Ruboiylar
Download 25.5 Kb.
|
Ruboiylar Bobur
Ruboiylar Husn ahlig'a zor-u mubtalo ko‘z ermish, Jonim bila ko‘nglumga balo ko‘z ermish. Fahm ayladim emdi, Boburo, ishq ichra, Ko‘zumni qorortqon qaro ko‘z ermish. Shohim sanga ma'lum emastur, ne qilay, Ohim sanga ma'lum emastur, ne qilay? Men yuz, qoshing dermen-u sen — badr-u hilol, Mohim, sanga ma'lum emastur ne qilay? G'urbat tug'i yopqon ruxi zardimnimu dey? Yo hajr chiqarg'on ohi sardimnimu dey? Holing ne durur? Bilurmusen, dardimni?! Holingni so‘raymu, yo‘qsa dardimnimu dey! Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qtur, Bir lahza-u bir nafas qarorim yo‘qtur. Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur. Download 25.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling