Abu abdulloh
-bob Olloh taoloning qavli: «Qiyomat kuni unga ikki karra ko‘p azob berilur va
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-bob Olloh taoloning qavli: «Kimki gunohlariga tavba qilsa, iymon keltirsa va yaxshi ishlar qila boshlasa, Olloh ularning gunohlarini savobga aylantirib
- 5-bob Olloh taoloning qavli: «Endi sizlarga (albatta sazo bermoq) lozim bo’lur!»
- «ASH-SHU’ARO» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Va barcha qayta tiriladirgan kunda meni sharmanda qilmagil!»
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «(Avval) o‘zingizning yaqin qarindoshlaringizni qo‘rqitingiz (oxirat azobidan ogohlantiringiz) va musulmonlardan o‘zingizga
- «AL-QASAS» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Albatta, siz o‘zingiz yaxshi ko‘rgan kishini
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, sizga Qur’onni farz qilgan zot, albatta sizni avvalgi maqomga (ya’ni, Makkaga) qaytarguchidur!»
- 1-bob. Olloh taoloning qavli: «...Ollohning yaratganini o‘zgartib bo‘lmas, budur to‘g‘ri din!»
- «LUQMON» SURASI Olloh taoloning qavli: «Ollohga shirk keltirma, darhaqiqat shirk katta zulmdur!»
- «TANZIYLUS-SAJDA» SURASI 1-bob Olloh taoloning qavli: «Bas, ularning qilgan amallari uchun qanday ko‘zni
- «AL-AHZOB» SURASI Olloh taoloning qavli: «Payg‘ambar mo‘minlarga o‘zlaridan ham haqdorroqdur!»
- 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ularni o‘z otalari ismi birlan chaqiringizlar, bu Olloh nazdida to‘g‘riroqdur!»
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Mo‘minlar orasida (jihod qilish va shahid bo‘lish haqida) Ollohga bergan va’dalariga vafo qilgan kishilar mavjuddur. Ularning
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey payg’ambar, xotinlaringizga: «Agar sizlar bu dunyo hayoti birlan uning zebu ziynatlarini istaydirgan bo‘lsangizlar, ul holda
- 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar Ollohni, uning rasulini va oxirat uyini istaydirgan bo‘lsangizlar, ul holda shak-shubhasiz Olloh sizlarning orangizdagi
3-bob Olloh taoloning qavli: «Qiyomat kuni unga ikki karra ko‘p azob berilur va ul o‘shal joyda xorlangan holda mangu qolur!» Ibn Abziy rivoyat qiladilar: «Ibn Abbosdan «Kimki mo‘minni qasddan o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdur» hamda «Olloh o‘ldirmoqni ta’qiq qilgan biror jonni o‘ldirmaydirganlar» degan oyatlar haqida so‘radim Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday dedilar «Bu oyat nozil bo‘lganda, Makka ahli «Biz Ollohga shirk keltirib bo‘lak tangriga iltijo ham qilganmiz, Olloh o‘ldirishni harom qilgan jonni ham o‘ldirganmiz, fahsh ishlarni ham qilganmiz»,— deyishdi. Shunda Olloh ularning dilini hidoyatga chorlash uchun «Kimki gunohlariga tavba qilsa, iymon keltirsa va yaxshi ishlar qila boshlasa, Olloh ularning gunohlarini savobga aylantirib qo‘yur, Olloh mag‘firatli, mehribondur!» degan oyatni nozil qildi». 4-bob Olloh taoloning qavli: «Kimki gunohlariga tavba qilsa, iymon keltirsa va yaxshi ishlar qila boshlasa, Olloh ularning gunohlarini savobga aylantirib qo‘yur, Olloh mag‘firatli, mehribondur!» Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Abziy ikki oyat xususida Ibn Abbosdan so‘ramog‘imni buyurdilar. Avval men «Kimki mo‘minni qasddan o‘ldirsa...» degan oyat haqida so‘radim. Shunda Ibn Abbos: «Bu oyatni boshqa biror oyat bekor qilgani yo‘q,— dedilar. Keyin, men «Ollohga shirk keltirmaydirganlar» degan oyat haqida so‘rab erdim, Ibn Abbos «Bu oyat mushriklar haqida nozil bo‘lgan»,— dedilar». 5-bob Olloh taoloning qavli: «Endi sizlarga (albatta sazo bermoq) lozim bo’lur!» Masruq rivoyat qiladilar: « Abdulloh ibn Mas’ud bundai dedilar: «Besh alomat— «Tutun», «Oy», «Rum», «Hujum» va «Sazo» bo‘lib o‘tdi» («Tutun» Quraysh kofirlarining kufri. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallamga nisbatan tobora kuchaya borgandan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ollohdan Yusuf alayhissalom zamonlarida bo‘lgan qahatchilikdan yuborishni so‘ragan erkanlar. Bir necha yil davom etgan qahatchilik va qurg‘oqchilikdan kofirlar daraxt va ko‘katlarning tomirini yeyishga majbur bo‘lgan erkan. Qurib-qaqshab ketgan yerdan ko‘tarilgan chang-to‘zon ularning ko‘ziga tutundek bo‘lib ko‘ringan erkan Shundan so‘ng, ular Ollohga iltijo qila boshlabdilar-u, ammo balo ketishi birlanoq Payg‘ambarimizga yana osiylik qilishda davom etibdilar. «Oy»: Quraysh kofirlari Payg‘ambarimiz alayhissalomdan odatdan tashqari mo‘‘jizalar ko‘rsatishni talab qilishardi. Ularning talabiga binoan, kechalarning birida Janob Rasululloh barchaning ko‘z oldida Oyni bir ishora birlan ikkiga bo‘lib, birini Mashriqqa, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 197 ikkinchisini Mag‘ribga jo‘natdilar, so‘ng yana bir ishora birlan birlashtirdilar. Buni ko‘rib kofirlar Janob Rasulullohni sehrgar deyishdi. Bu voqeaga Qur’ondagi «Qiyomat yaqinlashdi va Oy teng ikkiga bo‘lindi» degan oyat dalildur. «Rum»: Payg‘ambarimiz alayhissalom bashorat qilib «Fors mamlakati hozircha Rum ustidan g‘olib bo‘lib turibdi, ko‘p o‘tmay Rum forslar ustidan zafar quchadi»,— degan erdilar. Oradan yetti yil o‘tgach, bashorat zohir bo‘lib, Rum mamlakati forslar ustidan g‘alabaga erishdi. Bunga Olloh taoloning «Juda yaqin joyda rumliklar mag‘lub bo‘ldi, lekin ular bu mag‘lubiyatidan so‘ng, yaqin yillar ichida albatta g‘alaba qiladilar» degan oyati dalildur. «Hujum»: Olloh taolo uz oyati karimasida «Tez fursatda ularni halok qilurmiz» —deb aytgan erdi. Badr kuni musulmonlar mushriklar ustiga tashlanib, Olloh taoloning irodasi birlan ulardan 70 tasini halok qildilar. «Sazo»: Olloh taolo o‘z oyati karimasida. «Endi sizlarga (albatta sazo bermoq) lozim bo‘lur!» — deb aytgan erdi. Badr janggida 70 mushrik o‘ldirildi, yuzdan ortig‘i asir olindi, bir qanchasi yarador bo‘ldi, o‘ldirilgan mushriklardan 24 tasining jasadi eng iflos chohga tashlab yuborildi). «ASH-SHU’ARO» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Va barcha qayta tiriladirgan kunda meni sharmanda qilmagil!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: « Janob Rasululloh: «Darhaqiqat, Ibrohim alayhissalom qiyomat kunida otalarini qora tutun bosganini ko‘rgaylar»,— dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat kiladilir: «Janob Rasululloh: «Qiyomat kuni Ibrohim alayhissalom otalarini uchratgaylar. Shunda Ibrohim alayhissalom: «Ey parvardigor, darhaqiqat sen hamma qayta tiriladigan kunda meni sharmanda qilmaslikka va’da bergansan!» —degaylar. Olloh taolo ersa: «Darhaqiqat, men jannatni kofirlarga harom qilgandurman!»—deb javob bergay»,— dedilar». 2-bob. Olloh taoloning qavli: «(Avval) o‘zingizning yaqin qarindoshlaringizni qo‘rqitingiz (oxirat azobidan ogohlantiringiz) va musulmonlardan o‘zingizga ergashganlariga xayrixohlik qilingiz!» Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uzingizning yaqin qarindoshlaringizni qo‘rqitingiz. .» degan oyat nozil bo‘lganda Janob Rasululloh Safo tog‘i ustiga chiqib, Quraysh qabilasidagi urug‘larga «Ey Baniy Fihr, ey Baniy Adiy!» deb nido qilib erdilar, hamma jamlandi, o‘zi kelishga qodir bo‘lmagan kishilar ersa, «Borib kelchi, nima gap erkan» deb odam jo‘natdi. Abu Lahab va Qurayshning kattalari ham kelishdi. Janob Rasululloh: «Nima deysizlar, agar men sizlarga «Mana bu vodiyda dushman otliqlari bostirib kelishga shaylanib turibdi» deb xabar bersam, sizlar menga inonasizlarmi?»— dedilar. Ko‘pchilik: «Ha, chunki biror marta ham sizdan rostdan bo‘lak gap eshitmaganmiz!» — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shunday erkan, men sizlarni kelgusida bo‘ladirgan qattiq azobdan ogohlantirurman»,— dedilar. Abu Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 198 Lahab: «Sen halok va barbod bo‘lgil, shuning uchun bizlarni jamladingmi?» — deb masxara qildi. Shunda «Abu Lahabning ikki qo‘li quridi, moli va kasb qilgan narsasi uni bundan qutultira olmadi...» degan sura nozil bo‘ldi». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ollohning «Uzingizning yaqin qarindoshlaringizni qo‘rqitingiz» degan oyati nozil bo‘lganda, Janob Rasululloh o‘rinlaridan turib: «Ey Quraysh jamoasi, oxiratingiz g‘amini o‘zlaringiz yengizlar, men (oxiratda) sizlar uchun Olloh taolodan biror yengillik so‘rab bermagayman! Ey Baniy Abdu Manof, oxiratingiz g‘amini o‘zlaringiz yengizlar, men sizlar uchun Olloh taolodan biror yengillik so‘rab bermagayman! Ey Abbos ibn Abdulmuttalib, oxiratingiz g‘amini o‘zingiz yengiz, men siz uchun Olloh taolodan biror yengillik so‘rab bermagayman! Ey Rasulullohning ammasi bo‘lmish Safiyya, men siz uchun Olloh taolodan biror yengillik so‘rab bermagayman! Ey Fotima binti Muhammad, mening molimdan xohlaganingcha so‘ra, ammo Olloh taolodan sening uchun biror yengillik so‘rab bermagayman!» — dedilar». «AL-QASAS» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Albatta, siz o‘zingiz yaxshi ko‘rgan kishini qidoyat qila olmagaysiz, ammo Olloh o‘zi xohlagan bandasini hidoyat qilur!» Sa’id ibn Musayyab otalaridan nahl qiladilar: «Abu Tolibning vafot qiladirgan kuni yaqinlashganda Janob Rasululloh uning huzuriga keldilar. Shunda ul zot Abu Tolibning oldida Abu Jahl, Abdulloh ibn Abu Umayya ibn Mug‘iyrani ko‘rdilar. Janob Rasululloh: «Ey amaki, «Lo iloha illalloh» deb kalima keltiringiz, men ul dunyoda Olloh taologa kalima keltirganingizni dalil qilurman!» — dedilar. Abu Jahl birlan Abdulloh ibn Abu Umayya ibn Mug‘iyra ersa nuqul: «Abdulmuttalibning dinidan yuz o‘girasizmi?» — deyishar erdi. Janob Rasululloh ham «Kalima keltiringiz» deb qistayverdilar. Ammo, Abu Tolib kalima keltirmay, «Abdulmuttalib millatida qolurman» deya jon taslim qildi. Shunda Janob Rasululloh: «Xudo haqi, agar man’ etilmasam, siz uchun istig‘for ayturman!» —deb erdilar, Olloh taolo «Payg‘ambar va mo‘minlarning mushriklar uchun istig‘for aytmoqligi durust emasdur!» degan oyatni hamda «Albatta, siz o‘zingiz yaxshi ko‘rgan kishini hidoyat qila olmagaysiz, ammo Olloh o‘zi xohlagan bandasini hidoyat qilur!» degan oyatni nozil qildi». 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, sizga Qur’onni farz qilgan zot, albatta sizni avvalgi maqomga (ya’ni, Makkaga) qaytarguchidur!» Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Sizni avvalgi maqomga qaytarguchidur» deyilganda Makka nazarda tutilgan»,— deydilar. «AR-RUM» SURASI Masruq rivoyat qiladilar: «Kinda qabilasidan bir kishi bunday dedi: «Qiyomat kuni bir tutun kelib, munofiqlarning qulog‘u ko‘zlarini qoplagay. Mo‘minga ersa tumovday yengilgina ta’sir qilgay». Bu so‘zni eshitib biz qo‘rquvga tushdik. Men Ibn Mas’udning oldilariga kelib, shul haqda so‘radim. Ibn Mas’ud suyanib turgan erkanlar, mening gapimni eshitib, g‘azablandilar-da, so‘ng o‘ltirib bunday dedilar' «Kim bilsa, gapirsin, bilmasa, Olloh taolo biluvchiroq!» desin. Chunki, bilmaydirgan narsasini «bilmayman» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 199 deyish ham ilmdandur. Olloh taolo: «Ey Muhammad, «Men sizlarni da’vat qilganim uchun haq so‘ramayman va men qiyin ahvolga tushib qolganlardan ham ermasman!» deb aytingiz!» — degandur. Bir vaqtlar Quraysh islomga kiravermadi. Shunda Janob Rasululloh: «Ey parvardigor, ularga Yusuf alayhissalom davridagidek qahatchilik yuborib, menga madad bergil!»—dedilar. Tez fursatda ularga qahatchilik kelib, o‘limtik va suyaklarni yeyishga majbur bo‘ldilar, ochlikdan birin-ketin halok bo‘la boshladilar. Keyin, ular yeru osmon oralig‘ini tutunga o‘xshash narsa qoplaganini ko‘rdilar Abu Sufyon Janob Rasulullohning qoshlariga kelib: «Ey Muhammad, o‘zingiz bizga qarindoshlarga yaxshilik qilishni buyurasiz, ammo o‘z qavmingiz halok bo‘layotir-ku?! Olloh taologa duo qilingiz (musibatni to‘xtaqin)!»—dedi». Keyin, Ibn Mas’ud Olloh taoloning quyidagi «Siz kutingiz ul kunniki, osmon aniq bir tutun keltirur («albatta sizlar yana qaytguchidursizlar» degan so‘zigacha) oyatini qiroat qildilar-da, bunday dedilar: «Ular, o‘zlariga payg‘ambar kelib ogohlantirganligiga qaramay, kufr keltirishdi, shunday bo‘lgach, nechuk ular oxirat azobidan xalos qilinsinlar?! Olloh taoloning «Ul kunki, biz buyuk (qattiq) tutish qilurmiz» degan qavli ham, «Endi, tez fursatda ul sazo sizlarga lozim bo‘lur» degan qavli ham Badr kuni bo‘lib o‘tdi. Olloh taolo: «Mag‘lub bo‘ldilar rumliklar yaqin bir yerda va ular mag‘lub bo‘lganlaridan keyin, oz fursatda g‘olib bo‘lurlar»,— degan erdi, ma’lumingizki, bu ham bo‘lib o‘tdi». 1-bob. Olloh taoloning qavli: «...Ollohning yaratganini o‘zgartib bo‘lmas, budur to‘g‘ri din!» (Ya’ni, Olloh taolo odamizodning xilqatin shundog paydo qilgandurki, agar ul haqni tushunmoq va qabul qilmoqchi bo‘lsa, qila olur va yo boshqalar, agar uni asliy tabiatiga qo‘yib bersalar, albatta ul o‘zicha haq dinni qabul etur). Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Har bir tug‘iladirgan go‘dak, albatta, islomda tug‘iladir. Keyin, uni ota- onasi yahudiy, nasoro yoki majusiy qilur. Shuningdek, Olloh taoloning qudrati ila hayvondan ham mukammal hayvon tug‘iladur. Aytingchi, hayvon bolasining (agar keyin o‘zingiz kesmasangiz) biror a’zosi kesik holda tug‘ilganini ko‘rganmisizlar? Olloh taolo: «Olloh odamlarni yaratishda ularning tabiatiga jo qilgan xilqatni o‘zgartib bo‘lmas, budur to‘g‘ri din!» — deydi». «LUQMON» SURASI Olloh taoloning qavli: «Ollohga shirk keltirma, darhaqiqat shirk katta zulmdur!» Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Iymon keltirgan kishilar iymonlarini zulmga omuxta qilmasalar, ularga xotirjamlik bo‘lur va ular hidoyat topgan kishilardurlar» degan oyat nozil bo‘lganda Janob Rasulullohning sahobalari dillariga tashvish tushdi. Ular «Qaysi birimiz iymonimizni zulm birlan bulg‘amadik?!»—deya kuyunishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Albatta, bu oyatning ma’nosi sizlar tushungandek ermas, Luqmonning o‘z o‘g‘liga «Darhaqiqat, shirk katta zulmdur »—deganini eshitmagansizlarmi?»— dedilar». (Zulmdan maqsad, musulmonlar bilib- bilmay qilib qo‘yadirgan gunohlar ermas, balki Olloh taologa shirk keltirmoqlikdur). Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 200 1-bob Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, qiyomatning qachon bo‘lmog‘ini faqat Olloh bilgaydur!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni odamlar birlan mubohasa qilib o‘ltirgan erdilar, shu payt bir notanish kishi kelib Janob Rasulullohga «Ey Ollohning rasuli, iymon nedur?»— deb savol berdi. Janob Rasululloh «Iymon Ollohga, uning farishtalariga, payg‘ambarlariga, Olloh birlan qiyomatda yuzma-yuz bo‘lishga, oxiratda qayta tirilishga ishonmoqlikdur»,— dedilar. Boyagi kishi yana «Ey Ollohning rasuli, islom nedur?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh «Islom — Ollohga ibodat qilmoqligingiz, unga biror narsani sherik qilmasligingiz, namoz o‘qimoqligingiz, farz qilingan zakotni bermoqligingiz va ramazon oyi ro‘zasini tutmoqligingizdur»,— dedilar. Boyagi kishi yana «Ey Ollohning rasuli, ehson nedur?» — dedi. Janob Rasululloh Ehson — parvardigoringizga xuddi uni ko‘rib turganingizdek ibodat qilmoqligingizdur, chunki siz uni ko‘rmayotgan bo‘lsangiz ham, u sizni ko‘rib turadur»,— dedilar. Boyagi kishi yana «Ey Ollohning rasuli, qiyomat qachon bo‘lgay?» — dedi. Janob Rasululloh «Bu haqda so‘ralguvchi so‘rovchidan bilimdonroq ermas, lekin sizga qiyomatning shartlarini gapirib berayin: ayol o‘z xojasini (ya’ni, gapiga itoat qilmaydigan, aksincha o‘ziga buyruq qiladirgan farzand) tug‘sa, bu qiyomat belgilaridandur, agar yalangoyoq, yalang‘och odamlar elga boshliq bo‘lsalar, bu ham qiyomat belgilaridandur. Besh narsa xususida faqat Olloh taoloning o‘zi bilur qiyomatning qachon bo‘lmog‘ini, qachon yog‘in yog‘mog‘ini, ona qornidagi homilaning na erkanini, ertaga kimning qaerda qanday rizqi borligini va kim qaerda, qay holatda o‘lmog‘ini»,— dedilar. Shundan so‘ng, boyagi kishi chiqib ketdi. Janob Rasululloh uni zudlik birlan qaytarib kelmoqni buyurdilar, ammo odamlar tashqariga chiqishganda hech kim yo‘q erdi. Janob Rasululloh «Bu Hazrat Jabroil alayhissalom erdilar, odamlarga ularning dinlarini o‘rgatish uchun kelgan erdilar»,— dedilar». Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «G’aybning kaliti beshtadur»,— dedilar, keyin «Darhaqiqat, qiyomatning qachon bo‘lmog‘ini faqat Ollohning o‘zi bilur» degan oyatni o‘qidilar». «TANZIYLUS-SAJDA» SURASI 1-bob Olloh taoloning qavli: «Bas, ularning qilgan amallari uchun qanday ko‘zni quvontiradirgan ne’matlar mukofot tariqasida asrab qo‘yilganini biror jon bilmas!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «Olloh taborak va taolo «Men solih bandalarim uchun ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, inson ko‘ngliga kelmagan narsalarni tayyorlab qo‘ydim»,— deb aytdi»,— dedilar. Agar xohlasangizlar, «Bas, ularning qilgan amallari uchun qanday ko‘zni quvontiradirgan ne’matlar mukofot tariqasida asrab qo‘yilganini biror jon bilmas!» degan oyatni o‘qingizlar!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Olloh taolo «Men solih bandalarim uchun ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, biror insonning xayoliga kelmagan ne’matlarni tayerlab qo‘yganman, bu ne’matlar bandalarim o‘zlari bilgan mukofotlar-dan tashqaridur'»—dedi»,— dedilar. So‘ng, «Bas, ularning qilgan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 201 amallari uchun qanday ko‘zlarni quvontiradigan ne’matlar mukofot tariqasida asrab qo‘yilganini biror jon bilmas!» degan oyatni tilovat qildilar» «AL-AHZOB» SURASI Olloh taoloning qavli: «Payg‘ambar mo‘minlarga o‘zlaridan ham haqdorroqdur!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam «Men har qanday, mo‘minga bu dunyoda ham, oxiratda ham boshqalardan ko‘ra haqdorroqman. Agar xohlasangizlar, Olloh taoloning «Payg‘ambar mo‘minlarga o‘zlaridan ham haqdorroqdur!» degan oyatini o‘qingizlar! Qaysi mo‘min o‘zidan keyin mol qoldirsa, agar uning qarindoshlari bo‘lsa, moliga merosxo‘r bo‘lsinlar, agar u qarz yoki qarovsiz bola qoldirgan bo‘lsa, ul holda mening huzurimga kelsinlar, men uning mavlosiman (ya’ni, qarzini uzib, bolasiga homiylik qilurman)!»— dedilar». 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ularni o‘z otalari ismi birlan chaqiringizlar, bu Olloh nazdida to‘g‘riroqdur!» Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Darhaqiqat, «Ularni o‘z otalari nomi birlan chaqiringizlar!» degan oyat nozil bo‘lguncha, biz Janob Rasulullohning qullari Zayd ibn Horisani Zayd ibn Muhammad deb chaqirar erdik. (Mazkur oyat va hadis hukmiga binoan, asrandi bola xech qachon o‘z pushti kamaridan bo‘lgan farzand o‘rnida bo‘lmaydi. Chunonchi, Janob Rasululloh o‘z qullari bo‘lmish Zayd ibn Horisani qullikdan ozod qilib, o‘gil qilib olgan erdilar. Shuning uchun ham sahobai kiromlar Zaydni Zayd ibn Muhammad deb chaqirishar erdi. Mazkur oyat bunga yakun yasadi)». 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Mo‘minlar orasida (jihod qilish va shahid bo‘lish haqida) Ollohga bergan va’dalariga vafo qilgan kishilar mavjuddur. Ularning ba’zilari shahid bo‘ldilar, ba’zilari shaxodatni kutib turibdilar. Ular munofiqlar singari ahdlarini o‘zgartirganlari yo‘q!» Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Ushbu «Mo‘minlar orasida Ollohga bergan va’dalariga vafo qilgan kishilar mavjuddur...» degan oyat Anas ibn Nazr haqida nozil bo‘lgan»,— deydilar. Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu bunday deydilar: «Qur’onni mushaf qilib jamlayotganimizda «Al-Ahzob» surasidan bir oyatni yo‘qotib qo‘ydim, uni Janob Rasulullohning qiroat qilganlarini eshitgan erdim. Ammo, uni hech kimdan topa olmadim. Qidira-qidira, nihoyat uni Janob Rasululloh bir o‘ziga ikki kishi o‘rnida guvohlik berish huquqini in’om qilgan Xuzayma al-Ansoriydan topdim. Bu oyat — «Mo‘minlar orasida Ollohga bergan va’dalariga vafo qilgan kishilar mavjuddur» degan oyat erdi». 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey payg’ambar, xotinlaringizga: «Agar sizlar bu dunyo hayoti birlan uning zebu ziynatlarini istaydirgan bo‘lsangizlar, ul holda kelingizlar, men sizlarni o‘sha narsalardan biroz bahramand qilayin-da, so‘ng yaxshilik ila qo‘yib yuboray!»—deb aytingiz!» Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Olloh taolo Janob Rasulullohga vahiy yuborib, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 202 xotinlariga ikki narsadan birini tanlash ixtiyorini berish lozimligini aytganda, ul zot birinchi bo‘lib mening huzurimga kirdilar-da, «Men senga bir narsa xususida so‘zlagayman, ota-onangga maslahat solmay turib, menga javob bermoqqa oshiqma!» — dedilar. Vaholanki, Janob Rasululloh yaxshi bilur erdilarki, ota-onam hech qachon menga ul zotdan ajramogimni buyurmagay! Janob Rasululloh gaplarida davom etib: «Olloh taolo menga «Ey payg’ambar, xotinlaringizga «Agar sizlar bu dunyo hayoti birlan uning zebu ziynat-larini istaydirgan bo‘lsangizlar, ul holda kelingizlar, men sizlarni o‘sha narsalardan biroz bahramand qilayin-da, so‘ng yaxshilik ila qo‘yib yuboray» deb aytingiz!» deb buyurdi»,— dedilar. Shunda men: Buning uchun ota-onamning buyrugini kutmogimga hojat yo‘q, chunki men albatta Ollohni, uning rasulini va oxiratni tanlagayman!» —dedim». 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar Ollohni, uning rasulini va oxirat uyini istaydirgan bo‘lsangizlar, ul holda shak-shubhasiz Olloh sizlarning orangizdagi solih amallar qilguvchilar uchun ulug‘ mukofot bo‘lmish jannatni tayyorlab qo‘ygandur!» Payg’ambarimiz alayuhissalomning xotinlari Oisha raziyallohu anho rivoyat kiladilar: «Janob Rasululloh xotinlariga tanlash ixtiyorini berishga buyurilganlaridan keyin, dastlab mening huzurimga kirdilar-da, menga: «Hozir men senga bir gapni aytaman, ota- onangning fikrlarini olmay turib, menga javob berishga shoshilma!»—dedilar. Vaholanki, Janob Rasululloh ota-onamning menga ul zotdan ajrashimni buyurmasliklarini yaxshi bilur erdilar. Ul zot Olloh taoloning «Ey payg‘ambar, xotinlaringizga aytingizki, agar sizlar bu dunyo hayoti birlan uning zebu ziynatlarini istaydirgan bo‘lsangizlar, ul holda kelingizlar, men sizlarni o‘sha narsalar birlan biroz bahramand qilayin-da, so‘ng yaxshilik ila qo‘yib yuboray. Agar Ollohni va uning rasulini hamda oxirat uyini istaydirgan bo‘lsangizlar, ul holda shak-shubhasiz Olloh sizlarning orangizdagi solih amallar qiluvchilarga ulug‘ mukofot bo‘lmish jannatni tayyorlab qo‘ygandur!» degan oyatini o‘qidilar. Shunda men Janob Rasulullohga: «Buning nimasini ota-onamdan so‘ragayman, albatta men Ollohni, uning rasulini va oxirat uyini istarman!» — dedim Keyin, Janob Rasulullohning boshqa xotinlari ham xuddi men qilgan ishni qilishdi» (Shu vaqtda Janob Rasulullohning nikohlarida to‘qqizta xotin bor erdi, ular: «Oisha binti Abu Bakr, Hafsa binti Umar, Ummu Habiba binti Abu Sufen, Savda binti Zam’a, Ummu Salama binti Abu Umayya, Safiyya binti Huyay, Maymuna binti Horis, Zaynab binti Jahsh va Juvayriyya binti Horis. Mazkur oyatning nozil bo‘lish sabablari:1) Olloh taolo o‘z rasuliga bu dunyoni yoki oxiratni tanlashni buyurganda, ul zot oxiratni afzal bilgan erdilar. Shuning uchun Olloh taolo Janob Rasulullohning yostiqdoshlarini ham faqat oxiratni o‘ylaydirgan va uni bu dunyodan ustun qo‘yadirgan ayollar bo‘lmog‘ini xoxladi. 2) Janob Rasulullohning xotinlari o‘zaro suhbatda: «Qaniydi, ul zotdan boshqa erga tekkanimizda bizning ham orzu-havaslarimiz ro‘yobga chiqib, taqinchoqlarimiz ko‘p bo‘lgan bo‘lur erdi'» — deb hayotlaridan nolishgan erdi. 3) Janob Rasulullohning xotinlaridan biri Misr matosidan, yana biri Yaman matosidan ko‘ylak, boshqa biri ersa taqinchoq olib berishni talab qildi, ammo ul zot, ma’lumki xotinlarining barcha aytganlarini olib berishga qodir bo‘lgan ahli dunyolardan ermas erdilar. Yolg‘iz Oisha raziyallohu anhogina boriga shukr qilib, Janob Rasulullohdan hech narsa talab qilmaganlar. Shul boisdan ham Olloh taolo oxirat mukofoti bo‘lmish jannatnigina xohlagan ayolning ul zot birlan qolmog‘ini, bu dunyo zebu ziynatlarini xohlagan ayolning ersa ul zotdan ajrab, bo‘lak erga tegmog‘ini iroda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling