Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-bob Olloh taoloning ismini aytib, o‘ng qo‘l birlan taom yemoq haqida
- 2-bob. O’z oldidan (taom) yemoq haqida
- 3-bob. Bir lagandan taom yeyayotib, sherigiga yoqmasligini o‘ylamay, uning tarafiga ham qo‘l uzatgan kishi haqida
- 4-bob. Taom yeyishni hamda bundan boshqa ishlarni o‘ngdan boshlash lozimligi haqida
- 5-bob. To‘ygunicha taom yegan kishi haqida
- 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Yo‘qdur gunoh ko‘rga va yo‘qdur gunoh cho‘loqqa va yo‘qdur gunoh xastaga va na o‘zlaringizga yemaklaringizda o‘z
- 7-bob. Yumshoq non hamda xontaxta va dasturxonda ovqatlanmoq xususida
- 9-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning taomni, Olloh taoloning ismini aytmay va uning nimadan tayyorlanganligini bilmay turib, tanovul qilmaganliklari xususida
- 10-bob. Bir kishi to‘yadirgan ovqat ikki kishiga ham kifoya qiladi!
- 12-bob. Yonboshlab ovqat yemoq xususida
- 13-bob Qovurilgan go‘sht haqida Olloh taoloning qavli: «Keyin, keltirdi qovurilgan buzoq».
- 16-bob. (Qand) lavlagi va arpa xususida
- 18-bob Qo‘l go‘shtini yemoq xususida
www.ziyouz.com kutubxonasi 331 Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nihoyatda sillam quriganidan biror yegulik izlab ko‘chaga chiqib erdim, Umar ibn al-Xattobga yo‘liqdim. Shunda Olloh taoloning Kitobidan ochlarni tuyg‘azish lozimligi haqidagi oyatni o‘qib bermog‘ini undan iltimos qildim (qornim ochligini fahm-lasin, deb erdim) U hovlisiga kirib, Qur’oni Karimni ochdi-da, men aytgan oyatni o‘qib tushintirdi (ammo, ochligimni fahmlamadi) Keyin, men uning hovlisidan chiqib, biroz yurdim, ammo sillam quriganidan yuz tuban yiqildim. Bir mahal qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tepamda turibdilar: «Ey Abu Hurayra!» — dedilar ul zot. Men: «Labbay, yo Rasulalloh, xizmatingizga tayyorman!»—dedim. Janob Rasululloh qo‘limdan tortib meni turg‘azdilar-da, ochlikdan shul ahvolga tushganimni bilib, meni tuyalari tomon yetakladilar. Keyin, kattagina bir idishda sut uzatib, ichmog‘imni amr qildilar, men ichdim So‘ng, menga «Ey Abu Hurayra, yana quyib ich!»—dedilar. Men yana qo‘iib ichdim. So‘ng: «Yana quyib ichyo»—dedilar. Men yana quyib ichdim hatto qornim kamondek tarang tortilib ketdi. Keyin, men Umarni yana uchratib, boya o‘zimga nima bo‘lganini unga aytdim-da «Olloh taolo meni to‘yg‘azmoqni sendan ko‘ra haqlig‘roq kishiga (ya’ni, Janob Rasulullohga) topshirdi. Ey Umar, xudo haqi, men sendan mazkur oyatni o‘zim bilmaganim uchun o‘qib bermog‘ingni iltimos qilmagan erdim, uni sendan ko‘ra o‘zim yaxshiroq qiroat qila olaman!»—dedim. Umar «Xudo haqi, terisi shilingan tuya kabi bo‘lganimdan ko‘ra, seni to‘yg‘azganim mening uchun yaxshiroq erdi!»—dedi». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 332 TAOMLAR KITOBI Olloh taolo: «Biz sizlarga rizq qilib bergan pokiza ne’matlardan tanovul qilingizlar!», «Peshona teringiz birlan topgan ne’matlardan sadaqa (ehson) qilingizlar!», «Amali solihlar qilingizlar, men sizlarning qilib turgan ishlaringizni bilib tururman!» — deydi. Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ochni to‘yg‘azingizlar, kasalni borib ko‘ringizlar, asirni ozod qilingizlar!» — dedilar». Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning oilalari (loaqal) uch kun to‘yib ovqat yemagandur!» 1-bob Olloh taoloning ismini aytib, o‘ng qo‘l birlan taom yemoq haqida Umar ibn Abu Salama rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bag‘rlarida parvarish topayotgan bir bola erdim. Ovqat yeyayotganimizda qo‘limni laganning dam uyog‘iga, dam buyog‘iga uzata boshlagan erdim, ul zot menga «Ey bola, Olloh taoloning ismini aytib, o‘ng qo‘ling birlan o‘z oldingdan yegil!» — dedilar (ya’ni, Olloh taoloning ismini aytish birlan kishi o‘z oldidagi taomdan shaytonni quvib yuboradi, taomning dam uyog‘idan, dam buyog‘idan yeyish beadablik va badnafslik alomati bo‘lib, shunday qilgan kishi birga taom yeyayotganlarning dilini ranjitadi, ularning ko‘nglini taomdan qoldiradi, taomni o‘ng qo‘l birlan yeyish chin mo‘min-musulmonning odati bo‘lib, shaytongina chap qo‘li birlan tanovul qiladi). Shu-shu bo‘ldi-yu, men bunday beadabchilikni sira qilmadim». 2-bob. O’z oldidan (taom) yemoq haqida Anas rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taoloning ismini aytingizlar va har bir kishi o‘z oldidan (taom) yesin!»— dedilar». Ibn Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Bir kuni men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga taom yeyayotib, laganning dam uyog‘iga, dam buyog‘iga qo‘l uzata boshladim. Shunda Janob Rasululloh: «Uz oldingdan (taom) yegil!» — dedilar». Vahb ibn Kayson Abu Nu’aym rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga taom keltirishdi, shunda Abu Salamaning o‘g‘li (ya’ni, ul zotning o‘gay o‘g‘illari) Umar ham birga o‘ltirgan erdi. Ul zot unga: «Olloh taoloning ismini aytib, o‘z oldingdan (taom) yegil!» — dedilar». 3-bob. Bir lagandan taom yeyayotib, sherigiga yoqmasligini o‘ylamay, uning tarafiga ham qo‘l uzatgan kishi haqida Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir tikuvchi taom tayyorlab, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni mehmonga taklif qildi, men ham ul zot birlan birga bordim. Qarasam, Janob Rasululloh idishning chetidagi qovoqlardan olib yeyaptilar. Shu bugundan e’tiboran men qovoqni xush ko‘rib qoldim!». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 333 Abu Salamaning o‘gillari Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Ung qo‘ling birlan yegil!» — dedilar». 4-bob. Taom yeyishni hamda bundan boshqa ishlarni o‘ngdan boshlash lozimligi haqida Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tahoratni ham, poyafzal kiyishni ham, soch tarashni ham o‘ngdan boshlashni yaxshi ko‘rar erdilar. Ul zot barcha o‘ngdan boshlash joiz bo‘lgan ishlarni o‘ngdan boshlashni odat qilgan erdilar». 5-bob. To‘ygunicha taom yegan kishi haqida Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Abu Talha Ummu Sulaymga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ochlikdan toliqqan ko‘rinadilar, ovozlarini arang eshitdim, biror yeguliging bormi?» — dedilar. Ummu Sulaym bir necha arpa nonini yopinchig‘lariga o‘rab, qo‘ynimga tiqib qo‘ydilar-da, meni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga jo‘natdilar. Men nonlarni olib yo‘lga chiqdim, ul zotni masjiddan topdim, huzurlarida bir qancha odamlar ham bor erdi. Men ularning tepasiga borib turdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Seni Abu Talha yubordimi?»—dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Janob Rasululloh: «Taomga taklif qildimi?» — dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Janob Rasululloh o‘zlari birlan birga o‘ltirganlarga: «Turingizlar!» — dedilar-da, yo‘lga chiqdilar, men ham birgalikda yo‘lga chiqib, ularni Abu Talhaning uylariga boshlab bordim. Abu Talha: «Ey Ummu Sulaym, Janob Rasululloh bir necha odamlar birlan birga keldilar, bizning ersa ularni mehmon qilarlik taomimiz yo‘q!» — dedilar. Ummu Sulaym: «Olloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq bilgaydur!» — dedilar. Abu Talha tashqariga chiqib Janob Rasulullohni kutib oldilar, keyin ikkalalari uyga kirib kelishdi. Janob Rasululloh: «Ey Ummu Sulaym, boringni olib kelavergil!» — dedilar. Ummu Sulaym boyagi nonlarni dasturxonga qo‘yib erdilar, Janob Rasululloh nonxurush keltirmoqni amr qildilar. Ummu Sulaym yog‘donlariga meva solib, nonxurush tayyorlab berdilar. Keyin, Janob Rasululloh dasturxonga qo‘yilgan yeguliklarni maqtab-maqtab tanovul qildilar. So‘ng, o‘zlari birlan kelgan odamlardan o‘n kishini dasturxonga taklif qilmoqqa ruxsat berdilar. Ular to‘ygunlaricha yeb, so‘ng chiqib ketishdi. Keyin, yana o‘n kishini dasturxonga taklif qilmoqqa izn berdilar, ular ham to‘ygunlaricha yeb, chiqib ketishdi. So‘ng. yana o‘n kishini dasturxonga taklif qilmoqqa ruxsat berdilar, ular ham to‘ygunlaricha yeb, chiqib ketishdi. Keyin, yana o‘n kishiga izn berdilar, ular ham to‘ygunlaricha yeb, so‘ng chiqib ketishdi. Shul tariqa, barchalari to‘yib ovqatlanishdi, vaholanki ular sakson kishi erdilar». Abdurrahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bir yuz o‘ttiz kishi erdik. Janob Rasululloh: «Birortangizda yegulik bormi?» — dedilar. Bir kishida bir so’ yoki shunga yaqin yegulik bo‘lib, u boshqalar birlan baham ko‘rgisi kelmay, gapni chaynadi. Keyin, bir novcha mushrik bir qo‘y yetaklab kelib qoldi. Shunda Janob Rasululloh unga: «Sotiladimi yoki hadyami?» — dedilar. Mushrik: «Yo‘q, sotiladi»,— dedi. Janob Rasululloh qo‘yni undan sotib oldilar, men uni so‘ydim. Janob Rasululloh uning jigarini qovurishni buyurdilar. Olloh taologa ont ichamanki, bir yuz o‘ttiz kishining har biriga qovurilgan jigardan kesib ulush ajratdilar, kim shu yerda bo‘lsa, ulushini o‘ziga berdilar, biror yerga ketgan bo‘lsa, ulushini ehtiyotlab olib qo‘ydilar. Keyin, qolganini ikki laganga soldilar, barchamiz to‘yguncha Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 334 yedik, shunda ham ikki lagan ortib qoldi, men uni tuyaga ortib qo‘ydim». Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz xurmo birlan suvga endigina to‘yganimizda vafot etib qoldilar»,— deydilar. 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Yo‘qdur gunoh ko‘rga va yo‘qdur gunoh cho‘loqqa va yo‘qdur gunoh xastaga va na o‘zlaringizga yemaklaringizda o‘z uylaringizdan yo otalaringiz uylaridan yo onalaringiz uylaridan yo birodarlaringiz uylaridan yo singillaringiz uylaridan yo amakilaringiz uylaridan yo ammalaringiz uylaridan yo tog‘alaringiz uylaridan yo xolalaringiz uylaridan yo kalitlari qo‘llaringizda bo‘lgan uydan yo do‘stlaringiz uyidan, yo‘qdur gunoh sizlarga bir bo‘lib emoqlaringizda yo alohida-alohida bo‘lib, keyin qachon kirsangizlar uylarga, bas salom beringizlar o‘z kishilaringizga-ki, (bu «Olloh taolo tarafidan muborak va pokiza duodur, mana shundoq bayon qilur Olloh taolo sizlarga o‘z oyatlarini toki sizlar tushuningizlar deb» Suvayd ibn an-Nu’mon rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybarga yo‘lga chiqdik. Sahbo degan yerga yetganimizda («Sahbo Xaybardan bir kechalik yo‘l masofasida»,— deydilar Yahyo) Janob Rasululloh taom keltirmoqni buyurdilar, ammo talqondan bo‘lak yegulik keltirishmadi. Biz uni chaynay-chaynay yedik, keyin suv keltirmoqni amr qildilar, u birlan og‘iz chayqadilar, biz ham og‘iz chayqadik. So‘ng, tahorat olmay (taom tahoratni buzmaydi, og‘iz chayqalsa, bas) biz birlan shom o‘qidilar». Sufyon: «Men bu hadisni Suvayddan birinchi va oxirgi marta eshitdim»,— deydilar. 7-bob. Yumshoq non hamda xontaxta va dasturxonda ovqatlanmoq xususida Qatoda rivoyat qiladilar: «Biz Anasning uyida bo‘ldik, uning huzurida nonvoyi ham o‘ltirgan erdi. Shunda Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taologa ro‘para bo‘lgunlariga qadar ham na yumshoq non va na qaynatilgan qo‘y go‘shti yemaganlar!» — dedi». Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning na taqsimchada ovqatlanganlarini va na nonlari yumshoq bo‘lganini va na xontaxtada ovqatlanganlarini sira ham bilmayman!». Qatodaga: «Janob Rasululloh va ul zotning oilalari nimada ovqatlanishgan?»— deb aytishdi. Qatoda: «Dasturxonda»,— dedilar. Anas rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyaga uylandilar. Men musulmonlarni ul zotning to‘y ziyofatlariga taklif qildim. Janob Rasululloh charm palosni to‘shamoqni amr qildilar, men uni to‘shadim, ustiga xurmo, pishloq va yog‘ qo‘yildi». Amr Anasdan naql qilib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyaga uylandilar. So‘ng, charm palos to‘shatib, musulmonlarni «hays» (xurmoga yog‘ va pishloq qo‘shib tayyorlanadirgan taom) birlan ziyofat qildilar»,— deydilar. Vahb ibn Kayson rivoyat qiladilar: «Shom ahli Ibn Zubayrni: «Ey ikki kamarli ayolning o‘g‘li!» — deb izza qilishar erdi. Asmo ul kishiga: «Ey bolajonim, ularning seni nechun Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 335 bunday deb izza qilishlarini hamda ikki kamarning ne erkanligini bilurmisan? Bir paytlar men kamarimni ikkiga bo‘lib, Janob Rasulullohning meshlarini bir bo‘lagi birlan, safarxaltalarini ersa ikkinchi bo‘lagi birlan bog‘lab bergan erdim»,— dedilar. Shom ahli Ibn Zubayrni: «Ikki kamarli ayolning o‘g‘li!» deb izza qilganda, u ularga javoban: «Ey betamizlar, meni izza qilaman deb o‘zlaringizni izza qilayotirsizlar!»—der erdi». Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Ibn Abbosning xolasi bo‘lmish Xrris ibn Xuznning qizi Ummu Xafid Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yog‘, pishloq va kaltakesaklar (echkemarlar) tortiq qildi. Janob Rasululloh ayollarini dasturxonga taklif qildilar, ular ul zotning xontaxtala-rida tanovul qilishdi. Ammo, Janob Rasulullohning o‘zlari ulardan jirkangandek o‘rinlaridan turib nari ketdilar. Agar kaltakesak go‘shti harom qilingan bo‘lganida ayollar ul zotning xontaxtalarida tanovul qilmagan bo‘lur erdilar, buning ustiga ul zot ularga kaltakesak go‘shtini yeyishni amr ham qilmadilar». 8-bob Talqon haqida Suvayd ibn an-Nu’mon rivoyat qiladilar «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Sahbo degan yerda bo‘ldik, Sahbo Xaybardan bir kechalik yo‘l uzoqligida Namozga hozirlik ko‘rib turgan erdik, Janob Rasululloh taom keltirmoqni amr qildilar, ammo talqondan bo‘lak yegulik yo‘q erdi. Biz ul zot birlan birgalikda talqon tanovul qildik. Keyin, ul zot suv keltirmoqni buyurdilar-da, og‘iz chayqadilar, so‘ng taho-ratni yangilamay namoz o‘qidilar, biz ham birgalikda o‘qidik» 9-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning taomni, Olloh taoloning ismini aytmay va uning nimadan tayyorlanganligini bilmay turib, tanovul qilmaganliklari xususida Abu Umoma ibn Saohl ibn Hunayf al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Xolid ibn Valid (Sayfulloh) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘zining va Ibn Abbosning xolasi bo‘lmish Maymunaning uyiga kirib, u yerda xolasining singlisi Xafida binti al-Xrris Najddan keltirgan qovurilgan kaltakesak go‘shtiga ko‘zi tushdi. Maymuna kaltakesak go‘shtini Janob Rasulullohning oldilariga olib kelib qo‘ydi. Janob Rasululloh taomga, uning nimadan tayyorlanganligini so‘ramay va Olloh taoloning ismini aytmay turib, kamdan-kam qo‘l uzatar erdilar. Ul zot kaltakesak go‘shtiga qo‘l uzatib erdilar, huzurlaridagi ayollardan biri: «Yo Rasulalloh, bu kaltakesak go‘shti!» — deb ogoh qildi. Shunda Janob Rasululloh darhol kaltakesak go‘shtidan qo‘llarini tortdilar. Xolid ibn Valid «Yo Rasulalloh, kaltakesak harommi?» — dedi. Ul zot: «Yo‘q, ammo yer yuzida undan jirkanmaydirgan birorta ham qavmim bo‘lmagay, men ham undan jirkanaman!»— dedilar. Xolid ibn Valid: «Men ul zotning ko‘z oldilarida kaltakesak go‘shtini nimtalab yedim»,— deydilar» 10-bob. Bir kishi to‘yadirgan ovqat ikki kishiga ham kifoya qiladi! Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ikki kishi to‘yadirgan ovqat uch kishiga kifoya qiladi va uch kishi to‘yadirgan ovqat to‘rt kishiga kifoya qiladi»,— dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 336 11-bob. Mo‘min bitta ichagi to‘lguncha yeydi! Nofi rivoyat qiladilar: «Ibn Umar toki bir miskinni topib kelishmaguncha, ovqat yemas erdilar, topib kelishgach, u birlan birga ovqatlanar erdilar. Bir kuni birga ovqatlansin, deb bir kishini Ibn Umarning huzurlariga kiritib yubordim. U badnafs chiqib qolib, ko‘p ovqat yeb yubordi .Shunda Ibn Umar «Ey Nofi’, buni ikkinchi mening huzurimga kiritma! Men Janob Rasulullohning «Mo‘min bitta ichagi to‘lguncha, kofir ersa yettita ichagi to‘lguncha ovqat yeydi!» deb aytganlarini eshitganman»,— dedilar» Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alaihi va sallam «Darhaqiqat, mo‘min bitta ichagi to‘lguncha, kofir (yoki munofiq) ersa yettita ichagi to‘lguncha ovqat yeydi!» — dedilar» Sufyon Xazrat Umardan naql qiladilar: «Abu Nuhayk badnafs odam erdi. Ibn Umar unga «Janob Rasululloh «Darhaqiqat, kofir yettita ichagi tulguncha ovqat yeydi!» deb aytganlar, men ersam Olloh taolo birlan uning rasuliga iymonliman!» — dedi». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Musulmon bitta ichagi to‘lguncha, kofir ersa yettita ichagi to‘lguncha ovqat yeydi!»— dedilar». Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir kishi ilgari juda ko‘p ovqat yer erdi, musulmon bulgach, kam ovqat yeydirgan bo‘ldi. Bu haqda Janob Rasulullohga aytishgan erdi, ul zot «Darhaqiqat, mo‘min bitta ichagi to‘lguncha, kofir ersa yettita ichagi to‘lguncha ovqat yeydi!»—dedilar». 12-bob. Yonboshlab ovqat yemoq xususida Abu Jhuayfa rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Men yonboshlab ovqat yemayman»,— dedilar». Abu Juhayfa rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohning huzurlarida erdim, shunda huzurlarida o‘ltirgan bir boshqa kishiga: «Men yonboshlagan holda ovqat yemayman»,— dedilar». 13-bob Qovurilgan go‘sht haqida Olloh taoloning qavli: «Keyin, keltirdi qovurilgan buzoq». Ibi Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qovurilgan kaltakesak (echkemar) keltirildi, ul zot undan yemoq bo‘lib qo‘l uzatdilar. Shunda ul zotga uning kaltakesak go‘shti erkanligi aytildi, ul zot darhol undan qo‘llarini tortdilar. Xolid «Bu harommi?»—dedi. Ul zot: «Io‘q, lekin yer yuzida bundan jirkanmaydirgan birorta ham qavmim bo‘lmaydi, men ham bundan jirkanaman»,— dedilar. Xolid Janob Rasulullohning ko‘z oldilarida undan yedi». 14-bob. Xazira haqida Nazr «Xazira — xurmodan va harira sutdan tayyorlanadirgan taomdur»,— deydilar Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 337 Maumud ibn ar-Rabi’ rivoyat qiladilar «Badr g‘azotida ishtirok qilgan sahobalardan biri Atbon ibn Molik al-Ansoriy Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Ra-sulalloh! Mening ko‘zim xira bo‘lib, shu holimda qavmimga imomlik qilaman. Agar yomg‘ir yog‘ib sel kelsa, men birlan ularning o‘rtasidagi vodiyni suv bosib ketib, ularga imomlik qilmog‘im uchun masjidlariga borolmay qolaman. Yo Rasulalloh, mening uyimga borib namoz o‘qisangiz, men siz namoz o‘qigan joyni o‘zimga namozgoh qilib olgan bo‘lur edim!»—dedilar. Janob Rasululloh: «Inshoolloh, shunday qilgayman!»—dedilar. Atbon bunday deydilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Abu Bakr as-Siddiq ertasiga quyosh ko‘tarilgan vaqtda mening uyimga tashrif buyurishdi. Ul zot ichkariga kirmoqqa izn so‘radilar, men izn berdim. So‘ng, ichkariga kirishlari hamonoq o‘ltirmay: «Uyingning qaerida namoz o‘qib bermog‘imni istaysan?» — dedilar. Men uyimning bir joyini ko‘rsat-dim, ul zot o‘sha joyga borib takbir aytdilar, biz saf tortdik, bizga imomlik qilib ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin ikki yelkalariga salom berdilar. Keyin, biz ul zotni o‘zimiz tayyorlagan «xazira»ga taklif qilib olib qoldik. Xonadon ahlidan bir qanchasi uyga kirib to‘planishdi. Shunda bir kishi «Molik ibn ad-Duxshin qaerda?» — dedi. Kimdir «U munofiqdur, Olloh taolo birlan uning rasulini yaxshi ko‘rmaydi!»—dedi. Ul zot «Olloh taoloning rizoligini istab «Lo iloha illallohu» deb aytganini ko‘ra-bila turib, bunday demagil!» — dedilar. Ul «Olloh taolo va uning rasuli ko‘proq bilguvchidir! Ammo, biz uning munofiqlarga nisbatan munosabatini ko‘rib, shunday deb aytuvdik»,— dedi. Ul zot «Darhaqiqat, Olloh taoloning rizoligini istab «Lo iloha illallohu» deb aytgan kishini kuydirmoqni Olloh taolo do‘zaxga harom qildi»,— dedilar». 15-bob. Pishloq haqida Humayd rivoyat qiladilar: «Men Anasning bunday deb aytganini eshitib erdim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyaga uylandilar. Dasturxonga xurmo, pishloq va yog‘ qo‘yib musulmonlarni ziyofat qildilar». Amr ibn Abu Umar Anasdan naql qilib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Safiyyaga uylanganlarida) «hays» (pishloqqa xurmo va yog‘ qo‘shib tayyorlanadirgan taom) tayyorladilar»,— dedilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Xolam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (qovurilgan) kaltakesak go‘shti, pishloq va sut tortiq qildilar. (Qovurilgan) kaltakesak go‘shtini ul zotning xontaxtalariga qo‘yishdi. Agar kaltakesak harom bo‘lganida xontaxtalariga qo‘yishmas erdi. Ul zot sutni ichib, pishloqni yedilar (ammo, kaltakesakdan jirkanib yemadilar)». 16-bob. (Qand) lavlagi va arpa xususida Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Biz jum’a kuni xursand bo‘lur erdik. Bizning bir kampirimiz bo‘lib, u (qand) lavlagini qozoniga solib, unga biroz arpa donidan qo‘shib qaynatib qo‘yar erdi. Biz jum’ani o‘qib bo‘lib, uni ko‘rgani borar va u bizni boyagi taom birlan siylar erdi. Shul boisdan ham biz har jum’a kuni xursand bo‘lur erdik. Odatda, biz jum’ani o‘qimagunimizcha na tushlik va na qaylula qilar erdik. Xudo haqi, o‘sha taomda na go‘sht yog‘i va na dumba yog‘i bo‘lar erdi». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 338 17-bob. (Go‘shtni) tish birlan uzib olib chaynamoq va go‘shtni (qozondan) olmoq haqida Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biqin (qobirg‘a) go‘shtini yeb bo‘lib, o‘rinlaridan turdilar-da, tahoratlarini yangilamay namoz o‘qidilar». Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qobirg‘a go‘shtini qozondan olib yedilar-da, tahoratlarini yangilamay namoz o‘qidilar» (chunki, taom yeganda tahorat buzilmaydi, og‘iz chayqalsa, bas) 18-bob Qo‘l go‘shtini yemoq xususida Qatoda otalaridan naql qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makka tomonga yo‘l oldik». Abdulloh ibn Abu Qatoda otalaridan naql qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bir guruhi birlan Makka yo‘lidagi bir joyda o‘ltirgan erdim, Janob Rasululloh ham yonginamizga kelib qo‘ngan erdilar. Barcha ehromda bo‘lib, faqat men ehrom bog‘lamagan erdim. Poyafzalimni yamab turganimda odamlar bir qulonni ko‘rib qolishdi, ammo buni menga bildirishma-di, chunki ular «Koshki, uni o‘zi ko‘rib qolsa!» deb istashgan erdi (chunki, ehrom kiygan odam o‘zi ko‘rib qolgan ov hayvonini ehrom kiymagan odamga ko‘rsatib qo‘ymasligi lozim). Bir payt, o‘girilib qulonga ko‘zim tushib qoldi. Urnimdan turib otimning oldiga bordim-da, uni egarladim. So‘ng, uni mindim, ammo qamchi birlan nayzani unutib qoldirgan erdim. Odamlarga: «Qamchi birlan nayzani olib beringizlar!» — dedim. Ular: «Yo‘q, aslo! Xudo haqi, biz senga bu ishda yordam bermaymiz!» — deyishdi (chunki, ular ehromda bo‘lib, ov borasida yordam ko‘rsatmoqlari mumkin ermas erdi). Men g‘azablanib otdan tushdim-da, qamchi birlan nayzani o‘zim olib, yana otga mindim. Otimni ov ustiga haydab, unga nayza otdim, so‘ng borib qarasam, o‘libdi. Odamlar uning go‘shtidan pishirib yeyishdi, so‘ng ehromdaliklari yodlariga tushib: «Qulon go‘shtidan yeb gunohkor bo‘lmadikmikan?» — deb xavotirga tushishdi. Keyin, biz yo‘lga tushdik, men qulonning ortib qolgan bir qo‘lini o‘zim birlan olib oldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga borgach, ul zotdan shul haqda so‘radik. Ul zot: «Qulon go‘shtidan biror bo‘lak olib keldingizlarmi?» — dedilar. Men qulonning qo‘lini ul zotga uzatib erdim, ehromdaliklariga qaramay, uni yeb suyaklarigacha tozalab qo‘ydilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling