Abu abdulloh


-bob. Olloh taoloning qavli: «Uning Arshi suv ustida erdi» (7- oyat)


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/55
Sana19.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#148113
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild


1-bob. Olloh taoloning qavli: «Uning Arshi suv ustida erdi» (7- oyat) 
 
Abu Hurayra razilllohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
bunday deb aytdilar: «Olloh azza va jalla: «Nafaqa qil (ehson qil), men ham senga 
nafaqa qilgayman!»—deydi. Olloh taoloning qo‘li ne’matlarga to‘la bo‘lib, kecha-kunduz 
uni bandalariga in’om qilgani birlan sira kamaymagay. Ko‘rdingizmi, Olloh taolo 
osmon(lar) birlan yerni yaratgandan buyon qo‘lidagi ne’matlaridan qancha in’om 
qilmasin, zarracha kamaygani yo‘q! Uning Arshi suv ustida erdi va qo‘lida tarozu bo‘lib, 
uni dam tushirib, dam ko‘tarib turadi». 
 
«I’taroka» (53-oyat)—«senga ziyon-zahmat yetkazibdi», «Oxizun bino siyatiho» (56-
oyat)—«Biz uning mulki bo‘lib, tamoman uning hukmi ostidamiz», «aniydun» (59- oyat) 
— «jabr-zulm qilguvchi, sarkash», «ista’marakum» (61-oyat)— «sizlarni joylashtirdi», 
«nakirahum» (69- oyat) — «ulardan yoqiradi, ularni tan olmadi», «hamiy-dun 
majiydun» (73- oyat) — «ta’rif etilgan ulug‘ zotdur», «sijjiyl» (82-oyat)—«sopoltoshlar» 
degan ma’nodadur. Tamim ibn Muqbil bunday degan" 
 
«Hamak yorganlari yanglig‘ tuxumlarni uvol aylab, Ururlar qancha bo‘lsa, tandagi bor 
kuchlarin to‘plab, Bu qadar kuch birla hech kim otolmaydi sopoltoshni, Pahlavonlar 
uchun bu bir muammoli erur matlab». «Va ila Madyana axohum Shu’ayban» (84- oyat) 
— «Va biz birodarlari Shu’aybni Madyan ahliga yubordik», «varoakum zihriyyan» (92-
oyat)—«unga e’tibor bermadingizlar», «aroziluno» (27- oyat) — «tubanlarimiz, 
pastlarimiz», «ijromiy» (35-oyat)—«gunohlarim», «al-fulk» (37-oyat) — «kema», 
«majroho» (41- oyat) — «yurishi, suzishi», «mursoho» (41- oyat) — «to‘xtashi» degan 
ma’nodadur 
 
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va guvohlar: «Mana shulardurlar parvardigorlari 
xususida yolg‘on so‘zlaganlar»,— deb ayturlar, eshitingizlar, Olloh taoloning 
la’nati zolimlarga bo‘lsin...» (18- oyat) 
 
«Al-Ashhodu» (18- oyat) — «guvohlar», birligi — «shohid». 
 
Safvon ibn Muhriz bunday deydilar: «Ibn Umar tavof qilib turganlarida bir kishi kelib: 
«Ey Abu Abdurrahmon (balkim, «Ey Ibn Umar» deb aytgandur), Janob Rasulullohning 
Olloh taolo birlan banda o‘rtasida bo‘ladirgan o‘zaro (yuzma-yuz) suhbat haqida ne 
deganlarini eshitganmisiz?» — deb so‘radi. Ibn Umar: «Men Janob Rasulullohning 
bunday deganlarini eshitganman»,— dedilar: «Mo‘‘min banda o‘z rabbiga shul qadar 
yaqin borgaydurkim, hatto ul oraga pardasini tashlab olgay-da, «Bunday va bunday 
gunoh ishlaringni e’tirof qilasanmi?»—deb bandasini o‘z aybiga iqror qildirgay. Banda: 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
164
«Yo rabbim, ha, men e’tirof qilurman!» — deb ikki bor aytgay Olloh taolo. «Men sening 
o‘shal gunoh ishingni ul dunyoda yashirgan erdim, endi bugun uni mag‘firat qildim!»—
degay. So‘ng, o‘shal bandaning amali solihlari sahifasi varaqlab chiqiladi. Ammo, 
qolganlar (yoki kofirlar) guvohlar tomonidan «Mana shulardurlar parvardigorlari 
xususida yolg‘on so‘zlaganlar» deb ovoza qilinadi». 
 
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Parvardigoringizning jazosi mana shundaydur, 
agar u zolimlik qilgan mamlakatni jazolasa, jazosi nihoyatda dardlidur» (102-
oyat) 
 
«Ar-Rifdul-marfuudu» (99-oyat)—«qilingan yordam», «tarkanuu» (113-oyat)—«moyil 
bo‘ldilar», «fa-lav-lo-kona» (116-oyat)—«bas, nimauchun bo‘lmadi?», «utrifuu» (116- 
oyat) — «aysh-ishratga berildilar" degan ma’nodadur. 
 
Ibn Abbos: «Zafiyrun va shahiyqun» (106-oyat) — «qattiq va past ovoz»,— deydilar. 
 
Abu Muso raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Olloh taolo agar zolimga jazo bersa, uning osongina qutilib ketishiga yo‘l 
qo‘ymay, albatta umrini uzaytiradi»,— dedilar, so‘ng «Parvardigoringizning jazosi mana 
shundaydur, agar u zolimlik qilgan mamlakatni jazolasa, jazosi nihoyatda dardlidur» 
degan oyati karimani qiroat qildilar». 
 
4-bob Olloh taoloning qavli: «Va (ey habib), ado qilingiz namozni kunduzning 
har ikki tarafida (ya’ni, erta-yu kech namozi bomdod, peshin va asrni) va 
tunning ba’zi hissalarida (ya’ni, tunning dastlabki soatlarida shom va xuftonni), 
albatta yaxshiliklar ketkizur yomonliklarni, bu so‘z nasihatdur nasihat qabul 
qilguvchilar uchun» (114- oyat) 
 
«Va zulafan» (114-oyat)— «(tunning boshlang‘ich) soatlarida» degan ma’noda bo‘lib, 
hojilar to‘qqizinchidan o‘ninchiga o‘tar kechasi tunaydirgan «Muzdalifa» degan joy nomi 
shundan olingandur. 
 
Ibn Mas’ud raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi bir xotindan qiblaning 
qaysi tomonda erkanligini so‘rayotgan erdi, shu payt Janob Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam kelib qoldilar-da, unga qiblani ko‘rsatib qo‘ydilar Shunda ul zotga «Va (ey 
habib), ado qilingiz namozni kunduzning har ikki tarafida va tunning ba’zi hissalarida, 
albatta yaxshiliklar ketkizur yomonliklarni, bu so‘z nasihatdur nasihat qabul qiluvchilar 
uchun» degan oyati karima nozil bo‘ldi. Boyagi kishi: «Bu oyat mening xususimdami?» 
— dedi. Janob Rasululloh: «Shu oyatga amal qilgan ummatim uchun»,— dedilar» 
 
YUSUF ALAYHIS-SALOT VAS-SALOM SURASI 
 
Mujohid: «Muttakaan» (31- oyat) — «Al-Utrujju», ya’ni «limon» degani»,— deydilar. 
Fuzayl: «Al-Utrujju» habash tilida «limon» demakdur» — deydilar. Ibn Uyayna: «Al-
Muttakaan — pichoq birlan kesilgan har qanday narsadir»,— deydilar. Ibn Abbos: 
«Tufanniduuni» (94-oyat) — «Meni johil deb bilasizlar, meni nodon deb bilasizlar» degan 
ma’nodadur»,— deydilar. Boshqa bir mufassir bunday deydilar: «G’ayoba» (15- oyat) — 
«qa’r», «Al-Jubb» (15- oyat) — «quduq», «bi-mu’minin lano» (17-oyat) — «bizga 
ishonmaysiz», «ashadduhu» (22-oyat)— «kamoliga (etganda)», «asbu» (33-oyat) — 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
165
«moyil bo‘lurman», «azg‘osu ahlomin» (44- oyat) — «ta’birsiz, ta’biri noma’lum 
tushlar», «namiy-ru» (65-oyat)—«g‘alla, ozuqa keltiraylik», «va nazdodu kayla ba’iyrin» 
(65-oyat) — «yana bir tuya g‘alla keltirurmiz», «ovo ilayhi» (69- oyat) — «o‘z yoniga 
oldi, o‘z yonidan joy berdi» «as-siqoya» (70- oyat) — «suvidish», «istay’asuu» (80- 
oyat) — «noumid bo‘ldilar», «va lo tay’asuu min ruhil-lohi» (87-oyat)—«va noumid 
bo‘lmangizlar Olloh taoloning rahmatidan», «xalasuu najiyyan» (80-oyat)— «alohida bir 
yerga borishib maslahatlashib o‘ltirishdi», «tafta’u» (85- oyat) — «hamisha (istaysan)» 
degan ma’nodadur». Qatoda: «La-zu ilmin» (68-oyat) — «Ilmiga amal qilguvchi» 
deganidur»,— deydilar. Ibn Jubayr: «Suvo’» (72-oyat)— «forslarda qo‘llanilgan o‘lchov 
idishi bo‘lib, undan (suv yoki boshqa biror ichimlik) ichishgan», deydilar. 
 
1-bob Olloh taoloning qavli: «... va butun qilur o‘z in’omini sanga va Ya’qub 
avlodiga qam chunoniki butun qilib erdi uni ikki bobong bo‘lmish Ibrohim va 
Ishoqga» (6- oyat) 
 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam bunday dedilar: «Saxovatli saxovatlining o‘g‘li, saxovatlining o‘g‘li 
saxovatlining o‘g‘li, Yusufdur Ya’qubning o‘g‘li, u ersa Ishoqning o‘g‘li, u ersa 
Ibrohimning o‘g‘li». 
 
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, Yusuf va uning birodarlari 
qissalarida savol qilguvchilar uchun ishora (alomat)lar bordur» (7- oyat) 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamdan: «Qanday odam qadrliroq?»—deb so‘rashdi. Ul zot: «Odamlarning Olloh 
taoloning dargohidagi eng qadrlisi — eng taqvodoridur»,— dedilar. Ular: «Sizdan bu 
haqda so‘rayotganimiz yo‘q»,— deyishdi. Ul zot: «Odamlarning eng saxovatlisi (eng 
olijanobi) — (Ibrohim) xalilulloh o‘g‘li (Ishoq) nabiyyullohning farzandi bo‘lmish (Ya’qub) 
nabiyyullohning o‘g‘li Yusuf nabiyyullohdur»,— dedilar. Ular yana: «Sizdan bu haqda 
ham so‘rayotganimiz yo‘q»,— deyishdi. Ul zot: «Mendan eng olijanob xulqli arablar 
xususida so‘rayotirsizlarmi?»—dedilar. Ular: «Ha»,— deyishdi. Ul zot: «Agar bilsangizlar, 
johiliyat davridagi eng yaxshiigiz — islomdagi eng yaxshingizdur»,— dedilar». 
 
3-bob. Olloh taoloning qavli: «(Ya’qub) dedi: «Io‘q, balki bu dillaringizning 
sizlar uchun ziynatlab bergan bir tadbiridur, endi sabr (qilmog‘im) 
yaxshiroqdur» (18- oyat) 
 
«Savvalat» (18- oyat) — «ziynatlab» demakdur. 
 
Ubaydulloh ibn Abdulloh; Janob Rasulullohning zavjalari Oisha onamizdan naql qiladilar: 
«Tuhmatchilar Oisha onamiz xususlarida ogizlariga kelgan gaplarni aytib, igvo 
qilganlarida ul muhtarama onamizni Olloh taoloning o‘zi (oyat nozil qilib) oqladi. 
«Ushanda,— deydilar Oisha onamiz,— mening haqimda har kim turli gaplarni aytdi. 
Janob Rasululloh: «Agar pokdomon bo‘lsang, seni Olloh taoloning o‘zi oqlaydi, basharti 
gunoh qilgan bo‘lsang, Olloh taologa istigfor aytgil, unga tavba qilgil!» — dedilar. Men: 
«Xudo haqi, Abu Yusuf qissasidagi «Endi sabr (qilmog‘im) yaxshiroqdur, sizlarning bu 
tuhmatlaringizdan xalos bo‘lmog‘im uchun Olloh taolodangina madad tilarman» degan 
gapdan bo‘lak o‘zimga biror taskin topolmayman»,— dedim. Keyin, Olloh taolo 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
166
«Sizlardan bir guruh tuhmat qilgan kishilar...» deb boshlanadirgan o‘nta oyat nozil 
qildi». 
 
Masruq rivoyat qiladilar: «Oisha onamizning volidai muhtaramalari Ummu Rumon 
bunday deydilar: «Bir mahal men va Oisha birga o‘ltirib erdik, Oishaning a’zoi badanini 
titroq bosdi». Janob Rasululloh: «Siz uning haqidagi gaplarni aytib berganingiz uchun 
shunday bo‘layotgandur?» — dedilar. Ummu Rumon: «Ha» — deb aytdilar. Oisha 
o‘ltirdi-da: «Men birlan sizlar Ya’qub birlan uning o‘g‘illariga o‘xshaysizlar»,— dedi, so‘ng 
«... yo‘q, balki bu dillaringizning sizlar uchun ziynatlab bergan bir tadbiridur, endi sabr 
(qilmog‘im) yaxshiroqdur, sizlarning bu tuhmatlaringizdan xolos bo‘lmog‘im uchun Olloh 
taolodangina madad tilarman» degan oyati karimani aytdi». 
 
4-bob. Olloh taoloning qavli: «Va o‘ziga moyil qilmoqchi bo‘ldi uni o‘zidan 
behud qilib ul xotin, vaqtiki ul uning uyida erdi va yopdi eshiklarni va dedi: 
«Yaqin kel!» (23- oyat) 
 
Ikrima: «Hayta laka» (23- oyat) — havronliklar tilida «Yaqin kel!» deganidur»,— 
deydilar (Havron Shomdagi bir mavze). Ibn Jubayr: «Hayta laka»—«Beri kel!» 
demakdur»,— deydilar. 
 
Abdulloh ibn Mas’ud: «Qolat hayta laka» (23- oyat)— «Dedi: «Yaqin kel!» degan jumlani 
biz bilganimizcha o‘qiymiz»,— deydilar. «Masvoya» (23-oyat)—«maskanim», «va 
alfayo» (25- oyat)— «topdilar» degan ma’nodadur. 
 
Abdulloh raziyallohu taolo anhu bunday deydilar: «Quraysh qabilasi islomga kirmay 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sarkashlik qilganlarida, ul zot: «Yo parvardigoro, 
Yusuf alayhissalom qavmiga yetti yil qurg‘oqchilik yuborganing kabi bularga ham yetti yil 
qurg‘oqchilik yuborgaysan!» — deb duoi bad qildilar. Shunda Quraysh qurg‘oqchilik 
balosiga giriftor qilinib, hamma narsa qurib bitdi, hatto ular suyaklarni ham yeyishdi, 
kishi osmonga tikilsa, o‘zi birlan osmon oralig‘i tutun bo‘lib ko‘rinadirgan bo‘lib qoldi. 
Olloh taolo «Osmon aniq bir tutun keltiradirgan kunni kutgil!», «Darhaqiqat, biz bu 
azobni bir oz yengil qilurmiz, albatta sizlar yana qaytguvchidursizlar» deb vahiy nozil 
qildi. Qiyomat kuni ularga beriladirgan azob yengil bo‘larmikan?! Mana, «Osmon aniq bir 
tutun keltiradirgan kun» ham, «qattiq jazolab (urib) qasos olinadirgan kun» ham bo‘lib 
o‘tdi» 
 
5-bob. Olloh taoloning qavli: «(Yusufning) qoshiga elchi kelganda, (Yusuf) 
unga: «Xojangning huzuriga qayt, undan so‘ragilki, qo‘llarin kesgan 
xotinlarning hollari nechuk erkan, darhaqiqat mening rabbim ularning 
makrlarin yaxshi bilur»,— dedi. (Podshoh) xotinlarga: «Yusufni o‘zidan behud 
qilib, o‘z-laringizga moyil qilmoqchi bo‘lgan vaqtingizda ne ahvolda 
erdingizlar?» — dedi. (Xotinlar): «Xudo pokdur! Biz Yusufning yomonligini 
bilmadik»,— deyishdi (50—51- oyatlar) 
 
«Hosha lillohi» (51-oyat)—«Xudo pokdur», «Hosha» — «poklik, soflik» degan 
ma’nodadur. 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
bunday dedilar: «Olloh taolo Lut alayhissalomni rahmat qilsin! Ul kishi kuch-qudratga 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
167
tayanar erdilar. Agar men Yusuf alayhissalom singari zindonga tushib qolsam-u, oldimga 
birov yuring, deb chaqirib kelsa, darhol ko‘ngan bo‘lur erdim. Biz Ibrohim 
alayhissalomdan ko‘ra haqliroqmiz, chunki (Olloh taolo): «Yoki ishonmadingizmi?»— 
deganda, ul kishi: «Ha, ishondim, lekin qalbim taskin topsin!»—deb aytganlar». 
 
6-bob Olloh taoloning qavli: «Shunga qadarki, noumid bo‘ldilar payg‘ambarlar 
(110- oyat) 
 
Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Urva ibn Zubayr Oisha onamizga-
«Shunga qadarki, noumid bo‘ldilar payg‘ambarlar» degan oyatdagi so‘z «kuzibuu» deb 
o‘qilgaymi yoki «kazibuu» deb o‘qilgaymi?»—dedi. Oisha onamiz unga: «Kazibuu» deb 
o‘qiladi»,— dedilar. Urva: «Payg‘ambarlar o‘z qavmlarining aldaganliklariga amin 
bo‘lganlar, bu gumon emas»,— dedi. Oisha onamiz: «Ha, hayotim haqi, ular bunga amin 
bo‘lganlar!» — dedilar. Urva. «Ular gumon qilgan bo‘lsalar-chi'»—dedi. Oisha onamiz: 
«Olloh o‘z panohida asrasin, payg‘ambarlar (o‘z qavmlaridan gumon qilganlar), 
parvardigorlaridan emas!» — dedilar. Urva: «Unday bo‘lsa, bu oyatning mazmuni 
qanday?»—dedi. Oisha onamiz: «Ul qavmlar parvardigorga iymon keltirib, 
payg‘ambarlarga ishonib ergashgan kishilardur. Keyin, ular uzoq vaqt balolarga giriftor 
qilinib, hadeganda ularga Olloh taolodan najot bo‘lmagach, payg‘ambarlar: «Qavmimiz 
bizga yolg‘on va’da bergan erkan-da, (shu boisdan Ollohdan najot bo‘lmayotir)»—deb 
gumonsiraganlar. Shunda Olloh taoloning najoti (madadi) yetib kelgandur»,— dedilar». 
 
AR-RA’D SURASI  
 
Ibn Abbos bunday deydilar: «Ka-bositi kaffayhi» (14- oyat) — «ikki kaftin (hovuchin) 
suvga uzatgan odam kabi», ya’ni Olloh taolodan bo‘lak ma’budga ibodat qilgan mushrik 
bo‘lib, u uzoqdan turib suvga termulgan chanqoq kishiga o‘xshaydi, harchand turgan 
yeridan suvga hovuchin uzatmasin, baribir icholmaydi». 
 
Boshqa bir mufassir bunday deydilar: «Saxxara» (2- oyat) — «rom qildi, bo‘ysundirdi», 
«mutajovirot» (4- oyat) — «bir-biriga yaqin», «al-masulot» (6- oyat) — «azob-
uqubatlar», «mu’aqqibot» (11- oyat) — «Olloh taolo tarafidin har bir bandaga hamroh 
qilib qo‘yilgan farishtalar bo‘lib, ular uni kuzatib, himoya qilib hamda a’mollarini yozib 
yururlar», «robiyan» (17-oyat)—«ko‘pikni», «av ma-to’in zabadun misluh» (17- oyat) — 
«yoki (biror ma’danni) asbob (yasamoq uchun o‘tga qo‘yganda) ham suv ko‘pigi kabi 
ko‘pik hosil bo‘lur», «jufoan» (17- oyat) — «qurib (bug‘lanib ketar)», ya’ni agar 
qozondagi suv qaynayversa, oxiri qurib ko‘pik qoladi, keyin u ham foydasiz havoga uchib 
ketib, hech vaqo qolmaydi, Olloh taolo haqdan botilni ana shu tariqa ajratib (farqlab) 
oladi. «Al-Mihod» (18- oyat) — «joy», «yadrauuna» (22- oyat) — «daf qilurlar», 
«salomun alay-kum» (24- oyat), ya’ni «Sizlarga salomatlik bo‘lsin, derlar», «va ilayhi 
matobiy» (30-oyat) — «ungadur tavbam», «a fa-lam yay’as?» (31-oyat)—«ma’lum, 
ravshan bo‘lmadimi», «qori’atun» (31-oyat)—«balo», «fa-amlaytu» (32-oyat) — 
«uzaytirdim, cho‘zdim, ya’ni muhlat berdim», «ashaqqu» (34- oyat) — «qattig‘roq», 
«mu’aqqib» (41- oyat) — «keyinga surguvchi o‘zgartirguvchi». 
 
Mujohid bunday deydilar: «Mutajovirot» (4- oyat) — «(erlarning) yaxshisi ham, yomoni 
ham (sho‘rxoki ham) yonma-yon», «sinvonun» (4-oyat)—«ildizi bir bo‘lgan ikki yoki 
undan ortiq xurmo daraxti», «va g‘ayru sinvonin» (4- oyat) — «ildizi bir bo‘lmagan 
xurmo daraxtlari bo‘lib, ildizi bir bo‘lgan xurmo daraxtlari kabi bir xil suv va bir xil 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
168
havodan ozuqalanurlar. Bu otasi bir bo‘lgan solih (yaxshi) va yomon odamzodga 
o‘xshaydi», «as-sahobas-siqola» (12-oyat) — «(bag‘rida suvi bor) og‘ir bulutlarni», «ka-
bositi kaffay-hi» (14- oyat) — «tili birlan uzoqdagi suvga tamshanadi, qo‘lini unga 
cho‘zadi, ammo sira ham icholmaydi», «fa-solat avdiyatun bi-qadariho» (17- oyat) — 
«vodiyning bag‘ri selga to‘ldi», «zabadan robiyan» (17-oyat) — «sel ko‘pigi, temir 
ko‘pigi (kuyindisi) va sut ko‘pigi» 
 
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo har bir xotin ko‘tarib yurgan va 
bachadonlar o‘z ichiga yashirgan narsani yaxshi bilur» (8- oyat) 
 
Ibn Umar raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
bunday dedilar: «G’aybning beshta kaliti mavjud bo‘lib, ularni Olloh taoloning o‘zigina 
biladi. Ertaga nima bo‘lishini Olloh taolodan o‘zga hech kimsa bilmas, bachadonlar o‘z 
ichiga nimani yashirganini Olloh taolodan o‘zga hech kimsa bilmas, qachon yomg‘ir 
(yog‘in) yog‘ishini Olloh taolodan bo‘lak biror kishi bilmas, biror kimsa qaerda o‘lishini 
bilmas, qiyomat qachon qoim bo‘lishini Olloh taoloning o‘zigina bilur». 
 
IBROHIM ALAYHIS-SALOT VAS-SALOM SURASI  
 
Mujohid: «Sadiyd» (16- oyat) — «yiring suvi» demakdur»,— deydilar. 
 
Ibn Uyayna: «Uzkuruu ni’matallohi alaykum» (6- oyat) — «Olloh taoloning sizlarga ato 
etilgan ne’amtini esda tutingizlar", ya’ni "Olloh taoloning sizlarni qo‘llab najot berganini 
hamda Olloh taoloning sizlarni dushmandan qutqargan kunlarini yodingizda tutingizlar" 
degan ma’nodadir", deydilar. 
 
Mujohid bunday deydshar: «Yabg‘uunaho ivajan» (3- oyat) — «uni tilgan ne’matini esda 
tutingizlar», ya’ni «Olloh taoloning sizlarni qo‘llab najot berganini hamda Olloh taoloning 
sizlarni dushmandan qutqargan kunlarini yodingizda tutingizlar» degan ma’nodadir»,— 
deydilar (Olloh taoloning to‘g‘ri yo‘lini odamlarga ) egri qilib ko‘rsatadilar», «va iz 
taazzana rabbukum» (7- oyat) — «vaqtiki xabar berdi parvardigorlaringiz. «fa-radduu 
aydiyahum fi afvohihim» (9-oyat) — «qaytardilar o‘z qo‘llarin payg‘ambarlarning 
og‘izlariga», ya’ni so‘zlay olmasinlar, deb qo‘llari birlan payg‘ambarlarning og‘izlarini 
to‘sdilar», «maqomiy» (14- oyat) — «mening huzurimda turishi(dan qo‘rqur)», «min 
varoihi» (11-oyat)— «ortidan, ya’ni bu dunyo azobidan so‘ng, oldinda uni bo‘yi) bargini 
to‘kmagay va har vaqt meva berib turgay?» — dedilar. jahannam azobi kutmoqda», 
«lakum taba’an» (21- oyat) — «sizlarga tobi’, itoatkor (erdik), madad so‘rab sizlarga 
yolborar (erdik), «va lo xilolun» (31- oyat) — «va na do‘stlik». 
 
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ildizi sobit va shoxi osmonda bo‘lgan bir yaxshi 
daraxtga o‘xsharki, ul har vaqt meva berib turur» 
 
Ibn Umar raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning huzurlarida erdik, ul zot bizga: «Aytingizlar-chi, qaysi daraxt (doimo iymoni 
mustahkam va doimo amali solihlar qilguvchi) musulmon odam kabi (yil Shunda 
ko‘nglimga «Bu xurmo daraxti bo‘lsa kerak» degan fikr keldi-yu, ammo Abu Bakr Siddiq 
birlan Hazrat Umarning indamay turishganini ko‘rib, biror so‘z aytishga botinmadim. Bu 
savolga hech kim javob bermagach, ul zotning o‘zlari: «Bu xurmo daraxtidur!»—dedilar. 
Janob Rasulullohning huzurlaridan tashqariga chiqqanimizda men otam Hazrat Umarga: 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
169
«Ey otajon, xudo haqi, ko‘nglimga «Bu xurmo daraxti bo‘lsa kerak» degan fikr kelgan 
erdi»,—dedim. Hazrat Umar: «Nima uchun aytmading?»— dedilar. Men: «Sizlarning 
indamay turganingizni ko‘rib, biror so‘z aytishga jur’at qilmadim»,—dedim. Hazrat 
Umar: «Agar aytganingda, falon va falon narsalar xususida menga yaxshiroq bo‘lgan 
bo‘lur erdi!»—dedilar». 
 
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo mustahkam so‘z (kalimai tavhid) 
barakotidan mo‘minlarni (bu dunyoda ham, oxiratda ham) barqaror saqlar 
(saodatga muyassar qilur) (27- oyat) 
 
Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb 
aytdilar: «Musulmon banda qabrda so‘roq qilinsa, «Lo iloha illallohu va anna 
Muhammadan rasulullohi» deb shahodat aytadi. Bul xususda Olloh taolo: «Olloh taolo 
mustahkam so‘z (kalimai tavhid) barakotidan mo‘minlarni (bu dunyoda ham, oxiratda 
ham) barqaror saqlar (saodatga muyassar qilur)»— deydi». 
 
4-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh taoloning ne’matini kufrga 
almashtirganlarni ko‘rmadingizmi?» (28-oyat) 
 
«A lam tara?» (28- oyat), ya’ni «ko‘rmadingizmi?» (bilmadingizmi?) degan ma’noda 
bo‘lib, Olloh taoloning boshqa suralardagi «A lam tara kayfa?», «A lam tara 
ilallaziyna...» degan qavllari kabidur. 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Olloh taoloning ne’matini kufrga almashtirganlarni 
ko‘rmadingizmi?» degan oyatdagi kishilar Makka ahlining kofir bo‘lganlaridur»,— 
deydilar. 
 
 «AL-HIJR» SURASI 
 
Mujoxid bunday deydilar: «Sirotun alayya mustaqiymun» (41- oyat) — «Haqiqat Olloh 
taologa olib boradi va uning yo‘li ham xuddi shundaydur», «La-bi-imomin mubiynin» 
(79- oyat) — «ravshan yo‘lda» demakdu r». 
 
Ibn Abbos: «La-’amruka» (72- oyat) — «Hayotingiz haqqihurmati, qasam ichamanki...», 
«qavmun munkaruuna» (62- oyat) — «Lut inkor qilgan qavm» degan ma’nodadur»,— 
deydilar. 
 
Boshqa bir mufassir: «Kitobun ma’luumun» (4- oyat) — . «ajal», «lav mo ta’tiyno» (7- 
oyat) — «bizga yubormaysanmi?» (keltirmaysanmi?), «shiya’» (10- oyat) — «jamoalar» 
degan ma’nodadur»,— deydilar. 
 
Ibn Abbos: «Lil-mutavassimiyna» (75- oyat) — . «kuzatuvchilarga, ibrat oluvchilarga», 
«sukkirat» (15-oyat) — «(ko‘zlarimiz) bog‘lanibdur», «buruujan» (16- oyat) — «Quyosh 
va oy uchun burjlarni», «lavoqiha» (22-oyat)— «(bulutlarni) suvga to‘ydirsin deb», 
«hama’» (26- oyat) — «qora loy», «masnuun» (26- oyat) — «qo‘yilgan», «lo tavjal» 
(53- oyat) — «qo‘rqma», «dobira» (66- oyat) — «oxiri, tomiri», «La-bi-imomin 
mubiynin» (79- oyat), «al-imom — seni to‘g‘ri yo‘ldan ergashtirib boruvchi, to‘g‘ri yo‘lga 
solib quyuvchi har bir narsa», «as-sayhatu» (83- oyat) — «halokat», «illo man-

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling