir guruh tuhmat qilgan kishilar...» deb boshlanadirgan o‘nta oyat nozil qildi». Masruq rivoyat qiladilar: «Oisha onamizning volidai muhtaramalari Ummu Rumon bunday deydilar: «Bir mahal men va Oisha birga o‘ltirib erdik, Oishaning a’zoi badanini titroq bosdi». Janob Rasululloh: «Siz uning haqidagi gaplarni aytib berganingiz uchun shunday bo‘layotgandur?» — dedilar. Ummu Rumon: «Ha» — deb aytdilar. Oisha o‘ltirdi-da: «Men birlan sizlar Ya’qub birlan uning o‘g‘illariga o‘xshaysizlar»,— dedi, so‘ng «... yo‘q, balki bu dillaringizning sizlar uchun ziynatlab bergan bir tadbiridur, endi sabr (qilmog‘im) yaxshiroqdur, sizlarning bu tuhmatlaringizdan xolos bo‘lmog‘im uchun Olloh taolodangina madad tilarman» degan oyati karimani aytdi». 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Va o‘ziga moyil qilmoqchi bo‘ldi uni o‘zidan behud qilib ul xotin, vaqtiki ul uning uyida erdi va yopdi eshiklarni va dedi: «Yaqin kel!» (23- oyat) Ikrima: «Hayta laka» (23- oyat) — havronliklar tilida «Yaqin kel!» deganidur»,— deydilar (Havron Shomdagi bir mavze). Ibn Jubayr: «Hayta laka»—«Beri kel!» demakdur»,— deydilar. Abdulloh ibn Mas’ud: «Qolat hayta laka» (23- oyat)— «Dedi: «Yaqin kel!» degan jumlani biz bilganimizcha o‘qiymiz»,— deydilar. «Masvoya» (23-oyat)—«maskanim», «va alfayo» (25- oyat)— «topdilar» degan ma’nodadur. Abdulloh raziyallohu taolo anhu bunday deydilar: «Quraysh qabilasi islomga kirmay Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sarkashlik qilganlarida, ul zot: «Yo parvardigoro, Yusuf alayhissalom qavmiga yetti yil qurg‘oqchilik yuborganing kabi bularga ham yetti yil qurg‘oqchilik yuborgaysan!» — deb duoi bad qildilar. Shunda Quraysh qurg‘oqchilik balosiga giriftor qilinib, hamma narsa qurib bitdi, hatto ular suyaklarni ham yeyishdi, kishi osmonga tikilsa, o‘zi birlan osmon oralig‘i tutun bo‘lib ko‘rinadirgan bo‘lib qoldi. Olloh taolo «Osmon aniq bir tutun keltiradirgan kunni kutgil!», «Darhaqiqat, biz bu azobni bir oz yengil qilurmiz, albatta sizlar yana qaytguvchidursizlar» deb vahiy nozil qildi. Qiyomat kuni ularga beriladirgan azob yengil bo‘larmikan?! Mana, «Osmon aniq bir tutun keltiradirgan kun» ham, «qattiq jazolab (urib) qasos olinadirgan kun» ham bo‘lib o‘tdi» 5-bob. Olloh taoloning qavli: «(Yusufning) qoshiga elchi kelganda, (Yusuf) unga: «Xojangning huzuriga qayt, undan so‘ragilki, qo‘llarin kesgan xotinlarning hollari nechuk erkan, darhaqiqat mening rabbim ularning makrlarin yaxshi bilur»,— dedi. (Podshoh) xotinlarga: «Yusufni o‘zidan behud qilib, o‘z-laringizga moyil qilmoqchi bo‘lgan vaqtingizda ne ahvolda erdingizlar?» — dedi. (Xotinlar): «Xudo pokdur! Biz Yusufning yomonligini bilmadik»,— deyishdi (50—51- oyatlar) «Hosha lillohi» (51-oyat)—«Xudo pokdur», «Hosha» — «poklik, soflik» degan ma’nodadur. Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo Lut alayhissalomni rahmat qilsin! Ul kishi kuch-qudratga Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 167 tayanar erdilar. Agar men Yusuf alayhissalom singari zindonga tushib qolsam-u, oldimga birov yuring, deb chaqirib kelsa, darhol ko‘ngan bo‘lur erdim. Biz Ibrohim alayhissalomdan ko‘ra haqliroqmiz, chunki (Olloh taolo): «Yoki ishonmadingizmi?»— deganda, ul kishi: «Ha, ishondim, lekin qalbim taskin topsin!»—deb aytganlar». 6-bob Olloh taoloning qavli: «Shunga qadarki, noumid bo‘ldilar payg‘ambarlar (110- oyat) Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Urva ibn Zubayr Oisha onamizga- «Shunga qadarki, noumid bo‘ldilar payg‘ambarlar» degan oyatdagi so‘z «kuzibuu» deb o‘qilgaymi yoki «kazibuu» deb o‘qilgaymi?»—dedi. Oisha onamiz unga: «Kazibuu» deb o‘qiladi»,— dedilar. Urva: «Payg‘ambarlar o‘z qavmlarining aldaganliklariga amin bo‘lganlar, bu gumon emas»,— dedi. Oisha onamiz: «Ha, hayotim haqi, ular bunga amin bo‘lganlar!» — dedilar. Urva. «Ular gumon qilgan bo‘lsalar-chi'»—dedi. Oisha onamiz: «Olloh o‘z panohida asrasin, payg‘ambarlar (o‘z qavmlaridan gumon qilganlar), parvardigorlaridan emas!» — dedilar. Urva: «Unday bo‘lsa, bu oyatning mazmuni qanday?»—dedi. Oisha onamiz: «Ul qavmlar parvardigorga iymon keltirib, payg‘ambarlarga ishonib ergashgan kishilardur. Keyin, ular uzoq vaqt balolarga giriftor qilinib, hadeganda ularga Olloh taolodan najot bo‘lmagach, payg‘ambarlar: «Qavmimiz bizga yolg‘on va’da bergan erkan-da, (shu boisdan Ollohdan najot bo‘lmayotir)»—deb gumonsiraganlar. Shunda Olloh taoloning najoti (madadi) yetib kelgandur»,— dedilar». AR-RA’D SURASI Ibn Abbos bunday deydilar: «Ka-bositi kaffayhi» (14- oyat) — «ikki kaftin (hovuchin) suvga uzatgan odam kabi», ya’ni Olloh taolodan bo‘lak ma’budga ibodat qilgan mushrik bo‘lib, u uzoqdan turib suvga termulgan chanqoq kishiga o‘xshaydi, harchand turgan yeridan suvga hovuchin uzatmasin, baribir icholmaydi». Boshqa bir mufassir bunday deydilar: «Saxxara» (2- oyat) — «rom qildi, bo‘ysundirdi», «mutajovirot» (4- oyat) — «bir-biriga yaqin», «al-masulot» (6- oyat) — «azob- uqubatlar», «mu’aqqibot» (11- oyat) — «Olloh taolo tarafidin har bir bandaga hamroh qilib qo‘yilgan farishtalar bo‘lib, ular uni kuzatib, himoya qilib hamda a’mollarini yozib yururlar», «robiyan» (17-oyat)—«ko‘pikni», «av ma-to’in zabadun misluh» (17- oyat) — «yoki (biror ma’danni) asbob (yasamoq uchun o‘tga qo‘yganda) ham suv ko‘pigi kabi ko‘pik hosil bo‘lur», «jufoan» (17- oyat) — «qurib (bug‘lanib ketar)», ya’ni agar qozondagi suv qaynayversa, oxiri qurib ko‘pik qoladi, keyin u ham foydasiz havoga uchib ketib, hech vaqo qolmaydi, Olloh taolo haqdan botilni ana shu tariqa ajratib (farqlab) oladi. «Al-Mihod» (18- oyat) — «joy», «yadrauuna» (22- oyat) — «daf qilurlar», «salomun alay-kum» (24- oyat), ya’ni «Sizlarga salomatlik bo‘lsin, derlar», «va ilayhi matobiy» (30-oyat) — «ungadur tavbam», «a fa-lam yay’as?» (31-oyat)—«ma’lum, ravshan bo‘lmadimi», «qori’atun» (31-oyat)—«balo», «fa-amlaytu» (32-oyat) — «uzaytirdim, cho‘zdim, ya’ni muhlat berdim», «ashaqqu» (34- oyat) — «qattig‘roq», «mu’aqqib» (41- oyat) — «keyinga surguvchi o‘zgartirguvchi». Mujohid bunday deydilar: «Mutajovirot» (4- oyat) — «(erlarning) yaxshisi ham, yomoni ham (sho‘rxoki ham) yonma-yon», «sinvonun» (4-oyat)—«ildizi bir bo‘lgan ikki yoki undan ortiq xurmo daraxti», «va g‘ayru sinvonin» (4- oyat) — «ildizi bir bo‘lmagan xurmo daraxtlari bo‘lib, ildizi bir bo‘lgan xurmo daraxtlari kabi bir xil suv va bir xil Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 168 havodan ozuqalanurlar. Bu otasi bir bo‘lgan solih (yaxshi) va yomon odamzodga o‘xshaydi», «as-sahobas-siqola» (12-oyat) — «(bag‘rida suvi bor) og‘ir bulutlarni», «ka- bositi kaffay-hi» (14- oyat) — «tili birlan uzoqdagi suvga tamshanadi, qo‘lini unga cho‘zadi, ammo sira ham icholmaydi», «fa-solat avdiyatun bi-qadariho» (17- oyat) — «vodiyning bag‘ri selga to‘ldi», «zabadan robiyan» (17-oyat) — «sel ko‘pigi, temir ko‘pigi (kuyindisi) va sut ko‘pigi» 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo har bir xotin ko‘tarib yurgan va bachadonlar o‘z ichiga yashirgan narsani yaxshi bilur» (8- oyat) Ibn Umar raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «G’aybning beshta kaliti mavjud bo‘lib, ularni Olloh taoloning o‘zigina biladi. Ertaga nima bo‘lishini Olloh taolodan o‘zga hech kimsa bilmas, bachadonlar o‘z ichiga nimani yashirganini Olloh taolodan o‘zga hech kimsa bilmas, qachon yomg‘ir (yog‘in) yog‘ishini Olloh taolodan bo‘lak biror kishi bilmas, biror kimsa qaerda o‘lishini bilmas, qiyomat qachon qoim bo‘lishini Olloh taoloning o‘zigina bilur». IBROHIM ALAYHIS-SALOT VAS-SALOM SURASI Mujohid: «Sadiyd» (16- oyat) — «yiring suvi» demakdur»,— deydilar. Ibn Uyayna: «Uzkuruu ni’matallohi alaykum» (6- oyat) — «Olloh taoloning sizlarga ato etilgan ne’amtini esda tutingizlar", ya’ni "Olloh taoloning sizlarni qo‘llab najot berganini hamda Olloh taoloning sizlarni dushmandan qutqargan kunlarini yodingizda tutingizlar" degan ma’nodadir", deydilar. Mujohid bunday deydshar: «Yabg‘uunaho ivajan» (3- oyat) — «uni tilgan ne’matini esda tutingizlar», ya’ni «Olloh taoloning sizlarni qo‘llab najot berganini hamda Olloh taoloning sizlarni dushmandan qutqargan kunlarini yodingizda tutingizlar» degan ma’nodadir»,— deydilar (Olloh taoloning to‘g‘ri yo‘lini odamlarga ) egri qilib ko‘rsatadilar», «va iz taazzana rabbukum» (7- oyat) — «vaqtiki xabar berdi parvardigorlaringiz. «fa-radduu aydiyahum fi afvohihim» (9-oyat) — «qaytardilar o‘z qo‘llarin payg‘ambarlarning og‘izlariga», ya’ni so‘zlay olmasinlar, deb qo‘llari birlan payg‘ambarlarning og‘izlarini to‘sdilar», «maqomiy» (14- oyat) — «mening huzurimda turishi(dan qo‘rqur)», «min varoihi» (11-oyat)— «ortidan, ya’ni bu dunyo azobidan so‘ng, oldinda uni bo‘yi) bargini to‘kmagay va har vaqt meva berib turgay?» — dedilar. jahannam azobi kutmoqda», «lakum taba’an» (21- oyat) — «sizlarga tobi’, itoatkor (erdik), madad so‘rab sizlarga yolborar (erdik), «va lo xilolun» (31- oyat) — «va na do‘stlik». 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ildizi sobit va shoxi osmonda bo‘lgan bir yaxshi daraxtga o‘xsharki, ul har vaqt meva berib turur» Ibn Umar raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida erdik, ul zot bizga: «Aytingizlar-chi, qaysi daraxt (doimo iymoni mustahkam va doimo amali solihlar qilguvchi) musulmon odam kabi (yil Shunda ko‘nglimga «Bu xurmo daraxti bo‘lsa kerak» degan fikr keldi-yu, ammo Abu Bakr Siddiq birlan Hazrat Umarning indamay turishganini ko‘rib, biror so‘z aytishga botinmadim. Bu savolga hech kim javob bermagach, ul zotning o‘zlari: «Bu xurmo daraxtidur!»—dedilar. Janob Rasulullohning huzurlaridan tashqariga chiqqanimizda men otam Hazrat Umarga: Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 169 «Ey otajon, xudo haqi, ko‘nglimga «Bu xurmo daraxti bo‘lsa kerak» degan fikr kelgan erdi»,—dedim. Hazrat Umar: «Nima uchun aytmading?»— dedilar. Men: «Sizlarning indamay turganingizni ko‘rib, biror so‘z aytishga jur’at qilmadim»,—dedim. Hazrat Umar: «Agar aytganingda, falon va falon narsalar xususida menga yaxshiroq bo‘lgan bo‘lur erdi!»—dedilar». 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo mustahkam so‘z (kalimai tavhid) barakotidan mo‘minlarni (bu dunyoda ham, oxiratda ham) barqaror saqlar (saodatga muyassar qilur) (27- oyat) Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Musulmon banda qabrda so‘roq qilinsa, «Lo iloha illallohu va anna Muhammadan rasulullohi» deb shahodat aytadi. Bul xususda Olloh taolo: «Olloh taolo mustahkam so‘z (kalimai tavhid) barakotidan mo‘minlarni (bu dunyoda ham, oxiratda ham) barqaror saqlar (saodatga muyassar qilur)»— deydi». 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh taoloning ne’matini kufrga almashtirganlarni ko‘rmadingizmi?» (28-oyat) «A lam tara?» (28- oyat), ya’ni «ko‘rmadingizmi?» (bilmadingizmi?) degan ma’noda bo‘lib, Olloh taoloning boshqa suralardagi «A lam tara kayfa?», «A lam tara ilallaziyna...» degan qavllari kabidur. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Olloh taoloning ne’matini kufrga almashtirganlarni ko‘rmadingizmi?» degan oyatdagi kishilar Makka ahlining kofir bo‘lganlaridur»,— deydilar. «AL-HIJR» SURASI Mujoxid bunday deydilar: «Sirotun alayya mustaqiymun» (41- oyat) — «Haqiqat Olloh taologa olib boradi va uning yo‘li ham xuddi shundaydur», «La-bi-imomin mubiynin» (79- oyat) — «ravshan yo‘lda» demakdu r». Ibn Abbos: «La-’amruka» (72- oyat) — «Hayotingiz haqqihurmati, qasam ichamanki...», «qavmun munkaruuna» (62- oyat) — «Lut inkor qilgan qavm» degan ma’nodadur»,— deydilar. Boshqa bir mufassir: «Kitobun ma’luumun» (4- oyat) — . «ajal», «lav mo ta’tiyno» (7- oyat) — «bizga yubormaysanmi?» (keltirmaysanmi?), «shiya’» (10- oyat) — «jamoalar» degan ma’nodadur»,— deydilar. Ibn Abbos: «Lil-mutavassimiyna» (75- oyat) — . «kuzatuvchilarga, ibrat oluvchilarga», «sukkirat» (15-oyat) — «(ko‘zlarimiz) bog‘lanibdur», «buruujan» (16- oyat) — «Quyosh va oy uchun burjlarni», «lavoqiha» (22-oyat)— «(bulutlarni) suvga to‘ydirsin deb», «hama’» (26- oyat) — «qora loy», «masnuun» (26- oyat) — «qo‘yilgan», «lo tavjal» (53- oyat) — «qo‘rqma», «dobira» (66- oyat) — «oxiri, tomiri», «La-bi-imomin mubiynin» (79- oyat), «al-imom — seni to‘g‘ri yo‘ldan ergashtirib boruvchi, to‘g‘ri yo‘lga solib quyuvchi har bir narsa», «as-sayhatu» (83- oyat) — «halokat», «illo man- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling