Imtixon uchun savol-javoblar


Download 343.81 Kb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi343.81 Kb.
#1635282
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 5080321200152904011

Farzi kifoya - Tajvid ilmini mukammal o‘rganish farzi kifoyadir. Bu - bir jamoadan ma’lum bir kishilar o‘rgansa, yetarli deganidir. Tajvidni mukammal biluvchi topilmasa hamma birdek gunohkor bo‘ladi.

  1. Quroni Karimni tilovat qilgan banda qanday savobga erishadi?

- Qur'on hikmatlar zikri, ravshan nur, to’g’ri yo’l, shifobaxsh malhamdir. Uni tilovat qilgan kishi har bir harfiga 10 savob oladi. Tushunib amal qilgan odam do’zahdan najot topadi. Xullas, Qur’on bilan mashg’ul har daqiqamizga ibodat savobi beriladi.

  1. Qaysi surada "Qur'onni tartil bilan o'qi" deyilgan?

- Muzammil surasining 4-oyatida Alloh taolo: “Va Qur'onni tartil bilan (dona- dona qilib) tilovat qil ” deydi.

  1. Qiroat tezlik darajalari nechta va qaysilar?

- 3 ta daraja bor. Ular: tahqiq, tadvir va hadr. Tahqiq - sekin, tadvir- o'rtacha, hadr- tez o'qish degani.

  1. Tahqiq, tadvir va xadr darajalarining qay biri to'g'ri?

- Bu darajalarning hammasi to'g'ri va joiz. Har bir darajada tajvidga to’liq amal qilgan holatda o’qish kerak bo’ladi.

  1. Tajvid ilmini o'rganish qanday samara beradi?

- Qur'oni Karimni to'g'ri o'qishga yordam beradi.

  1. Ummatning eng yaxshilari haqidagi hadisni ayting.

- Usmon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Sizlarning eng yaxshilaringiz "Qur’oni o‘rganib va o‘rgatganlaringizdir" deb marhamat qilganlar.

  1. Tajvid bilan tartilning farqi nima?

- Tartil - harflarni maxrajidan chiqarib, sifatlarini berib, dona-dona qilib o'qish. Tajvid - shu tartilni o'rgatadigan fan. Ya'ni, Tartil - Qur'on o'qish uslubi, tajvid esa - ilmdir.

  1. Tajvid necha qismdan iborat va qaysilar?

- Tajvid 3 qismdan iborat bo'lib, ular quyidagilar:

  1. Harflarning maxraji

  2. Harflarning sifati

  3. Tajvid qoidalari.

  1. Tovushlar necha turga bo'linadi va ularni ayting.

- Tovushlar 2 turga, ya'ni unli va undosh tovushlarga bo'linadi.
Unli tovushlar - fatha, zamma, kasra va cho’ziq unlilardir.
Fatha, kasra, zamma- qisqa unlilar bo’lib, harf bilan yozilmayi, balki belgilar bilan ifoda qilinadi. Cho’ziq esa unlilar harakat va harfning qo’shilishidan hosil bo’ladi.
Undosh tovushlar - alifbodagi 28 harf tovushidir. Aslida arab alifbosida 29 harf bo’lib, undan alifni olib tashlasak 28 ta qoladi. Shu 28 ta harf undosh tovushlar bo’ladi.

  1. Cho’ziq unlilar nima va u yana qanday nomlanadi?

Cho’ziq unlar 3 ta bo’lib ular quyidagilar:

  1. Cho’ziq alif ”aa” deb o’qiladi, arabchada ” alif- ul maddiya deyiladi.

  2. Cho’ziq vaav ”uu” deb o’qiladi, arabchada ”vaav-- ul maddiya” deyiladi.

  3. Cho’ziq ”yaa” ”ii” deb o’qiladi, arabchada ” yaa ul maddiya” deyiladi. Cho’ziq unlilar ”Mad harflari” ham deyiladi.

  1. Nechta undosh tovush bor va ular nima bilan ifodalanadi?

- 28 ta undosh tovush bor va ular harflar bilan ifodalanadi.

  1. Undosh harflar necha xil holatda o'qiladi?

- 4 xil holatda: Fathali, zammali, kasrali va sukunli bo’lganda o'qiladi.

  1. Qaysi harf yolg’iz kelganda o'qilmaydi va nima uchun?

-Alif harfi, chunki u mustaqil undosh harf emas.

  1. Alif qanday holatda o'qiladi?

-Alif sukunli bo’lib, oldingi harf fathali bo'lsagina o'qiladi.

  1. Alifning yana qanday vazifasi bor?

-Hamzaga kursi bo'lib keladi, bunda alif o'qilmaydi, faqat hamzaning ustidagi harakat o'qiladi.

  1. Tovush bilan harfning farqi nimada?

-Tovush bizga eshitiladigan ovoz, harf esa tovushning yozuvdagi ifodasidir.

  1. Harakatlar qaysi? Nima uchun harakatlar deb ataladi?

- Domma, fatha, kasra harakatlar deb ataladi. Harakatlar deyishga sabab, fathada og’iz ochiladi, zammada lablar oldinga cho’chchayadi, kasroda iyak pastga tushib og’zimiz harakatga keladi.

  1. Harakatlar qaysi harflar bilan ifodalangan?

- Harakatlar harflar bilan yozilmaydi, balki ular belgilar bilan ifodalanib, undosh harfning usti yoki ostiga qo’yiladi.

  1. Maxraj nima?

- "Maxroj" so’zi arabcha "xoroja" (chiqdi) fe'lidan olingan bo’lib, "chiqish joyi deganidir". Ya'ni, harflarning talaffuz qilish o'rnidir.


  1. Download 343.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling