Abu abdulloh
-bob Olloh taoloning qavli: «... va ko‘ngillarini olmoq zarur bo‘lgan
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-bob. Olloh taoloning qavli: «Uz ixtiyorlari birlan sadaqa berguvchi musulmonlarni ayb qilguvchilar...»(79- oyat)
- 11-bob Olloh taoloning qavli: «Siz ular uchun xoh mag‘firat talab qiling va xoh talab qilmang, (baribir befoyda) va agar siz yetmish marta ular uchun mag‘firat
- 12-bob. Olloh taoloning qavli: «Ulardan birortasi o‘lsa, hech qachon unga janoza o‘qimangiz va qabri tepasiga bormangiz...» (84- oyat)
- 13-bob. Olloh taoloning qavli: «Sizlar ulardan yuz o‘girmoq bo‘lib (g‘azotdan) ular tomon qaytganingizda, endi ular huzurlaringizda Olloh taologa qasam
- 14-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular sizlarni o‘zlaridan rozi qilmoq uchun huzurlaringizda qasam ichurlar, agar sizlar ulardan rozi bo‘lsangizlar ham
- 15-bob. Olloh taoloning qavli: «Payg‘ambar va boshqa mo‘minlarning mushriklar uchun mag‘firat talab qilmoqligi durust emasdur...» (113- oyat)
- 16-bob Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, Olloh taolo payg‘ambarga hamda ul muhojiru ansorlarga mehribonlik qildiki, ular o‘zlariga mansub bir firqaning
- «(Olloh taolo) ul keyinga qoldirilgan uch kishiga ham mehribonlik qildiki, ularga bunga qadar keng yer yuzi tor bo‘lgan va jonlari
- 17-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, Olloh taolodan qo‘rqingizlar va rostgo‘ylar birlan bo‘lingizlar!» (119- oyat)
- 18-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey insonlar, sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lmish payg’ambar keldi, sizlar tortgan kulfat unga og‘irdur, u sizlarga nihoyatda
9-bob Olloh taoloning qavli: «... va ko‘ngillarini olmoq zarur bo‘lgan kishilarga...» (60- oyat) Mujohid «tuhfa (in’om) lar birla ko‘ngillari olinadi»,—deydilar. Abu Sa’id raziyallohu anhu bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir narsa yuborishdi, ul zot uni to‘rt kishiga taqsimlab berdilar-da «Men ularning ko‘nglini olaman»,— dedilar. Shunda bir kishi «Adolat qilmadingiz!»—dedi. Janob Rasululloh «Mana shu odamning pushtikamaridan dindan o‘q yanglig‘ otilib chiqib ketuvchi qavm dunyoga keladi!»—dedilar» 10-bob. Olloh taoloning qavli: «Uz ixtiyorlari birlan sadaqa berguvchi musulmonlarni ayb qilguvchilar...»(79- oyat) «Yalmizuuna» — «ayb qilurlar», «juhduhum» — «kuchlari» deganidur (79- oyat). Abu Mas’ud bunday deydilar: «Sadaqa qilmog‘imiz amr qilinganda, biz hammollik (qilib topgan pulimizdan sadaqa) qilur erdik. Abu Uqayl yarim so’, boshqa bir kishi undan ko‘proq sadaqa qildi. Shunda munofiqlar «Olloh taolo boydur, u manavi birlan anavining qilgan sadaqasiga zor ermasdur, bularning qilgan ishi riyokorlikdan boshqa narsa ermas!» — deyishdi. Shundan so‘ng, Olloh taolo «Uz ixtiyorlari birlan sadaqa berguvchi musulmonlarni ayb qilguvchilar hamda o‘z kuchidan bo‘lak narsaga ega bo‘lmaganlarni» degan oyati karimani nozil qildi». Abu Mas’ud al-Ansoriy bunday deydilar: «Janob Rasululloh sadaqa qilmog‘imizni amr Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 157 qilur erdilar. Ba’zi birimiz bir muddgacha sadaqa qilmoqqa muvaffaq bo‘lur erdik. Bugun ersa, ayrimlarimizda yuz ming pul bo‘lib, go‘e o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi» 11-bob Olloh taoloning qavli: «Siz ular uchun xoh mag‘firat talab qiling va xoh talab qilmang, (baribir befoyda) va agar siz yetmish marta ular uchun mag‘firat talab qilsangiz ham, Olloh taolo sira ularni mag‘firat qilmagay...» (80- oyat). Abdulloh Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, otasini kafanlamoq uchun ul zotning ko‘ylaklarini so‘radi. Janob Rasululloh unga ko‘ylaklarini berdilar. Keyin, Abdullohning o‘gli ul zotdan otasiga janoza o‘qimoqlarini iltimos qildi. Janob Rasululloh janozaga bormoqchi bo‘lib o‘rinlaridan turgan erdilar, Hazrat Umar ham turib, ul zotning kiyimlaridan ushladilar-da: «Yo Rasulalloh, rabbingiz unga janoza o‘qimogingizni man’ qilgan bo‘lsa ham, unga janoza o‘qiysizmi?» — dedilar. Janob Rasululloh. «Olloh taolo menga tanlash ixtiyorini berib, «Siz ular uchun xoh magfirat talab qiling va xoh talab qilmang, (baribir befoyda) va agar siz yetmish marta ular uchun magfirat talab qilsangiz ham, Olloh taolo sira ularni magfirat qilmagay ..» deb aytgandur, men yetmish martadan ham oshirgayman, chunki u munofiqdur»,.— dedilar. So‘ng, ul zot Abdulloh ibn Ubayga janoza o‘qidilar Shunda, Olloh taolo «Ulardan (ya’ni, munofiqlardan) birortasi o‘lsa, hech qachon unga janoza o‘qimangiz va qabri tepasiga bormangiz!» degan oyati karimasini (84- oyat) nozil qildi». Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu bunday deydilar: «Abdulloh ibn Ubay ibn Salul vafot etganda, Janob Rasulullohni unga janoza o‘qimoqqa chaqirishdi. Ul zot janozaga hozirlanganlarida, men. «Yo Rasulalloh, Abdulloh ibn Ubayga janoza o‘qiysizmi, axir u falon kuni shunday va shunday gaplarni aytib erdi-ku?»—dedim. Janob Rasululloh tabassum qildilar-da, so‘ng ko‘p gapirib yuborganimdan bezor bo‘lib: «Ey Umar, nariroq turgil!» — dedilar. Keyin, yana: «Menga tanlash ixtiyori berilgan, men tanladim. Agar uning uchun yetmish martadan ziyod magfirat talab qilsam, Olloh taolo uni magfirat qilmogini bilganimda erdi, yetmish martadan ko‘proq talab qilgan bo‘lur erdim!»—deb aytdilar. Janob Rasululloh unga janoza o‘qib bo‘lib, endigina yo‘lga tushib erdilar hamki, «Baroat» surasining quyidagi ikki oyati nozil bo‘lib qoldi-«Ulardan birortasi o‘lsa, hech qachon unga janoza o‘qimangiz va qabri tepasiga bormangiz. .» («ular fosiqdurlar» degan qavligacha) Keyin, men Janob Rasulullohga e’tiroz bildirmoqqa jur’at qilganimdan taajjublanib yurdim. Olloh taolo va uning Rasuli eng bilguvchidur!». 12-bob. Olloh taoloning qavli: «Ulardan birortasi o‘lsa, hech qachon unga janoza o‘qimangiz va qabri tepasiga bormangiz...» (84- oyat) Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Abdulloh ibn Ubay vafot qilganda, uning o‘gli Abdulloh ibn Abdulloh Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, ul zot unga o‘z ko‘ylaklarini berib, otasini shu birlan kafanlamoqni amr qildilar. Keyin, Abdulloh ibn Ubayga janoza o‘qimoqchi bo‘lib o‘rinlaridan turib erdilar, Hazrat Umar kiyimlaridan ushlab: «Yo Rasulalloh, u munofiq bo‘lsa ham janoza o‘qiysizmi, axir Olloh taolo ular uchun magfirat talab qilmogingizni man’ qilgan-ku!»—dedilar. Janob Rasululloh: «Olloh taolo menga tanlash ixtiyorini bergan (yoki xabar bergan) va «Siz ular uchun xoh magfirat talab qiling va xoh talab qilmang, (baribir foydasiz) va agar siz ular uchun yetmish marta magfirat talab qilsangiz ham, Olloh taolo ularni sira magfirat qilmagay» deb aytgan. Men uning uchun yetmish martadan ziyod magfirat talab qilgayman»,— dedilar. So‘ng, ul zot Abdulloh ibn Ubayga janoza o‘qidilar, biz ham birga Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 158 o‘qidik. Keyin, Olloh taolo «Ulardan birortasi o‘lsa, hech qachon unga janoza o‘qimangiz va qabri tepasiga ham bormangiz, chunki ular Olloh taolo birlan uning rasuliga kofir bo‘ldilar va fosiqliklaricha o‘ldilar» degan oyati karimasini nozil qildi». 13-bob. Olloh taoloning qavli: «Sizlar ulardan yuz o‘girmoq bo‘lib (g‘azotdan) ular tomon qaytganingizda, endi ular huzurlaringizda Olloh taologa qasam ichurlar, ulardan yuz o‘giringizlar, chunki ular nopokdurlar va ularning joyi jahannamdurki, (bu) qilmishlari uchun jozo bo‘lsin!» (95- oyat) Abdulloh ibn Ka’b Tabuk gazotidan qolib ketgan Ka’b ibn Molikning bunday deb aytganlarini eshitgan erkanlar: «Xudo haqi, Olloh taolo meni islomga hidoyat qilgandan keyingi ne’matlarning eng ulug‘i Janob Rasulullohga bo‘lgan sadoqatimdur, agar ul zotga o‘zgalar singari yolg‘on vaj ko‘rsatganimda erdi. Olloh taolo «Sizlar ulardan yuz o‘girmoq bo‘lib (g‘azotdan) ular tomon qaytganingizda, endi ular huzurlaringizda Olloh taologa qasam ichurlar, ulardan yuz o‘giringizlar, chunki ular nopokdurlar va ularning joyi jahannamdurki, (bu) qil-mishlari uchun jazo bo‘lsin! (95-oyat). Ular sizlarni o‘zlaridan rozi qilmoq uchun huzurlaringizda qasam ichurlar, agar sizlar ulardan rozi bo‘lsangizlar ham, Olloh taolo fosiq qavmdan rozi bo‘lmas! (96-oyat)» degan oyatlarini vahiy qilib yuborganda yolg‘on so‘zlab halok bo‘lganlar yanglig‘ halok bo‘lgay erdim». 14-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular sizlarni o‘zlaridan rozi qilmoq uchun huzurlaringizda qasam ichurlar, agar sizlar ulardan rozi bo‘lsangizlar ham, Olloh taolo fosiq qavmdan rozi bo‘lmas!» (96- oyat). «Va boshqa bir qancha kishilar bordurlarki, ular o‘z gunoxlarini e’tirof qildilar va amali solihlarini hamda boshqa yomon ishlarini omuxta qildilar, shoyadki Olloh taolo ularni mag‘firat qilsa, darhaqiqat Olloh taolo mag‘firatli mehribon zotdur! (102- oyat)» Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alaihi va sallam bizga bunday deb aytdilar «Bu kecha mening huzurimga ikki kishi (ikki farishta) kelib, meni uygotishdi-da, oltin va kumush g‘ishtlardan bunyod etilgan bir shaharga olib borishdi. U yerda bizga yarmi sen ko‘rib yurgan xushnamo odamlardan ham go‘zalroq va yarmi sen ko‘rib yurgan badnamo odamlardan ham xunukroq kishilar duch keldi. Hamrohlarim ularga «Boringizlar, anavi daryoga tushib cho‘milib chiqingizlar!»— deyishdi. Ular daryoda cho‘milib chiqqach, qiyofalaridagi badnamolik yo‘qolib, juda go‘zal surat kasb etishdi. Hamrohlarim menga «Bu — Adn jannatidur, anavi ersa, sening joyingdur»,— deyishdi. So‘ng «Ammo yarmi go‘zal va yarmi badnamo qavm xususiga kelsak, ular amali solihlarini hamda boshqa yomon ishlarini omuxta qilgan kishilar bo‘lib, Olloh taolo ularni mag‘firat qilgandur» — deb aytishdi». 15-bob. Olloh taoloning qavli: «Payg‘ambar va boshqa mo‘minlarning mushriklar uchun mag‘firat talab qilmoqligi durust emasdur...» (113- oyat) Sa’id ibn Musayyab otalaridan nakl qiladilar: «Ulim to‘shagida yotgan Abu Tolibning huzurida erkanligimda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kirib keldilar. Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayya ham shu yerda erdi. Payg‘ambar alayhissalom «Ey amaki, «Lo iloha illalloh» deb kalima keltiringiz, bu Olloh taoloning dargohida siz uchun mag‘firat talab qilmog‘im uchun zarurdur! — dedilar. Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayya ersa, Abu Tolibga «Ey Abu Tolib, Abdulmuttalib millatidan yuz o‘girasizmi?» — Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 159 deyishdi. Janob Rasululloh «Agar Olloh taolo siz uchun mag‘firat talab qilmog‘imni rad etmasa, albatta siz uchun mag‘firat talab qilgayman» — dedilar. Shunda Olloh; taolo «Payg‘ambar va boshqa mo‘minlarning mushriklar uchun, garchi ular qarindoshlari bo‘lsa-da, do‘zaxiy erkanliklarini bila turib mag‘firat talab qilmoqlari durust ermasdur» (113-oyat) deb vahiy nozil qildi. 16-bob Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, Olloh taolo payg‘ambarga hamda ul muhojiru ansorlarga mehribonlik qildiki, ular o‘zlariga mansub bir firqaning alblari buzilay deganda yuz berg‘an qiyinchilik onlarida payg‘ambarga itoat etdilar, keyin Olloh taolo ularga mehribonlik qildi, darhaqiqat u ularga mushfiq mehribondur!» (117- oyat) Abdulloh ibn Ka’b rivoyat qiladilar: «Men Ka’b ibn Molikning «Ul keyinga qoldirilgan uch kishiga ham» degan oyat xususidagi hadislarini eshitdim. Ul kishi o‘z hadislarining oxirida «Uzimning magfirat qilinganim uchun Olloh taolo va uning rasuli yo‘lida molimdan sadaqa qilmogim lozim»,— dedilar. Janob Rasululloh «Ba’zi molingni olib qolgin, bu o‘zing uchun yaxshidur»,— dedilar». Olloh taoloning qavli: «(Olloh taolo) ul keyinga qoldirilgan uch kishiga ham mehribonlik qildiki, ularga bunga qadar keng yer yuzi tor bo‘lgan va jonlari siqilgan erdi va ular o‘zlariga Olloh taolodan o‘zga panoh yo‘q, deb bilgan erdilar, keyin Olloh taolo ular tavba qilsinlar, deb ularga mehribonlik qildi, darhaqiqat Olloh taolo tavba qabul qilguvchi mehribon zotdur!» (118-oyat) Abdulloh ibn Ka’b ibn Molik otalaridan nakl kiladilar: «Men Olloh taolo afv etgan uch kishidan biri bo‘lmish otam Ka’b ibn Molikning Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bo‘lgan gazotlarning, Tabuk va Badr gazotlaridan tashqari, birortasidan qolmaganliklarini eshitganman. Otam bunday deb erdilar: «Men tong otgach, Janob Rasulullohga bor haqiqatni aytmoqqa jazm qildim. Ul zot, odatda, safardan ertalab qaytar va dastlab masjidga kirib ikki rak’at namoz o‘qir erdilar. Janob Rasululloh odamlarga men va ikki sherigim (Hilol va Murora) birlan gaplashmoqni man’ qildilar, lekin bizdan bo‘lak gazotdan qolganlar birlan so‘zlashmoqni man’ qilmadilar. Odamlar biz birlan gaplashmay qo‘yishdi. Bu ahvol uzoq davom etib, men hatto o‘lmogimni afzal ko‘rdim Lekin, agar o‘lsam, Janob Rasululloh menga janoza o‘qimaydilar yoki o‘zlari vafot etib qolsalar, men o‘shal yolgon vaj ko‘rsatganlar qatorida qolib ketib, biror kishi men birlan so‘zlashmaydi ham, o‘lsam, janoza o‘qimaydi ham, deb cho‘chidim. Nihoyat, Olloh taolo tunlardan birining oxirgi uchdan bir qismi qolganda bizni afv etganligi xususida o‘z rasuliga vahiy nozil qilib qoldi, shunda ul zot Ummu Salamaning huzurlarida erdilar. Ummu Salama men birlan yaxshi munosabatda bo‘lib, menga yordam qilib turar erdilar. Janob Rasululloh: «Ey Ummu Salama, Ka’b afv qilindi»,— dedilar. Ummu Salama: «Uning huzuriga odam yuborib, xushxabardan voqif qilayinmi?»—dedilar, Janob Rasululloh: «Agar odamlar sizlarni bezovta qilib, kechaning qolgan qismidagi uyquni buzmogini istasangizlar, mayli»,— dedilar. Keyin, Janob Rasululloh bomdod namozini o‘qib bo‘lgach, Olloh taoloning bizni afv etganini namozxon-larga e’lon qildilar. Odatda, ul zot bashorat qilsalar. yuzlari oy parchasidek qizarib, tovlanib ketar erdi. Janob Rasululloh qoshlarida kechirim so‘raganlarning uzrini qabul qilib, biz gazotdan qolgan uch kishiga nisbatan hukm chiqarmoqni Olloh taoloning o‘ziga havola qildilar. Olloh taolo biz uch kishining tavbasini qabul qilganligi haqida vahiy nozil qilib hamda gazotdan qolgan boshqa kishilar-ning yolgon vaj ko‘rsatib, Janob Rasulullohni aldaganini zikr qilganda ul Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 160 zot shul haqda gapirdilar va bizning afv etilganimizni bashorat qildilar, ammo biror kishi bu haqda lom-mim demadi. Olloh taolo subhonahu bunday dedi: «Ular sizlarning qoshlaringizda uzr ayturlar, ularning oldiga (gazotdan) qaytganingizda «Uzr so‘ramangizlar, biz hargiz sizlarga ishonmagaymiz, Olloh taolo bizga sizlar haqingizda ma’lum qilgandur, Olloh taolo birlan uning rasuli sizlarning amallaringizni ko‘rgay va keyin sizlar goibiy va oshkor narsalarni bilguvchi zotning dargohiga qaytarilgaysizlar, bas ul sizlarga qilib turgan ishlaringizni ma’lum qilgay» deb aytingiz!» (94-oyat)». 17-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, Olloh taolodan qo‘rqingizlar va rostgo‘ylar birlan bo‘lingizlar!» (119- oyat) Abdulloh ibn Ka’b ibn Molik rivoyat qiladilar: «Men Ka’b ibn Molikning Tabuk g‘azotidan qolgan kezlarida bunday deb aytganlarini eshitdim: «Xudo xaqi, men Olloh taolo biror kishini rostgo‘yligi uchun baloga giriftor qilganini bilmayman, Janob Rasulullohga shul haqda aytganimdan buyon hozirgi kunga qadar yolg‘on gapirmoqqa qasd qilmaganim Olloh taoloning meni baloga giriftor qilganidan afzaldur! Olloh taolo o‘z rasuli sallallohu alayhi va sallamga «Darhaqiqat, Olloh taolo payg‘ambarga hamda ul muhojiru ansorlarga mehribonlik qildiki...» («rostgo‘ylar birlan bo‘lingizlar» degan qavligacha, 117,118,119- oyatlar) degan oyati karimasini nozil qildi». 18-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey insonlar, sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lmish payg’ambar keldi, sizlar tortgan kulfat unga og‘irdur, u sizlarga nihoyatda yaxshilikni ravo ko‘rguvchi bo‘lib, mo‘‘minlarga mushfiq mehribondur» (128- oyat) Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamga vahiy kelganda yozib oluvchilardan biri bo‘lmish Zayd ibi Sobit al-Ansoriy raziyallohu anhu bunday deydilar: «Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu Yamoma ahli qilgan qotillik sababidan menga odam yuborganlarida huzurlarida Xazrat Umar o‘ltirgan erdilar. Abu Bakr menga: «Hazrat Umar huzurimga kelib: «Yamoma qotilligi sodir bo‘lgan kuni Qur’on qorilarining bir qanchasi o‘ldirildi, agar qorilar shul tariqa qirilib ketaversa, Qur’onning ko‘p qismi unutilib ketmasa erdi, deb qo‘rqaman. Shul boisdan Qur’on (suralarini) jamlab kitob qildirsangiz!» — dedi. Men: «Janob Rasululloh qilmagan ishni men qanday qilgum?» — dedim. Xazrat Umar: «Olloh taolo haqi, bu xayrli ishdur!» — deb mendan qayta-qayta iltimos qilaverdiki, hatto Olloh taolo Umarning qalbini moyil qilgan ishga mening qalbimni ham moyil qilib qo‘ydi va men Umarning fikriga qo‘shildim. (Ey Zayd), sen aqlli yigiqan, shul vaqtga qadar biror ayb qilganingni bilmaymiz, sen Janob Rasulullohga kelgan vahiylarni yozib olur erding, endi Qur’on (suralarini qorilardan) surishtirib topib, jamlagil!» — dedilar. Men: «Olloh taolo haqi, menga Qur’onni jamlamoqdan ko‘ra biror tog‘ni turgan yeridan boshqa joyga ko‘chirib qo‘ymoqni buyursangiz, osonroq bo‘lur erdi, axir Janob Rasululloh qilmagan ishni sizlar qanday qilib uddalagaysizlar?!» — dedim. Abu Bakr Siddiq: «Olloh taolo haqi, bu xayrli ishdur!» — deya iltimos qilmoqlarini qo‘ymadilar, hatto Olloh taolo Abu Bakr Siddiq birlan Hazrat Umarning qalblarini moyil qilgan ishga mening ham qalbimni moyil qilib qo‘ydi va men Hazrat Umarning fikrlariga qo‘shilib, Kur’onning xurmo yaproqlariga, teri parchalariga, sopol va yassi toshlarga bitilgan hamda qorilar zehnida saqlangan oyat va suralarini surishtirib topib, jamlashga kirishdim. «Tavba» surasining «Ey insonlar, sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lmish payg‘ambar keldi, sizlar tortgan kulfat unga og‘irdur, u sizlarga nihoyatda yaxshilikni ravo ko‘rguvchi bo‘lib» degan oyati birlan undan keyingi oyatni Xuzaymadan topdim, ularni o‘zgalardan topmagan erdim. Qur’on jamlangan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 161 sahifalar, avval Abu Bakr Siddiqning, ul kishi vafot etganlaridan so‘ng, Hazrat Umarning, ul kishi vafot etganlaridan keyin, (Hazrat Umarning) qizlari Hafsaning qo‘llarida saqlandi». «YUNUS» SURASI Ibn Abbos bunday deydilar: «Fa-xtalata» (24- oyat) — «har turli (giyohlar) suv birlan undi», «Qoluu «Ittaxa-zallohu valadan, subhonahu huval-g‘aniyyu» (68- oyat) — «Kofirlar «Ollohning bolasi bordur»,— deyishdi, vaholanki Olloh taolo boydur, uning bunga hech ehtiyoji yo‘qdur» degan ma’nodadur» Zayd ibn Aslam bunday deydilar «Anna lahum qadama sidqin» (2- oyat) degani «Muhammad sallallohu alayhi va sallam» demakdur» Mujohid bunday deydilar: «Xayrun» (58- oyat) deganda o‘shal oyatlar, ya’ni Qur’on hukmlari nazarda tutiladi «hatto izo kuntum fil-fulki va jarayna bihim (22-oyat) «hattoki sizlar kemalarda bo‘lursizlar va yurur kemalar ular ila» degan jumladagi «ular ila» «sizlar ila» demakdur. «Da’vohum» (10-oyat)—«duolari», «uhiyta bihim» (22-oyat)— «halokat yoqasiga yaqin bordilar», «fa-atba’ahum» (90-oyat)—«va orqalaridan keldi», «advan» (90- oyat) — «dushmanlik qilmoq bo‘lib» degan ma’nodadur. «Va lav yu’ajjilullohu lin-nosish-sharras-ti’jolahum bil-xayri la quziya ilayhim ajaluhum» (11- oyat)—«Va agar Olloh taolo odamlar yaxshilikni shoshib (oshiqib) talab qilganlari kabi ularga yomonlikni tezdan yuborsa erdi, ularning hayotlari muddati tamom qilinur erdi» degan ma’noda bo‘lib, agar inson farzandidan yoki biror boshqa yaqin kishisidan g‘azablanganida «Parvardigoro, unga muruvvat qilmagaysan, uni la’natlagaysan!» deb qarg‘asa-yu, Olloh taolo tezdan ijobat qiladirgan bo‘lsa, ul holda ularning hayotlari muddati tamom qilingan bo‘lur erdi. «Lillaziyna ahsanuul-husno va ziyodatun» (26- oyat) — «Yaxshilik qilganlar uchun yaxshilik (yaxshi maqom) va ham mag‘firat bordur» degan ma’nodadur». Boshqa bir tafsirchi «Ziyodatun» (26- oyat) — «Olloh taoloning diydoriga boqmoqlikdur»,— deydilar. Olloh taoloning qavli: «Va biz Banu Isroilni daryodan o‘tkazdik, Fir’avn birlai uning lashkarlari zulm va dushmanlik qilmoq uchun ularning ortlaridan keldi va g‘arq bo‘la boshlagan vaqtida: «Men Banu Isroil iymon keltirgan tangridan bo‘lak tangri yo‘q, deb iymon keltirdim va men musulmonlardanman»,— dedi» (90- oyat) «Nunajjiyka» (92- oyat) — «Seni baland yerga (tepalikka) chiqarib tashlagaymiz» deganidur. Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallalpohu alayhi va sallam yahudiylar Oshuro ro‘zasini tutayotgan vaqtda Madinaga keldilar. Shunda ular «Bu kun Muso alayhissalom Fir’avn ustidan zafar topgan kundur»,— deyishdi. Janob Rasululloh sahobalariga «Sizlar Muso alayhissalomga ulardan ham haqliroqdursiz-lar, Oshuro ro‘zasini tutingizlar!»—dedilar» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 162 HUD ALAYHIS-SALOT VAS-SALOM SURASI Ibn Abbos «Asiybun» (77 oyat) — «Og‘ir, qattiq», «Lo jarama» (22-oyat)— «albatta» degan ma’nodadur»,— deydilar. Boshqa bir tafsirchi «Va hoqa» (8- oyat) — «Va o‘rab (qamrab) olur» degan ma’nodadur»—deydilar. Mujohid bunday deydilar: «Fa-lo tabtais» (36-oyat) — «Xafa bo‘lma», «Yasnuuna suduurahum» (5- oyat) — «Haq xususida shak va bo‘hton qilmoqlik»dur. «Li-yastaxfuu minhu» (5- oyat) — «Olloh taolodan yashirinmoq uchun» deganidur» Abu Maysara «Avvohun» (75- oyat) habashcha so‘z bo‘lib, «rahimdil» demakdur»,— deydilar. Ibn Abbos «Bodiyar-ra’yi» (27-oyat)—«Bizga ko‘ringan, bizga tuyulgan narsa»,— deydilar. Mujohid «Al-Juudiyyu» (44-oyat)— «(Ibn Umar) jaziyrasidan, ya’ni shu nom birlan ataluvchi Suriyadagi shahardan taxminan 40 km shimoli sharqqa joylashgan tog‘»,— deydilar. Hasan: «Innaka la-antal-haliymu» (87- oyat) — «Albatta, sen sabr-toqatlidursan» deyish birlan Shu’aybni qavmi masxara qildi»,— deydilar. Ibn Abbos: «Aqli’iy» (44-oyat)—«to‘xta», «asiybun» (77-oyat)— «og‘ir, qattiq», «lo jarama» (22-oyat) — «albatta», «Va forat-tannuuru» (40- oyat) — «Suv otilib chiqdi» degan ma’nodadur»,— deydilar. Ikrima: «A-lo innahum yasnuuna suduurahum li-yastaxfuu minhu, a-lo hiyna yastag‘shuuna siyobahum ya’lamu mo yusirruuna va mo yu’linuuna, innah aliymun bi- zotis-suduuri» (5- oyat) — «Ogoh bo‘linsin, ular Olloh taolodan yashirinmoq bo‘lib uning xususida shak va bo‘hton qilurlar, ogoh bo‘linsin, ular kiyimlari birlan boshlarini yopib olganlarida Olloh taolo ularning maxfiy va oshkora qilib turgan narsalarini bilib turur, ul albatta dillar sirlarini bilguvchi zotdur» degan oyat butun yer yuzi (ahliga) qaratilgandur»,— deydilar. Boshqa bir tafsirchi: «Va hoqa» (8-oyat)—«Va o‘rab (qamrab) olur, (boshiga) falokat bo‘lib tushur» degan ma’noda»,— deydilar. Mujohid «Fa-lo tabtais» (36- oyat) — «Xafa bo‘lma», «Yasnuuna suduurahum» (5-oyat) — «Haq xususida shak va bo‘hton qilmoqlik», «Li-yastaxfuu minhu» (5-oyat) — «(Agar qo‘llaridan kelsa), Olloh taolodan yashirinmoq uchun» deganidur»,— deydilar. Muhammad ibn Ubod ibn Ja’far Ibn Abbosning «A-lo innahum yasnuuna suduurahum...» deb qiroat qilayotganlarini eshitib, shu oyat xususida so‘rabdilar. Ibn Abbos: «Odamlar hojatga borishsa ham, xotinlari birlan jimo’ qilishsa ham uyalishib osmonga qarashar erdi, shunda ushbu oyat o‘shalar haqida nozil bo‘lgan»,— debdilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 163 Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. Hazrat Umar bunday deydilar: «Ibn Abbos «A-lo innahum yasnuuna suduurahum...» deb qiroat qildi». Boshqa bir roviy bunday deydilar: «Iastag‘shuuna» (5- oyat) — «boshlarini yopadilar», «Si’a bihim» (77- oyat) — «qavmidan xafa bo‘ldi», «va zoqa bihim» (77- oyat) — «ulardan (xafa bo‘lib) yuragi siqildi», «bi-qit’in minal-layli» (81- oyat) — «kechqurun», «uniybu» (88- oyat) — «qay-turman» degan ma’nodadur». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling