3 asosiy maxraj Til (lisaan)


Download 1.21 Mb.
bet7/7
Sana25.01.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1122074
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sifatlar

1.Ovoz paylari bir-biriga yaqinlashib havo qisiladi (Jaxr)
2.Ikki lab chetlari bilan birga oldinga choʻchchayadi.Pastga ,yonga,tepaga emas.Ikki lab orasidan tovush oqib turishi uchun tirqish qoladi. (roxova)
3.Til orqasi pastda yotgan holatda boʻlib tovush yuqoriga koʻtarilmaydi.(Istefol)
4.Tanglay va til orasida tovush qamalmaydi(infitoh)
5.Harf sukunli boʻlib oldi fathali boʻlganda lin sifati boʻladi.

ب (kuchli harf)
4-asosiy maxraj( ikki lab)
16-hos maxraj
Hos maxraji ikki lab birgalikda mubolagʻasiz quvvat bilan yopilishi.
Laqabi- shafaviya
Sifatlari:
1.Jaxr
2.shidda
3.Istefol
4.Infitoh
5.Qalqala
Talaffuz jarayoni
1.Ovoz paylari bir biriga yaqinlashib havo qisiladi(Jaxr)
2.Tovush qisilishi uchun maxraj bir biriga quvvat bilan yopiladi(shidda)
Labni tashqari tomon chiqarilmaydi aks holda oʻzbek tilidagi jarangsiz (p) harfi boʻlib qoladi.
3.Tilning orqasi yotgan holatda tovush tanglay gumbaziga koʻtarilmaydi.(Istefol)
4.Tovush qamalmaydi tilning aksar qismi tanglaydan uzoqlashgan( infitoh)
5.Harf sukunli boʻlganda jarangli va portlovchi tovush maxrajni tebratib yuboradi( Qalqala)
Eslatma:Labning tashqi va yuza qismi ishlatilmaydi.
م (oʻrta harf)
4-asosiy maxraj( ikki lab)
16-hos maxraj
Laqabi-shafaviya
Hos maxraji- ikki labning بharfidan koʻra yengilroq.Dimogʻda gʻunna sifatining ishtiroki bilan chiqadi.
Sifatlari:
1.Jaxr
2.bayniya
3.Istefol
4.Infitoh
5.gʻunna
Maxrajning bayoni
مharfining maxraji 2 qismga boʻlinadi.
1.Ogʻiz va lab qismi shidda boʻlib , ikki labning birgalikda yopilib qamalishidan sodir boʻladi.
2.Dimogʻ(xoyshum) qismi burun boʻshligʻi boʻlib, u doimo ochiq turadi hamda undan gʻunna sifati roxova boʻlib oqib turadi.
Talaffuz jarayoni
1.Ovoz paylari bir-biriga yaqinlashib havo qisiladi (Jaxr)
2.مharfi talaffuz qilinganda tovushning bir qismi ogʻiz tomon yoʻnalib,ikki labga ya'ni maxrajga uchraydi va ikki lab toʻliq yopilib tovush qamalib qoladi.(shidda)50% tovushning qolgan yarmi dimogʻga yoʻnalib ochiq maxrajdan oqib oʻtadi (roxova)50% buni ulamolar bayniya oʻrta sifat deb atashgan.
3.Tilning orqasi yotgan holatda tovush tanglay gumbaziga koʻtarilmaydi.(Istefol)
4.Tovush qamalmaydi tilning aksar qismi tanglaydan uzoqlashgan( infitoh)

Dimogʻ(xoyshum)


5-asosiy maxraj boʻlib , 1 ta hos maxraji bor.
Xoyshum ya'ni dimogʻ burunni orqasida joylashgan boʻshliq hisoblanadi.Dimogʻ harf talaffuz qilmaydigan birgina maxraj hisoblanadi balki u gʻunna sifatining oʻrnidir.Gʻunnaning talaffuz vaqti uning martabasiga koʻra oʻrganish orqali mustahkamlanadi.
Gʻunnaning tarifi
Lugʻatda-dimogʻdan chiquvchi tovush boʻlib tilning ishtirokisiz talaffuz qilinadi.
Istelohda-نvaمharflarining jismida mavjud boʻlgan doimogʻ tovushidir.
Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling