Abu abdulloh
-bob. Agar kishi ov (o‘lja) yonida begona itning turganini ko‘rsa
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-bob. Ovchilik qilib kun ko‘rmoq xususidagi hadislar
- 10-bob. Tog‘larda ovchilik qilmoq haqida
- 11-bob Olloh taoloning «Dengiz jonivorlarini ovlamoq sizlar uchun halol qilindi!» degan qavli xususida.
- 12-bob. Malah yemoq haqida
- 14-bob So‘yiladirgan jonliqqa tasmiya (Bismillohi, Ollohu akbar!) aytmoq hamda ataylab tasmiya aytmagan shaxs xususida
- 15-bob Ka’ba yoniga o‘rnatilgan toshga hamda butga atab qurbon qilingan jonlig‘ haqida
- 16-bob Janob Rasulullohning: «Olloh taoloning ismini aytib so‘ysin!» — deganlari haqida
- 17-bob. Qamish, chaqmoqtosh va temir birlan so‘yilgan jonlig‘ haqida
- 18-bob Ayol va cho‘ri so‘ygan jonlig‘ haqida.
- 20-bob Badaviylar va shularga o‘xshash kishilar so‘ygan jonlig‘ haqida
- 22-bob Qochib ketgan mol vahshiy (yovvoyi) hayvon o‘rnidadur!
- 23-bob. Nahr va zabh xususida
- 24-bob. Jonivorlarga azob bermoq, ularni suvsiz, yeguliksiz qoldirib tutqunlikda ushlab turmoq makruhdur!
- 25-bob. Tovuqlar (uy parrandalari) xususida
8-bob. Agar kishi ov (o‘lja) yonida begona itning turganini ko‘rsa... Adiy ibn Hotim rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, men itimni tasmiya aytib ovga qo‘yib yuboraman, shul xususda ne deysiz?»—dedim. Janob Rasululloh: «Agar itingni tas-miya aytib ovga qo‘yib yuborsang-u, u o‘ljani tutib o‘ldirib yesa, yemagil, chunki u uni o‘zi uchun tutgandur!» — dedilar. «Agar men itimni ovga qo‘yib yuborsam-u, keyin uning yonida begona itning turganini ko‘rsam va ulardan qaysi birining o‘ljani tutganini bilmasam-chi?» —dedim. Janob Rasululloh: «Uni yemagil, chunki sen o‘z itingga tasmiya aytgansan, begona itga aytmagansan!»—dedilar. So‘ng, men mi’roz birlan ov qilmoq haqida so‘radim. Janob Rasululloh: «Agar uning o‘tkir (uchli) tomoni birlan jarohatlagan bo‘lsang, yeyaver va agar uning yug‘on (yon) tomoni birlan (urib) o‘ldirgan bo‘lsang, u urib o‘ldirilgan bo‘lib, uni yemagil!» — dedilar». 9-bob. Ovchilik qilib kun ko‘rmoq xususidagi hadislar Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, biz manavi itlar birlan ovchilik qilib kun kechiruvchi bir qavmmiz, shul xususda fikringiz qanday?» — dedim. Janob Rasululloh bunday dedilar: «Agar o‘rgatilgan itingni tasmiya aytib ovga qo‘yib yuborsang, u senga tutib bergan o‘ljani yeyaver! Agar iting o‘ljadan yegan bo‘lsa, yemagil, chunki men u uni o‘zi uchun tutgan bo‘lishi kerak, degan xavotirdaman. Basharti itingga begona it qo‘shilib qolgan bo‘lsa (ham), yemagil!» Abu Sa’laba raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib: «Yo Rasulalloh! Biz (hozir) ahli kitoblardan bo‘lmish bir qavmning yerida turibmiz, ularning idishida ovqat yeymiz va men ular ov qiladirgan joylarda kamonim hamda ovga o‘rgatilgan va o‘rgatilmagan itlarim birlan ov qilaman»,— dedim. Janob Rasululloh bul xususda bizga nimalar halol qilinganligini aytgach, bunday dedilar: «Ammo, ahli kitoblardan bo‘lmish bir qavm yerida erkaningni eslab yaxshi ish qilding! Ularning idishida ovqat yeyishing xususiga kelsak, agar bo‘lak idish topsangizlar, ularning idishida ovqat yemangizlar, agar topmasangizlar, ul holda ularning idishini yuvib tashlab, so‘ng unda ovqat yengizlar! Ammo, ahli kitoblardan bo‘lmish bir qavm ov qiladirgan yerda erkanligingni eslab ham yaxshi ish qilding! Kamoning birlan nimaiki ovlasang, avval Olloh taoloning ismini zikr qilib, so‘ng yegil! Ovga o‘rgatilgan iting birlan (ham) nimaiki ovlasang, avval Olloh taoloning ismini yod etib, so‘ng yegil! Ovga o‘rgatilmagan iting birlan ovlagan o‘ljangni ersa, agar uni itingdan ololsang, yeyaver!». Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Marrizahron degan yerda bir quyonni cho‘chitib yubordik. Odamlar uni quva-quva charchashdi. Keyin, men uni quvib tutib oldim-da, Abu Talhaning oldiga olib bordim. Keyin, u quyonning bir qo‘li va ikki Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 355 oyog‘ini Janob Rasulullohga ilinib yuborib erdi, ul zot oldilar». Abu Qatodaning mavlolari rivoyat qiladilar: «Abu Qatoda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makka yo‘llaridan birida ketayotib, hamrohlari birlan ortda qolib ketdilar. Hamrohlari ehromda bo‘lib, o‘zlari ehrom bog‘lamagan erdilar. Shunda Abu Qatoda bir qulonni ko‘rib qolib, otlariga mindilar-da, hamrohlaridan qamchilarini olib bermoqni iltimos qildilar, ular bosh tortishdi. Keyin, nayzalarini olib bermoqlarini iltimos qilgan erdilar, buni ham rad etishdi. Abu Qatoda o‘zlari otdan tushib qamchi va nayzalarini oldilar-da, qulon ustiga shitob birlan ot solib borib, nayza sanchib uni o‘ldirdilar. Keyin, Janob Rasulullohning ayrim sahobalari qulon go‘shtidan yeyishdi, ba’zilari ersa yemoqdan bosh tortishdi. So‘ng, ular Janob Rasulullohga yetib olishgach, ul zotdan shul haqda so‘rashdi. Ul zot: «Bu sizlarga Olloh taolo ato etgan rizqdur!» — dedilar». Ato ibn Yasor Abu Qatodadan naql qiladilarki, Janob Rasululloh o‘shanda: «Qulonning go‘shtidan menga ham biror bo‘lak olib keldingizlarmi?» — deb aytgan erkanlar. 10-bob. Tog‘larda ovchilik qilmoq haqida Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makka birlan Madina oraligidagi bir joyda ketayotgan erdim, ular ehrom bog‘lab olishgan erdi. Menga ersa ot minib yurish ruxsat etilgan bo‘lib, tez-tez toqqa chiqib turar erdim. Bir mahal qarasam, odamlar bir narsaga tikilib turishibdi, men ham borib o‘sha tomonga ko‘z tashlab bir qulon turganini ko‘rdim. Men ularga: «Bu nima?»— dedim. Ular: «Bilmaymiz»—deyishdi. Men «Bu qulonku!» — dedim. Ular: «Nimani ko‘rib turgan bo‘lsang, o‘sha!»—deyishdi. Keyin, men qulonni ovlamoqchi bo‘lib otimga mindim-u, lekin qamchini olishni unitibman. Men ularga «Qamchimni olib beringizlar!» — dedim. Ular: «Bu ishda senga yordam bera olmaymiz!» — deyishdi (chunki, ehrom kiygan odamning ov qilmog‘i hamda ehrom kiymagan odamga ov xususida yordam bermog‘i mumkin ermas) Keyin, men o‘zim otdan tushib, qamchimni oldim-da, yana otimga minib qulonni quvib ketdim, so‘ng unga yetib olib nayza sanchdim. Keyin, hamrohlarim oldiga kelib: «Turingizlar, qulonni olib kelingizlar!»—dedim. Ular «Unga qo‘l ham tekkizmaymiz!» — deyishdi. Shunda men o‘zim borib qulonni olib keldim. Hamrohlarimning ba’zisi qulon go‘shidan yedi, ba’zisi yomoqdan bosh tortdi. Men ularga «Janob Rasulullohni to‘xtatib, sizlarga shul haqda so‘rab bilib beraman» — dedim-da, ul zotga yetib olib, bo‘lgan voqeani aytib berdim. Ul zot menga «Qulonning go‘shtidan menga ham olib qo‘ydingizlarmi?» —dedilar. Men: «Ha» — dedim. Ul zot «Yeyaveringizlar, chunki u Olloh taolo sizlarga ato etgan rizqdur!» — dedilar». 11-bob Olloh taoloning «Dengiz jonivorlarini ovlamoq sizlar uchun halol qilindi!» degan qavli xususida. Ibn Umar: «Suv jonivori ovlab olinsagina ov hisoblanib, otib olingan jonivornigina yeyish mumkin!» — deydilar. Abu Bakr: «Suv betida qalqib turgan o‘lik (suv) jonivori haloldur!» — deydilar. Ibn Abbos «Ulik (suv) jonivorini, undan jirkanmasang, yeyaver! Ilonbaliqni yahudiylar yemaydilar, biz ersak yeyaveramiz»,— deydilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 356 Shurayh: «Dengizdagi har bir jonivor — so‘yilgandur|» — deydilar (ya’ni, o‘zi islom yo‘li birlan so‘yilgan kabi haloldur) Ato: «Ammo, qushni so‘yish lozim, deb hisoblayman» — deydilar Ibn Jurayj bunday deydilar: «Daryolardagi va qoya toshlar oralig‘ida to‘planib qolgan sel suvidagi jonivorlarni ovlash shartlari dengiz jonivorlarini ovlash shartlari kabidurmi?» — deb Atodan so‘radim. Ato «Ha»,— dedi so‘ng «Furot daryosining suvi chuchuk bo‘lib, juda ichishlidir, dengizning suvi ersa, sho‘r bo‘lib, ichingni kuydiradir, ammo har ikkalasidan ham yumshoq, lazzatli go‘sht olib yeysizlar!» degan mazmundagi bir she’rni o‘qidi». Hasan alayhissalom hut (kit) terisidan qilingan egarga minganlar. Sha’biy «Agar bola-chaqam suv baqasini yeganida erdi, ularni suv baqasi birlan boqqan bo‘lur erdim!» — deydilar. Hasan suv toshbaqasining go‘shtini «beqiyos deb hisoblaganlar. Ibn Abbos: «Dengizda ov qilmoqdan qo‘rquvchi kishi — nasroniy, yahudiy va majusiydur!» — deydilar Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz «Jayshulxabt» («Barg lashkari») Abu Ubayda qo‘mondonligida g‘azotga chiqdik (Yeguliklarimiz tugab qolib), juda och qoldik, (hattoki daraxglarning bargini ham yedik) Nogahon, dengiz to‘lqinlari bir o‘lik hut (kit)ni sohilga chiqarib tashladi. Bu hutning nomi «anbar» (kashalot) bo‘lib, ilgari bu qadar bahaybat hutni ko‘rmagan erdim. Biz uni yarim oy yedik Keyin, Abu Ubayda uning suyaklaridan birini olib tiklab erdi, uning ostidan tuya mingan kishi bemalol o‘tib ketdi». Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz uch yuz chog‘lik chavandozlarni g‘azotga jo‘natdilar, amirimiz Abu Ubayda bo‘lib, Quraysh karvonini qo‘lga tushirmog‘imiz darkor erdi. Yo‘lda qattiq och qolib, hatto daraxtlarning bargini ham yedik. Shul boisdan ham bizning lashkarimiz «Barg lashkari deb ataldi. Keyin, dengiz to‘lqinlari «anbar» deb ataluvchi bir (o‘lik) hutni sohilga chiqarib tashladi, biz uni yarim oy yedik, uning yog‘ini surib hatto jismimiz shifo topdi. Keyin, Abu Ubayda uning qobirg‘alaridan birini olib yerga o‘rnatib qo‘yib erdi, bir kishi tuya minib uning ostidan o‘tdi. Oramizda bir kishi bo‘lib, ochlik qattiq qiynagan vaqtda uchta ulovni, keyin yana uchta ulovni, keyin yana uchta ulovni so‘ydi, so‘ng Abu Ubayda uni bunday qilmoqdan qaytardi». 12-bob. Malah yemoq haqida Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan yettita yoki oltita g‘azotda birga bo‘ldik. Shunda biz ul zot birlan birga malah yer erdik» (Ammo, Abu Dovudning rivoyatlarida Janob Rasululloh «Men malah yemayman ham, uni harom demayman ham!» — deb aytganlar). Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 357 13-bob Majusiylar tutgan idish hamda o‘limtik haqida Abu Sa’laba rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohning huzurlariga kelib «Yo Rasulalloh, biz (hozir) kitob ahlining yerida turibmiz, ular tutgan idishda ovqat yeyayotirmiz hamda men ularning shikorgohida kamonim, o‘rgatilgan va o‘rgatilmagan itlarim birlan ov qilayotirman, shu haqda ne deysiz?» — dedim. Janob Rasululloh «Ahli kitob yerida erkanligingni eslab yaxshi ish qilding! Bo‘lak idish topsangizlar, ularning idishida ovqat yemangizlar, bo‘lak idish topmasangizlar, ul holda ularning idishini yuvib tashlab, so‘ng unda ovqat yengizlar! Ahli kitob shikorgohida erkanligingni eslab ham yaxshi ish qilding! Kamoning birlan nimayki ovlasang, Olloh taoloning ismini zikr qilib yeyaver! Urgatilgan iting birlan ovlagan jonivorni ham Olloh taoloning ismini zikr qilib yeyaver! Ammo, o‘rgatilmagan iting birlan ovlagan jonivorni, agar uni undan ololsang, yeyaver!»—dedilar». Salama ibi al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Xaybar fath (zabt) qilingan kuni kechqurun musulmonlar ko‘plab gulxan yoqishdi. Janob Rasululloh buni ko‘rib «Bu gulxanlar ne uchun yoqildi?» — dedilar. «Xonaki eshaklar go‘shtini pishirmoq uchun»,— deyishdi. Janob Rasululloh «Qozonlardagi go‘shtlarni ag‘darib, so‘ng qozonlarni sindirib tashlan- gizlar!»— dedilar. Shunda bir kishi o‘rnidan turib: «Go‘shtlarni ag‘darib, qozonlarni yuvib tashlab qo‘yaqolayilikda?!»—dedi. Janob Rasululloh: «Yoki shunday qilingizlar!» — dedilar» 14-bob So‘yiladirgan jonliqqa tasmiya (Bismillohi, Ollohu akbar!) aytmoq hamda ataylab tasmiya aytmagan shaxs xususida Ibn Abbos «Kimki so‘yiladirgan jonliqqa tasmiya aytmoqni unutib qo‘ysa hechqisi yo‘q,— deydilar Olloh taoloning qavli: «Ollohning nomi zikr qilinmagan jonliq go‘shtidan yemangizlar, chunki uni yemoqlik gunohdur!» (Tasmiya atishni unutgan kishi fosiq deyilmaydi). Olloh taoloning qavli: «Va albatta shaytonlar o‘z do‘stlariga vasvasa qilurlar toki ular sizlar ila janjal qilsinlar va agar sizlar ularga itoat qilsangizlar, albatta sizlar mushrik bo‘lursizlar!» Rofi’ ibn Xadij rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zulhulayfada erdik. Odamlar och qolib, bir tuya birlan bir qo‘yni so‘ydik. Shunda Janob Rasululloh bizdan orqaroqda kelayotgan erdilar. Odamlar o‘choq qilib, qozonlarni o‘rnata boshlashdi. Janob Rasululloh ularning oldiga yetib kelib, qozonlarni ag‘darib tashlashni amr qildilar, qozonlar ag‘darib tashlandi. So‘ng, o‘nta qo‘yni bir guruh odamlarga taqsimlab, qolganlarga o‘nta qo‘y hisobida bir tuya ajratdilar. Keyin, boyagi tuya qochib ketdi. Qavmda bir kichik poda bo‘lib, odamlar uni o‘shaning orasidan izlab topishdi, lekin uni tutolmay toza charchashdi. Shunda bir kishi tuyaga nayza otib erdi, uning joni Ollohning dargohiga ravona bo‘ldi. Janob Rasululloh «Bu jonivorlarda vahshiy hayvonlarda bo‘lgani kabi yovvoyilik mavjuddur, qaysi bir hayvon sizga shu qilig‘ni qilsa, hozirgidek ish tutingizlar!» — dedilar». 15-bob Ka’ba yoniga o‘rnatilgan toshga hamda butga atab qurbon qilingan jonlig‘ haqida Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 358 Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baldah degan joyning quyi tomonida Zayd ibn Amrni uchratdilar. Bu voqea Janob Rasulullohga hali vahiy nozil bo‘lmagan kezlarda sodir bo‘lgan erdi. Shunda Zayd ul zotga bir dasturxonda go‘sht keltirdi. Ul zot uni yeyishdan bosh tortib: «Men o‘z butlaringizga atab qurbon qilgan jonlig‘ingiz go‘shtidan yemagayman, men faqat Ollohning nomi zikr qilinib so‘yilgan jonlig‘ go‘shtidan yegayman!» — dedilar». 16-bob Janob Rasulullohning: «Olloh taoloning ismini aytib so‘ysin!» — deganlari haqida Jundub ibn Sufyon rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga qurbon hayiti kuni ko‘plab jonlig‘ qurbon qildik. Ushanda ko‘pchilik odamlar jonlig‘larini hayit namozidan ilgari so‘yib quyishdi. Namozdan qaytgach, Janob Rasululloh ularning o‘z jonlig‘larini namozdan ilgari so‘yib qo‘yishganini ko‘rib: «Kimki namozdan ilgari suygan bo‘lsa, o‘rniga boshqasini so‘ysin, kimki namoz o‘qib bo‘lgunimizga qadar so‘ymagan bo‘lsa, Olloh taoloning ismini aytib so‘ysin!»—dedilar». 17-bob. Qamish, chaqmoqtosh va temir birlan so‘yilgan jonlig‘ haqida Ibn Ka’b ibn Molik otalaridan naql qiladilar: «Ularning bir cho‘risi bo‘lib, u Sal’ degan togda qo‘y boqar erdi. Bir kuni qarasa, qo‘ylaridan biri o‘lar holatda yotibdi. Shunda u bir toshni sindirib o‘sha qo‘yni so‘ydi. Ibn Ka’bning otalari: «Uni yemangizlar!«— deb oilalariga aytdilar-da, Janob Rasulullohning huzurlariga borib shul xususda so‘radilar. Janob Rasululloh o‘sha qo‘yni yemoqni amr qildilar» Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. Sa’id ibn Masruq rivoyat qiladilar: «Aboya ibn Rofi’ning bobolari «Yo Rasulalloh, bizning pichogimiz yo‘q!» — dedilar. Janob Rasululloh «Qoni oqizilib, Olloh taoloning ismi zikr qilingan jonlig‘ni yeyaver, tirnoq va suyak (tish) birlan qon chiqarilmagan bo‘lsa, bo‘ldi!» — dedilar». 18-bob Ayol va cho‘ri so‘ygan jonlig‘ haqida. Bu yerda Ibn Ka’b ibn Molikning otalari rivoyat qilgan hadis takroran keltirilgan 19-bob. Tish, suyak va tirnoq birlan so‘yilmaydi! Rofi’ ibn Xadij rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Tish (suyak) va tirnoqdan bo‘lak narsa birlan so‘yilgan (qoni oqizilgan) jonligni yeyaver!» — dedilar» 20-bob Badaviylar va shularga o‘xshash kishilar so‘ygan jonlig‘ haqida Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir qavm Janob Rasulullohga «Bizga bir qavm go‘sht olib keladi, ammo ular jonligni Olloh taoloning ismini zikr qilib so‘yganlarmi yoki yo‘qmi, biz bilmaymiz!» — dedi. Janob Rasululloh «Ular keltirgan go‘shtni o‘zlaringiz Olloh taoloning ismini zikr qilib yeyaveringizlar!» — dedilar. Bizga go‘sht olib keluvchilar kofirlikdan qaytib endigina musulmon bo‘lgan (badaviylar) erdi» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 359 21-bob Urush va boshqa soha kishilaridan bo‘lmish kitob ahli so‘ygan jonlig‘lar go‘shti va yog‘i haqida Olloh taoloning qavli: «Bugun sizlar uchun pokiza narsalar halol qilindi va kitobiylarning taomlari sizlarga haloldur va sizlarning taomlaringiz ularga haloldur!». Zuhriy: «Nasroniy arablar so‘ygan jonlig‘ go‘shtini yesangiz, zarari yo‘qdur va agar ularning jonlig‘ so‘yayotganlarida Olloh taolodan bo‘lak tangrining nomini zikr qilganlarini eshiqangiz, yemangiz, basharti eshitmagan bo‘lsangiz ul holda Olloh taolo ularning kofir erkanliklarini bilgan holda uni halol qilgandur!» — deydilar. Hasan va Ibrohim «Xatna qilinmagan kishi so‘ygan jonlig‘ go‘shtini yesa, hechqisi yo‘q!» — deyishadi. Ibn Abbos «(Oyatdagi) «taomlari» degan so‘z— «so‘ygan jonlig‘lari» demakdur», — deydilar Abdulloh ibn Mugaffal raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Xaybar qal’asini qamal qilib turgan erdik, bir kishi bir xalta yog‘ tashladi. Men uni olaman, deb intilgan erdim, qarasam yonginamda Janob Rasululloh turibdilar, shunda ul zotdan uyalib ketdim» 22-bob Qochib ketgan mol vahshiy (yovvoyi) hayvon o‘rnidadur! Ibn Mas’ud bunday molni (otib tutmoqqa) ijozat berganlar Ibn Abbos «Qo‘lingdagi mol-hollardan qaysi biri (itoat etmay) seni holdan toydirsa, u ov hayvoni hisobidadur. Quduqqa qulab tushgan tuyani, agar uni tortib olishga kuching yeqa, so‘yib yubor!» — deydilar. Hazrat Ali, Ibn Umar va Oisha onamiz ham shunday deb hisoblashadi Rofi’ ibn Xadij rivoyat qiladilar «Yo Rasulalloh! Biz ertaga dushmanga ro‘baro‘ bo‘lamiz, (dushman bizni ko‘p, deb o‘ylamog‘i uchun tunda ko‘plab gulxanlar yoqib, ko‘plab mol- hol so‘ymog‘imiz darkor), ammo bizning pichog‘imiz yo‘q»,— dedim. Janob Rasululloh «Tezdan biror narsa top! Tish (suyak) va tirnoqqan bo‘lak narsa birlan Olloh taoloning nomi zikr qilinib qoni oqizilgan (so‘yilgan) jonlig‘ni yeyaver!» — dedilar. (Bir kuni) biz bir qancha tuya va qo‘y o‘lja olib erdik, tuyalardan biri qochib ketdi. Shunda bir kishi uni nayza otib .o‘ldirdi. Janob Rasululloh «Bu tuyada vahshiy hayvonlarda bo‘lgani kabi yovvoyilik mavjud erkan, agar biror tuyangiz sizga itoat qilmasa, uni ham hozirgidek ahvolga solingizlar!» — dedilar» 23-bob. Nahr va zabh xususida Ibn Jurayj rivoyat qiladilar: «Ato «(Tuyadan bo‘lak) jonlig‘larni qaeridan buyurilgan bo‘lsa, o‘sha yeridan zabh qilmoq va tuyani ham qaeridan buyurilgan bo‘lsa, o‘sha yeridan nahr qilmoq darkor!» — dedilar. Men «Zabx qilinadirgan jonlig‘ni nahr qilsam, joizmi?»—dedim. Ato «Ha! Sigirni Olloh taoloning ismini zikr qilib zabh qilmoq kerak, ammo nahr qilinadirgan jonlig‘ni zabh qilib quygan bo‘lsang, joizdur. Men o‘zim nahr qilmoqni afzal ko‘rurman Zabh ersa, bo‘yin tomirlarini kesmoqlikdur»,— dedilar (ya’ni, tuyadan bo‘lak jonlig‘lar bo‘ynining bir xil yeridan so‘yilaveradi, tuya ersa avval yuragiga Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 360 tig‘ urilib holdan ketib yiqilgach, bo‘inining muayyan yeridan bo‘g‘izlanadi) Men «Bo‘yin tomirlaridan so‘ng, harom mag‘iz ham qirqiladimi?» — dedim. Ato «Bunday deb o‘ylamayman»,— dedilar. Keyin, Nofi’ menga aytdilarki, Ibn Umar (ham) orqa miyani (harom mag‘izni) qirqmoqdan qaytarib: «Suyakdan bo‘lak narsalar qirqiladi, so‘ng o‘lguniga qadar tashlab qo‘yiladi»,— degan erkanlar. Olloh taolo: «Vaqtiki dedi Muso o‘z qavmiga: «Olloh taolo hukm qilur sizlargaki, bir sigir so‘yinglar!» keyin ular uni (sigirni) so‘ydilar, (aslida ersa) ular bunday qilmoqchi ermas erdilar»,— deydi». Sa’id ibn Jubayr Ibn Abbosdan naql qilib: «Bo‘g‘iz va ko‘krakning yuqori qismidan so‘yiladi» — deydilar. Ibn Umar, Ibn Abbos va Anas «Agar kallasi qirqib yuborilsa, hechqisi yo‘q» — deyishadi. Asmo binti Abu Bakr raziyallohu anhumo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida ot so‘yib yedik»,— deydilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. 24-bob. Jonivorlarga azob bermoq, ularni suvsiz, yeguliksiz qoldirib tutqunlikda ushlab turmoq makruhdur! Hishom ibn Zayd rivoyat qiladilar: «Men Anas birlan birgalikda Hakam ibn Ayyubning huzuriga kirdim. Anas bir to‘da bolalarning bir tovuqni bog‘lab qo‘yib toshbo‘ron qilayotganlarini ko‘rib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jonivorlarni ushlab olib (qiynamoqdan) qaytarganlar!»—dedilar». Ishoq ibn Sa’id ibn Umar otalarining bunday deb aytganlarini eshitgan erkanlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Yahyo ibn Sa’idning huzuriga kirib, uning o‘g‘illaridan birining bir tovuqni bog‘lab qo‘yib toshburon qilayotganini ko‘rdilar-da,tovuqning oldiga borib uni yechdilar. So‘ng,tovuq birlan bolani olib Yahyoning oldiga keldilar-da: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jonivorlarni tutib olib (qiynab) o‘ldirmoqdan qaytarganlar!»— dedilar». Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umarning huzurlarida erdim. Shunda bir bolaning (yoki bir necha bolalarning) bir tovuqni bog‘lab quyib toshbo‘ron qilayotganida yonidan o‘tib qoldim. Ular Ibn Umarni ko‘rib tovuqni tashlab qochishdi. Ibn Umar: «Kimki shunday qilsa Janob Rasululloh shunday qilgan kishini la’natlaganlar!» — dedilar». Abdulloh ibn Yazid rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birovning molini o‘g‘irlamoqdan (tortib olmoqdan) hamda jonivorlarga azob bermoqdan qaytarganlar». 25-bob. Tovuqlar (uy parrandalari) xususida Abu Muso al-Ash’ariy raziyalloohu anhu rivoyat qipadilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tovuq (parranda) go‘shti yeyayotganlarini ko‘rdim» Zuhdum (Zahdam) rivoyat qiladilar: «Biz Abu Muso al-Ash’ariyning huzurida bo‘ldik. Biz birlan Jarm qabilasiga mansub bu mahalla ahli o‘rtasida aka-ukalarcha munosabat mavjud erdi. Ushanda Abu Muso dasturxonga tovuq go‘shtidan tayyorlangan taom keltirib qo‘ydi. Ultirganlyar orasida bir afti-angori qizg‘ish kishi ham bo‘lib, u Abu Muso Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 361 keltirgan taomga hadeganda qo‘l uzatavermadi. Shunda Abu Muso: «Ol, yegil! Men Janob Rasulullohning shunday taom yeganlarini ko‘rganman»,— dedi. Boyagi kishi «Men tovuqning bir narsani yeganini ko‘rganman, shul boisdan ham men uning go‘shtidan hazar qilaman, tovuq go‘shti yemaslikka ont ichganman!»—dedi. Abu Muso «Beri kel, men senga ont ichmoq xususida bir hadis aytib berayin. Men bir necha ash’ariylar birlan birga Janob Rasulullohning huzurlariga borib erdim, qarasam ul zot g‘azabnok holda o‘ltiribdilar-u, zakotga berilgan mollarni taqsim qilayotirlar. Biz ul zotdan yuk ortib, minib ketishimiz uchun ulov so‘radik. Shunda ul zot ulov bera olmasliklarini aytib ont ichdilar-da: «Sizlarni mindirib yuboray desam, ulovim yo‘q!» — dedilar. So‘ng, Janob Rasulullohning huzurlariga o‘lja olingan tuyalarni yetaklab kelib qolishdi. Janob Rasu- lulloh: «Boyagi ash’ariylar qani? Boyagi ash’ariylar qani?»—dedilar. Keyin, Janob Rasululloh bizga beshta oq o‘rkachli tuya berdilar. So‘ng, biz unchalik uzoq yurmay to‘xtadik, shunda men hamrohlarimga: «Janob Rasululloh boya ont ichganlarini unitdilar, Olloh taolo nomi birlan qasam ichamanki, agar biz tufayli ont ichganlarini unutgan bo‘lsalar, endi sira ham omadimiz yurishmagay!» — dedim. Keyin, biz ul zotning huzurlariga qaytib borib: «Yo Rasulalloh! Biz boya sizdan ulov so‘rab erdik, siz ont ichib ulov bera olmasligingizni (ulovingiz yo‘qligini) aytdingiz, akli zaifimizcha, siz ont ichganingizni unutgan ko‘rinasiz»,—dedik. Ul zot: «Sizlarni tuyalarga mindirib yuborgan (sizlarga tuyalarni ato etgan) Olloh taolodur! Men ersam, inshoolloh, toki ilgarigi qasamimni kafforat berib halollab olmagunimga qadar, boshqa bir qasamni afzalroq ko‘rib qasam ustiga qasam ichmagayman!» — dedilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling