Abu abdulloh
-bob. Tik turgan holda (suv) ichmoq haqida
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-bob Tuyasini minib (Arafotda vuquf qilib) turgan holda sut ichgan kishi haqida
- 17-bob. Ichishning (avval) o‘ngdagi, so‘ng (yana) o‘ngdagi (odamdan) boshlanmog‘i haqida
- 18-bob. Kishi biror ichimlikni uzatishda o‘zining o‘ng tomonidagi odamdan: «Avval sendan kattaroqlarga uzaqam, maylimi» — deb izn so‘raydimi
- 19-bob. Hovuzdan suv ichmoq haqida
- 20-bob Kichiklarning kattalarga xizmat qilmog‘i haqida
- 21-bob. Idish ustini yopib qo‘ymoq haqida
- 22-bob Meshlarning og‘zini buzib ulardan suv ichmoq haqida
- 23-bob. Meshning og‘zidan suv ichmoq haqida
- 25-bob Idish og‘zidan ikki yoki uch bor suv ichib, har gal nafasni tashqariga chiqarmoq haqida
- 26-bob. Oltin idishda ichmoq haqida
- 27-bob. Kumush idish haqida
- 29-bob. Janob Rasulullohning qadah va idishlaridan ichmoq haqida
- 30-bob Tabarruk qilib berilgan suvni ichmoq va tabarruk suv haqida
15-bob. Tik turgan holda (suv) ichmoq haqida Nizol ibn Maysara rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu masjid maydoni eshigi oldiga keldilarda, tik turgan hollarida (suv) ichdilar. So‘ng, odamlarga Ba’zi kishilar tik turib (suv) ichmoqlikni rad qilurlar, vaholanki men Janob Rasulullohning hozir ne Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 377 qilganimni ko‘rgan bulsangiz, shunday qilganlarini ko‘rganman»,— dedilar». Abdulmalik ibn Maysara rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu peshin o‘qib, so‘ng odamlar ishini hal qilmoq uchun Kufa maydonida asrga qadar qolib ketdilar. Keyin, ul kishiga suv keltirishib erdi, ichdilar yuz-qo‘llarini yuvdilar va boshlari birlan ikki oyoqlarini esladilar (ya’ni, boshlari birlan oyoqlariga mash tortishni unutgan erdilar, keyin ularga mash tortdilar) So‘ng, o‘rinlaridan turib tik turgan hollarida ortib qolgan suvni ichdilar. Keyin odamlarga «Ayrim odamlar tik turgan holda suv ichmoqlikni rad qilurlar, vaholanki Janob Rasululloh men qilgandek qilganlar»,— dedilar» Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tik turgan holda Zamzam suvidan ichdilar». 16-bob Tuyasini minib (Arafotda vuquf qilib) turgan holda sut ichgan kishi haqida Ibn Abbosning mavlolari Umayr rivoyat qiladilar: «Ummulfazl Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, ul zot kechqurun (tuyalariga minib) Arafotda (vuquf qilib) turganlarida, bir qadah sut yubordilar. Shunda Janob Rasululloh uni qo‘llariga olib ichdilar». Abunnazr raziyallohu anhu «tuyalariga minib» deb qo‘shimcha qiladilar 17-bob. Ichishning (avval) o‘ngdagi, so‘ng (yana) o‘ngdagi (odamdan) boshlanmog‘i haqida Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga suv qo‘shilgan sut keltirildi, shunda ul zotning o‘ng yonlarida bir badaviy va chap yonlarida Abu Bakr as-Siddiq turgan erdilar. Janob Rasululloh sutni ichib, so‘ng (qolganini) badaviyga uzatdilar-da «(Avval) o‘ngdagi so‘ng (yana) o‘ngdagi (kishiga uzatmoq lozim)!» —dedilar» 18-bob. Kishi biror ichimlikni uzatishda o‘zining o‘ng tomonidagi odamdan: «Avval sendan kattaroqlarga uzaqam, maylimi?» — deb izn so‘raydimi? ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga meva sharbati keltirishib erdi, undan ichdilar. Shunda ul zotning o‘ng tomonlarida bir yigit va chap tomonlarida keksalar o‘ltirishgan erdi. Janob Rasululloh yigitdan «Avval anavi keksalarga uzaqam, ruxsat berursanmi?» —deb so‘radilar. Yigit: «Olloh taolo haqi, yo Rasulalloh, sizdan tegadirgan nasibamdan voz kechmagayman!»— dedi. Shunda Janob Rasululloh uning qo‘lini chimchilab qo‘ydilar? 19-bob. Hovuzdan suv ichmoq haqida Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir sahobalari birlan birga bir kishining hovlisiga kirdilar-da, unga salom berdilar, saxobalari ham salom berdi. Xonadon sohibi alik olgach: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, shunday jazirama vaqtda nima qilib yuribsiz?!»—dedi. Shunda u bog‘ini sug‘orib turgan erdi. Janob Rasululloh: «Agar meshda tindirib qo‘yilgan suving bo‘lganida erdi! Bo‘lmasa hovuzdan ham nchib ketaveramiz!» — dedilar. Bog‘ini hanuz Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 378 sug‘orishda davom etib turgan xonadon sohibi: «Yo Rasulalloh, menda meshda tindirib qo‘yilgan suv bor»,— dedi-da, chorpoyaga (supaga) chikdi, so‘ng bir qadahda suv olib, unga sut qo‘shdi. Janob Rasululloh (undan) ichdilar, keiin qaytarib berib erdilar, (qolganini) o‘zlari birlan birga kelgan kishi ichdi» 20-bob Kichiklarning kattalarga xizmat qilmog‘i haqida Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men yoshim kichik bo‘lsa-da, mahallada amakilarimga sharob quyib berib turgan erdim. Bir mahal, mast qilguvchi ichimlikning harom qilinganligi haqida ma’lum qilib qolishdi. Odamlar «Uni to‘kib tashlangizlar!» — deyishdi. Biz uni to‘kib tashladik» Mu’tamirning otalari bunday deydilar: «Men Anasga ; «Ular qanday ichimlik ichishayotgan erdi?» - - deb aytdim, Anas «Yangi uziltan va xom xurmolardan tayyorlangan ichimlik erdi» — dedi». Anasning o‘g‘li Abu Bakr «Ushanda Anas ularning xamri (mast qilguvchi ichimligi) bo‘lganini inkor qilmadilar», -deydilar 21-bob. Idish ustini yopib qo‘ymoq haqida Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar. «Tun qorong‘usi tushishi birlanoq bolalaringizni uyda mahkam ushlab o‘ltiringizlar chunki bu vaqtda shaytonlar chor atrofga tarqaladir. Tun qorong‘usi tushgan-dan bir soat o‘tgach ersa, bolalaringizni uy ichida qoldiringizlar-da, tashqariga chiqib «Bismillohir rahmonir rahiym» deb eshiklarni yopib kelingizlar, shunda shayton yopiq eshikni ocholmaydi. Keyin, «Bismillohir rahmonir rahiym» deb meshlaringizning og‘zini bog‘lab qo‘yingizlar, so‘ng yana «Bismillohir rahmonir rahiym» deb idishlaringizning ustiga biror narsa yopib qo‘yingizlar, keyin chiroqlaringizni o‘chirib yotingizlar!» Ato Jobir raziyallohu anhudan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tunda chiroqlarni o‘chirib, eshiklarni tambalab, meshlarning og‘zini bog‘lab hamda ovqatu ichimliklar ustini bir cho‘p birlan bo‘lsa ham yopib, so‘ng uyquga yotingizlar!». 22-bob Meshlarning og‘zini buzib ulardan suv ichmoq haqida Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meshlarning og‘zini buzib ulardan suv ichmoqdan qaytardilar» Ubaydulloh ibn Abdulloh Abu Sa’id al-Xudriyning bunday deb rivoyat kilganlarini eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meshlarning og‘zini buzmoqdan qaytardilar». Mu’ammar yoki boshqa bir roviy. «Meshlarning og‘zini buzmoq, ya’ni bevosita ularning og‘zidan suv ichmoq demakdur»,— deydilar. 23-bob. Meshning og‘zidan suv ichmoq haqida Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Garchi kishi qo‘shnisining o‘z hovlisida hatto qoziq qoqmog‘iga mone’lik qiladirgan darajadagi odam bo‘lsa-da, mesh og‘zidan suv ichmasin!» — dedilar» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 379 Bu yerda yuqoridagi hadis qisqacha takrorlangan 24-bob. Idish ichiga nafasni kiritmoq haqida Abu Qatoda otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Birortangiz (suv yoki boshqa biror ichimlik) ichsangiz, idish ichiga nafasingizni chiqarmangiz va agar birortangiz peshob qilsangiz o‘ng qo‘lingiz birlan olatingizni poklamangiz va agar birortangiz (ketingizni) artadirgan bo‘lsangiz, o‘ng qo‘lingiz birlan artmangiz!» 25-bob Idish og‘zidan ikki yoki uch bor suv ichib, har gal nafasni tashqariga chiqarmoq haqida Sumoma ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas idish ogzidan ikki yoki uch bor suv ichib, har gal nafaslarini idish tashqarisiga chiqardilar-da, «Rasululloh idish og‘zidan uch bor suv ichib, har gal nafaslarini tashqariga chiqargan erdilar»— deb ta’kidladilar». 26-bob. Oltin idishda ichmoq haqida Ibn Abu Laylo rivoyat qiladilar: «Huzayfa Madoin shahrida erdilar, chanqab qolib suv so‘radilar. Shunda qishloq oqsoqoli ul kishiga bir kumush qadahda suv uzatib erdi, uni olib otib yubordilar-da :«Men kumush qadahni undan foydalanmoqdan qaytarish maqsadidagina otib yubordim, u bo‘lsa buni anglamadi. Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni harir va deboj kiymoqdan, oltin va kumush idishda ichmoqdan qaytarib, « Harir va deboj kiyimlar, oltin va kumush idishlar bu dunyoda ular (ya’ni, oxirati yo‘qlar) uchun bo‘lib, oxiratda ersa sizlar uchundur!»—deb aytganlar»,— dedilar» 27-bob. Kumush idish haqida Mujohid ibn Abu Laylodan naql qiladilar: «Biz Huzayfa birlan birga yo‘lga chiqdik. Shunda Huzayfa Janob Rasululloh haqlarida eslab aytdilarki, ul zot «Oltin va kumush idishlarda ichmangizlar, harir va deboj kiyim kiymangizlar, chunki bunday narsalar bu dunyoda ular (ya’ni, oxirati yo‘qlar) uchun bo‘lib, oxiratda ersa sizlar uchundur!» — degan erkanlar» Janob Rasulullohniig jufti halollari bo‘lmish Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kumush idishda (suv, ovqat va boshqalar) ichadirgan odamning qornida haqiqatan ham jahannam o‘ti gurkiraydi!» — dedilar». Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga yetti narsani (qilmoqni) buyurib, yetti narsani (qilmoqni) man’ qildilar, kasalni borib ko‘rmoqni, janozaga bormoqni (ergashmoqni), aksa urgan kishi «Alhamdu lilloh!» desa, unga «Iarhamukalloh va yashfiyk!» deb javob qaytarmoqni, taklifga ijobat qilmoqni salomga alik olmoqni, mazlumga yordam qilmoqni va qasamga vafo qilmoqni amr qildilar hamda tilla uzuk taqmoqni, kumush idishda ichmoqni (yoki kumush idish tutmoqni), miysara, qassiy, harir, deboj va istabraq (kiyimlar) kiymoqni man’ qildilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 380 28-bob. Qadahlarda (suv, sut va boshqalar) ichmoq xususida Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning arafa kuni ro‘zador yoki ro‘zador ermasliklari haqida shubhalanishdi. Shunda men ul zotga bir qadah sut yuborib erdim, ichdilar» 29-bob. Janob Rasulullohning qadah va idishlaridan ichmoq haqida Abu Burda rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Salom menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muborak lablari tekkan idishda senga biror ichimlik quyib berayinmi?» — dedi». Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu bunday deb aytgan erdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir arab ayoli haqida so‘zlashdi. Shunda ul zot Abu Usayd as-So’idiyga o‘shal ayolga odam yubormoqni buyurdilar, u odam yubordi. Keyin, ayol Banu So’ida bog‘iga kelib tushdi. Janob Rasululloh u tomon yo‘lga chiqib yetib bordilar-da huzuriga kirdilar, ayol boshini quyi solib o‘ltirar erdi. Janob Rasululloh ayolga gapirgan erdilar, u «Olloh taolo meni sendan qutqarsin!» — dedi. Janob Rasululloh «Seni o‘zimdan qutqarib bo‘lganman!»—dedilar. Sahobalar unga «Sen bul zotning kim erkanliklarini bilurmisan?»—deyishdi. Ayol: «Yo‘q»,— dedi. Sahobalar: «Bul zot Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdurlar, seni o‘zlariga xotinlikka so‘ragani kelganlar»,— deyishdi. Ayol «Men shundan iztirobdaman!»— dedi. Janob Rasululloh o‘shal zamonoq uydan qaytib chiqdilar-da, Banu So’ida ayvoniga borib o‘ltirdilar, sahobalar ham borib o‘ltirishdi. Keyin, ul zot menga «Ey Sahl, bizning tashnaligimizni qondirgil!»—dedilar. Men bir qadah olib chiqib, ularning barchasiga suv quyib berdim» «Sahl bizga o‘shal qadahni olib chiqib berdi,— deydilar Abu Hozim — biz unda qonib (suv yoki boshqa biror ichimlik) ichdik. Keyin uni Umar ibn Abdulaziz o‘zlariga sovg‘a qilmoqni so‘radilar, Sahl sovg‘a qildi» Osim al-Ahval rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qadahlarini Anas ibn Molikning uylarida ko‘rdim, u darz ketgan bo‘lib, darzi kumush zanjir birlan bog‘lab qo‘yilgan erdi (Afsus) u sof yog‘ochdan qilingan kattagina bir yaxshi qadah erdi. Anas Men bu qadahda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga falon va falon martadan ortiq suv ichirganman» — deb aytgan erdi». Ibn Sirin bunday deydilar: «Uning (qadahning) temir halqasi bo‘lib, Anas uning o‘rniga oltin yoki kumush halqa o‘rnatmoqchi bo‘ldilar. Shunda Abu Talha ul kishiga «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘rnatib qo‘ygan narsalarini o‘zgartirmagil!» — deb erdilar, temir halqani o‘z joyida qoldirdilar». 30-bob Tabarruk qilib berilgan suvni ichmoq va tabarruk suv haqida Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu Solim ibn Abu al-Ja’dga bunday deb aytgan erkanlar: «Sen o‘shanda meni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ko‘rgan erding. Asr vaqti bo‘lib qolib, mesh tagida qolgan suvdan bo‘lak suvimiz yo‘q erdi. Shunda biz meshning og‘zini pastga qilib to‘nkargan erdik. Janob Rasululloh kelib qo‘llarini meshning og‘ziga tiqdilar-da panjalarini yozdilar. So‘ng «Ey tahorat olguvchilar Olloh taolodan baraka tilangan suvga oshiqingizlar!»—deb nido qildilar. Shunda men meshdagi suvning Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 381 ul zotning barmoqlari orasidan otilib chiqayotganini ko‘rdim. Odamlar o‘sha suvdan tahorat olishdi, ichishdi. Qani endi qornimdagi suvning menga naqadar huzur baxsh etganligini bilsangiz erdi! Men uning ichishim birlanoq haqiqatan ham tabarruk erkanligini sezdim!» Men Jobirga «Ushanda qancha kishi erdingizlar?» — dedim. Jobir «Bir ming to‘rt yuz kishi» — dedi». Online o’qish: http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.0 Internet uchun Laylo va Doniyor tayyorlagan. www.ziyouz.com 2007 Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling