3 asosiy maxraj Til (lisaan)


Download 1.21 Mb.
bet5/7
Sana25.01.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1122074
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sifatlar

Tilning uchi oldingi pastki ikki sanaya tishlarimizning ildiziga yaqinlashishdan hosil boʻladi.
Maxraj sharxi
Bu xarflarning maxrajini topish uchun til uchini pastki sanaya tishlarimizning ichki yozasiga ortiqcha bosimsiz tekkiziladi va tovush til ustidan tashqari tomon oqib oʻtadi hamda yuqorigi va pastki sanaya tishlar orasidan pastlab oqib oʻtadi va oʻtkir sirgʻaluvchi tovush eshitiladi. Bu tovushni ulamolar Sofir ya'ni xushtaksimon tovush deydilar.

Muhim tavsiyalar


1. Til uchi va pastki sanaya tishlari orasidan joy qoldirish mumkin emas.
2.Til uchini kuch bilan bosish mumkin emas.
3. Yoqorigi va pastki tishlarni bir biriga tekkizib yopib qoʻyish mumkin emas.
4.Tovushni yuqorigi va pastki sanaya tishlari orasidan chiqishiga diqqat qilish lozim aks holda tovush hamma tishlarga tarqab sofir sifati yoʻqoladi.


ز
3-asosiy maxraj (Til)
13-hos maxraj
Laqabi -assaliya
Sifatlari
1.Jaxr
2.Roxova
3.Istefol
4.Infitoh
5.Sofir
Talaffuz jarayoni
1.Ovoz paylariga yaqinlashib tovush qisiladi (Jaxr)
2.Sukunli holatda uzoq roxova qilib oʻqiladi
3.Til orqasi yotgan holatda boʻladi.(Istefol)
4.Tanglay va til orasida tovush qamalmaydi(infitoh)
5.Tovush til ustidan tashqari tomon oqib oʻtadi hamda pastki va yuqori sanaya tishlarimiz orasidan oqib oʻtkir sirgʻaluvchi tovush eshitiladi(sofir)


س
3-asosiy maxraj (Til)
13-hos maxraj
Laqabi -assaliya
Sifatlari:
1.Hams
2.Roxova
3.Istefol
4.infitoh
5.Sofir
Talaffuz jarayoni
1.Ovoz paylari bir biridan uzoqlashib tovush qisilmaydi(Hams)
2.Til uchi pastki sanaya tishlarimizga yengil tegib tovush oqib turadi.(Roxova)
3.Til orqasi yotgan holatda(Istefol)
4.Til va tanlay orasida tovush qamalmaydi
5.Tovush til ustidan tashqari tomon oqib oʻtadi hamda pastki va yuqori sanaya tishlarimiz orasidan oqib oʻtkir sirgʻaluvchi tovush eshitiladi(sofir)

ص ( kuchli harf)
3-asosiy maxraj(Til)
13-hos maxraj
Laqabi-assaliya
Til oldining tugash nuqtasi ya'ni til uchi pastki sanaya tishlarimizning ichki yuzasiga yetib tovush ustidan oqib yuqori va pastki sanaya tishlar orasidan pastlab oʻtadi.

Sifatlari


1.Hams
2.Roxova
3.Istelo
4.Itboq
5.Sofir
Talaffuz jarayoni
1.Tovush paylari bir biridan uzoqlashib tovush qisilmaydi. (Hams)
2.Tilning orqa qismi koʻtarilib ,oʻrta qismi qoshiq shaklida boʻlib qoladi. Shuning hisobiga harfning yoʻgʻonligi vujudga keladi(istelo)
3.Til uchi pastki sanaya tishlarimizning ichki yuzasiga yengil tegib tovush oqib turadi(Roxova)
4.Tilning koʻp qismi yuqori tanglay tomon yaqinlashib tanglay va til orasida tovush qamaladi. (Itboq)
5.Tovush til ustidan tashqari tomon oqib oʻtadi hamda pastki va yuqori sanaya tishlarimiz orasidan oqib oʻtkir sirgʻaluvchi tovush eshitiladi(sofir)

Til uchi milk harflar
Laqabi - lisaviya (maxraji milkka yaqin boʻlgani uchun)
3-Asosiy maxraj(Til)
14-xos maxraj
Lisaviya harflar ظ ذ ثboʻlib , til uchi oldingi ikki sanaya tishlarimizning qirrasidan chiqadi
Muhim tavsiyalar:
1.Til uchi yuqoriga sanaya tishlaridan ozgina mubolagʻasiz tashqariga chiqadi.
2.Tovush qamalib qolmasligi uchun tilga kuchli bosim berilmaydi.
3.Til uchining pastki tomonini sanaya tishlarimizga bosishdan extiyot boʻling
4.Faqat 2 ta sanaya tishlarimizni ishlatamiz robba'i tishlarimizni ishlatishdan extiyot boʻling.
5.Til uchining yonlari yuqorgi sanaya tishlariga tegishidan extiyot boʻling.
6.Til uchini yuqorigi sanaya tishlarimizning ichki yuzasiga yoki milkiga tekkazishdan extiyot boʻling.Aks holda tovush nit'iy harflarga aralashib qoladi. Chunki bu holatda tovush ikkita jarayonda eshitiladi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling