3 asosiy maxraj Til (lisaan)
Download 1.21 Mb.
|
Sifatlar
3 asosiy maxraj Til (lisaan) Tilda 10 ta xos maxraj boʻlib, undan 18 ta harf chiqadi. T il qisimlari-aqsaamul lisaan Til ildizi - Jazrul lisaan Til o'rtasi-Vasatul lisaan Til oldi-toroful lisaan Til uchi - ro sul lisaan Til yoni - hafatul lisaan Til oxiri - aqsol lisaan Til chetining oxiri - xosatul lisaan Til chetining o'rtasi - vasatul haafa Til chetining tugashi- aqsol haafa Til chetining old tamoni- adnal haafa T ishlar (al asnaan)32 ta Tepa tanglay- al hanakul a'laa Pastki tanglay- al hanakul asfal Old tishlar - assanaya - 4 ta Kurak tishlar- ar robbaiyyat - 4 ta Qoziq tishlar - al anyaab- 4 ta Tabassum tishlar- ad dovahik- 4 ta Oziq tishlar - al adroos- 12 ta Aql tishlar- an navajiz- 4 ta Til orqasi ق 5- xos maxraj Laqabi -lahaviy Qof ning maxraji tilning tubi , u yerda 2 ta maxraj boʻlib u yerdan 2 ta harf chiqadi 1.ق 2.ك Sifatlari: 1.Jahr 2.Shidda 3.Istelo 4.Infitoh 5.Qalqala Talaffuz jarayoni Qof - tilning tubi til negiziga eng yaqin joyi aqsol lisan yumshoq tanglayga tegishi bilan chiqadi.Ovoz paylari bir-biriga yaqinlashib havo qisiladi natijada tebranish hosil bo'lib jarang paydo boʻladi va tovush jarnagli (Jahr)sifati paydo boʻladi. Jarangli yoki yarangli emasligi faqatgina ovoz paylariga taluqli boʻladi Maxraj kuch bilan yopilib tovush qamalib yoki qisilib qolishi natijasida portlash (shidda)hosil boʻladi.shiddalarning hammasida maxraj toʻliq yopilladi portlash hosil boʻladi. Tilning aksar qismi uning roʻparasidagi tanglaydan uzoqlashib,til va tanglay orasida tovush qamalmaydi.Natijada Infitoh sifati hosil boʻladi. ق-sukunli boʻlganida jarang (jahr), portlash (shidda)sifatlari birlashib maxraj tebranib qalqala hosil boʻladi. Qalqala- tebranish degani ya'ni ,harf sukunli bo'lganida maxraj tebranadi va qalqala hosil boladi Sababi- ikki kuchli sifat jamlanganda tovush qisilishi (shidda) bilan havo qisilishi ( Jahr) nutq a'zolarimizda kuchli tebranish hosil boʻladi( Qalqala) Bu sifat faqat arablarda bor. قning talaffuzida tilning tubi rihva mintaqasida yumshoq tanglayga koʻtariladi.Bunda tilning oʻrtasida choʻkish sodir boʻladi va tovush bosimi yuqori tanglayga yoʻnaladi. Bunda istelo sifati hosil boʻladi. ك 3- asosiy maxraj ( Til ) 6-hos maxraj. Laqabi - Lahaviy Sifatlari: 1.Hams 2.shidda 3.istefol 4.Infitoh Talaffuz jarayoni كning maxraji tilning tubi yuqori yumshoq tanglayga va qattiq suyakli tanglay o'rtasiga tegishi bilan chiqadi.Oʻzi zaif harf.ك talaffuzida ovoz paylari bir biridan uzoqlashib havo oqib paylarni tebratmasdan jarangsiz(Hams) boʻlib chiqadi.Hattoki كning maxrajiga yetadi va kuch bilan maxraji yopiladi (portlash hosil boʻladi) va tovush qamalib qoladi.Qachonki maxrajga suyanishi zaiflashganda ozgina havo oʻtadi va boshida harf maxraji yopilganda kuchli boʻladi (shidda) oxirida hams zaif kuchsiz sifati paydo boʻlib chiqadi.كtalaffuzida tovush oqimi yuqoriga koʻtarilmadi (istefola) sifati chiqadi. T il oʻrtasi ج 3 -asosiy maxraj ( Til) 7-hos mahraj Laqabi - shajriy Sifatlari: 1.Jahr 2.Shidda 3.Istefol 4.Infitoh Talaffuz jarayoni: ج-til oʻrtasining roʻparasidagi qattiq yuqori tanglayga toʻliq suyanishining yopilishi bilan chiqadi.Til oldi pastda boʻladi.. Til yonlari yuqoridagi old tishlarning ichki milkiga yengil bosimsiz tegishi bilan chiqadi.Ovoz paylari yopiq va havo qisiladi (Jahr) Mahraj toʻliq yopilib tovush qisiladi ( shidda) Tilning tubi yotgan bo'ladi ( istefola) tovush oqishi yuqori tanglay gumbaziga koʻtarilmaydi.Chunki til yotgan holatda boʻladi.جsukunli bo'lganida qalqala bo'ladi.Tilning aksar qismi uning roʻparasidagi tanglaydan uzoqlashib,til va tanglay orasida tovush qamalmaydi.Natijada Infitoh sifati hosil boʻladi. ش 3 - asosiy maxraj (Til) 7- hos maxraj Laqabi - shajriy Sifatlari 1.Hams 2.Roxova 3.Istefol 4.Infitoh 5.Tafashshiy ش- til o'rta harf, til o'rtasidagi yuqori qattiq tanglay oʻrtasidan chiqadi. Talaffuz jarayoni: 1.Ovoz paylari bir-biridan uzoqlashib havo qisilmaydi.Ovoz paylari ochiq (Hams) 2.Tilning oʻrtasi koʻtarilib maxrajni yopmaydi va tovush sirgʻalib oʻtadi (Roxova) 3.Havo va tovush oqimining maxrajdan keng bemalol oʻtishi natijasida ogʻiz ichida yoyilib ketadi, ikki tepa va ikki pas tishlarning oʻrtasidan sirgʻalib oʻtadi.Natijada Tafashshiy sifati hosil boʻladi. Tafashshiy -faqat shu harfga mos sifatdir. 4.Toroful lisaan- til oldi pastga qaragan Muqabbas degani - Qabs eni kamonga oʻxshash qayrilgan , tilning uchi qayrilganiga qaramay pastki tishlarmizga tegmaydi (agar tegib qolsa,سga oʻxshab sofir boʻlib qoladi) 5.Til yonlari yuqorgi ogʻiz tishlarimizga kuchsiz tegib turadi. 6.Til ش- shin harfining talaffuzida ج- j harfining talaffuzidan koʻra uzunroq boʻladi va kengroq boʻladi. 7. Til tubi yotgan istefola va tovush yoʻnalishi yuqori tanglay gumbaziga yoʻnalmaydi,koʻtarilmaydi ي 3-asosiy maxraj (Til) 7-asosiy maxraj Laqabi -shajriy Sifatlari: 1.Jaxr 2.Roxova 3.istefol 4.infitoh 5.lin ي-oʻrta harf. til oʻrtasi bilan yuqori tanglay oʻrasidan chiqadi. Talaffuz jarayoni 1.Ovoz paylari bir-biriga yaqinlashib tovush qisilgan (Jaxr ) 2.Til oʻrtasi yuqoriga koʻtariladi lekin yopilmaydi. 3.til oldi va til tubi (Toroful lisaan va aqsol lisaan)pastga tushadi (Istefol).Ovoz paylari yopiq. 4.يharfining talaffuzida til جva شharflarning talaffuzidan koʻra Til holati uzunroq va kengroq boʻladi,lekin yuqorgi va pastki tishlar bir biriga yopishib qolmaydi . 5.agar يsukunli boʻlib undan oldingi harf fathali boʻlsa uning yumshoqlik (lin )sifati kuchayadi, yani harf osson va yengil chiqadi. T il yoni ض 3-asosiy maxraj (Til) 8- hos maxraj Laqabi -shajriy Til yonlarida 2 ta maxraj bor til yon qirgʻoqlari Aqsool haafadan boshlab adnal hafaagacha boʻlgan joy bilan tepadagi oziq tishlar-navajizdan kulganda koʻrinadigan -dovahikgacha (aql tishlaridan boshlab , tabbasum tishlarigacha) ning ichki milki , asosiy til suyanadigan joyi. Adnal haffadan boshlab, mintahal hafagacha boʻlgan oʻng dovahik tishlardan boshlab chap dovahik tishlargacha boʻlgan ichki milkni yengil tegishi bilan chiqadi. Sifatlari: 1.Jahr 2.Roxova 3.Istelo 4.itboq 5.Istetola Sukunli ض-Talaffuz jarayoni Tilning orqasi Aqsool lisan hanakul lahmi yuqori tanglayga koʻtariladi (istelo) 1.Til yonlari yuqori tanglayga koʻtarilib (yashil mintaqa)ga qattiq bosiladi.Til uchlari esa sariq mintaqaga yengil yetadi.Natijada tovush yoʻli tamoman yopiladi. Hamda tovush yuqori tanglay va til orasida qamalib qoladi.(itboq) 2.Tovush koʻtariladi va kuchayadi 3.Tovush bosmining kuchi sababli til uchi oldinga qarab suriladi.Hattoki tilning uchi milkning tishlar bilan tutashgan joyigacha siljiydi .shu bilan birga tovush ham oqadi. Mana shu holat ض ning (istetola )sifatini chiqaradi. Istetola sifatini faqat ض harfidagina uchratamiz va u uzun harakatli deganidir. Harakatli ض nutq jarayoni 1.Til huddi yuqorida aytilganidan yashil mintaqaga koʻtariladi.Til uchi sariq mintaqada. 2.Tovush jamlanib , tovush yig'iladi 3.Nutq aʼzolari maxrajlari tegib turgan joydan toʻliq uzoqlashadi. 4.Tovush tilning yon tomonidan ya'ni yashil mintaqadan chiqadi.Sariq mintaqa yopiq turadi. ض mahraji - tilning chekkasi (cheti) yuqoridagi oziq tishlarga tegishi bilan chiqadi. Mulohaza- ba'zi arab davlatlari harakatli ضharfini talaffuz qilishda maxrajni bir biridan uzoqlashishini tilning oʻng chetidan ba'zilari esa tilning chap chetidan boshlashgan ekan. Ba'zi qabilalar esa tilning ikki yonini birgalikda ishlatib talaffuz qilishadi. Til yoni Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling