IMTIXON UCHUN SAVOL-JAVOBLAR
(8 ta darsdan)
Qur’on so’zining ma’nosi nima? Qur'oni Karim qanday kitob?
- ”Qur’on” so’zining o’zbekcha ma’nosi qiroatdir. Qur'oni Karim Allohning kalomi. Uni Jabroil alayhissalom payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga 23 yil davomida oyatma-oyat olib tushgan.
Qur'oni Karim bizga nimani o'rgatadi?
- Qur'oni Karim- insoniyatga qanday yashash, nimalarga e'tibor berish, qanday amallarni bajarib, qaysi ishlardan qaytishni o'rgatuvchi ilohiy dasturdir.
Tajvid so’zining ma’nosi nima? Tajvidning ta'rifini ayting.
- “Tajvid” so’zi arabcha “Javvada” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbekchada “Yaxshilash”, “Chiroyli qilish”, “Bezash”, “Mustahkamlash” degan ma'nolarni bildiradi.
Tajvid - Qur'oni Karimdagi harflarni o'z maxrajidan aniq chiqarib, ularning barcha sifatlarini berib, tajvid qoidalariga amal qilgan holda qiroat qilish ilmidir.
Tajvid o'rganishning hukmi qanday? Tajvidda farzi ayn va farzi kifoya nima?
- Qur'onni to'g'ri o'qiydigan darajada tajvid ilmini o'rganish har bir musulmonga farzi ayn, tajvid ilmini chuqur o'rganib, boshqalarga o'rgatish esa farzi kifoyadir.
Farzi ayn - Qur‘on o‘qishda tajvidga amal qilish har bir musulmonga farzi ayndir. Har bir kishi Kalomi sharifni to‘g‘ri o‘qiy oladigan darajada tajvidni o‘rganib, unga amal qilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |