Imtixon uchun savol-javoblar


Qalqala sifatning qaysi turiga mansub?


Download 343.81 Kb.
bet4/6
Sana20.06.2023
Hajmi343.81 Kb.
#1635282
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 5080321200152904011

Qalqala sifatning qaysi turiga mansub?

- Lozim sifatga mansub.

  1. Faol nutq a'zolarini sanang.

- 8 ta faol nutq a'zolari bo’lib, ular quyigagilar:

  1. Tovush paychalari.

  2. Til.

  3. Hiqildoq tog’ayi.

  4. Tanglay.

  5. Lakluk(tilcha).

  6. Tishlar.

  7. Burun bo’shligi.

  8. Ikki lab.

  1. Halqum necha qismdan iborat va ular qaysilar?

- Halqum 3 qismdan iborat bo'lib ular quyidagilar:

  1. Halqum tubi- aqsol halq.

  2. Halqum o’rtasi- vasatul halq.

  3. Halqum yuqorisi-adnal halq.

  1. "Alavtaarus sovtiyah" nima va u qayerda joylashgan?

- "Alavtaarus sovtiyah" o'zbekchada "tovush paychalari" bo'ladi va u halqum tubida joylashgan.

  1. Jarangli va jarangsiz tovushlar qanday hosil bo'ladi?

- Tovush paychalari bir muddat berkilgan vaqtda havo tovush paychalariga uriladi va tovush paychalarining tebranishi natijasida jarangli tovushlar hosil bo’ladi. Aksincha tovush paychalari ochiq bo'lganda jarangsiz tovushlar hosil bo'ladi.

  1. Hiqildoq tog'ayi qayerda joylashgan va nima vazifani bajaradi?

-Hiqildoq tog’ayi halqum o'rtasida joylashgan. Uning arabchasi " Lisaanul mizmar" deyiladi, vazifasi 2 ta:

  1. Nafas olish yo'liga ovqat o'tib ketmaslik uchun ovqat yutayotganda nafas olish yo'lini to ovqat o'tib ketguncha to'sib turadi.

  2. A’yn va ha harflarining talaffuzida halqum bo'shlig’iga surilib, tovushni siqadi.

  1. Tovush paychalari deb nimaga aytiladi?

- O'pkadan qaytayotgan havoni tebratish orqali nutq tovushini hosil qiladigan a'zo tovush paychalari deb ataladi.
3.Tanglay nechta bo'ladi?
-2 ta, tepa tanglay va pastki tanglay.

  1. Tepa tanglay” ning arabchasi qanday va vazifasi haqida gapiring.

- Tepa tanglay arabchada ”al hanakul a'laa” deb o'qiladi. Tepa tanglay - og'iz bo'shlig'ining yuqori devori, ya'ni tomi bo'lib, u qattiq va yumshoq tanglaydan iborat. Tepa tanglay harflar talaffuzida ishtirok etadi. Ba'zi harflar tovushi tepa tanglayga ko'tarilishi natijasida yo'g'on tovushlar hosil bo'ladi.

  1. Qaysi a'zo burun bilan og'iz bo'shlig'ini ajratib turadi?

- Bu a'zo qattiq tanglay bo‘lib arab tilida "Al hanakul a'zmiy” deyiladi.

  1. "Al lahaat" nima va qayerda joylashgan?

- "Al lahaat" bu lakluk bo'lib, yumshoq tanglay oxirida joylashgan.

  1. Laklukning vazifasi nimadan iborat?

- Laklukning 2 ta vazifasi bor:

  1. Tanglay pardasi vazifasini bajaradi.

  2. Ovqat chaynayotganda halqum, yutayotganda esa dimog' yo'lini to'sadi.

  1. Qattiq va yumshoq tanglayning arabchasi qanday bo'ladi? -

Qattiq tanglay - Al hanakul 'azmiy.
Yumshoq tanglay - Al hanakul lahmiy.

  1. Al xoyshum nima va uning vazifasini ayting.

Al xoyshum bu - dimog’, ya’ni burun bo’shlig’idir. U quyigahi vazifalarni bajaradi:

  1. Burundan kirgan havoni filtrlash.

  2. O'pkaga boradigani havoni ilitib berish.

  3. Tovush tebranishini hosil qilish. Nun va mim harflarining g'unnasi hoyshumdan chiqadi.

  4. Hid bilish.

  1. Til yuzasi necha qismga bo'linadi? Ular qaysilar?

- Til yuzasi 3 qismga bo'linadi va ular quyidagilar:

  1. Tilning oldi- toroful lisaan,

  2. Tilning o'rtasi- vasatul lisaan,

  3. Tilning yuqorisi- aqsol lisaan.

  1. Tilning bizga ko’rinmaydigan orqa qismining nomi nima ?

- Til ildizi, arabchada jazrul lisaan deyiladi.

  1. Aqsaamul lisaan nima?

-” Aqsaamul lisan” arabcha so’z bo’lib, o’zbekchasi ”til qismlari bo’ladi”.

  1. Tilning uchi ham qismga kiradimi? Uning nomlanishi qanday?

- Yo'q, qismga kirmaydi. Bu tilning uchi xolos. Arabchasi ”ro'sul lisaan” bo’ladi.


  1. Download 343.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling