Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- «MARYAM» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ularni hasrat kunidan ogoh qilingiz!»
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va biz farishtalar tushmasmiz magar parvardigoringiz amri ila, aning ixtiyoridadur nima narsaki oldimizdadur va nima narsaki keyinimizdadur»
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «(Ey Muhammad), bizning oyatlarimizga kufr keltirib, «Menga ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa berilur» deguvchi kimsani ko‘rdingizmi!»
- 4-bob Olloh taoloning qavli: «Ayo, ul (kofir) g‘aybdan xabar topibdurmi yoki Olloh unga (ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa ato qilurman, deb) va’da beribdurmi!»
- 5-bob Olloh taoloning qavli: «Yo‘q, unday ermas, biz uning aytgan gapini yozib qo‘yurmiz va unga uzoq muddat azob berurmiz!»
- «TOHO» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Men seni xos o‘zim uchun bino qildim (tanladim)»
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Biz vahiy yubordik Musoga «Olib ketgil tunda mening bandalarimni va dengizga (daryoga) aso urib, ularga bir quruq yul qilib
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Odam, shayton siz va xotiningizga dushmandur, u sizni va xotiningizni jannatdan chiqarmasin, keyin badbaxt bo‘lib qolmangiz!»
- «AL-ANBIYO» SURASI 1-bob Olloh taoloning qavli: «Biz dunyoni dastlab qay tariqa osonlik birlan
- «HAJ» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Odamlarni mastdek holda ko‘rgaysiz»
- 3-bob Olloh taoloning qavli: «Mana shu ikki g‘anim — musulmonlar birlan kofirlar parvardigorlari xususida talashdi»
- «MO’MINLAR» SURASI Ibn Abbos raziyallohu anhu «Suradagi «Hayhota-hayhota» so‘zining ma’nosi «uzoq- uzoq» demakdur»,— deydilar «NUR» SURASI
- 2-bob Olloh taoloning qavli: «Va (er) beshinchi marta derki, xudoning la’nati menga bo‘lsin agar yolg‘onchi bo‘lsam!»
- 3-bob Olloh taoloning qavli: «Erim shak-shubhasiz yolg‘onchilardandur!» deb Olloh taologa to‘rt marta qasamyod qilmoqlik ayoldan jazoni daf qilgay»
- 4-bob Olloh taoloning qavli: «Va (xotin) beshinchi marta derki, Ollohning g‘azabi menga bo‘lsin agar bu er rostgo‘y bo‘lsa!»
- 5-bob. Olloq taoloning qavli: «Albatta, bo‘hton to‘qiganlar o‘zlaringi zdan bo‘lgan bir to‘dadur. Buni sizlar o‘zlaringiz uchun yomon, deb o‘ylamangizlar
amallari habata bo‘ldi!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat hiladilar: «Janob Rasululloh «Qiyomat kuni gavdali, semiz bir odam (mahsharga) kirib kelgan, ammo u Olloh taoloning huzurida pashsha qanotichalik tosh bosmagay» — deb aytdilar O’qingizlar, Olloh taolo «Qiyomat kuni ular uchun hech qanday vazn bor qilmaymiz!» — deydi» «MARYAM» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ularni hasrat kunidan ogoh qilingiz!» Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Janob Rasululloh bunday dedilar «Ulim ola-bula qo‘chqor qiyofasida keltiriladi Shunda, bir jarchi «Ey ahli jannatlar!»— deb nido qiladi. Ahli jannatlar boshlarini ko‘tarib qarashadi Jarchi «Mana buni taniyapsizlarmi?» — deydi Ular «Ha, bu o‘limdur» — deb javob berishadi, chunki hammalari uni ko‘rgan bo‘lishadi. So‘ng, jarchi «Ey ahli do‘zaxlar!» — deb nido qiladi. Ahli do‘zaxlar boshlarini ko‘tarib qarashadi Jarchi «Mana buni taniyapsizlarmi?» — deydi. Ular «Ha, bu o‘limdur»,— deyishadi, chunki ular ham o‘limni ko‘rgan bo‘lishadi. Keyin, qo‘chqor qiyofasidagi o‘lim shu yerning o‘zida bo‘g‘izlanadi. Shundan so‘ng, jarchi «Ey ahli jannatlar, bundan buyon o‘lmaysizlar, endi o‘limni ko‘rmaysizlar, ey ahli do‘zaxlar, bundan buyon o‘lmaysizlar, endi o‘limni ko‘rmaysizlar!» — deydi». Keyin, Janob Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 183 Rasululloh quyidagi oyati karimani tilovat qildilar «Ularni hasrat kunidan ogoh qilingiz, Ollohning amri shubhasiz amalga oshguvchidur, holbuki ular iymon keltirmay g‘aflatda yuribdurlar!» 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va biz farishtalar tushmasmiz magar parvardigoringiz amri ila, aning ixtiyoridadur nima narsaki oldimizdadur va nima narsaki keyinimizdadur» Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Janob Rasululloh Jabroil alayhissalomga «Mening huzurimga ko‘proq kelib tursangiz! Buning uchun sizga nima mone’lik qiladi!«— dedilar. Shunda «Va biz farishtalar faqat rabbingizning amri birlangina (erga) tushurmiz, nimaiki oldimizda va nimaiki ortimizdadur, barchasi Olloh, taoloning ixtiyoridadur» degan oyat nozil bo‘ldi» 3-bob. Olloh taoloning qavli: «(Ey Muhammad), bizning oyatlarimizga kufr keltirib, «Menga ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa berilur» deguvchi kimsani ko‘rdingizmi?!» Xabbob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Men Os ibn Voil as-Sahmiyning oldiga unga bergan qarzimni talab qilib bordim U menga «Muhammadga kufr keltirmagu-ningcha olgan qarzimni bermayman!» — dedi. Men «Io‘q, aslo, sen o‘lib, qiyomatda qayta tiriltirilguningga qadar ham kufr keltirmayman!» —dedim. Os ibn Voil «Men o‘lsam, qaytatirilamanmi?»—dedi Men «Ha»,— dedim Os ibn Voil «Unday bo‘lsa, o‘sha joyda ham mening bola-chaqam va mol-dunyom bo‘ladi, qarzimni o‘shanda to‘layman»,— dedi. Shunda yuqoridagi oyati karima nozil bo‘ldi». 4-bob Olloh taoloning qavli: «Ayo, ul (kofir) g‘aybdan xabar topibdurmi yoki Olloh unga (ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa ato qilurman, deb) va’da beribdurmi?!» Xabbob raziyallohu anhu aytadilar: «Men Makkada temirchilik qilur erdim, Os ibn Voilga bir qilich yasab bergan erdim, uning haqini olish uchun uyiga keldim. Os ibn Voil «Agar Muhammadga kufr keltirmasang, haqingni bermayman!»—dedi. Men: «Seni Olloh o‘ldirib, qiyomatda qayta tiriltirgungacha ham kofir bo‘lmayman!» — dedim. Os ibn Voil «Agar Olloh meni o‘ldirib, keyin tiriltirsa, o‘sha joyda ham mening bola-chaqam va molu dunyom bo‘ladi»,— dedi. Shunda Olloh taolo «(Ey Muhammad), bizning oyatlarimizga kufr keltirib, «Menga ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa berilur» deguvchi kimsani ko‘rdingizmi? Ayo, ul (kofir) g‘aybdan xabar topibdurmi yoki Olloh unga (ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa ato qilurman, deb) va’da beribdurmi?» degan oyati karimani nozil qildi» 5-bob Olloh taoloning qavli: «Yo‘q, unday ermas, biz uning aytgan gapini yozib qo‘yurmiz va unga uzoq muddat azob berurmiz!» Xabbob raziyallohu anhu «Johiliyat davrida men temirchi erdim. Mendan Os ibn Voil qarzdor erdi»,— deydilar. Keyin, Xabbob Osning oldiga o‘sha qarzni so‘rab boribdilar. Os ibn Voil ersa «Muhammadga kufr keltirmaguningcha olgan qarzimni bermayman!»— debdi. Xabbob «Ollohga qasamyod qilurmanki, Olloh seni o‘ldirib, qiyomatda qayta tiriltirgungacha ham kofir bo‘lmayman!» — debdilar. Os ibn Voil «Unday bo‘lsa, quyaver, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 184 o‘lib, keyin qayta tiriladirgan bo‘lsam, ul dunyoda ham menga bola-chaqa, mol-dunyo beriladi, o‘shanda haqingni beraman!» — debdi. Shunda Olloh taolo «Ey Muhammad, bizning oyatlarimizga kufr keltirib, «Menga ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa berilur» deguvchi kimsani ko‘rdingizmi? Ayo, ul (kofir) g‘aybdan xabar topibdurmi yoki Olloh unga (ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa ato qilurman, deb) va’da beribdurmi? Yo‘q, unday ermas, biz uning aytgan gapini yozib qo‘yurmiz va unga uzoq muddat azob berurmiz va olib qo‘yurmiz undan aytib turgan narsasini va kelur ul huzurimizga o‘zi yolgiz!» degan oyatni nozil qildi» Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan «TOHO» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Men seni xos o‘zim uchun bino qildim (tanladim)» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Odam alayhissalom va Muso alayhissalom uchrashishdi. Shunda Muso alayhissalom Odam alayhissalomga «Insonlarni baxqiz qilib jannatdan quvilishiga sabab bo‘lgan kishi sizmisiz?» —dedilar. Odam alayhissalom Muso alayhissalomga «Olloh xos o‘zi uchun bino qilgan (tanlagan) zot sizmisiz, tavrot sizga nozil qilinganmidi?»—dedilar. Muso alayhissalom «Ha»,— dedilar. Odam alayhissalom «Unday bo‘lsa, Olloh taolo meni yaratishdan avvalroq taqdirimni belgilab qo‘yganligi haqida tavrotdan bilib olgan bo‘lsangiz kerak?!»—dedilar. Muso alayhissalom «Ha» — deb jim qoldilar, chunki Odam alayhissalomning dalillari kuchli erdi» 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Biz vahiy yubordik Musoga «Olib ketgil tunda mening bandalarimni va dengizga (daryoga) aso urib, ularga bir quruq yul qilib bergil, (shunda) na (dushman) qo‘liga tushishdan va na g‘arq bo‘lishdan xavf qilursan!» deb. Keyin, ularning ortlaridan Fir’avn o‘z lashkari birlan ta’qib qildi, ammo ularni dengiz o‘z girdobiga oldi, Fir’avn o‘z qavmini gumroh qildi, to‘g‘ri yo‘lga solmadi» Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida yahudiylar Oshuro kuni ro‘za tutar erdi. Janob Rasululloh ulardan buning sababini so‘raganlarida «Bu kun Muso alayhissalom Fir’avn ustidan g‘alaba qozongan kun bo‘lib, biz uning shukronasiga ro‘za tutamiz»,— deyishdi. Shunda Janob Rasululloh sahobalarga «Biz Muso alayhissalomga yahudiylardan ko‘ra haqliroqmiz, shu kuni (sizlar ham) ro‘za tutingizlar!» — dedilar» 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Odam, shayton siz va xotiningizga dushmandur, u sizni va xotiningizni jannatdan chiqarmasin, keyin badbaxt bo‘lib qolmangiz!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar/«Janob Rasululloh bunday dedilar: «Muso alayhissalom Odam alayhissalomga dalil keltirib: «Ey Odam, gunoh qilib odamiyzodni jannatdan chiqargan va ularni badbaxt qilib quygan kishi sizmisiz?» — dedilar. Odam alayhissalom «Ey Muso, Olloh taolo o‘z bandalariga payg‘ambar va o‘ziga suhbatdosh qilib tanlagan zot sizmisiz? Olloh taolo meni yaratmasidan ilgari kelgusida qiladirgan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 185 ishimni avvaldan taqdir qilib qo‘ygan bo‘lsa, nechun siz meni Olloh taoloning irodasi uchun malomat qilasiz?»—dedilar. Odam alayhissalom bu dalil birlan Muso alayhissalomni mag‘lub qildilar» «AL-ANBIYO» SURASI 1-bob Olloh taoloning qavli: «Biz dunyoni dastlab qay tariqa osonlik birlan yaratgan bo‘lsak, qiyomatda ham xuddi shunday osonlik birlan qayta paydo qilurmiz, bu bizning va’damizdur!» Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh odamlarga xutba qilayotib bunday dedilar:. «Albatta sizlar qiyomatda yalangoyoq, yalang‘och, ya’ni asl holatingizda Olloh taolo huzurida tiriltirilasizlar. Olloh taolo «Biz dunyoni dastlab qay tariqa osonlik birlan yaratgan bo‘lsak qiyomatda ham xuddi shunday osonlik birlan qayta paydo qilurmiz, bu biziing va’damizdur, albatta biz buni kilguvchidurmiz»— deydi. Qiyomatda birinchi bo‘lib Ibrohim alayhissalomga kiyim kiydiriladi. Shu vaqt ummatimdan bir guruhi keltirilib, do‘zaxga haydaladi. Men «Ey parvardigor, bular mening ashoblarim-ku!»—deyman. Menga «Uzingizdan keyin bularning nimalar qilganini bilmaysiz!» — deyiladi. Shunda men Ollohning solih bandasi (Iso) aytganlaridek «Men ularning oralarida bo‘lgan vaqtimda ularga guvoh bo‘lib turdim. Lekin, meni o‘z huzuringga chorlaganingdan keyin ersa, sen o‘zing ularni kuzatib turding. Sen o‘zing hamma narsaga guvohdirsan!»—deb javob beraman. Menga «Darhaqiqat, bu odamlar, siz ularni tashlab (oxiratga) ketgan vaqtingizdan boshlaboq o‘z yo‘llaridan orqalariga qaytganlar!»—deb aytiladi». «HAJ» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Odamlarni mastdek holda ko‘rgaysiz» Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Qiyomat kuni Olloh taolo «Ey Odam!» — deydi. Odam alayhissalom «Labbayka va sa’dayka» — deb javob beradilar. Olloh taolo baland ovoz birlan «Zurriyotlaringizdan do‘zaxga tushadirganlarini ajratingiz!» — deb buyuradi. Odam alayhissalom «Do‘zaxiylar qanchadur?»—deydilar. Olloh taolo «Har ming kishidan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi tushadi»,— deydi. Shunda odamlar homilador ayol bola tashlagudek va go‘dak qarib, soch-soqoli oqarib ketgudek holga tushadilar, barchaning qurquvdan mastdek ahvolga tushganlarini ko‘rgaysiz, ammo ular mast emaslar, balki Ollohning azobi nihoyatda qattiq bo‘lajagidan xavfdadurlar» Sahobalarga bu gap juda qattiq ta’sir qilib, ranglari o‘chdi. Payg‘ambar alayhissalom «Ya’juj va Ma’jujdan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqizta, sizlardan bitta. So‘ng sizlar odamlar orasida oq ho‘kizning biqinidagi qora yoki qora ho‘kizning biqinidagi oq tuklar monand ajralib turgaysizlar, men umidvormanki, sizlar ahli jannatlarning to‘rtdan bir qismini tashkil etgaysizlar!» — dedilar Buni eshitib, biz yengil tortdik-da, Olloh taologa takbir aytdik Keyin, ul zot yana «Ahli jannatlarning uchdan birini tashkil eqangiz ham ajab ermas!» — dedilar. Biz yana takbir aytdik. Keyin, yana «Ahli jannatlarning yarmi sizlardan iborat bo‘lmog‘idan umidvorman'»—deb qo‘ydilar. Biz yana takbir aytdik» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 186 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Odamlar orasida Ollohga shak birlan ibodat qiladirganlari bor. Agar shunday kishi yaxshilikka erishsa, dili orom olur va agar biror baxqizlik yeqa, dindan yuz o‘girib olur. U bu dunyoyu oxiratda ziyon ko‘rur. Bu ersa ochiq-oydin ziyondur. U Ollohni qo‘yib, o‘ziga ziyon ham, foyda ham bera olmaydirgan butlarga iltijo qilur. Ana shuldir uzoq gumrohlik» Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odamlarning ba’zisi Ollohga shak birlan ibodat qilur. Ya’ni ba’zi badaviy Madinaga kelganda, agar xotini o‘g‘il tug‘sa va otlari qulunlasa, «Bu juda solih din erkan» deb maqtardi, agar xotini tug‘masa va otlari qulunlamasa, «Bu yomon din erkan!» deb ayblardi» 3-bob Olloh taoloning qavli: «Mana shu ikki g‘anim — musulmonlar birlan kofirlar parvardigorlari xususida talashdi» Abu Zarr al-G’iforiydan naql qilinadiki, «Mana shu ikki g‘anim — musulmonlar birlan kofirlar parvardigorlari xususida talashdi» degan oyati karima Hamza va ul kishining ikki sheriklari hamda Utba va uning ikki sherigi haqida nozil bo‘lgan, bular Badr kuni yakkama-yakka jang qilgan erdilar» Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu «Qiyomat kuni men Rahmon huzurida tiz cho‘kib, (kitobiylar birlan yuzma-yuz) xusumatlashuvchilarning birinchisi bo‘lurman»—dedilar Qays «Mazkur oyat Badr kuni yuzma-yuz jang qilgan kishilar — Ali, Hamza, Ubayda, Shayba ibn Rabii’a, Utba ibn Rabiy’a, Valid ibn Utbalar haqida erdi»,— deydilar «MO’MINLAR» SURASI Ibn Abbos raziyallohu anhu «Suradagi «Hayhota-hayhota» so‘zining ma’nosi «uzoq- uzoq» demakdur»,— deydilar «NUR» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Uzlaridan boshqa guvohlari bo‘lmagan holda o‘z xotinlarini buzuk, deb badnom qiladirgan kishilar (bilsinki), bunday odam to‘rt marta Olloh taologa: «Albatta, men rost aytayotirman»,— deb qasamyod qilur» Saxl ibn Sa’d rivoyapg qiladilar: «Uvaymir ismli kishi Baniy Ajlonning ulug‘i Osim ibn Adiyning oldiga kelib «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan men uchun so‘rab beringiz, agar bir kishi o‘z xotini huzurida begona erkakni ko‘rsa-yu, uni o‘ldirsa, keyin qotilni ham o‘ldirasizlarmi yoki nima qilasizlar?»—dedi. Osim Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga kelib, «Yo Rasulalloh!» — deya boyagi savolni berdi Ammo, ul zot bunday masala xususida javob bermoqni istamadilar. Osim uyiga qaytib borganda, Uvaymir bergan savolining javobini so‘radi. Shunda Osim «Janob Rasululloh bunday savolni noma’qul ko‘rib, aybladilar»,— dedi. Uvaymir «Janob Rasulullohdan bu haqda so‘rab bilib olmagunimcha tinchimagayman!» — dedi. Keyin, u o‘zi Janob Rasulullohning huzurlariga kelib «Ey Ollohning payg‘ambari, agar bir kishi xotini birlan begona erkak turganini ko‘rsa uni o‘ldiradimi? Agar o‘ldirsa, qotilni ham o‘ldirasizlarmi yoki nima qilinadi? — deb so‘radi. Janob Rasululloh «Olloh taolo sen va xotining haqida Qur’on (oyat) nozil qildi»,— dedilar-da, Olloh taolo oyatda buyurgandek ikkovini li’on qilmoqni buyurdilar. Mulo’anadan so‘ng, Uvaymir Janob Rasulullohga «Ey Ollohning Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 187 rasuli, bu xotinni ushlab tursam, unga zulm qilgan bo‘lurman'»—deb xotinini taloq qilib yubordi. Shu-shu bo‘ldi-yu, mulo’ana qilishgan er uchun xotinini taloq qilib yuborish sunnat bo‘lib qoldi. Keyin Janob Rasululloh «Kuzatib yuringizlar, agar o‘shal xotin boldiri yo‘g‘on bola tug‘sa, demak Uvaymirning xotiniga qilgan da’vosi rost bo‘ladi. Mobodo, tug‘ilgan bolaning rangi qizg‘ish bo‘lsa, Uvaymir xotiniga tuhmat qilgan bo‘ladi»,— dedilar. Qarangki, haqiqatan ham o‘shal xotin tuqqan bola Uvaymirning da’vosini tasdiqladi. Shundan so‘ng, bola onasiga mansub qilinadirgan bo‘ldi» 2-bob Olloh taoloning qavli: «Va (er) beshinchi marta derki, xudoning la’nati menga bo‘lsin agar yolg‘onchi bo‘lsam!» Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu bunday deydilar «Bir odam Janob Rasulullohning huzurlariga kelib «Ey Ollohning rasuli! Nima deysiz, bir odam o‘z xotinining yonida bir begona erkakni ko‘rsa, uni o‘ldiradimi, agar o‘ldirsa, qotilni ham o‘ldirasizlarmi yoki unga nima qilasizlar?» — deb so‘radi. Shunda Olloh taolo ular haqida mulo’ana oyatini nozil qildi Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam savol bergan odamga «Olloh sen va xotining haqida hukm tushirdi»,— dedilar. Er va xotin bir-birlarini mulo’ana qilishdi. Men Janob Rasulullohning yonlarida turib bu voqe’aga guvoh bo‘ldim. Janob Rasululloh ikkovini ajratib yubordilar. Shundan so‘ng, bir-birini la’natlagan er-xotinni ajratib yuborish sunnatga aylandi. Usha ayol homilador erdi. Uning eri bolani o‘zidan erkanligini inkor qildi. Shundan e’tiboran, tug‘ilgan bola onasiga nisbat beriladirgan bo‘ldi. Keyin, ona birlan bolaning o‘rtasidagi merosxo‘rlik huquqi ham sunnat qilindi. Onaning o‘z bolasiga, bolaning ersa onasiga va u tarafdan bo‘lgan qarindoshlarga merosxo‘rlik qilishi Olloh amr qilgan yul birlan joriy bo‘ldi» 3-bob Olloh taoloning qavli: «Erim shak-shubhasiz yolg‘onchilardandur!» deb Olloh taologa to‘rt marta qasamyod qilmoqlik ayoldan jazoni daf qilgay» Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hilol ibn Umayya Payg’ambar alayhissalomning huzurlarida o‘z xotinini Sharik ibn Samho birlan zino qilganlikda aybladi. Payg‘ambar alayhissalom unga «Aytgan so‘zingning rostligining isboti uchun dalil keltirasan yoki tuhmat uchun orqangga sakson darra uriladi'»—dedilar. Hilol «Ey Ollohning rasuli, birortamiz o‘z xotinimizning ustida begona erkakning yotganini ko‘rsag- u, ammo u qochib keqa dalil so‘raladimi» — dedi. Paig‘ambar alayhissalom «Aytgan so‘zingga dalil keltirasan yoki sakson darra orqangga uriladi» —deb turib oldilar. Hilol ibn Umayya «Sizni haq din birlan yuborgan zotga qasamyod qilurmanki mening so‘zim rostdur! Olloh taolo mening orqamni darra urilmog‘idan qutultiradirgai oyat nozil qilsa, ajab ermas »—deb chiqib ketdi. Birozdan so‘ng, Jabroil alayhissalom «Uz xotinlarini zinoda ayblagan erkaklar» deb boshlanadirgan oyatni Janob Rasulullohga vahiy qilib keltirdilar. Janob Rasululloh vahiy qabul qilib bo‘lganlaridan keyin, Hilol va uning xotiniga odam yubordilar. Ular kelib, har biri o‘zini oqlab qasam ichdi. Shunda Janob Rasululloh «Albatta, Olloh taolo ikkovingizdan biringiz yolg‘onchi erkanligingizni bilur, bas qaysi biringiz gunohingizga iqror bo‘lib, tavba qilgaysiz» — deb so‘radilar. Keyin, xotin turib, to‘rt bor o‘zini oqlab qasam ichdi. Janob Rasululloh uning beshinchi bor qasam ichishiga qarshilik qilib «Azobi qattiq bo‘lur'»—deb ogohlantirdilar. Shunda ayolning tili kalovlanib so‘zga kelmay qoldi. Biroq u baribir beshinchi bor qasam ichib yubordi. Paig‘ambar alayhissalom sahobalarga «Ayolni kuzatib yuringizlar, agar u ko‘zi qora, dumbalari to‘la, boldiri yo‘g‘on bola tug‘sa, demak u Sharik ibn Samhoning bolasi bulur» — dedilar. Keyin, xotin aytganlaridek qiyofada bola tug‘di. Shunda Payg‘ambar alayhissalom «Agar Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 188 Ollohning Kitobi hukm qilmaganda erdi, men bu ayolni toshbo‘ron qilmoqqa buyurgan bo‘lur erdim»—dedilar» 4-bob Olloh taoloning qavli: «Va (xotin) beshinchi marta derki, Ollohning g‘azabi menga bo‘lsin agar bu er rostgo‘y bo‘lsa!» Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Bir odam Janob Rasulullohning zamonlarida o‘z xotinini zinokorlikda ayblab, uning homilasidan tondi. Shunda Janob Rasululloh buyurdilar, ikkovlari bir-birlarini mulo’ana qilishdi. Keyin, Olloh taolo Qur’onda amr qilganidek, tugilgan bola onasiga mansub qilindi, er-xotin ajratib yuborildi» 5-bob. Olloq taoloning qavli: «Albatta, bo‘hton to‘qiganlar o‘zlaringi zdan bo‘lgan bir to‘dadur. Buni sizlar o‘zlaringiz uchun yomon, deb o‘ylamangizlar, balki bu sizlar uchun yaxshiroqdur. Bo‘htonchilarning har biri uchun o‘zlari kasb qilgancha gunoh bordur. Ulardan gunohning eng katta hissasini ko‘targan kishi uchun ulug‘ azob bordur!» Oisha raziyallohu anho «Uziga eng katta gunoh orttirgan kishi Abdulloh ibn Ubay ibn Saluldur»,— deydilar» 6-bob Olloh taoloning qavli: «Mo‘min erlar va mo‘mina ayollar, bu bo‘htoni shitgan paytingizda na uchun o‘zlaringiz haqingizda yaxshilikni o‘ylab: «Bu ochiqdan-ochiq buhton-ku!»— demadingizlar? Na uchun bo‘htonchilar to‘rtta guvoh keltirmadilar? Endi, to‘rtta guvoh keltira olmasalar, u holda Olloh nazdida yolg’onchidurlar!» Payg’ambarilshz sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning odati shariflari shunday erdiki, qachon safarga chiqmoqchi bo‘lsalar, xotinlari o‘rtasida qura tashlar erdilar. Qur’a kimning nomiga chiqsa, o‘shani o‘zlari birlan birga olib ketar erdilar. Bu gal ham xuddi shunday qilib erdilar, qur’a mening nomimga chiqdi. Men ul zot birlan birga safarga chiqadirgan buldim. Bu vaqt ayollarga hijob (chochvon) kiyish buyurilgan vaqt erdi. Men kajavamga chiqib joylashib oldim. So‘ng, safarga jo‘nab ketdik. Janob Rasululloh gazot tugagach, ortga qaytdilar. Kechasi Madinaga yaqinlashib qolganimizda, dam olishga ruxsat berdilar. Men kajavamdan tushdim-da, askarlardan chetroqqa bordim, ishimni bitirib, yana tuyamning yoniga keldim. Shu payt bildimki, bo‘ynimdagi marjonim uzilib, tushib qolibdi. Uni qidirib ushlanib qoldim. Shunda xizmatkorlar kelib, kajavamni tuyaga ortib jo‘nab ketishibdi, chunki ular meni kajavada, deb o‘ylashibdi. Darvoqe, o‘sha vaqtda ayollar faqat atala ichganlari uchun ortiqcha semirmay yengil bo‘lar erdilar. Shu boisdan ham kajavani ko‘targanda uning yengilligini farq qilishmagan. Buning ustiga men yosh qizaloqman. Ular tuyani haydab jo‘nab ketaverishibdi. Askarlar ketib bo‘lgan paytda men marjonimni qidirib topdim. So‘ng, ular turgan joyga kelsam, biror chaqiruvchi ham, javob beruvchi ham yo‘q. Joyimdan qimirlamaslikka ahd qildim, chunki ular yo‘lda mening yo‘qolib qolganimni bilishgach, izlab qaytib kelib qolishsa kerak, deb o‘yladim Ultirgan joyimda mendan uyqu golib kela boshladi va men uxlab qoldim. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 189 Safvon ibn Mu’attal as-Sulamiy az-Zakvoniy askarlarning ketidan nazorat qilib yuradirgan kishi erdi. U kechasi birlan yo‘l yurib, men turgan joyga yetib kelib qarasa, bir odam uxlab yotibdi, yaqinroq kelib, darhol meni tanibdi, chunki chochvon kiyish joriy qilinmasidan burun u meni ko‘rgan erdi. Meni tanigach, hayron bo‘lib «Inno lillohi va inno ilayhi roji’un» deganidan uygonib ketdim. Shu ondayoq yuzimni chochvon birlan to‘sib oldim. Ollohga qasamyod qilurmanki, u menga bir ogiz ham so‘z gapirmadi, men uning «Inno lillohi va inno ilayhi roji’un» degan so‘zinigina eshitdim, xolos. Keyin, u tuyasini cho‘ktirdi, shunda men unga chiqib oldim. U tuyani yetaklagancha yurib ketdi, biz askarlar Madinaga yetib olgandan so‘ng, kunning qattiq issigida shaharga kirib keldik. Shu voqe’a bo‘ldi-yu, barchaning oromi buzildi. Bo‘htonchilarga bosh bo‘lgan kishi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul erdi. Madinaga kelganimizdan so‘ng, men bir oy kasal bo‘lib yotib qoldim. Shunda bo‘htonchilar tarqatgan gapni odamlar hamma joyda gapira boshlabdi. Men ersam bu gaplardan mutlaqo bexabar erdim. Ilgarilari kasal bo‘lsam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga ko‘p mehribonchiliklar ko‘rsatur erdilar, endi bo‘lsa undan asar xam yo‘qligi dilimni g‘ash qilur erdi. Shu kunlarda ul zot huzurimga kirib «Tuzukmisan» der erdilar-da, indamay chiqib ketar erdilar. Mana shu holat mening shubhamni orttirar erdi-yu, ammo men yomonlik aynan mening xususimda bo‘layotganini bilmas erdim. Biroz o‘zimga kelganimdan so‘ng, bir kuni tashkariga chiqdim. Men birlan birga hojatga Ummu Mistah ham chiqdi. Tashqarida bizning hojatxonamiz bo‘lib, tunlari hojatga o‘sha yerga borur erdik. Bu voqea uyimiz yaqiniga chuqur kavlab o‘rab olganimizdan avval bo‘lgan erdi. Biz arablar ilgarilari hojatga uzoqroq yerga borur erdik, chunki hojatxonaning uyga yaqinligi bizga ozor berur erdi. Ummu Mistah Abu Rahm ibn Abdu Manofning qizi bo‘lib, onasi Abu Bakrning xolalari — Saxr ibn Omirning qizi erdi. Mistah ibn Usosa ersa Ummu Mistahning o‘g‘li erdi. Ushanda men Ummu Mistah bilan uyimiz tomon hojatdan qaytayotgan erdim, Ummu Mistah o‘zining tupugiga toyilib ketib «Noumid bulgur Mistax'»—deb qarg‘andi. Men unga «Qanday bema’ni gapni aytdingiz, Badrda ishtirok qilgan kishini ham shunday yomon qarg‘aysizmi?!»—dedim. Ummu Mistah «Voy soddaey, uning nimalar deb yurganini eshitmadingizmi'»—dedi. Men «U nimalar debdi?»— dedim. Shunda Ummu Mistah menga bo‘htonchilar tarqatgan gaplarni aytib berdi. Bundan dardimga dard qo‘shildi. Keyin, men uyga qaytganimda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurimga kirib salom berdilar va odatdagidek «Tuzukmisan» deb surab erdilar, men «Ey Ollohning rasuli, menga izn bersangiz, ota-onamning oldilariga borsam'» —dedim, chunki men ota-onamdan aniqroq bir gap bilmoqchi erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga izn berdilar, men ota-onamning oldilariga keldim. Onamga «Ei onajon, odamlar nimalar deyishayotir?» — dedim. Onam «Ey qizim, o‘zingga olma, biror ayol chiroyli bo‘lsa-yu, eri uni yaxish ko‘rsa, kundoshlari albatta rashkdan ig‘vo to‘qishadi-da!» - dedilar. Men onamga «Subhonalloh, axir odamlar men haqimda bo‘hton qilishyapti- ku!»—dedim, keyin shu kecha ko‘zimga uyqu ilinmadi, yig‘lab tong ottirdim. Rasululloh sallalohu alayhi va sallam vahiy kelavermaganidan keyin, Ali ibn Abu Tolib va Usoma ibn Zaydni chaqirib, xotinlaridan (mendan) ajrash to‘g‘risida maslahat qildilar. Shunda Usoma ibn Zayd meni pok erkanligimni aytib: «Ey Ollohning rasuli, biz oilangizni faqat yaxshi, deb bilurmiz!» — dedilar. Ammo Ali ibn Abu Tolib ersalar «Ey Ollohning rasuli! Olloh sizni ayollar borasida qisib qo‘ymagan~ku, undan boshqa xotinlaringiz ham ko‘pku, hatto xizmatkor ayoldan ham so‘rashingiz mumkin, u ham bizning gapimizni tasdiqlaydi»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam joriya Bariyrani chaqirdilar- da, undan: «Ey Bariyra, seni shubhaga solgan biror narsa Oishadan sodir bo‘lganmi?» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling